Microsoft Word mahtumquli ziyouz com doc



Download 368,41 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/162
Sana25.09.2021
Hajmi368,41 Kb.
#185274
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   162
Bog'liq
131mahtumqulisaylanmapdf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
7
 
* * *  
 
Zamonlar o‘tgan sari, shoirlarni yalpi qoralovchi, hatto ularga noloyiq ayblar taqovchi 
guruhlar paydo bo‘la boshladi. Ilmi va ma’rifati sayozligi yoki nokomil "ustoz"lardan 
ta’lim olib, chetdan kelgan dunyoqarashlarga berilgani sabablimi, ba’zilar Qur’oni 
karimda shoirlar haqida kelgan oyatlarni noto‘g‘ri tushunib, o‘zlaricha ta’vil qiladi. 
Holbuki, unda istisno oyati ham bor bo‘lib, mehribon Alloh iymonli shoirlar bilan iymonsiz 
shoirlar o‘rtasidagi tafovutni aniq-ravshan bayon etgandir. Chunonchi, Alloh taolo 
aytadi: "Shoirlarga yo‘ldan ozganlar ergashur. Ularning (so‘z vodiylaridan) har vodiyda 
daydishlarini (ya’ni, o‘zlariga yoqib qolgan eng tuban kimsa yoki narsalarni ham ko‘kka 
ko‘tarib, yoqtirmaganlarini tuproqqa qorishlarini) va o‘zlari qilmaydigan narsalarni 
gapirishlarini ko‘rmadingizmi?" ("Shuaro" surasi, --oyatlar. Alouddin Mansurning izohli 
tarjimasidan). 
Bu oyatlar hazrati Payg‘ambarimizni va Islomiyatni hajv qilib, qoralagan iymonsiz, kofir 
shoirlar xususidadir. Keyingi oyatda esa Alloh taolo bunday deb marhamat qiladi: 
"Magar iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan hamda doim Allohni yodda tutgan va 
(ilgari) mazlum bo‘lganlaridan keyin (Islom zafar topgach), Qolib bo‘lgan (qasdlarini 
olgan) kishilar (ya’ni, shoirlar yo‘ldan ozdirguvchi emaslar). Zolim kimsalar esa yaqinda 
qanday oqibatga qarab ketayotganlarini bilib qolurlar". ("Shuaro", -oyat). 
Bu oyati karimadan shoirlarga baho berishda asosiy mezon iymon-e’tiqod, solih amallar 
va Allohni ko‘p zikr qilish ekanligi anglashilmoqda. 
Ulug‘ vatandoshimiz Faqih Abullays Samarqandiy bu oyati karima sharhida bunday 
deydilar: "Haqni – haqiqatni so‘ylovchilar – faqatgina iymon keltirib, solih amallar 
qiladigan, Allohni ko‘p zikr etadigan kishilardir. She’r va boshqa narsalar bilan mashg‘ul 
bo‘lishlari ularni Allohning zikridan chalg‘itmas, aksincha, bu ishlar Allohni yanada 
ko‘proq zikr qilmoqqa sabab bo‘lur". ("Tafsir ul-Qur’on", -sahifa). 
Yana Abullays Samarqandiy hazratlari aytadilar: "Allohni va Uning Rasulini madh 
etadigan, insonlarga nasihat va o‘git beradigan hamda ularni yaxshilikka tashviq 
etadigan she’rlar mamduh – maqtalmoqqa loyiqdir. Bunday she’rlarni yozgan shoirlar 
Allohning huzurida maqbuldir». (O’sha asar, -sahifa).  
"Ruhul-bayon" kitobida ham mazkur oyati karima tarixiy misollar bilan sharhlangan. 
Ma’lumki, ezgu fikr-g‘oyalarni, ishqi ilohiyni majoz yo‘li bilan ifodalaydigan shoirlar 
"Majoz haqiqatning ko‘prigidir" degan hadisi sharifga asoslanadilar. 
She’r va shoirlar xususida bir qancha hadisi shariflar ham mavjud. Chunonchi, hazrati 
Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam: "So‘zda - sehr, she’rda - hikmat bor" deb lutf 
qilganlar. 
Sahobalardan bo‘lgan bir shoir kelib, Payg‘ambar alayhissalomga: "Alloh taolo shoirlar 
haqida aytgan bu so‘zlardan (yuqoridagi oyatlardan) keyin bizlarning holimiz ne 
kechadi?" – deydi. Shunda hazrati Payg‘ambarimiz (s.a.v.): "Mo‘min kishi ham tig‘i, ham 
tili (ya’ni, qalami) bilan Alloh yo‘lida kurashadi. Yaratgan Egamning nomiga qasamki, 
sizlar otadigan o‘qning tig‘i o‘tkirroqdir", deganlar. 
Imom Buxoriy hazratlarining "Al-Jomi’ as-Sahih" ("Eng ishonchli hadislar to‘plami") 
kitoblarida ham she’r va shoirlar haqida hadisi shariflar bor. 
Imom Termiziyning "Shamoyili Muhammadiyya" kitoblarida esa, hazrati Payg‘ambarimiz 
(s.a.v.) o‘qib yurgan she’rlar alohida bobda bayon qilingan. 
Binobarin, shoirlarga baho berishda mezon ularning iymonidir. Ularning iymon-e’tiqodi 
esa yozganidan ma’lum. Shu bois, bu masalaga insof va sof dil bilan yondashgan 
ma’qul. Shoir aytganidek: 


Saylanma. Maxtumquli 
 
 

Download 368,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish