2
Bitiruv malakaviy ishi himoyaga tavsiya etildi
“Uzoq Sharq va Janubiy Osiyo tillari” “Xitoy filologiyasi” kafedrasi mudiri
fakulteti dekani f.f.n. Nosirova S. A. Sultanova L.A.
_____________________________ ______________________________
“____” _____________ 2012-yil
“____” _____________ 2012-yil
3
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Uzoq Sharq va Janubiy Osiyo tillari fakulteti
xitoy filologiyasi kafedrasining
4-kurs talabasi Abduvoxidova Madina Baxtiyor qizining
“ Xitoy tilida cholg’u asboblarining leksik-struktur tahlili” deb nomlangan
BMI ishiga ilmiy rahbar xulosasi
Mazkur malakaviy ish kirish, ikki bob, xulosa va ilovadan iborat. Birinchi bob
“Xitoy va o’zbek cholg’u asboblarining tadrijasi” deb nomlanib, bob ikki fasldan
tashkil topgan. Mazkur bobda xitoy va o’zbek cholg’u asboblarining kelib chiqishi
tarixi, musiqiy asboblar deb qanday asboblarga nisbatan aytilishi bayoni ko’rib
chiqilgan.
Ikkinchi bob “O’zbek va xitoy cholg’u asboblarining leksik-struktur tahlili”
deb nomlanib, ikki fasldan iborat.
Ushbu bobda cholg’u asboblari iyerogliflarining yasalish usullari haqida
bayon etilgan.
Xulosada tadqiqot mavzusi bo’yicha erishilgan natijalar bayoni keltirilgan.
Ishning obyekti: Cholg’u asboblarning leksik-struktur tahlili. Ishning
predmeti : Xitoy va o’zbek xalqi cholg’u asboblari tasnifi, ularning tadrijasi,
o’xshash va farqli jihatlari.
Ilmiy ishning yangiligi: xitoy tilida musiqiy asboblarni kelib chiqish tarixi,
cholg’u asboblar nomlarini struktur jihatdan tahlili ko’rib chiqildi. Cholg’u
asboblarning kelib chiqishiga doir turli olimlarning bergan fikrlari tahlil etildi. Shu
natijasida “Xitoycha - o’zbekcha lug’at” mini – lug’ati yaratilishi ko’zda tutilgan.
Malakaviy ishning nazariy ahamiyati: Tadqiqot materiallaridan xitoy tiliga
oid bo’lgan turli xil darsliklar, o’quv qo’llanmalar, “Xitoy va o’zbek cholg’u
asboblari” nomli brashura shaklidagi kitobcha tuzish mumkinligi.
Malakaviy ishning amaliy ahamiyati: Xitoy tiliga ixtisoslashtirilgan litseylar
va maktab o’quvchilari uchun xitoy cholg’u asboblari haqida qiziqarli
4
ma’lumotlarga ega bo’lishlari, cholg’u asboblarining nomlari, kelib chiqishi tarixi,
tuzilishi va ko’rinishi haqida umumiy tasavvurga ega bo’lishlari, musiqa olami
haqida dunyoqarashlarini boyitishlari uchun asqotishi mumkin.
Mazkur diplom ishi talablar asosida bajarilgan va himoyaga tavsiya etiladi.
Ilmiy
rahbar:
TDShI
Xitoy filologiyasi kafedrasi katta oqituvchisi,
f.f.n. S.A.Hashimova
5
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Uzoq Sharq va Janubiy Osiyo tillari
fakulteti xitoy filologiyasi kafedrasining bakalaviatura ta’lim yo’nalishining 4-kurs
talabasi Abduvoxidova Madina Baxtiyor qizining “ Xitoy tilida cholg’u
asboblarining leksik-struktur tahlili” deb nomlangan BMI ishi
Do'stlaringiz bilan baham: