Microsoft Word mahtumquli ziyouz com doc



Download 368,41 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/162
Sana25.09.2021
Hajmi368,41 Kb.
#185274
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   162
Bog'liq
131mahtumqulisaylanmapdf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
8
 
Maxtumquli, kimki ichin sof etmas
Ma’lumdirki, oxiratdan xavf etmas, 
Ojiz tani o‘tli gurzga tob etmas, 
Yo Rab, qanday bo‘lur holi bandaning?!. 
 
Hazrati Jaloliddin Rumiy, Nasimiy, Alisher Navoiy, Muhammad Fuzuliy, Boborahim 
Mashrab, Muhammadrizo Ogahiy singari yuzlab mumtoz shoirlar she’riyatida esa komil 
iymon, ishqi ilohiy porlab turadi. Bu mustasno shoirlar silsilasida Maxtumquli Firog‘iyning 
o‘z maqomi bor... Shoirning majoz kuychisi emas, balki Xoja Ahmad Yassaviy, So‘fi 
Allohyor singari haqiqat kuychisi ekani uning xalq ommasi orasida g‘oyat sevimli 
bo‘lishining sabablaridan bo‘lsa, ajabmas. 
Haq yo‘lidagi haqiqiy iymon sohiblari uchun she’riyat ezgulik, go‘zallik, poklik va halollik
taqvo va sadoqat, fayzi ilohiy samarasidir. Chunki hadisi sharifda aytilganidek, 
"Hikmatning boshi Allohdan qo‘rquvdir" va yana: "She’rda, albatta, hikmat bor". Hikmat 
esa Allohning xos ikromidir. Chunonchi, Qur’oni karimning Baqara surasi, -oyatida Alloh 
taolo: "U (Alloh) O’zi xohlagan kishilarga hikmat ato etur. Kimgaki hikmat berilgan 
bo‘lsa, bas, muhaqqaq, unga ko‘p yaxshilik berilibdi" deb marhamat qiladi. Hikmat – 
sog‘lom aqlga, sog‘lom qalbga, iymon-e’tiqod va ilmu irfonga muvofiq so‘z, barcha diniy 
va dunyoviy narsalarning haqqoniy hukmlaridir. Maxtumquli, shubhasiz, ana shunday 
sohibi hikmat zotlardandir. 
Maxtumqulining butun ma’rifati, islomiy muhabbati, ishqi, shavqi, qayg‘usi she’rlarida 
aks etadi. She’riyat shoir qalbining ko‘zgusidir. 
Maxtumquli she’riyati bani basharga qilingan otashin va ma’rifiy xitoblardan iborat. 
Maxtumquli she’riyati Qur’oni karim va hadisi shariflar ma’nolarining she’riy sharhidan 
iborat. 
Maxtumquli she’riyatining bosh yo‘nalishi: iymon-e’tiqod, o‘lim va hayot, qiyomatning 
haqligi, dunyoning foniyligi va oxiratning boqiyligi, ogohlik bilan oxiratga hozirlik 
ko‘rmoq zaruriyati kabi ezgu g‘oyalardir. 
 
Maxtumquli, sen dam-badam 
Oxirat sari ur qadam. 
Yaxshi-yomon – barcha odam 
Ajalning giriftoridir. 
 
Maxtumquli she’riyati ezgulikka da’vatdir. Foniy dunyoga aldanmang, deydi shoir.  
Ma’lumotlarda Maxtumquli yoshlikda Menglixon ismli qizni sevgani, lekin unga uylanish 
nasib qilmagani, keyin shoir Oqqiz ismli ayolga uylanib, undan ikki o‘g‘il ko‘rgani, 
farzandlari yoshligida o‘lib ketgani zikr qilinadi. Mashhur sharqshunos Ye.E. Bertels: 
"Bunday judolikdan keyin oilaviy hayot shoirga lazzat bera olmagani haqiqatga juda 
yaqin", degan fikrni bildiradi. Insoniy jihatdan qarasangiz, bu fikr to‘g‘riga o‘xshaydi. 
Ammo mustashriqning: "Ehtimol, Maxtumqulining ko‘pchilik she’rlaridagi g‘am-alam 
ohanglariga shoirning oilaviy baxtsizligi ham sabab bo‘lgandir", degan fikri 
Maxtumqulining ma’rifati, ishqi, dardi va g‘oyalarini to‘liq tushunmaslik natijasidir. Olim 
keltirgan: 
 
Jahongashta devonalar, 
Men kabi hech yongan bormi? 
Ishq qurboni – parvonalar, 


Saylanma. Maxtumquli 
 
 

Download 368,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish