Toshkent davlat sharqshunoslik instituti uzoq sharq va janubiy osiyo tillari fakulteti bitiruv malakaviy ishi


O’zbek cholg’u asboblarining leksik-struktur tahlili



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/69
Sana27.09.2021
Hajmi0,6 Mb.
#187109
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   69
Bog'liq
xitoy tilida musiqiy asboblarning leksik-struktur tahlili

2.1. O’zbek cholg’u asboblarining leksik-struktur tahlili

                        

                                         O’zbek xalqi zarbli cholg’ulari: 

1. Doira – “ arabcha” so’zdan olingan bo’lib, childirma ham deyiladi. O’zbek xalq 

cholg’ulari ichida eng keng tarqalgan zarbli cholg’ulardan biri. Doira (chirmanda, 

childirma) ingichka yog’ochli gardishdan iborat bo’lib, uning bir tomoniga 

membrana tortilgan, ichida esa metall xalqachalar maxkamlangan

147

. O’rta Osiyo 



xududida ikki mingga yaqin yil muqaddam paydo bo’lgan doira qolgan hamma 

asrlar davomida xalqning musiqaviy xayotida o’z o’rnini mustaxkam saqlab 

qolgan. To’g’ri, uning tuzilishi o’zgargan. O’rta Osiyo antik davrining ilk 

                                                 

144

 Wang Zichu    Китайские музыкальные инструменты.-62-bet. 



145

  Yuqoridagi manbaa .-63-bet. 

146

  Yuqoridagi manbaa.-67-bet 



147

 Revo Markovich Petrov,Botir Jumaniyozovich  Cholg’ushunoslik va cholg’ulashtirish.(Musiqa va san’at 

kollejlari uchun o’quv qo’llanma) Toshkent 2006.-33-bet. 



                                                                               

62

yodgorliklarida – doira (buben) tasvirlangan nisa ritonlari – bu asbob oldindan 



zamonaviy o’zbek doirasiga juda yaqin bo’lganligini bildiradi. 

 

Doira maqomlari ulkan xissiy ta’sir kuchiga ega. Ularning ketma-ketligi, 



dinamikani keskinlashtirishi ruxiyatni ko’tarish, dilga tetiklik baxsh etish, kuchli 

irodaviy g’ayratni xis qilish layoqatiga ega. Bu haqda tojik adibi Sadriddin Ayniy 

o’zining yoshlikdagi do’stlaridan biri – Mullo Omonning tili bilan aytib o’tgan. 

Mullo Omon doirani boshqa barcha asboblardan, shu jumladan, tanburdan afzal 

bilgan, chunki tanbur «..g’amginlikni chaqiradi, xatto ko’z yoshini keltiradi. Men 

esa yig’lashni yomon ko’raman. Balki bu men bolalikdan doira tovushi ostida 

o’sganimdandir. Bizning Rozmoz qishlog’imizda, bizning Vobkent, G’ijduvon 

rayonlarimizda shunday ajoyib doirachilar borki, ular o’zining o’yini bilan 

tinglovchilarni maftun etishlari mumkin; yurakda qandaydir yengillik paydo 

bo’ladi, barcha alamlar va tashvishlar esdan chiqadi. Axir Xofiz bejiz aytmagan: 

 

 

Eshitgandim – banogox kishi ma’yuslanib qolsa gar, 



 

 

Doiraning ovozi qayg’udan uni xalos aylar



148

2. Nog’ora - “arabcha” so’zdan olingan. Nog’oralar tuvaksimon sopolga teri sirib 



yasalgan va ikkita cho’p bilan urib chalinadigan bir juft musiqa asbobi

149


Nog’oralarning katta va kichik turlari bor. Uning korpusi pishirilgan loydan 

yasaladi. Membranasi (hayvon terisidan) kesishuvchi kamarlar yordamida 

tortiladi

150

. Katta o’lchamdagi momaqaldirqsimon tovushli bittalik nog’ora (dol-



nog’ora) maxsus vazifaga ega bo’lgan – uning shartli signallari xon yoki amirning 

chiqishi yoki kirishidan xabar bergan

151



3.  Qayroq -   to’rtta silliqlangan uzunchoq qayroq toshchalardan iborat. Asosan 



Xorazm raqslarida ko’p ishlatiladi. Xorazm qayroqlarining ikkitasi temirdan, 

ikkitasi tosh-qayroqdan yasaladi. Qayroq o’zbek xalq cholg’ulari orkestri va 

ansambllarida asarning turli epizotlarida va qismlarida qo’llaniladi. Qayroqni 

ijrochi har qo’lida bir juftdan ushlaydi va bir-biriga urishi natijasida quruq 

chaqillagan tovush hosil bo’ladi

152


.  

4.  Safoyil – “arabcha” so’zdan olingan

153

. Safoyil – zarblilar ichida o’ziga xos 



cholg’u bo’lib, shaqildoqlar turiga kiradi. U yuqori tomoniga  ikkita katta temir 

halqa o’rnatilgan juft tayoqcha bo’lib, katta temir xalqalarning har biriga o’n oltita 

temir halqachalar kiygizilgan. Ushbu cholg’uda tovush uch xil yo’l bilan amalgam 

oshiriladi: kichik halqachalarni titratish, ijrochining o’ng yelkasiga safoyilni urish, 

shuningdek, safoyilni oldinga silkitib, katta halqalarni tayoqchaga urilishini 

ta’minlash natijasida tovush hosil qilinadi. Safoyil asosan raqs kuylarida xalq 

                                                 

148


 Т.С.Вызго  Музыкальные инструменты Средней Азии (Исторические очерки). Издательство “Музыка” 

Москва 1980г. -151-bet. 

149

 Ўзбек тилининг изохли луғати.  Москва “Рус тили” нашриёти 1981й.-514-б.  



150

 Revo Markovich Petrov,Botir Jumaniyozovich  Cholg’ushunoslik va cholg’ulashtirish.(Musiqa va san’at 

kollejlari uchun o’quv qo’llanma) Toshkent 2006.-33-bet. 

151


Т.С.Вызго  Музыкальные инструменты Средней Азии. (Исторические очерки). Издательство “Музыка” 

Москва 1980г  .-152-bet. 

152

 Revo Markovich Petrov,Botir Jumaniyozovich  Cholg’ushunoslik va cholg’ulashtirish.(Musiqa va san’at 



kollejlari uchun o’quv qo’llanma) Toshkent 2006.-33-bet.  

153


  Ўзбек тилининг изохли луғати.  Москва “Рус тили” нашриёти 1981й. -II. 28-bet. 


                                                                               

63

cholg’ulari ansambliga jo’rlik qiladi



154

. O’zi jaranglovchi asbob – safoyil sayyor 

qo’shiqchilar, ko’zboylog’ichlar, darveshlar tomonidan qo’llanilgan.  

5.  Qoshiq -  tut yog’ochidan yasaladigan,silkitib yoki qo’lning kaftiga urib 

chalinadigan qoshiq shakliga o’xshash zarbli cholg’u asbobi. Qoshiqlar o’zi yakka 

holda ritmik usullarni chalishi yoki doiraga qo’shilishi mumkin.  Ushbu cholg’u 

dunyoning turli mamlakatlarida kastan’et yoki ispancha kastan’et kabi nomlar 

bilan raqqoslar raqs tushganda usulni yanada bo’rttirib ko’rsatish uchun ishlatiladi. 

     Hozirgi  davrda  qoshiq  xalq  cholg’ulari orkestrida zamonaviy kompozitorlar 

asarlarini ijro etishda ishlatiladi

155

.  


                                          Musiqiy damli cholg’ular: 

6. G’ajir nay,cho’pon nay – ikki tomoni ochiq nay bo’lib, cho’l burgutining ichi 

g’ovak suyagidan ishlanadi. U cho’ponlar amaliyotida ko’proq qo’llaniladi va lirik 

tarzdagi  kichik kuylar ijro etishga qulay

156



    Ko’ndalang fleyta (nay)  - Qadimgi dunyoning eng keng tarqalgan asboblaridan 



biridir. Ko’p yerlarda u o’z tuzilishini saqlab qolgan xolda hozir ham mavjud, 

Kuchuk oldida fleyta chalayotgan cho’pon bola tasviri Shumer tarixining arxaik 

davriga mansub. Ko’ndalang fleyta (ikkala tomoni ochiq g’ovak tayoq 

ko’rinishida) Misrda O’rta podshoxlik davrida mavjud bo’lgan (eramizdan 250-

1600 y. avval) va hozirgi davrga qadar kolik cho’ponlar turmushida saqlanib 

qolgan


157

7.  Ishvalak  – “arabcha” so’zdan olingan bo’lib, “ishvasi bor”, “ishvakor” degan 



ma’nolarni bildiradi

158


. Turli qush va jonzotlar shaklida sopoldan yasaladi va har 

xil bo’yoqlar bilan bezatiladigan xushtaksimon cholg’u. Uning  xushtak hosil 

qiladigan bitta teshigi va barmoq bilan bosiladigan bitta teshikchasi mavjud. 

Ishvalak asosan bolalar o’yinchog’i sifatida qo’llaniladi.  

8.  Nay – “fors-tojikcha” so’zdan olingan bo’lib, “qamish” ma’nosini bildiradi

159


Nay oltita teshigini barmoqlar bilan berkitib –ochib, puflab chalinadigan, yonlama 

musiqa asbobi. Nay O’zbekistonda juda keng tarqalgan yog’ochli musiqiy asbob 

bo’lib, yakka ijroda, cholg’u ansamblida va o’zbek xalqi chog’ulari orkestri 

tarkibida keng qo’llaniladi

160


.  

       Zamonaviy  Xitoy  (ko’ndalang)  fleytasi o’zbekcha nayga yaqin. U oltita 

chalish uchun teshikchalari bo’lgan 610-630 mm. uzunlikdagi bambukdan 

yasalgan naychani aks ettiradi. 

 

Afrosiyob terrakotasida shuningdek o’ziga xos tuzilishli fleyta asboblari 



ko’rsatilgan. Ular puflash uchun yonlama isimtasi (patrubok) bo’lgan va bir nechta 

chalish uchun teshikchalari bo’lgan xushtakli, ya’ni okarina turidagi asboblar, balki 

                                                 

154


 Ф.Кароматов  Узбекская инструментальная музыка Издательство “литературы и исскуства им. Гафура 

Гуляма” Ташкент 1972г. -50-bet. 

155

 Рмановская Е. Узбекская инструментальная музыка.  – Т., 1948г. –стр.66. 



156

 Revo Markovich Petrov,Botir Jumaniyozovich  Cholg’ushunoslik va cholg’ulashtirish.(Musiqa va san’at 

kollejlari uchun o’quv qo’llanma) Toshkent 2006.-33-bet. 

157


  Т.С.Вызго  Музыкальные инструменты Средней Азии (Исторические очерки). Издательство “Музыка” 

Москва 1980г. -24-bet. 

158

Ўзбек тилининг изохли луғати.  Москва “Рус тили” нашриёти 1981й .-I. 343-bet. 



159

 Ўзбек тилининг изохли луғати.  Москва “Рус тили” нашриёти 1981й .-I. 493-bet. 

160

 Revo Markovich Petrov,Botir Jumaniyozovich  Cholg’ushunoslik va cholg’ulashtirish.(Musiqa va san’at 



kollejlari uchun o’quv qo’llanma) Toshkent 2006. -10-bet. 


                                                                               

64

oddiy xushtaklar bo’lishi mumkin. Shuningdek ta’kidlash mumkinki, u davrda 



ushbu turdagi musiqa asboblari  bolalar o’yini uchun emas, balki murakkabroq 

bo’lgan boshqalari bilan teng ravishda, tantanali marosimlarda ishtirok etgan

161



9.  Kichik nay (“nay-pikkolo”) – “ingliz tili”dan olingan so’z bo’lib, “kichik 



fleyta” degan ma’noni bildiradi. Asosan, o’zbek xalq cholg’ulari orkestrida 

foydalaniladi. Tuzilishi jihatidan oddiy nayga o’xshash, lekin sal kichikroq. 

Qoraqalpoq va tojik xalqlarida ham qo’llaniladi va shunday nomlanadi

162


.  

                                        Tilli- trostli

163

 cholg’ular: 



10.  Balaban, bulomon – (fors. balabam, bolo – baland, bom – past) silindrik 

shakldagi quvurining uzunligi 300mm bo’lib, karnaychasi ustki tomonidan 

qalinlashtirib, mevali yog’ochdan yasalgan cholg’u. Uning tovush tembri 

bo’g’iqroq bas tusda bo’lib, asosan baxshilar ansambli tarkibida va yakka holda 

ham qo’llaniladi. Dramatik va fojiaviy dostonlar musiqalari bulomonsiz ijro 

etilmagan. Hozirgi davrda ham shimoliy O’zbekiston, asosan Xorazm va 

Qoraqalpog’istonda baxshilar ansambllarida keng qo’llaniladi

164


.  

11.  Qo’shnay  – g’arov qamishdan yasalgan 220-250mm uzunlikdagi juft 

naylardan iborat cholg’u bo’lib, tovushi kuchli, mungli ohangga ega. Qo’shnayda 

barmoq bilan bosiladigan 7 (ba’zan 8)ta teshik ochilgan. Asosan yakka, ansambl va 

o’zbek xalq cholg’ulari orkestrida qo’llaniladi. Hozirgi davrda Xorazm, Toshkent 

va Farg’onada keng tarqalgan

165

.  


      Qadimiy  Sharq  mamlakatlari  ikkita g’ovak naychadan iborat bo’lgan ikki 

turdagi puflama asbobni bilishgan, aniqrog’i – bular ikkita turli asboblar bo’lgan: 

bittasi – yunonchasiga avlos deb ataluvchi «ikkilangan goboy», va ikkinchisi – 

naychalarining parallel joylashganligi va boshqacha ovoz chiqarishi bilan avlosdan 

farq qiluvchi asbob. Uning forscha nomi – dunay yoki dubay (Hozir u 

O’zbekistonda qo’shnay nomi bilan tanish). 

 

Dunayning ilk tasviri – Nishopurdagi sanasi eramizdan avvalgi II ming yillik  



deb belgilangan va Shumer madaniyatiga kiritilgan terrakota xaykalchasida 

keltirilgan. Yuqori Siriyadan topilgan terakkota xaykalchasi ham uning bu yerda 

mavjud bo’lganini bildiradi. U tuyaning orqasiga mahkamlangan taxtiravondagi 

ikkita qizni tasvirlaydi. Ulardan biri, ko’rinishicha, qo’shiqchi, ikkinchisi esa – 

dunay chaluvchi qiz. Afsuski, dunay hamma yerda shunchalik umumlashtirib 

tasvirlanganki, uning na chalinadigan teshiklari, na uni chalish usullariga baxo 

berish mumkin. Faqat aytish mumkinki, zamonaviy qo’shnayga nisbatan bu asbob 

qadimda katta uzunlikdagi naychalarga ega bo’lgan. 

 

O’rta Osiyo antikligining (Eron kabi) bizga tanish bo’lgan yodgorliklari 



dunay tasvirini saqlab qolmagan. Uning o’sha davrlarda bu yerda mavjud 

                                                 

161

 Т.С.Вызго  Музыкальные инструменты Средней Азии (Исторические очерки). Издательство “Музыка” 



Москва 1980г .-25-bet. 

162


 Revo Markovich Petrov,Botir Jumaniyozovich Cholg’ushunoslik va cholg’ulashtirish. (Musiqa va san’at 

kollejlari uchun o’quv qo’llanma) Toshkent 2006. -10-bet. 

163

 Tilli trostli cholg’ularda tovush hosil qiluvchi membrana ularning tillari – trostlari hisoblanadi.  



164

 Revo Markovich Petrov,Botir Jumaniyozovich  Cholg’ushunoslik va cholg’ulashtirish.(Musiqa va san’at 

kollejlari uchun o’quv qo’llanma) Toshkent 2006. -10-bet. 

165


 Revo Markovich Petrov,Botir Jumaniyozovich Cholg’ushunoslik va cholg’ulashtirish.(Musiqa va san’at kollejlari 

uchun o’quv qo’llanma) Toshkent 2006. -11-bet 




                                                                               

65

bo’lganining bevosita isboti yo’q. Biroq, Forobiy asarlarida dunayni uning davrida 



keng tarqalgan musiqa asboblarining safida uchratamiz. Bundan kelib chiqadiki, 

uning o’tgan asrlarda ham mavjud bo’lgani ehtimoldan holi emas

166



12.  Sibiziq – (bizillovchi ma’nosida) g’arov qamishdan yasalgan cholg’u bo’lib, 



asosan og’zaki nutqda “sibizg’a” deyiladi. Uning bosh qismida tilcha kesib 

ochilgan, barmoq bilan bosiladigan uchta teshigi bor. Sibiziq cho’ponlar cholg’usi 

bo’lib, unda sho’x-o’ynoqi kuylar chalinadi. U turkmanlarning dilli-tuyduqiga 

o’xshaydi

167

.   


13.  Surnay  – “forscha”dan olingan bo’lib, sur – to’y,bayram, nay – qamish, 

to’yda chalinadigan nay “degan ma’noni bildiradi. O’zining tuzilishi va tovush 

hosil qilinishi jihatidan goboyga ibtido bo’lgan bo’lgan cholg’udir. Surnay mevali 

(o’rik,tut,yog’och) yog’ochdan silindrik shaklda, karnaychasi kengaytirilgan Hilda 

yasaladi. Uning barmoq bilan bosiladigan 8 ta teshigi bor. Surnayning tovushi 

keskin va juda o’tkir bo’lib, unda tovush hosil qilish murakkab hisoblanadi.  

           Surnay  cholg’usining  kelib chiqishi juda qadimiy bo’lib, bu haqdagi 

ma’lumotlar miloddan oldingi qal’alar devorlaridagi tasvirlar va o’rta asr 

miniaturalarida aks etgan. Surnay harbiy yurishlar, to’y, sayl va bayramlarda 

asosiy cholg’u sifatida karnay, nog’ora va doiralar ishtirokidagi cholg’ular 

ansamblida qo’llanilgan.  

          O’zbekistonda  ikki  xil  surnay mavjud bo’lib, Farg’ona- Toshkent surnayi 

menzurasi kengroq bo’lganligi sababli tovushi mayin va nolali, Xorazm surnayi 

esa menzurasi nisbatan torligidan tovushi keskin va chiyildoq

168

.  


