Betakror shoir-Muhammad Yusuf. Shoir shunday ko’pki, ularga yer tor



Download 23,51 Kb.
bet1/5
Sana31.12.2021
Hajmi23,51 Kb.
#220281
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Betakror shoir-Muhammad Yusuf


Betakror shoir-Muhammad Yusuf.

Shoir shunday ko’pki, ularga yer tor,

Hammasi mashhur va hammasi nomdor.

Muhammad Yusuf

Reja

  1. Muhammad Yusuf- - xalqimizning bulbulzabon farzandi.

  2. Shoir she’rlarida vatan timsoli.

  3. Pok va samimiy tuyg’ularni madh etuvchi asarlar.

  4. Xalqparvar ijodkor istagi.

O’zbek adabiyoti shunday chamanzorki, uning bo’stonida gul ko’p, chechak ko’p. Bu bo’stonda bir-biriga o’xshamaydigan dilbar shoirlar avlodi qayta-qayta bo’y cho’zaveradi. Ana shunday xalqimiz suygan shoirlardan biri , O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufdir. Mehr va muhabbatni hayotining mazmuniga aylantirgan, samimiyligi, soddaligi bilan xalqining muhabbatiga, cheksiz hurmatiga sazovor bo‘lgan shoir M.Yusuf 1954-yil 26-aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi Qovunchi qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ildi. O’rta maktabni tugatgandan so‘ng, Respublika Rus tili va adabiyoti institutini (1978) tamomladi. 1978—1980 yillarda respublika Kitobsevarlar jamiyatida, 1980—1986 yillarda «Toshkent oqshomi» ro‘znomasida, 1986—1992 yillarda esa G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida, umrining so’ngida esa «O’zbekiston ovozi» ro‘znomasida faoliyat ko‘rsatdi. Uncha uzoq umr ko‘rmagan bo‘lsada samarali ijodiy faoliyat olib bordi. Darhaqiqat yozuvchi I.Haqqul aytganidek “Yozuvchining umri yil bilan o‘lchanmay ijodiy faoliyatining samarasi bilan o‘lchanadi”. Shoirning ilk to‘plami “Tanish teraklar” deb nomlanadi. Birinchi kitobi chiqqandayoq uni elga tanitdi, to‘plamdagi she’rlaridan dunyoga kelgan diltortar qo‘shiqlar esa uni mashhurlik darajasiga ko‘tardi. Iste’dodli shoirning “Bulbulga bir gapim bor”, “Uyqudagi qiz”, “Halima enam allalari”, “Ishq kemasi”, “Ko‘nglimda bir yor”, “Bevafo ko‘p ekan”, “Yolg‘onchi yor”, “Erka kiyik”, “Osmonimga olib ketaman” kabi ko‘plab she’riy kitoblari bosilib chiqqan.

2004-yilda “Erta so‘ngan yulduzlar” nomli bir kitob dunyoga keldi. Bu kitob mashhur shoir, bastakor, xonanda, jurnalistlar hayoti,Ularning qilgan ishlari, unvonlari, yutuqlari va boshqa jihatlariga bag‘ishlangan edi. Ko‘plab ijod sohiblari qatori shoir M.Yusufning ham jurnalistlar bilan suhbati, shoirning e’lon qilishga ulgurmagan she’rlari, u haqida maqolalar, vafotidan keyingi do‘stlarining xotiralari, marsiyalari hamda umr yo‘ldoshi Nazira as-Salomning jurnalistlar bilan muloqotlari matnini to‘plab kiritilgan va jamlangan. Bu yig‘ilgan materiallar shoir ijodini o‘rganuvchilar uchun muhim bir manba bo‘lib xizmat qiladi.

Erta so‘ngan yulduzlar” kitobida shoirning journalist Orif To‘xtash bilan suhbati bayoni keltirilgan.



Prezident qo‘lidan xalq shoiri unvonini olgan Muhammad Yusuf ko‘ngil kechinmalarini quydagicha izohlaydi.

“…Bilasizmi qaysi sohada bo‘lmasin, mehnatingizzni ozgina bo‘lsada qadrlab, barakalla deb yelkangizga urib qo‘yishsa, bu katta bir dalda bo‘lishi turgan gap. Mening ham kimgadir keragim bor, deb ko‘ngildan o‘tkazasiz. Ruhlanasizda! Kamtarin ijodini shu qadar yuksak unvon bilan taqdirlaganlari uchun juda minnatdorman”. Shu darajadagi ulug‘ unvondan ruhlangan shoir yana ham qizg‘in ijod qila boshladilar.



Muhammad Yusuf uchun eng muhim janr bu she’riyat edi. Nasr haqida shunday degan: “Qo‘limdan keladigan ish lekin men uchun eng muhimi – she’r uni qizg‘onaman”-deb yozgan edi. She’riyatni buyuk ne’mat deb bilgan adib, she’rga ham yuksak ta’rif beradi.

She’r bu – shirin dard ozor, shoir – shu dard bemori yurakdagi o‘sha she’r qog‘ozga tushmaguncha ba’zi hollarda uyqu ham kelmaydi. Uni yozib bitgandan keyingi rohat boshqacha bo‘ladi deya takidlagan M. Yusuf shunday she’riyatga butun umrini, mehrini bahshida qilgan shoir edi.

Shoir o‘zbek she’riyatining zamonaviy davrlari bilan bir qatorda mumtoz adabiyot vakillaridan A. Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Boborahim Mashrab, Bedilni sevib o‘qigan va buyuk zotlarga munosib voris bo‘lishga harakat qilgan. Bundan tashqari rus shoirlaridan Anna Axmatova, Sergey Yesenin va o‘zbek adabiyotining zabardast shoirlaridan R. Parfi, Abdulla Oripovlar ijodini ko‘p o‘qib ular ijodidan ozuqa olgan.


Download 23,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish