Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet271/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

 

INGICHKA ICHAK 

 

Ingichka  ichakda  oziq  moddalarning  parchalanishi  va  so’rilishi:  bilan  bog’liq  turli  xil  jarayonlar 

amalga oshadi. Bu erda hamma oziq moddalar - oqsillar, yog’lar va karbonsuvlar ximiyaviy ji-hatdan 

qayta ishlanadi, ya’ni parchalanadi. Oqsillarni qayta ishlashdan oddiy oqsillarni parchalovchi - e n t e 

r  o  k  i  n  a  z  a,.  kinazogen  va  tripsin,  peptidlarni  aminokislotalargacha  parchalovchi  -  erepsin 

(peptidazalar  aralashmasi)  va  murak-ka.b  oqsillar-  nukleoproteidlarni  parchalovchi  -  nukleaza 

fermentlari ishtirok etadi. Qarbonsuvlarni parchalashda - amilaza, mal’taza, saxaroza, laktaza va fos-

fataza, yog’larni parchalashda-lipaza fermentlari qatna-shadi. Ichakning evakuatciya faoliyati uning 

mushak  pardasining  peristal’tik  qisqarishi  hisobiga  bajariladi.  Bundan  tashqari»  ichak  endokrin 

vazifani  ham  bajaradi  va  serotonin,  gnstamin,  motilin,  sekretin,  enteroglyukagon,  xoletcistokinin, 

pankrezi-min, gastrin va gastrinni ingibitori kabi biologik aktiv mod-dalarni ishlab chiqaradi. 

Taraqqiyoti.  Embrion  rivojlanishining  5-haftasida  birlamchn  ichak  nayi  o’rta  qismining  oldingi 

bo’limidan o’n ikki barmoq, o’rta bo’limidan och ichak, yombosh va yo’g’on ichaklar paydo bo’lsa, 

orqa  bo’limi  to’g’ri  ichakni  hosil  qiladi. 

Vorsinkalar,  kriptalar  epiteliysi  va  duodenal 



 

327 


bezlar  ichak  endodermasidan  hosil  bo’-ladi.  Homila  taraqqiyotining  dastlabki  bosqichlarida  ichak 

nayn  yirik  kubsimon  entodermal  hujayralari  bilan  qoplangan.  5  haftalik  homila  ingichka  ichak 

epiteliysi  ikki  qator  prizmatik  bo’lsa,  faqat  7-8  haftadan  keyingina  bir  qavatli  tcilindrsi-mon 

ko’rinishda bo’ladi. Taraqqiyotning 3-oylari davomida ichak yuzasida ko’ndalang chuqurchalar bilan 

alohida qabariqlarga bo’-linuvchi uzun burmalar paydo bo’ladi. SHu qabariqlar bo’lajak vorsinkalar 

o’rnidir. 4-oylarga kelib ham ingichka, ham yo’g’on ichaklar ichki yuzasi vorsinkalar bilan qoplanadi. 

Ingichka ichak-da vorsinkalar soni ortib boradi, yo’g’on ichak vorsinkalari esa taraqqiyotining 9- oyi 

davomida asosidan to uchiga qadar bir-bi-ri bilan tutashib ketadi. Vorsinkalarni ajratib turuvchi bo’sh-

liq shilliq parda hosil qilgan chuqurchalar holida bo’lib, Li-berkyun bezlari yoki kriptalar deb ataladi. 

Ingichka ichak vorsinkalari uzunasiga uning yarmigacha tutash-ganligidan bu erda kriptalar chuqur 

bo’lmaydi. Un ikki barmo^ ichakning xususiy bezlari (Brunner bezlari) homila hayotining 4-oylarida 

kripta epiteliysining shilliq osti pardasiga o’sib kirishidan hosil bo’ladi. 

SHilliq  pardaning  xususiy  qatlami  va  shilliq  osti  parda  embriogenezning  7-8-  haftalarida 

mezenximadan taratcqiy eta-di. 

Mushak  parda  qatlamlari  bir  vaqtda  hosil  bo’lmaydi,  dastav-val  7-8-haftalarda  ichakning  ichki 

mushak qatlami, so’ng tashqi uzunasiga yo’nalgan qatlam rivojlanadi. Mushak parda embrion 

INGICHKA ICHAKNING TUZILISHI 

Ingichka ichak devorida shilliq, shilliq osti, mu-shak va seroz pardalar ta-fozut etiladi (206-rasm). 



SHillitc,  parda  epiteliy,  xususiy  va  mushak  qatlam-lardan  iborat  bo’lib,  unda  aylana  burmalar, 

vorsnnka  (so’rg’ichlar)  hamda  kripta-lar  borligi  uchun  ingichka  ichakka  xos  bo’lgan  manzara-ni 

yaratadi.  Bu  tuzilmalar  ikgichka  ichakning  umumiy  yuzasini  oshiradi  va  uning  asosiy  vazifalarini 

baja-rishga yordam beradi. 

A y l a n a burmalar (plicae circulares) shilliq va shilliq osti pardalari hisobi-ga hosil bo’ladi. 

Vorsinkal  ar  (villi  in-testsinales)  shilliq  pardaning  barmoqsimon  bo’rtmalari  bo’-lib,  ichak 

bo’shlkg’ida  erkin  holda  chiqib  stadi.  Ingichka  ichakda  vorsinkalar  soni  juda  ko’p.  Vorsipkalar 

miqdori va balandligi ingichka ichakpiing butun uzunasi bo’ylab bir xil-da bo’lmay, o’rta hisobda o’n 

ikki barmoq ichakiing 1 mm

2

 yuzasida 22- 40, yonbosh ichakda zsa 18 dan 25 tagacha bo’ladi. O’n 



ikki barmoq ichakda vorsinkalar serbar va kalta (balandligi 0,2 - 0,5 mm), och va yonbosh ichaklarda 

esa ingichka-poi^, lekin baland (0,5-1,5 mm gacha) bo’ladi. Vorsinkalarning hosil bo’lishida shilliq 

pardaning  hamma  kavatlari  ishtirok  etadi.  Vorsin-kalar  hamda  burmalar  hisobiga  ichak  yuzasi  10 

martagacha oshadi. 

Kriptalar yokiichak b e z l a p i (criptae seu glandulae intestina-les) epiteliyning xususiy plastinkaga 

botib  kirishidan  hosil  bo’lgan  naysimon  tuzilmalardir.  Ular  vorsinkaler  orasiga  ochiladi.  Ingichka 

ichakning 1 mm

2

 yuzasida 100 tagacha kripta bo’lib, ularning umumiy soni 150 mln dan oshadi. Har 



bir  kriptanning  uzunligi  0,25-0,5  mm  diametri  esa  0,07  mm  atrofida  bo’ladi.  Ingichka  ichakda 

kriptalar-ning umumiyyuzasi 14m

2

ga etadi. Vorsinkalar va kriptalarning yuzasi bir qavatli prizmatik 



epiteliy bilan qoplangan. Vorsinkalar epi-teliysi 3 xil: «jiyakli» prizmatik (enterotcitlar), qadahsimon 

va endokrin hujayralardan tashkil topgan. Kriptalarda esa yuqorida ko’rsatilganlardan tashqari, Panet 

xujayralari va ixtisoslashmagan, «jiyaksiz» hujayralar ham bo’ladi. Limfoid follikulalar sohasida-gi 

epiteliy tarkibida ba’zan «tukli» - neyroepitelial va M-hujay-ralar uchrab turadi. Hoshiyali p r i z m a 

t i k h u j a y r a l a p (enterotcitlar) baland, tcilindrsimon bo’lib, cho’zinchoq yadrosi hujayraning 

past-ki  '/z  qismida  joylashgan.  Bu  hujayralarning  apikal  plazma-tik  membranasida  «jiyak» 

(hoshiyalar) ko’rinadi. Elektron mik-roskop «jiyak»ning tcitoplazmatik o’siqchalar - mikrovorsinka-

lardan  iborat  ekanligini  ko’rsatadi  (7,  44(G)-  rasmlarga  q.).  Har  bir  prizmatik  hujayra  2-3  ming 

mikrovorsinkaga  ega.  Mik-rovorsinkalarning  uzunligi  0,65-1,5  mkm,  eni  esa  0,1  mkm.  Mik-

rovorsinkalar hisobiga ichakning so’rilish yuzasi 30-40 marta oshadi. 




 

328 


 

206- rasm. Ingichka ichak devorishshg tuzilpshi. Gematoksilii-eozin bi- 

lai bo’yalgan. 06. 3,5, ok. 10. 1 -shilliq parqa: a - so’rrichlar (vor-u-inkalar); b - kriptalar; 2 – shilliq 

osti pardasi; 3 - mushak parda; 4 - serez parda. 

hayotining 7-8 oylarida to’la hosil bo’ladi. Seroz parda pusht taraqqiyotining 

5- haftalarida embrional biriktiruvchi to’qimadan paydo bo’ladi. 

 

Har bir mikrovorsinka uch qavatdan tuzilgan plazmatikmem-brana bilan qoplangan. Mikrovorsinkalar 



matriksi tcitoplaz-maga nisbatan hiyla zich bo’lib, mikronaychalar va fibrillalar tutadi. Ular yuqorida 


 

329 


apikal  membrananing  ichki  elektron  zich  qavati  bilan  bog’langan  bo’lib,  terminal  to’rda  tamom 

bo’ladi.  «Jiyakli»  hujayralar  mikrovorsinkalarida  fosfataza,  aminO-peptidaza,  invertaza, 

nukleoziddifosfataza,  glikozidaza,  mal’-taza,  laktaza,  saxaraza  va  boshqa  fermentlarning  ko’pligi 

aniq-langan.  Bu  ma’lumotlar  mikrovorsinkalar  faqatgina  hujayra-ning  so’rish  yuzasinigina  oshirib 

qolmay, balki so’riladigan moddalarni parchalashda ham aktiv ishtirok etishini ko’rsatadi. 

Mikrovorsinkalar  yuzasida  lipoproteid  va  glikozamingli-kanlardan  tashkil  topgan  glikokaliks 

joylashgan. 

«J  iyakli»  hujayralarning  apikal  qismida  yaqqol  ko’rinib  turadigan  terminal  to’r  bo’lib,  u  hujayra 

yuzasiga pa-rallel’ yo’nalgan filamentlardan tashkil topgan. 

Prizmatik hujayralar organellalarining aksariyati termi-nal to’r va yadro oralig’i zonasida joylashgan. 

Hujayra organel-lalaridan ko’p miqdorda uchraydigan mitoxondriyalar alohida 

 

207-rasm. Ingichka ichak epiteliysi qadahsimon hujayrasining elektron mikrofo- 



tografiyasi. x8.000 (K. I. Rasulov rasmi). ' -yadro; 2-sekretor donachalar; 3 - plastinkasimon 

kompleks. 

o’rin tutadi. Ular hujayrannng apikal qismida cho’zinchoq bo’lsa, bazal qism sari dumaloq shaklga 

ega bo’lib boradi va betartib joylashadi. Prizmatik hujayralarda Gol’ji kompleksi yaxshi rivojlangan 

va,  asosan,  hujayra  yadrosining  ustida  joylashgan.  Donador  endoplazmatik  to’r  hujayra 



 

330 


tcitoplazmasida  bir  xpl  tarqalgan.  Erkin  ribosoma  va  polisomalar  butun  tcitoplazma  bo’ylab 

joylashadi.  Endoplazmatik  to’r  va  Gol’ji  kompleksi  at-rofida  ribosomalarning  yirik  to’plamlari 

joylashgan. Prizma-tik hujayralarning yadrosi oval bo’lib, hujayraning pastki qismida joylashadi. 

Qadahsimon  h  u  j  a  y  r  a  l  a  p  (exocrinocyti  caliciforrnes)  ichak-ning  boshlanishidan  oxmrigacha 

mavjud  bo’lib,  prnzmatik  hujayralar  srasida  yakka-yakka  joylashgan  (207-rasm).  Ingichka  ichak 

vorsinkalari asosida, kriptalarning kjori qismlarida qadahsimon hujayralar an-chagina ko’p bo’ladi. 

O’n ikki barmoq ichakdan yonbosh ichakka qarab ularning soni ortib boradn. 

Qadahsimon hujayralar karboksil tutuvchi, sul’fatlangan,. kislotali glikozaminglikanlar, sialomutcin 

va neytral gliko-zamimglikanlar komplekslaridan iborat shilliq sekret ishlab chiqaradi. Sekret bilan 

to’lgan hujayra qadah shaklini oladi, yadro va boshqa organellalar, hujayraning ingichkalashgan bazal 

qismiga  qarab siljigan bo’ladi (207- rasmga q.). Hujayradan sekret apikal  membrananing  yorilishi 

bilan chiqadi. Hujayra-lardan sekret chiqishi bilan sekretor tcikl yaia qaytariladi. Le-kin sekreti chiqib 

ketgan  ayrim  hujayralar  emirilib  ketishi  ham  mumkin.  Qadahsimon  hujayralar  kriptalarning 

differentci-allashmagan hujayralaridan taraqqiy etadi. 

Endokrin  hujayralar  maxsus  bo’yoqlar  yordamida  bo’-yalganda  ko’rinadi.  Bu  hujayralar  asosan 

kriptalarda  joylash-gan  bo’lib,  vorsinkalar  epiteliysida  ham  uchrab  turadi.  Kumush  tuzlari  bilan 

bo’yalganda endokrin hujayralarning asosi keng, apikal qismi esa toraygan bo’lib, ko’pincha, epiteliy 

yuzasiga  etib  bormaganligi  yaxshi  ko’rinadi.  Bu  hujayralar  o’simtalarga  ega  bo’lib,  o’simtalari 

epiteliy hujayralari orasiga tarqaladi. Endokrin hujayralar tcitoplazmasi oqish bo’lib, o’zining bazal 

qismida  ko’plab  sekret  donachalari  tutishi  bilan  ajralib  tura-di  (208-209-rasmlar).  SHuning  uchun 

ba’zan bazal donabor (Qul’chitckiy) hujayralar deb ham yuritiladi. Ichakda endokrin hujayralarning 

bir necha turi uchraydi. Ularning ko’pchiligini serotonin, motilin va R-moddani ishlab chiqaruvchi 

EC-  hujay-ralar  tashkil  qiladi.  Enteroglyukagon  ishlaydigan  A-  hujayra-lar  juda  kam.  Sekretin 

ishlaydigan  S-hujayralar  esa  ichakning  har  xil  bo’limlariga  bir  xil  tarqalmagan.  Bundan  tashqari, 

ichakda  xoletcistokinin  va  pankreozimin  ishlovchi  1-hujayralar,  gastrin  ishlovchi  S-hamda  aktiv 

peptidlar ishlaydigan D va D

hujayralar topilgan. 



Nanet hujayralari kriptalar tubida joylashib, tci-toplazmasining apikal qismida sekret donalar tutadi. 

YAqin davrgacha Panet hujayralarida ichak bo’shlig’idagi parchalanish jarayonida ishtirok etuvchi 

ferment  ishlanadi,  deb  qaralsa-da,  shu  vaqtgacha  bu  hujayraning  aniq  fiziologik  faoliyati  ravshan 

emas.  Gistoximiyaviy  usullar  bilan  tekshirilganda  Panet  hujay-ralari  donalarida  oqsil, 

mukopolisaxaridlar,  rux,  ishqoriy  fosfataza  va  maxsus  esteraza  kabi  moddalar  aniqlangan.  Panet 

hujayralarining  elektron  mikroskopik  ko’rinishi  ularning  sek-retor  faoliyatidan  darak  beradi  (210-

rasm).  Hujayralar  tcilindrsimon  bo’lib,  apikal  yuzasida  kalta,  siyrak  mikrovorsin-kalar  va 

tcitoplazmasida  yaxshi  rivojlangan  donador  endoplaz-matik  to’r  tutadi.  «Tukli»  yoki  tutamli 

hujayralar (tuft cells) lim-foid follikullari sohasidagi epiteliyda uchrab, noksimon ko’-rinishga ega. 

Bu  hujayralarning  apikal  yuzasida  uzunligi  0,6-  1,0  mkm  va  eni  0,2-0,3  mkm  bo’lgan  ko’pgina 

mikrovorsinkalar  mavjud.  «Tukli»  hujayralar  mikrovorsinkalarining  tcitolem-masidan  hujayra 

yadrosi tomon mikronaychalar va ko’pgina mik-rofibrillalar yo’nalgan (211-rasm). Mikronaychalar 

devori  6-  8  nm  qalinlikka  ega  bo’lib,  tarmoqlanmaydi,  o’zaro  anastomozlar  hosil  qilmaydi. 