                                           Munshtukli cholg’ular: 

14. Bug’ – tojikcha-o’zbekcha so’z bo’lib, sopoldan ishlangan trubadir (rus tilida 

керамический  рог). Undan qadimda tegirmon don yanchish uchun tayyor ekani 

yoki shahar hammomi suvi isib, yuvinish uchun tayyor bo’lganini bildirish uchun 

chaqiriq chalingan

169


.  

15. Karnay – (forscha qarn – shox, nay – qamish) hayvon shoxidan yasalgan nay 

yoki Sharqdagi yana bir nomi burg’u (bug’u shoxi) degan ma’nolarni bildiradi.  

Karnay – misdan yasalgan uch metrcha keladigan puflama asbob – Eyxgorn

170

ning 


kolleksiyasida ikkita: to’g’ri tanali va tirsakli turi taqdim qilingan. 

 

Bizning davrimizgacha faqat to’g’ri karnay yetib kelgan, lekin o’tgan 



asrning oxirlarida tirsakli karnay mavjud bo’lganini tasdiqlovchi ma’lumotlar 

saqlanib qolgan. Uni Buxoro amirining harbiy ko’rigida ishtirok etgan (rus 

diplomatik missiyasining a’zosi) V.V.Krestovskiy ko’rgan va eshitgan. So’ng 

quyidagicha ta’riflagan: “Amir machit peshtoqiga yaqinlashganda, «uning 

qarshisida ulkan tunuka quvurlarining quloqni qomatga keltiruvchi na’rasi 

                                                 

166

 Т.С.Вызго  Музыкальные инструменты Средней Азии (Исторические очерки). Издательство “Музыка” 



Москва 1980г .-43-bet. 

167


 Revo Markovich Petrov,Botir Jumaniyozovich  Cholg’ushunoslik va cholg’ulashtirish.(Musiqa va san’at 

kollejlari uchun o’quv qo’llanma) Toshkent 2006. -11-bet. 

168

 Revo Markovich Petrov,Botir Jumaniyozovich Cholg’ushunoslik va cholg’ulashtirish.(Musiqa va san’at kollejlari 



uchun o’quv qo’llanma) Toshkent 2006 .-11-bet. 

169


 Yuqoridagi manbaa (11-bet) 

170


  A.F.Eyxgorn  -Toshkentga 1870 yilda kelib qolgan, rus harbiy orkestrining kapeleysteri. U Toshkentda, uning 

tevarak-atrofida, Farg’ona vodiysi shaharlarida (Qo’qon, O’sh, Andijon, Namangan va boshqa) va yaqin joylashgan 

qishloqlarda xalq qo’shiqlari va asbob ohanglarini yozib olgan, xalq musiqa asboblari namunalarini to’plagan. 



                                                                               

66

gumburlab ketdi. Ularning birlari bir yarim sarjincha bor, agar ikki bo’lmasa, 



tanasi to’g’ri bo’lib, og’zi peterburglik chiponlarning shoxchalariga o’xshab 

konussimon kengayib ketgan; boshqalari ham shunday uzunlikda bo’lib, o’rtasidan 

qo’shaloq to’g’ri burchakli tirsak bilan bukilgan. O’z og’zini osmonga qaratgan 

holda, bu quvurlar o’sha bitta na’rali notani burqiratib chiqarar, ularning biron 

narsa bilan taqqoslab bo’lmaydigan qattiq, bir me’yordagi na’rasi maydonning 

qolgan hamma tovushlarini bosib ketardi». 

 

Ko’rinishicha, XIX asr oxiriga kelib tirsakli karnay faqat Buxoro amirining 



marosimlarida saqlanib qolgan, amirlik qulaganidan so’ng esa, asbob o’zining 

mavjudligini to’xtatgan. To’g’ri karnayga kelsak, u o’tgan asrning oxirlarida 

olingan suratda aks ettirilgan. Buxorodagi tungi o’yin-kulgilar (Ro’za

171


 vaqtidagi) 

haqida gapirayotib, rus sayyohlari yil eslatmalarida u xaqda eslatib o’tishgan

172



                                              Torli cholg’u asboblar: 



16.  Dutor  – “fors-tojikcha” so’zdan olingan bo’lib, “du”- ikki, “tor” – cholg’u 

asboblarning tebranib tovush chiqaradigan ipi degan ma’noni beradi

173



O’zbekistonda (hozirgi kunlarda va o’tgan asrlarda) eng ko’p tarqalgan 



asboblardan biri – dutor bo’lib, u katta noksimon korpusli va uzun bo’yinchali ikki 

torli chertma asbobdir, unda o’n uchta-o’n to’rtta to’plama ohang mavjud. 

«Dutor» atamasining paydo bo’lishi ikki torli asbobni o’sha turdagi, faqat torlari 

ko’proq bo’lgan boshqa asboblardan farqlash zaruriyatiga ko’ra yuzaga kelgan 

bo’lishi mumkin

174


17.  Tanbur –  Manbalarda kelishicha tanbur so`zi – “forscha” yurakni 

tirnovchi ya’ni tan - yurak, bur - tirnash degan ma'noni anglatadi yoki tanbur so`zi 

yunoncha tanbura so`zidan paydo bo`lgan deb yoziladi. Fitratning tarificha esa 

tanbur O`rta Osiyo xalqlari cholg`usidir,  do`nbra tanburni qadimiy bir ko`rinishi 

ekanligini va u judayam qadimiy cholg`u ekanligi ma`lum bo`ladi. Darvish Alining 

yozishicha qadimda tanbur ikki torli bolib unga keyinchalik uchinchi tor qoshilgan, 

shundan bolsa kerak tanburni ba`zi kitoblarda Setor ya`ni uchta torli deb 

nomlanganligi ham e'tiborga loyiqdir. Tanbur uch yoki to’rtta sim torli, noxun 

bilan chartib chalinadigan musiqa asbobi. Tanbur qadimiy asboblardan biri bo’lib, 

u barcha asboblarning «o’qituvchisi»dir, Forobiy torli asboblarning hamma 

turlaridan ko’ra tanbur udga yaqinroq deb ta’kidlaydi. Uning tovushlari, udga 

o’xshab, torning qismlarga bo’linishi yo’li bilan hosil bo’ladi. Tanbur xuddi ud 

kabi keng tarqalgan bo’lib, xalq tomonidan ham xuddi shunday sevimli bo’lgan. 

Odatda tanbur ikki torli, ba’zida esa – uch torli bo’lgan. Eyxgorn tanbur uchta: biri 

oxang beruvchi, ikkitasi «jo’r bo’luvchi» torga ega bo’lganini yozadi va uni 

                                                 

171


 Ro’za – bir oylik o’zini tiyish bo’lib, musulmonlar uning davomida saxardan to kech tushgunga qadar yeyish, 

ichish va chekishdan o’zini tiyib turishi lozim. Bu oy davomida tungi bozorlar va sayrlar tashkil qilingan.

 

172


 Т.С.Вызго  Музыкальные инструменты Средней Азии (Исторические очерки). Издательство “Музыка” 

Москва 1980г .-149-bet. 

173

 Ўзбек тилининг изохли луғати.  Москва “Рус тили” нашриёти 1981й .-I. 241-bet. 



174

 Т.С.Вызго  Музыкальные инструменты Средней Азии (Исторические очерки). Издательство “Музыка” 

Москва 1980г .-144-bet. 



                                                                               

67

sozlashning



175

 bir qancha turini keltiradi. Huddi dutor singari, XIX asr tanburi ham 

xalq orasida sovet davrida ham mavjud bo’lgan tanburga mos keladi. 

 

Eyxgorn kamon bilan chalinadigan tanbur haqida ham eslatib o’tadi. Uni 



setor deb atagan xolda, u bu atamani noto’g’ri qo’llaydi, chunki bu asbob o’n ikki 

torga ega. Belyaev, garchi «setor» atamasi odatda «uch torli» degan ma’noni 

anglatsada, uni ko’pincha tanburning kamon bilan chalinadigan turini qo’llashgani 

haqida yozadi

176

.  


18. Rubob – “fors-tojikcha” so’z bo’lib, mediator bilan chertib chalinadigan besh 

torli musiqa asbobi degan ma’noga ega

177

. Rubob (Forobiy bo’yicha) torlarining 



alohida qismlarining to’lqinlanishi orqali tovush chiqaradigan asboblar qatoriga 

kiradi. Rubob bir yoki ikki torli bo’ladi. Biroq, ba’zan rubob to’rt torli ham bo’ladi. 

Xuddi tanbur kabi, rubobning ham pastki qismida tugmachasi bo’ladi

178


. Darvish 

Alining traktatida rubobning beshta tori bor (to’rtta ipakli va bitta kumush) deb 

aytilgan

179


.  

      XIX  asrning  oxiriga  kelib,  O’zbekistonda rubobning alohida, xozirda 

qashqar rubobi deb tanilgan turi tarqala boshlagan.

180


.

 

Buxoro, Tojikiston va 



Afg`onistonda tarqalgan Rubobning yana bir turi – Afg`on rubobi, tojik rubobi 

yoki Buxoro Rubobi deb ham ataladi. Bunda asosiy tordan tashqari rezonans 

beruvchi qo`shimcha torlar ham bor.

 

O`rta osiyo xalqlariga nisbatan janubiy 



Xitoyning Xinjiang viloyatida yashovchi uyg`urlar o`rtasida keng tarqalgan turi 

Qashqar Rubobi deyiladi.  

19.  G’ijjak – “fors-tojikcha” so’zdan olingan bo’lib, skripkaga o’xshash 

kamonchali cholg’u asbob degan ma’noga ega

181

. G’ijjak - yarim doira shaklidagi, 



odatda daraxtdan, kokos yong’og’idan va qovoqdan qilinadigan korpusdan, charm 

membrana va dumaloq yog’och bo’yindan (aniqroq qilib aytsak dastadan) iborat. 

G’ijjakdagi torlar soni odatda 3-4 ta bo’ladi. Ancha ilgarigi g’ijjaklar ikki torli 

bo’lgan. Bu borada Boburning  habarlari juda qiziq: uning takidlashicha o’z 

davrining mohir sozandasi Qul-Muhammad Udiy g’ijjakga 3-torni ham 

qo’shgan


182

. Lekin shundan so’ng ham ikki torli g’ijjak uch torli g’ijjak(keyinroq 

to’rttorli) bilan parallel ravishda bizning davrimizgacha mavjud bo’lib kelgan. 

Bunga isbot sifatida Eyxgornning o’rta osiyo musiqiy asboblari kolleksiyasida ham 

ikki torli g’ijjakning mavjud bo’lganini keltirishimiz mumkin.  

       XIX  asr  g’ijjagi  –  kamon  bilan  chalinadigan asboblarning tipik vakilidir. 

Zamonaviy xalq g’ijjagi singari, u yarim shar shaklidagi korpusga 

ega.Minyatyuralar bilan taqqoslash g’ijjak XV-XVI asrlardayoq g’oyat 

                                                 

175


 V.M.Belyaevning ta’kidlashicha, Eyxgorn tomonidan keltirilayotgan tanburlarni sozlash uning kolleksiyasidagi 

ayrim asboblarning shikastlanganligi sababli hamma yerda ham to’g’ri kelavermaydi. 

176

 Т.С.Вызго  Музыкальные инструменты Средней Азии (Исторические очерки). Издательство “Музыка” 



Москва 1980г . -145-146-betlar. 

177


 Ўзбек тилининг изохли луғати.  Москва “Рус тили” нашриёти 1981й .-I. 628-bet. 

178


Т.С.Вызго  Музыкальные инструменты Средней Азии. (Исторические очерки). Издательство “Музыка” 

Москва 1980г . -80-bet. 

179

  Т.С.Вызго  Музыкальные инструменты Средней Азии (Исторические очерки). Издательство “Музыка” 



Москва 1980г .-90-bet. 

180


 Yuqoridagi manbaa .-165-bet. 

181


 Ўзбек тилининг изохли луғати.  Москва “Рус тили” нашриёти 1981й .-II. 656-bet. 

182


 Bobur. Boburnoma. Toshkent ,1960-yil .-244-bet. 


                                                                               

68

takomillashgan va XIX asrda ham o’zining tipik (tashqi va konstruktiv) 



xususiyatlarini saqlab qolgan asbob deb xulosa qilish imkoniyatini beradi. Bu 

asbob ham O’zbekiston, ham Tojikiston uchun xarakterlidir. Uning hozirgi 

davrdagi evolyusiyasi kvintali sozlanadigan to’rt torli g’ijjaklar paydo bo’lishiga 

olib kelmoqda

183



20. Qobuz - Qirg’iz qobuzi bir bo’lak daraxt yog’ochidan o’yib yasalgan (korpusi 



bo’yinchasi va boshi bilan birga). U uncha katta bo’lmagan rezonator teshikchali 

yog’ochli dekaga, uchta payli torga ega bo’lgan. Qobuzning torlariga chap qo’lni  

yengilgina bosib chalinadi. Shu orqali asbobning barcha registrlari bo’ylab bir 

maromda betakror kuy taraladi.   

 

Qozoqlarning kamon bilan chalinadigan qobuzini ham Eyxgorn 



qirg’izlarniki deb hisoblaydi. Chunonchi, u bilan qirg’izcha qiyoq o’rtasida 

umumiylik shunchalik ko’pki, ularga huddi o’sha bitta asbob deb qarash mumkin. 

Qobuz (qiyoq) eshilmagan ot yolidan yasalgan ikki torga, cho’michsimon o’yib 

yasalgan korpusga ega

184

.  


     Bugungi  kunda  qobuz  ancha  iste’moldan chiqib ulgurgan, lekin o’tmishda 

qobuz shubhasiz o’zbek xalqining cholg’u asboblari orasida muhim o’rin 

egallagan. Bunga tarixiy manbalar ham guvohlik beradi. Zahiriddin Muhammad 

Bobur o’zining “Boburnoma” asarida XV asrda Samarqandda yashagan mashhur 

qobuzchining ismini keltirib o’tadi

185


. Taniqli olim, buxorolik Darvish Ali ham 

o’zining musiqa haqidagi traktatida  “qobuz- juda chiroyli ohangga ega va xalq 

orasida ko’p talab qilinadi” deb aytib o’tgan

186


. Huddi shu yerda u qobuzni o’z 

davrining mashhur musiqashunosi Sulton Uvays (1356-1374) tomonidan afg’on 

rubobini bo’ynini uzaytirib,korpusini kichraytirish orqali ixtiro qilinganligi 

haqidagi tahminini aytib o’tadi. Lekin shu vaqtning o’zida Darvish Ali qator 

olimlarning “Sulton Uvays qobuzni  avzonlardan olgan” degan tahminlarini ham 

keltirib o’tadi

187

.  


21.  Afg’on rubobi – torli cholg’u asboblar orasida afg’on (yoki tojik, buxoro) 

rubobi o’zining tashqi ko’rinishi va o’ziga xos tembr xususiyatalari bilan alohida 

ajralib turadi, Buxoro va Samarqandda keng tarqalgan. Bugungi kunda 

O’zbekistonning boshqa viloyatlarida xususan Toshkentda ham afg’on rubobini 

uchratishimiz mumkin.  U Tojikistonning zamonaviy ansambllarida alohida o’rin 

egallaydi. Afg’on rubobining O’zbekistonga qachon kirib kelganinini aniq aytib 

bo’lmaydi,hatto Darvish Alining “Musiqa haqidagi traktatlarida” ham u haqdagi 

ta’riflarni uchratmaymiz

188

. Lekin, XIX asr oxiridagi suratda bu asbob namunasi 



saqlanib qolgan. Qizig’i shundaki, uni chalayotgan musiqachi ham, chamasi 

                                                 

183

 Т.С.Вызго  Музыкальные инструменты Средней Азии (Исторические очерки). Издательство “Музыка” 



Москва 1980г . -146-bet. 

184


 Т.С.Вызго  Музыкальные инструменты Средней Азии (Исторические очерки). Издательство “Музыка” 

Москва 1980г .-141-142-betlar. 

185

 Bobur. Boburnoma. Toshkent ,1960-yil .-417-bet. 



186

 Дарвиш-Али. Трактат о музыке. Ук.рукопись, л. 22а. 

187

 Ф.Кароматов  Узбекская инструментальная музыка Издательство “литературы и исскуства им. Гафура 



Гуляма” Ташкент 1972г. -108-bet. 

188


 Ф.Кароматов  Узбекская инструментальная музыка”Издательство “литературы и исскуства им. Гафура 

Гуляма” Ташкент 1972г. -140-141-betlar. 




                                                                               

69

Afg’onistonlikdir



189

. Rubobda beshta asosiy 10-11 ta qo’shimcha torlar mavjud. 

Dutor va tanburdan farqli ravishda afg’on rubobida barcha asosiy torlar ohangdor. 

Afg’on rubobi tanburga o’xshab o’zlashtirilishi qiyin bo’lgan asboblar sirasiga 

kirganligi uchun O’zbekistonda asosan professional xalq hofizlari tomonidan turli 

xil harakterdagi chol’gular kiritilgan ansabllar tarkibida foydalaniladi

190

.   


22.  Chang – “fors-tojikcha” so’z bo’lib, to’rt burchak yassi quti shaklidagi, sim 

torlar tortilgan, qo’sh cho’p bilan urib chalinadigan cholg’u asbobi ma’nosiga 

ega

191


. Changadagi umumiy torlar soni 40 taga yetadi. Chang ham yakka, ham 

ansambl tarkibida ijro etiladi. Lekin shunga qaramay chang qo’shiqchiga asosan 

milliy cholg’ular ansambli tarkibida jo’r bo’la oladi, ya’ni yolg’iz o’zi bu 

maqsadda ishlatila olmaydi

192

.  


      Eyxgorn  katalogidagi  oxirgi  asbob  – vargan (chang deb atalgan) bo’lib, urib 

chalinadigan asboblar bo’limiga tushib qolgan, lekin uni tilchali asboblarga 

kiritilsa, to’g’riroq bo’lardi. U uchlari juda cho’zilgan metall nag’alchadan iborat 

bo’lib, o’rtasida ilgaksimon bukilgan uchiga bo’sh po’lat tilcha mahkamlangan. 

Uning kelib chiqishi, shubhasiz juda qadimiy: metalldan yasalgan varganning  

namunalari ilgari ba’zi cho’l rayonlarida hozirgi kunga qadar saqlanib qolgan 

suyakdan (tuya suyagidan) yasalgan bo’lishi mumkin

193





Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish