Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet269/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

SHilliq  osti  pardasi  siyrak  tolali  shakllanmagan  birikti-ruvchi  to’qimadan  tuzilgan.  Kollagen  va 

elastik tolalar ko’pincha bo’ylamasiga yo’naladi. Bu qavat qalinligi 300-700 mkm ga teng bo’lib, bu 

erda qizilo’ngachning shilliq ishlab chiqaruvchi 

xususiy  bezlari  (glandula  oesdphgea  propria) 




 

316 


joylashadi. Bu - murak- 

kab tarmoqlangan naysimon-al’veolyar bezlardir. Bezlarning 

oxirgi  bo’limlari  faqat  shilliq  hujayralardan  tashkil  topgan.  ‘ez  sekreti  avval  mayda,  so’ng  yirik 

chiqaruv naylariga quyila-di. Ular qo’shilib, epiteliy yuzasiga ochiladi. Mayda naychalarda epiteliy 

bir  qavatli  kubsimon  yoki  past  tcilindrsimon,  yirik  naylarda  esa  ko’p  qavatli  yassi  hujayralardan 

iborat.  Qizilo’n-gachning  xususiy  bezlarining  mahsuloti  shilliq  pardaning  yuza-sini  namlab  oziq 

moddaning yaxshi siljishini ta’sirlaydi. Xususiy bezlar asosan qizilo’ngachning yuqorigi '/z qismida 

uchraydi. 



Mushak  parda  ichki  aylana  va  tashqi  bo’ylama  yotgan  mushak  qavatlardan  iborat  bo’lib,  uning 

qalinligi 1-2 mm ga teng. Mu-shak parda qizilo’ngachning yuqori 7z qismida ko’ndalang targ’il, o’rta 

7z  qismida  ham  ko’ndalang-targ’il,  ham  silliq  mushak,  quyi  i/z  qismida  esa  faqatgina  silliq 

mushaklardan tuzilgan. Bu xu-susiyat kesmada qizilo’ngachning qaysi joyidan olinganligini aniqlash 

uchun  belgi  bo’ladi.  Ichki  tcirkulyar  qavat  ikki  bo’rt-ma  -  qizilo’ngach  sfinkterlarini  hosil  qiladi. 

YUqori  sfinkter  uzuksimon  tog’ay  sohasida  joylashgan  bo’lsa,  ikkinchi  -  pastki  sfinkter 

qizilo’ngachning  me’daga  o’tish  joyida  hosil  bo’ladi.  Bu  tuzilmalar  amaliy  meditcinada  katta 

ahamiyatga ega. 



Adventitcial parda siyrak tolali shakllanmagan biriktiruv-chi to’qimadan iborat bo’lib, bir tomondan 

mushak  qavatidagi,  tashqari  tomondan  a’zo  atrofidagi  biriktiruvchi  to’qima  bilan  aloqada  bo’ladi. 

Adventitciyada bo’ylama yo’nalgan qon tomirlar va nerv tolalar ko’plab joylashadi. Qizilo’ngachning 

pastki - qorin qismida adventitciya o’rnida seroz parda bo’lib, u mezote-liy bilan o’ralgan biriktiruvchi 

to’qimadan tashkil topgan. 

ME’DA 


Og’iz bo’shlig’ida mexanik ishlovdan o’tgan oziq moddalar qi-zilo’ngach orqali me’daga tushadi. Bu 

erda u me’da shirasi bilan aralashadi va kimyoviy jihatdan qayta ishlanadi. Me’da oziq moddalarni 

ichakda butunlay hazm bo’lishini ta’minlovchi muhim vazifalarni bajaradi. Me’daning asosiy vazifasi 

sekret  ya’ni  me’da  shirasini  ishlab  chiqarishdir.  Me’da  shirasi  me’da  devo-ridagi  turli  bezlar 

mahsuloti bo’lib, uning tarkibida: pep-sin, ximozin, lipaza fermentlari hamda xlo-rid kislota va shilliq 

modda bor. 

Pepsin - me’da shirasining asosiy fermenti hisoblanadi. Uning ta’sirida ovqat tarkibidagi murakkab 

oqsillar  ancha  sddiy-al’bumoz  va  peptonlargacha  parchalanadi.  Pepsinning  fer-mentativ  faoliyati 

faqat kislotali muhitdagina namoyon bo’ladi, shu sababli uning aktivlanishi uchun xlorid kislotaning 

bo’lishi zarur. Lipaza me’dada oz miqdorda ajraladi va yog’larning par-chalanishida ishtarok etadi. 

Faqat emizikli bolalarda me’da shirasi tarkibida ximozin moddasi bo’lib, u sutni ivitadi. 

SHilliq  modda  me’da  shilliq  pardasi  yuzasini  qoplab,  uni  xlorid  kislota  ta’siridan  va  dag’al  ovqat 

luqmalarining shi- 

kastlashidan  saqlaydi.  Me’dada  antipepsin  deb  ataluvchi  max-sus  modda  ishlab  chiqariladi  degan 

taxminlar  bor.  Me’da  devo-rining  pepsinning  hazm  qiluvchi  ta’siriga  chidamliligi  me’da  shirasida 

antipepsin borligi bilan izohlanadi. 

Ovqatni  kimyoviy  qayta ishlashdan tashqari,  me’da organizm uchun muhim bo’lgan qator boshqa 

vazifalarni ham bajaradi. Me’dani mexanik vazifasi ovqatni me’da shirasi bilan ara-lashtirish va qayta 

ishlangan ovqat massasini o’n ikki barmoq ichakka o’tkazib berishdan iborat. Bu vazifani bajarishda 

me’-da  devorining  mushaklari  ishtirok  etadi.  Me’da  dsvorida  ovqat  bilan  kirgan  vitamin  V^ning 

so’rilishini ta’minlovchi a n t i-anemik omil (faktor) hosil bo’ladi. Bu omilning bo’lmas-ligi odamda 

xavfli kamqonlik kasaliga olib keladi. Me’da de-vori orqali suv, spirt, tuzlar, qand va boshqa moddalar 

yaxshi  so’riladi.  SHu  bilan  birga  me’da  qisman  ekskretor  vazifani  ham  bajarishi  mumkin.  Ba’zi 

buyrak kasalliklarida me’da devori orqali oqsil almashinuvining ba’zi oxirgi mahsulotla-ri (ammiak, 

mochevina va boshqalar) ajralishi mumkin. Me’da endokrin vazifani ham bajarib, gastrin, gistamin, 

serotonin, motilin, enteroglyukagon va boshqa qator biologik aktiv modda-larni ajratadi. Bu moddalar 

me’da  va  hazm  qilish  yo’llarining  boshqa 

bo’limlari  motorikasiga  (harakatiga)  va  bez 




 

317 


hujayra-larining sekretor faoliyatiga kuchaytiruvchi yoki pasaytiruvchi 

ta’sir qiladi. 

Taraqqiyoti. Me’da embrion ichagining o’rta bo’lagidan taraq-qiy etadi, ya’ni embrion takomilining 

4- haftasida birlamchi ichakning kengaygan qismidan me’da hosil bo’ladi. Ichak nayi endotermasidan 

epiteliy va me’da bezlari rivojlansa, me’da-ning qolgan qismlari mezenximaning hosilasi hisoblanadi. 

Me’da  qoplamasi,  dastavval  yadrolari  turli  sathlarda  yotgan-ligidan  ko’p  qatorli  ko’rinishga  ega 

bo’lgan  tcilindrsimon  hujay-radan  iborat  bo’ladi.  So’ngra  epiteliy  bir  qator  bo’lib  joyla-shadi. 

Embriogenezning 6-10 haftalarida epiteliy biriktiruv-chi to’qimaga botib kirib, me’da chuqurchalarini 

hosil qiladi. CHuqurchalar tubidan me’da bezi vujudga keladi. Embrional ta-raqqiyotning 7-8 oylarida 

me’da bezlarida faqat qo’shimcha va parietal hujayralar, keyinroq borib bosh hujayralar paydo 

bo’ladi. 

Me’daning pilorik qismida epiteliy qoplami kechroq tako-millashadi. Bu erda me’da chuqurchalari 

embriogenezning  9-  haf-tasida  paydo  bo’lsa,  bezlar  15-haftaga  kelib  diffe-rentciyalasha-di. 

Me’daning  kardial  bezlari  esa,  yana  ham  kechroq  -  embrional  taraqqiyotning  ikkinchi  yarmidan 

boshlab  taraqqiy  etadi.  Me’da  mushak  qavatining  taraqqiyoti  notekis  boradi.  Aylana  mushaklar 

embrion  taraqqiyotining  6-haftasida  hosil  bo’lsa,  4-oyda  uzuna-siga  va  kechroq  qiyshiq  yo’nalgan 

mushaklar qatlami paydo bo’la-di. Me’da shilliq pardasining mushak qatlamlari embriogenez-ning 3-

oyida va keyinchalik pilorik sfinkter shakllanadi. Hat-to homilaning tug’ilish paytida ham hali me’da 

bez hujayrala- 

ri mukammal takomillash-magan bo’ladi. YAngi tug’il-gan chaqaloq me’dasi asosan mukoid sekret - 

shilliq  ishlab  chiqaradi.  Pepsin  va  boshqa  fermentlar  5-6  oylik  chaqaloqlarda,  xlo-rid  kislota  hosil 

bo’lishi  esa  1  yoshdan  boshlanadi.  10-12  yoshlik  bolalar  me’-dasi  tuzilishi  va  faoliya-ti  jihatidan 

kattalarni-kidan farq qilmaydigan bo’ladi. 


Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish