13.
二胡 er hu – “arxu”. Mazkur so’z yasama so’z bo’lib, ikki ieroglif va ikki
bo’g’indan iborat, ikki torli skripka ma’nosini beradi. Ya’ni,
二
er – ikki,
胡
hu-
tor,skripka ma’nosida qo’llanilgan. “Erhu”
二胡
torli musiqiy cholg’u asboblar
orasida eng yoqimli ovozga ega. Ushbu cholg’u asbob ming yillik tarixga ega
118
.
14.
马头琴 ma tou qin – “mo’g’ul skripkasi”. Mazkur so’z murakkab so’z bo’lib,
uch iyeroglif va uch bo’g’indan iborat; bu yerda
马
ma – ot,
头
tou – bosh,
琴
qin –
cholg’u asbob ma’nosiga ega. Ushbu cholg’u asbob asosan Ichki Mongoliyada
keng tarqalgan va mangoliyaliklarga xos asbob hisoblanadi. Eng tepa bo’yin qismi
otning boshini eslatgani uchun ham unga xuddi shu ma’nolarni beruvchi
iyerogliflar nomi tanlangan
119
.
15.
钹 bo – “Bo kimvali” yoki “likopchalar”. Mazkur so’z tub so’z bo’lib,bir
iyeroglif va bir bo’g’indan iborat. Bo bronzadan yasalgan zarbli cholg’u asbob
bo’lib, uning kelib chiqishi Janubiy va Shimoliy dinastiyalar (eramizning 420-589
yillari) davriga borib taqaladi. Ushbu cholg’u asbob 6-asrning boshlariga kelib xalq
orasida ommalashgan, u ikkita dumaloq tarelkadan iborat bo’lib, o’rtasidagi
teshikga ingichka lentalar mahkamlanadi, bu narsa musiqachi ikki lokopchani ikki
114
Wang Zichu Китайские музыкальные инструменты.-35-bet.
115
Китайско-русский словарь.- Шанхай , 2006.-578-bet.
116
Т.С.Вызго Музыкальные инструменты Средней Азии (Исторические очерки). Издательство “Музыка”
Москва 1980г (18-bet)
117
Wang Zichu Китайские музыкальные инструменты.-12-bet.
118
Yuqoridagi manbaa .-53-bet.
119
Yuqoridagi manbaa .-54-bet.,
56
tomonidan ushlab, bir-biriga urib chalishi uchun qulay qilib ishlanganidan darak
beradi.
16.
陶响器 taoxiangqi - “ keramik shiqildoqsifat musiqiy asbob”. Mazkur so’z
murakkab so’z bo’lib, uch ieroglif va uch bo’gindan iborat; birinchi iyeroglif
陶
tao – keramika
120
,
响
xiang – jaranglamoq
121
,
器
qi – sopol idish
122
degan ma’noga
ega. Shiqildoqsifat musiqiy asbob oval shaklidagi idish bo’lib, bir tomondan bir-
biri bilan tutashgan chiziqlar shaklida o’yib ishlangan. Ichi qattiq shariklar bilan
to’ldirilgan bo’lib, uni silkitganda shitirlab ohang chiqaradi. Ushbu shiqildoqlar
ham musiqiy asbob, ham bolalar o’yinchog’i sifatida qo’llanilgan. Uni
musiqashunoslar ilk kashf etilgan musiqiy asboblardan deb hisoblaydilar
123
.
17.
陶角 taojiao – “sopol shoh”. Mazkur so’z yasama so’z bo’lib, ikki iyeroglif va
ikki bo’gindan iborat; birinchi iyeroglif
陶
tao – keramika,
角
- shox
124
degan
ma’noga ega. Bu musiqiy asboblarning eng qadimgisi hayvon shohi hisoblangan
ya’ni hayvonlar shohiga taqlid qilib ishlangan, uzoq masofalardan yaxshi
eshitilgani uchun u ovda eng foydali asbob bo’lgan, keyinchalik uni qizdirilgan
loydan yasay boshlashgan. Sharqda ushbu musiqiy asbob riton nomi bilan
mashhur
125
.
18.
埙 xun – “baliq shaklidagi sopol okarina”
126
. Mazkur so’z tub so’z bo’lib, bir
iyeroglif va bir bo’gindan iborat. Loytuproqli xun
埙
puflab chalinuvchi musiqa
asbobi sifatida tarqalgan bo‘lib, dastlab neolit davrida Xitoyda paydo bo‘lgan. U
odatda kuydirilgan loydan tayyorlangan. Hozirgi davrda topilgan eng qadimgi
sopol xun
埙
Hemudu
河 姆 渡
madaniyatiga tegishli bo‘lib, Zhejiang
浙 江
viloyatidagi qazilmalar davrida topilgan. Uning ovoz chiqarish uchun faqat bir
dona teshigi bo‘lib, uning yoshi 7000 ni tashkil etadi. Mazkur xun
埙
bizning
davrimizgacha neolit davridan saqlanib kelgan. Bu asbobning eng qadimgi
namunalari odatda, tuxum shaklidadir, biroq, xun
埙
ning bir qancha boshqa
shakldagi, xususan baliq shaklidagi namunasi ham topilgan. Bu asbobning uchta
teshigi bo‘lganligi uchun uni puflab chalib ohang chiqarish mumkin
127
.
19.
陶鼓 taogu – “keramik baraban”. Mazkur so’z yasama so’z bo’lib, ikki
iyeroglif va ikki bo’gindan iborat; birinchi iyeroglif
陶 tao – keramika, 鼓 gu –
baraban degan ma’noga ega. Baraban – insoniyatning eng qadimgi musiqa
120
Китайско-русский словарь.- Шанхай , 2006.-881-bet.
121
Китайско-русский словарь.- Шанхай , 2006.-995-bet.
122
Китайско-русский словарь.- Шанхай , 2006.-704-bet.
123
Wang Zichu Китайские музыкальные инструменты.-9-bet.
124
Китайско-русский словарь.- Шанхай , 2006.-446-bet.
125
Wang Zichu Китайские музыкальные инструменты.-11-bet.
126
Okarina – loytuproqdan yasalgan kichik nayga o’xshash musiqa asbobi.
127
Wang Zichu Китайские музыкальные инструменты.-10-bet.
57
asboblaridan biri bo‘lib, u nafaqat Xitoyda, balki ko‘pgina dunyo xalqlari orasida
keng tarqalgan asbobdir. 2000 yillik o‘tmishga ega bo‘lgan qadimgi Xitoyga
tegishli hujjatlarda barabanning o‘nlab turli shakllari bayon etilgan. Kuydirilgan
loydan yasalgan bu sopol barabanlar taogu (loytuproq baraban) deb nomi bilan
ma’lum bo‘lgan sopol barabanlar birinchi bor Gansu
甘肃, Qinghai 青海, Henan
河 南 va Shandong 山 东 viloyatlaridagi neolit manzillaridan topilgan
128
.
Aytishlaricha, barabanning membranasi xom teridan tayyorlanib, baraban atrofiga
o‘ralgan va shashka chizig‘i perimetri bo‘yicha joylashtirib, mahkamlangan. Xom
teri quriganida, tarang tortilib, unga zarba berilganida past ohang chiqargan.
Barabanning korpusiga ikki tomoniga ilgich qo‘yib, unga qayish bog‘langan va
xuddi hozirgi zamonda barabanchi uni bo‘yniga osishi kabi, ular ham bo‘yinlariga
osib chalganlar. Barabanning bosh qismi va tub qismiga navbatma-navbat zarba
berilganda past va baland ohanglar chiqib, hissiyotli taassurotlar bergan
129
.
20.
骨笛 gudi – “suyakli nay”. Mazkur so’z yasama so’z bo’lib, ikki iyeroglif va
ikki bo’gindan iborat; birinchi iyeroglif
骨 gu – suyak, 笛 di – fleyta, nay degan
ma’nolarga ega. Uyandan topilgan suyakli nay Xitoy musaqa arxeologiyasining
muhim kashfiyoti hisoblanadi. Bu turdagi nay, odatda, oq qush qanoti suyaklaridan
tayyorlangan bo‘lib, puflab chalinadigan asbobning bo‘yiga yoki eniga barmoqlar
uchun teshiklar qoldiriladi. 1986 va 1987 yillar davomida Henan
河南 viloyati
Wuyang
舞阳 uezdining Jiahu 贾湖 neolit manzilida xitoylik arxeologlarning
qazishmalari davrida 25 ta suyak naylar topildi. Ularning yoshi 7800-9000 yil deb
baholandi. Ularning aksariyati zamonaviy yetti bosqichli tovush qatoridan ohang
chiqarsa bo‘ladigan yetti barmoq teshiklariga ega. Mazkur suyak naylar hozirda
Xitoy hududidan topilgan nafaqat eng qadimgi musiqa asbobi hisoblanadi, balki
eng dastlabki xitoy ohangdor (yoqimli) asbob edi
130
.
21.
铜铃 tongling - “ bronza qo’ng’iroqcha”. Mazkur so’z yasama so’z bo’lib,
ikki iyeroglif va ikki bo’gindan iborat; birinchi iyeroglif
铜
tong – mis,
铃
ling –
qo’ng’iroq degan ma’noga ega. Henan
河南
viloyati Yanshi
偃师
uyezdidagi
qadimgi odamlarning Erlitou
二里头
manzilidan ba’zi qabrlardan bir qancha bronza
qo‘ng‘iroqchalar topilgan bo‘lib, ular eramizdan avvalgi 2000-1600 yillarga
tegishlidir. Bu topilmalarni shuni ko‘rsatadiki, bronza topilib ishlatila
boshlagandan so‘ng, hozirgi xitoy ajdodlari bu qimmatbaho metaldan musiqiy
asboblar tayyorlashda foydalanganlar
131
.
128
Wang Zichu Китайские музыкальные инструменты.-12-bet.
129
Т.С.Вызго Музыкальные инструменты Средней Азии (Исторические очерки). Издательство “Музыка”
Москва 1980г .-стр.154
130
Wang Zichu Китайские музыкальные инструменты.-13-bet.
131
Wang Zichu Китайские музыкальные инструменты.-15-bet.
58
22.
编铙 biannao – “sozlangan kimvallar”. Mazkur so’z yasama so’z bo’lib, ikki
iyeroglif va ikki bo’gindan iborat; birinchi iyeroglif
编 bian – jamlash
132
, tuzish,
铙 nao – kimval ma’nosiga ega. Xitoy Shang 商 sulolasi davri (eramizdan avvalgi
1600-1046 yillar)da bronza asri yuksalishiga yetgan. Bu davrdagi bronzani eritish
texnologiyasi tufayli bronzadan ishlangan musiqa asboblarini yasash keng tarqalib,
yuqori darajaga yetgan. Bronzadan yasalgan kimvallar (qadimgi misdan yasalgan
likopchali musiqa asbobi) saroy musiqa marosimlarining muhim qismi
hisoblangan va Shang
商 sulolasi hukumronligining oxirlarida u keng tarqalgan.
Ular dastakli cheripisaning ichi kavak shaklda bo‘lib, kimvallarni tagini pastga
qaratib yog‘och chorcho‘plarga o‘rnatganlar va tepasi ochiq bo‘lib, ularni
korpusiga urib chalganlar. Sozlangan kimvallar bronzadan yasalgan yoqimli
(ohangdor) musiqa asboblari qatoriga kiradi
133
.
23.
大铙 danao – “ katta kimval”. Mazkur so’z yasama so’z bo’lib, ikki iyeroglif
va ikki bo’gindan iborat; birinchi iyeroglif
大 da – katta, ikkinchi iyeroglif 铙
nao – kimval degan ma’noga ega. Bronzali asbob danao (katta kimval) o‘z shakliga
ko‘ra sozlangan kimvallarga o‘xshashdir. Bronza kimvallning eng kattasi, bu
ajoyib asbobning eng yaxshi namunasi Hunan
湖南 viloyati Ningxiang 宁乡
uyezdi qazilmalari vaqtida topilgan. Ba’zi katta bronza kimvallar kolleksiyasi
Pekinning Gugong
故宫 muzeyida va Shanghai 上海 muzeyida saqlanadi. Katta
kimvallar nafaqat o‘z hajmi va og‘irligi bilan sozlangan kimvallardan farq qiladi,
balki ular juda chiroyli bezatilgan va qiyin naqshlar bilan ishlangandir. Katta
kimvalda odatda alohida musiqa chalganlar. Uning ovozi yuqori va tantanavor
bo‘lsa-da, ancha bo‘g‘iq va ma’lum bir balandlikka ega emas. Bundan shunday
xulosa chiqarish mumkinki, u sozlanmagan marosim musiqa asbobi sifatida
qo‘llanilgan
134
.
24.
编磬 bianqing – “ litofon”. Mazkur so’z yasama so’z bo’lib, ikki iyeroglif va
ikki bo’gindan iborat; birinchi iyeroglif
编 bian – jamlash,tuzish ikkinchi
iyeroglif
磬 qing – qadimgi plastina ko’rinishidagi xitoy zarbli cholg’u asbobi
degan ma’noga ega. G‘arbiy Zhou
周 sulolasi hukumronligi davri (eramizdan
avvalgi 1046-771 yillar) ning boshida Xitoy hukumronlari marosim musiqa
tashkilotlarini tuzganlar va buning natijasida bianzhong
编 钟 (sozlangan
qo‘ng‘iroq) va bianqing
编 磬 (sozlangan tosh plastinali bonglar) kabi musiqa
asboblari keng ko‘lamda ishlatila boshlangan va tez sur’atlarda rivojlanib borgan.
132
Китайско-русский словарь.- Шанхай , 2006.-45-bet.
133
Wang Zichu Китайские музыкальные инструменты.-16-bet.
134
Yuqoridagi manbaa .-17-bet.
59
1978 yilda Hubei
湖 北 viloyati Sui 随 uyezdida Zeng knyazligi 曾 国
hokimlarining qabrlari topilgan. Bu qabrda musiqa asboblarining katta to‘plamlari
ko‘milgan bo‘lib, bu to‘plamlar xuddi 2400 yillik qadimgi davrdagi orkestr uchun
tanlangandek edi. Qabr I ismli knyazga tegishli bo‘lib, U Urushuvchi podshohlik
davrida (eramizdan avvalgi 475-221yillar) yashagan. Bir yuz yigirma beshta
musiqa asbobi va boshqa musiqiy madaniyat yodgorliklari topilgan bu qabr 20 asr
Xitoy musiqa arxeologiyasining eng yirik kashfiyoti bo‘lib qoldi
135
.
25.
编钟 bianzhong – “sozlangan qo’ng’iroqlar”. Mazkur so’z yasama so’z bo’lib,
ikki iyeroglif va ikki bo’gindan iborat; birinchi iyeroglif
编 bian - jamlash,tuzish,
ikkinchi iyeroglif
钟 zhong – qo’ng’iroq degan ma’noga ega. Knyaz I qabridan
topilgan sozlangan qo‘ng‘iroqlar bianzhong
编钟
dunyoning sakkizinchi mo’jizasi
deb atalgan. Mazkur ajoyib to‘plam uch turdagi 65ta qo‘ng‘iroqchalardan tashkil
topgan bo‘lib, uch yarusli chorcho‘plarga osilgan. Qo‘ng‘iroqlar besh oktavali
diapazonga ega bo‘lib, ulardan uchtasi (o‘rtadagisi) to‘liq xromatik gammalar
chiqara oladi. Har bir qo‘ng‘iroqcha ikki har xil balandlikdagi tovush chiqarib,
qadimgi Xitoyda yasalgan ajoyib ilmiy kashfiyot hisoblanadi. Hozirgi vaqtgacha
topilgan qadimgi bronza qo‘ng‘iroqchalar ichida knyaz I qabridan topilgan
qo‘ng‘iroqchalar to‘plami son, hajm, tuzilishi, diapazoni va saqlanishi jihatidan
tengi yo‘q hisoblanadi
136
.
26.
古琴 qin – “Sitra sin”. Mazkur so’z yasama so’z bo’lib, ikki iyeroglif va ikki
bo’gindan iborat; birinchi iyeroglif
古
gu- qadimiy,
琴
qin- cholg’u asbob degan
ma’noga ega. Qadimgi Xitoy chertib chalinadigan tor asbob sitra (nohina bilan
chertib chalinadigan mausiqa asbobi) qin
琴
tarixi uzoq asrga, 3000 yilga borib
taqaladi. O‘n torli qin
琴
Bahor va Kuz va Urushuvchi podshohlar davrida mashhur
bo‘lgan. Zeng podshohligi knyaz I qabridan topilgan o‘n torli qin
琴
asbobi shu
vaqtgacha topilgan yagona namuna hisoblanadi. Mazkur qin
琴
butunlay
yog‘ochdan qilingan bo‘lib, qora lak bilan ishlangan, yaxshi saqlangan va uni
yerdan kavlab olganlida yangidek yaltirlagan
137
.
27.
竽 yu – “ Yuy”. Mazkur so’z tub so’z bo’lib, bir iyeroglif va bir bo’gindan
iborat. Yu
竽
yirik til asbobi bo‘lib, ko‘pgina bambuk trubkalardan tashkil topgan
va bu trubkalar quritilgan hamda ichi o‘yilgan qovoqdan qilingan korpusga
o‘rnatiladi hamda bu korpusga munshtuk (naycha) ham qo‘yilgan bo‘ladi. Yu
竽
Urushuvchi podshohlar davridan (eramizdan avvalgi 475 – 221 yillar) boshlab
135
Yuqoridagi manbaa .-19-bet.
136
Wang Zichu Китайские музыкальные инструменты.-20-bet.
137
Yuqoridagi manbaa .-23-bet.
60
mashhur bo‘lgan. 1872 yili Han sulolasi davriga tegishli sharqiy Changsha
长沙
shahrida joylashgan Mawangdui
马王堆
degan joydagi qabrdan topilgan va juda
yaxshi saqlangan bu asbob namunasiga qadar, yu
竽
musiqa asbobi haqida faqat
Hanlarning go‘r ustiga solingan gravyuralari va musiqachilarning terrakota
(sopol)dan ishlanib, dafn qilingan haykalchalari orqali ma’lum edi
138
.
28.
瑟 se – “25 torli sitra se”. Mazkur so’z tub so’z bo’lib, bir iyeroglif va bir
bo’gindan iborat. Ikki yarim ming yil avval tuzilgan “Shijing”
诗经
(“Qo‘shiqlar
kitobi”)da bu asbob haqida juda ko‘p eslatilgan. Se
瑟
chertib chalinadigan tor
asbob bo‘lib, to‘g‘ri burchakli yog‘och korpusga ega. Odatda uning 25 ta tori
bo‘lgan. Se
瑟
qo‘pincha qadimgi hursandchilik tadbir va marosimlarida qo‘shiqqa
jo‘r bo‘lish uchun qo‘llanilgan. Se sitraning xilma xil namunalari Henan
河南
,
Hubei
湖北
va Hunan
湖南
viloyatlaridagi arxeologik manzillardan topilgan
139
.
29.
板鼓 bangu – “ tekis baraban”. Mazkur so’z yasama so’z bo’lib, ikki iyeroglif
va ikki bo’gindan iborat; birinchi iyeroglif
板 ban - doska, patnos; ikkinchi
iyeroglif
鼓 gu – baraban degan ma’noga ega. Baraban bangu 板鼓 – an’anaviy
xitoy operasining muhim zarbali asbobi bo‘lib, u hozirga qadar ishlatiladi. Bangu
ikki qo‘lda chalinadi, uni bambuk tayoqcha bilan galma-galdan urib, aniq va
jarangdor tovush chiqarib chalinadi. Baraban bangu
板鼓 yog‘och tartarak bilan
birga vokal ariya
140
larga ohang beradi va aktyorlar harakatini mustahkamlaydi,
zarbali jo‘r bo‘lishni bezaydi, sahna bezaklariga va personajlar xarakteriga jilo
beradi. Boy va qiyin texnikaga ega bo‘lgan bangu
板鼓 barabanini chalish katta
badiiy ifodalikni beradi
141
.
30.
拍板 paiban – “ yog’och tartarak”. Mazkur so’z yasama so’z bo’lib, ikki
iyeroglif va ikki bo’gindan iborat; birinchi iyeroglif
拍 pai - qarsillatish
142
;
ikkinchi iyeroglif
板 – doska, patnos degan ma’noga ega. Yog’och tartarak paiban
拍板 ham an’anaviy xitoy operasida ko‘pincha uchraydigan zarbali asboblaridan
biri hisoblanadi. Paiban
拍 板 Suy va Tan sulolasi davrlarida saroy va xalq
musiqalarida paydo bo‘lgan. Tartarak to‘plami odatda uch, olti yoki ko‘pi bilan
to‘qqiz yog‘och plastinalardan tashkil topgan. Tartarak xalq musiqa ansambllarida
va an’anaviy xitoy operalariga jo‘r bo‘lishda ishlatiladi
143
.
138
Wang Zichu Китайские музыкальные инструменты.-27-bet.
139
Yuqoridagi manbaa .-28-bet.
140
Operada orkestr jo‘rligida bir kishi tomonidan ijro etiladigan
kuy.
141
Wang Zichu Китайские музыкальные инструменты.-44-bet.
142
Китайско-русский словарь.- Шанхай , 2006.-662-bet.
143
Wang Zichu Китайские музыкальные инструменты.-44-bet.
61
31.
京胡 jinghu - “Pekin operasi skripkasi”. Mazkur so’z yasama so’z bo’lib, ikki
iyeroglif va ikki bo’gindan iborat; birinchi iyeroglif
京
jing – Pekin shahri;
ikkinchi iyeroglif
胡 hu - skripka degan ma’noga ega. Ushbu cholg’u asbob Pekin
operasining asosiy uch asboblarining birinchisi bo’lib, an’anaviy kamoncha bilan
chalinadigan asboblar asosida Qing
清 sulolasi hukmronligi davrining o’rtalarida
Pekin operasining rivojlanishi jarayonida vujudga kelgan. Jinghu
京 胡
repertuarining katta qismi – Pekin operasi ohanglaridir
144
.
32.
月琴 yueqin – “ oy shaklidagi ud”. Mazkur so’z yasama so’z bo’lib, ikki
iyeroglif va ikki bo’gindan iborat; birinchi iyeroglif
月
yue - oy; ikkinchi iyeroglif
琴 qin – cholg’u asbob degan ma’noga ega. Oyli ud – Pekin operasining asosiy uch
asboblarining uchinchisi bo’lib, chertib chalinadigan tor asbob hisoblanadi. O’z
shakliga ko’ra dumaloq ud ruan
阮 ga o’xshash bo’lib, oy shaklidagi korpusga va
ancha qisqa bo’yinga ega
145
.
33.
梆子 bangzi – “yog’och shaqildoq”. Mazkur so’z sodda so’z bo’lib, ikki
iyeroglif va ikki bo’gindan iborat; birinchi iyeroglif
梆
bang - shaqildoq ; ikkinchi
iyeroglif
子
zi – sufiks (so’z yasovchi sufiks) vazifasiga ega. Yog’och shaqildoq
bangzi yoki bangban, zarbli asboblar qatoriga kiradi. Henan
河南
operasini ham
Henan “bangzi”
棒 子
, ya’ni shaqildoq nomi bilan ataladi, u maqom beruvchi
asbobdir. Shaqildoq bangzi lar ikki xil hajmda, qattiq daraxtga ishlov berib
yasalgan taxtadir. Undan chiqadigan ovoz aniq va jarangdor bo’lib, belgilangan
tovush darajasiga ega emas
146
.
Do'stlaringiz bilan baham: |