Neyroepitelial hujayralar tcitoplazmasida organellalar kam bo’ladi. Hujayra yadrosi yirik va yumaloq 

bo’-lib,  hujayraning  kengaygan  asosida  joylashadi.  «Tukli»  hujay-ralar  o’zining  atrofidagi  boshqa 

hujayralar  bilan  biriktiruv-chi  kompleks  va  desmosomalar  hosil  qiladi.  «Tukli»  hujayralar 

tuzilishining  umurtqalilar  retceptor  (sezuvchi)  xujayralari  tuzilishiga  o’xshashligi  hamda  limfoid 

follikullar  ustida  joy-lashganligi  ham  ularning  retceptor  (neyroepitelial)  hujayra-larga  oidligini 

ko’rsatadi. 

 

 




 

331 


 

208- rasm. Ingichka ichak vorsinkasidagi end-jrin hujayrasiniig (EC- hujayra) elektren 

mikrefetografiyasi. x25.000. 

1 - yadre; 2 - sekrgger detchalar; 3 - mntoxondrchya. 




 

332 


 

209-rasm. Ingichka ichak kriptasidagi endokrin hujayraning (1-hujayralar) 

elektron mikrofotografiyasi. x 12.500. 1 - yadro; 2 - sekretor donachalar; 3 - mitoxondriyalar. 



 

333 


 

210- rasm. Apikat donador (Paiet) hujayrannng elektron mikrofotogrgfiyasi. x 18.000. 

1» sekretor granula/ar; 2- yadro; 3"-lizosomalar; 4 - mitoxondriya: 5 - kripta bo’shlig’i; t> - 

plastinkasimon kompleks; 7 - endoplazmatik to’r . 




 

334 


 

211 oasm Ingichka ichak neyroepiteliy hujayrasining elektron mikrofotografiyasi. X 12.000. 

 

Ichak  epiteliysining  doimiyligi  vorsinkalardan  ko’chib  tusha-yotgan  hujayralar  va  kriptalarda 



joylashgan  hoshiyasiz  ixtisos-lashmagan  hujayralarning  bo’linishidan  yangidan  hosil  bo’lib, 

vorsinkalar tomon siljiyotgan hujayralar orasidagi muvozanat hisobiga saqlanadi. Kripta hujayralarida 

mitoz figuralari-ning bo’linishi azaldan ma’lum bo’lsa-da, ichak epiteliy hujay-ralarining yanglanib 

turishi jarayonining mexanizmi avtoradio-grafiya usulini qo’llash bilan aniqlanadi. Dastavval kripta 

hujayralari  bo’linadi  (proliferatciya)  (212-rasm),  so’ng  vorsin-kaga  qarab  siljiydi  (migratciya)  va 

nihoyat,  bu  hujayralar  tu-shib  ketadi  (ekstruziya).  Epiteliy  hujayralarining  to’liq  al-mashinishi  o’n 

ikki barmoq ichak uchun 48 soat, och va yonbosh 

ichak-lar  uchun  72  soatga  tengdir.  yo’g’on 




 

335 


ichakning  epiteliysi  uchun  al-mashish  davri  4  sutkaga  teng.  Kriptada  bo’lingan  hujayralarning 

vorsinkaga  siljishi  mobaynida  epiteliy  hujayralari  diffe-rentciallashadi  va  ixtisoslashadi:  epiteliy 

balandlashib,  mik-rovorsivkalar  miqdori  va  bo’yi  ortib  boradi,  hujayra  organel-lalarining  soni 

ko’payadi, hujayra takomillashadi. 

Ingichka  ichak  shilliq  pardasining  xususiy  qatlami  retikulin  to-lalari  mo’l  bo’lgan  siyrak  tolali 

shakllanmagan biriktiruvchi to’qi-madan iborat. Tomirlar atrofidagi biriktiruvchi to’qimada elastik 

tolalar ko’p bo’ladi. Bu qatlamda ko’pgina limfoid to’qimalar to’p- 

 

212- rasm. Ingichka ichak kriptasidagi N



3

 timidin bilan nishonlangan hujay- 

ralar. Gematoksilin-eozin bilan bo’yalgan. 06. 10, ok. 10 

1-kriptalar; 2 - nishonlangan hujayralar. 

lami  yotadi.  Ular  yakka-yakka  yoki  guruhlar  hosil  qilib  joylashishi  mumkin.  Solitar  (yakka-yakka 

joylashgan)  limfoid  follikullar  (folli-culi  lymphatici  solitar)  ingichka  ichakning  hamma  erida 

uchraydi.  Ular-ning  diametri  0,5  -  3  mm  atrofida  bo’ladi.  Ingichka  ichakning  dis-tal  bo’limlarida 

follikullar yirikroq bo’lib, shilliq pardaning mushak plastinkasiga ham kirib boradi, qisman shilliq osti 

pardada  ham  joylashishi  mumkin.  3  yoshdan  13  yoshgacha  bo’lgan  bolalar  ingich-ka  ichagining 

devorida  15000  tagacha  solitar  follikula  bo’lishi  mum-kin.  YOsh  ulg’aygan  sari  ularning  soni 

kamayib boradi. 

Limfoid follikullar guruhlari (folliculi lymphatici aggregati) yoki i Peyer pilakchalari (blyashkalari) 

o’n ikki barmoq va och ichaklarda ham uchrasa-da, asosan, yonbosh ichakda joylasha-di. Ularning 

soni va kattaligi yoshga qarab o’zgaradi. 5 va undan ortiq limfoid follikul tutgan Peyer pilakchalari 

12-16  yoshli  o’smirlar  ingichka  ichagida  ayniqsa  ko’p  bo’ladi.  Un  ikki  barmoq  ichakda  Peyer 

pilakchalari  mayda  bo’lib,  yonbosh  ichakka  borgan  sari  ular  kattalashib,  tarkibidagi  limfoid 

follikullarining  soni  ortib  boradi.  YOnbosh  ichakda  900  tagacha  limfoid  follikul  tutgan  Peyer 

pilakchalari uchraydi. Peyer pilakchalarida uch qism: limfoid follikullar, gumbaz qismi va follikullar 




 

336 


ora-sidagi  T-ga  bog’liq  zona  tafovut  qilinadi.  Gumbaz  qismi  fol-likulni  yuqoridan  o’ragan  bo’lib, 

ichak  bo’shlig’iga  turtib  chiqib  turadi.  Peyer  pilakchasi  joylashgan  sohadagi  ichakning  shilliq 

qavatida vorsinka va kriptalar bo’lmaydi. Bu joyning epiteliy- 

sida  jiyakli,  kam  ixtisoslashgan  jiyaksiz  va  ba’zan  qadahsimon  va  edokrin  hujayralar  uchraydi. 

Bundan tashqari, gumbaz qism epiteliysida yuqorida aytib o’tilgan «tukli» hujayralar va maxsus M-

hujayralar  uchraydi.  M-hujayralar  baland  prizmatik  shaklga  ega  bo’lib  ularning  apikal  yuzasida 

glikokaliks  yo’q,  mikrovorsinkalar  deyarli  uchramaydi,  faqat  har  xil  burmalar  va  mayda  o’siqlar 

mavjud.  Terminal  to’r  yaxshi  rivojlanmagan.  M-hujayralarning  yadro  usti  qismida  silliq 

endoplazmatik to’rning naylari va pufakchalari,  mayda  mitoxondriyalar va to pofibrillalar ko’plab 

uchraydi. YAdro oval shaklida bo’lib, hu-jayraning ba’zal qismida joylashgan. Ba’zan bu hujayralar 

tcitoplazmasida  mul’tivezikulyar  tanachalar  ham  uchraydi.  Hozir-da  M-hujayralarning  o’zidan 

makromolekulalarni, reoviruslar-ni va bakteriyalarni o’tkazish xususiyatiga ega ekanligi aniqlan-gan. 

Demak, Peyer pilakchalari organizm immun sistemasining muhim qismi bo’lib antigenlar bilan aloqa 

qilishda va sek-retor immunoglobulinlar ishlab chiqarishda etakchi rol’ o’y-naydi. 

SHilliq  pardaning  mushak  qatlami  ikki  qavat:  ichki-aylana,  tashqi  -  uzunasiga  yo’nalgan  silliq 

mushaklardan  tashkil  top-gan.  Ichki  mushak  qatlamidan  vorsinka  va  kriptalarning  xususiy  qatlami 

tomon  ayrim  mushak  hujayralari  yo’naladi.  Bu  joyda  mushaklar  so’rg’ich  stromasi  va  bazal 

membrana  bilan  bog’lanuvchi  argirofil  tolalar  bilan  o’ralgan  bo’ladi.  SHu  mushakning  qisqa-rishi 

vorsinkaning  kaltalashishi  va  so’rilgan  moddaning  shilliq  parda  tomirlari  tomon  so’rilishiga  sabab 

bo’ladi. 




Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish