Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

I BOB 

 

GISTOLOGIYA FANINING MAZMUNI VA UNING VAZIFALARI 

Gistologiya  (yunon.  histos  -  to`qima,  logos  -  ta’limot,  fan)  fani  hujayra,  to`qima  va  a’zo 

(organ)larning  taraqqiyoti,  tuzilishi  hamda  ularning  hayot  faoliyatlarini  o`rganuvchi  ta’limotdir.  U 

boshqa  fanlarning  so`nggi  yutuqlaridan  foydalanib,  o`ta  tez  rivojlanib  bormoqda.  Gistologiya 

anatomiya, fiziologiya,  bioximiya, patologik anatomiya  kabi  tibbiyot fanlari va biologiyaning turli 

sohalari  bilan  uzviy  bog`langan.  Hozirgi  paytda  gistologiya  sitologiya,  embriologiya,  umumiy  va 

xususiy gistologiyani o`z ichiga oladi. 

Sitologiya  hujayralarning  taraqqiyoti,  tuzilishi  va  faoliyatini  o`rgansa,  embriologiya  (lat. 

embryon - pusht, o`suvchi) odam va hayvonlar taraqqiyot qonunlarini o`rganadi. Umumiy gistologiya, 

ya’ni to`qimalar haqidagi ta’limot turli a’zo to`qimalarining taraqqiyoti, tuzilishi hamda vazifalarini 

chuqur  talqin  qiladi.  Xususiy  gistologiya  esa  odam  va  hayvonlar  ayrim  a’zolarining  taraqqiyoti, 

tuzilishi va hayot faoliyatini o`rganadi. 

Gistologiya  fanini  bunday  alohida  kurslarga  bo`lib  o`rganish  shartli  hisoblanadi.  Chunki 

organizm bir butun bo`lib, uning barcha qismlari bir-biri bilan o`zaro uzviy bog`langan. Hujayralar 

to`qimalarni tashkil etsa, har bir organ bir necha to`qimalar majmuasidan iboratdir. 

Gistologiyani 

o`rganishda, 

asosan, 

mikroskopik 

usuldan 

foydalaniladi. 

Elektron 

mikroskopning yaratilishi to`qima va a’zolarning nozik tuzilishini o`rganish uchun keng yo`l ochib 

beradi. 

Gistologiya  fani  ham  boshqa  fanlar  kabi,  tabiatning  ob’ektiv  qonuniyatlarini  o`rganishda 

zamonaviy falsafa, dialektik materializm asoslari bilan qurollangan. 

Tuzilmalarning  tuzilishi  va  taraqqiyotini  o`rganish  CH.Darvinning  evolyutsiya  ta’limotiga 

asoslanib olib boriladi. Odam tanasini hosil qiluvchi hujayra, to`qima va organlar tarixiy taraqqiyot 

natijasida  oddiylikdan  murakkablikka  -  oliy  shakl  ifodasiga  yetishgan,  organik  tabiat  yaratgan 

evolyutsion jarayonning mahsuli deb qaraladi. 

Tuzilmalarni o`rganish tashqi  muhit  bilan uzviy  bog`liq  bo`lgan organizmning bir  butunligi 

nuqtai nazaridan olib boriladi. Organizmning yaxlitligi esa barcha organ va sistemalar faoliyatining 

uyg`unligida nerv va endokrin sistemalarning asosiy yetakchilik roli bilan belgilanadi. 

Tuzilmalarni  funksional  tomondan  yondoshib  o`rganish  zamo  naviy  gistologiyaga  xosdir. 

Hujayra, to`qima va a’zolar tuzilishining ular faoliyatiga bog`liq tomonini yorituvchi gistologiya-dagi 

bu yo`nalishni gistofiziologiya o`rganadi. Struktura va funktsiyaning shakl va mazmuniga dialektik 

tushuncha nuqtai nazaridan qaraladi. Tuzilma - bu har qanday faoliyatning material s u b s t r a t i d i 

r.  Masalan,  miya  inson  tafakkurining  moddiy  substrati  hisoblanadi.  Moddalar  almashinuvi 

jarayonining  struktur  elementlarga  bog`liqligini  gistoximiyaviy  usullar  bilan  tekshirish  biror  ilmiy 

xulosa  chiqarishga  imkon  beradi.  Hozirgi  paytda  gistologiya  fani,  faqatgina  hujayra,  to`qima  va 

a’zolarning  tuzilishini,  ular  faoliyati  darajasini  ko`rsatibgina  qolmay,  balki  ro`y  bergan  jarayonlar 

o`rtasidagi  bog`lanishni  aniqlaydi,  ayrim  qonuniyatlarni  ochib  beradi.  Bunda  keng  eksperimental 

usullar qo`llaniladi. Sitologiya, embriologiya va gistologiya hal qilayotgan ilmiy muammolar nazariy 

va amaliy meditsinaning ravnaqi uchun muhim ahamiyatga ega. 

Gistologiya fani hal etilishi lozim bo`lgan muhim masalalarni: a) odam va hay vonlar hujayra, 

to`qima  va  a’zolarining  taraqqiyoti,  differensiallashuvining  umumiy  qonuniyatlarini;  b)  bir  butun 

organizm tuzilmalarining hayot faoliyatlarini boshqaruvchi nerv va endokrin sistemalarni; v) hujayra, 

to`qima  va  organlar  tiklanishi  va  bu  murakkab  jarayonning  boshqarilishini;  g)  odam  a’zolari 

tuzilmalarining yoshga qarab o`zgarishi va har xil holatlarga moslashuvini; d) turli biologik, fizik va 

ximiyaviy  omillarning  hujayra,  to`qima  va  a’zolarga  ta’sirini  o`rganish  kabi  keng  miqyosdagi 

kuzatishlarni o`z vazifasi deb biladi. 

Gistologiya 

hozirgi 


paytda 

klinik  meditsinada  keng  ko`lamda  qo`llaniladi.  Har  xil 




 

klinik usullar bilan bir qatorda turli morfologik metodlar - qon va suyak ko`migi hujayralarini, me’da 



ichak shilliq pardasini, jigar, taloq va boshqa a’zolar punktatlarini o`rganish sitologik va gistologik 

diagnostika uchun muhim ahamiyatga ega. 

Bundan tashqari, gistologiyada tabiiy yo`l bilan o`zicha ajralib turuvchi yoki sun’iy ravishda 

biror  joyni  yuvish  yoki  mexanik  ta’sir  ko`rsatish  orqali  ajratib  olingan  hujayralar  holatini  chuqur 

o`rganish (eksfoliativ sitologiya) ham katta rol o`ynaydi. Eksfoliativ sitologiya onkologiyada (havfli 

o`smalarni  o`z  vaqtida  aniqlashda),  ginekologiya  va  endokrin  kasalliklar  praktikasida  (tuxumdon 

funktsional holatini belgilashda qin surtmasini analiz qilish uchun) keng ko`lamda qo`llaniladi. 

Klinik praktikada so`nggi yillarda me’da, ingichka va yo`g`on ichak shillliq pardasining turli 

o`zgarishlarini  aniqlashda  morfologik  va  sitologik  diagnostika  o`z  o`rnini  topdi.  Turli  egiluvchan 

fibroskoplarning paydo bo`lishi va ularning keng ko`lamda ishlatilishi har xil patologik holatlarning 

o`z  vaqtida  aniqlanishiga  imkoniyat  beradi.  Jarohat  ustidan  olingan  surtmalarni  tekshirish  jarohat 

bitayotganda hosil bo`layotgan granulyatsion to`qima hujayralari va bu yerdagi mikroblar holatlarini 

ko`rsatib  beradi.  Bu  usulning  qo`llanilishi  jarohat  o`rnining  regeneratsion  holatini  aniqlash, 

organizmning qarshilik kuchini belgilab olish va yarani davolash omillarini hal qilishda muhim rol 

o`ynaydi. 

Hujayralarda ro`y beradigan murakkab ximik, fizik jarayonlarning o`rganilishi gistologiyaning 

ximiya  va  fizika  fanlari  bilan  bevosita  bog`liq  ekanini  ko`rsatadi.  Shunday  qilib,  gistologiya, 

sitologiya va embriologiya normal va kasal odam organizmining hayot faoliyatining morfo-funksional 

holatlarini chuqur ilmiy o`rganish, tibbiyot fanida muhim o`rin tutadi. 

 


Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish