Bu membranalar murakkab va o`ta spetsifik tuzilmalar bo`lib, hujayraning hayotiy jarayonini
belgilab turadi. Membranalar hujayraga moddalarning kirishi va chiqishini, membranalar bilan
bog`liq bo`lgan bioximik jarayonlarni va membranalarda joylashgan fermentlar orqali hujayrada
moddalar almashinuvi (metabolizm)ni boshqarib turadi. Membranalar chegaralash funksiyasini
bajaradi. Turli modda molekulalari (masalan, oqsillar) spetsifik xususiyatlarga faqatgina ma’lum
tartibda joylashishi va o`zaro munosabati natijasida ega bo`ladi. Moddalarning bunday munosabati
Ma’lumki, hozirgi vaqtda hujayraviy tuzilishning ikki turi ajratiladi: prokariot va eukariotlar.
Prokariot hujayralar yadro qobig`i bo`lmagan va DNK sitoplazmada erkin yotuvchi hujayralardir.
Prokariot hujayralarga ba’zi bakteriyalar va suv o`tlari kiradi. Asosiy ko`pchilik tirik organizm
17
hujayralari eukariot hujayralar bo`lib, ularda yadro shakllangandir, bu hujayralarda murakkab tuzilgan
yadro qobigp xro mosomalarni sitoplazmadan ajratib turadi. Eukariot hujayralar membrana
tuzilmalariga boy bo`lib, bu membranalar turli funktsiyalarni bajaradi. Hujayraning tashqi qavatni
hosil qiluvchi plazmatik membrana hujayrani tashqi muhit bilan aloqasini belgilaydi. Hujayra ichidagi
membranalar (sitomembranalar) ATF sintezlovchi mitoxondriyani, ma’lum moddalarni parchalovchi
lizosomalarni, oqsil, yog`, karbonsuv va hujayra uchun kerakli ximiyaviy moddalarni sintezlovchi
endoplazmatik to`rni, plastinkasimon kompleksni, yadro qobig`ini va boshqa tuzilmalarni hosil qiladi.
Biologik membranalar hujayra qobig`i, hujayraning membranali organellalarini va yadro
qobig`ini hosil qilib, qalinligi 6-10 nm bo`lgan lipoproteid tuzilmadir. Biologik membranalarning
taxminan 40% lipiddan, 60% oqsillardan tashkil topgan. Lipidlar turlicha bo`lib, ularning ichida
fosfolipidlar (glitserofosfatlar), sfingomiyelin alohida o`rin tutadi.
Lipid molekulalari ikki qavat bir-biriga parallel joylashib, ularning gidrofil (polyar) qismlari
tashqariga, gidrofob (nopolyar) qismlari esa bir-biriga qarab yotadi.
Biologik membranalarda oqsillar lipid molekulalari orasida joylashgan. Obrazli qilib aytganda
«oqsil molekulalari lipid ko`llarida suzib yuradi» (5-rasm).
Biologik membranalar oqsil, lipiddan tashqari, uglevod, noorganik ionlar va suv tutadi.
Membrana tarkibiga kiruvchi oqsillar struktur retseptor va globulyar oqsillardir. Globulyar oqsillar
fermentlarni hosil qilib, moddalarning membrana orqali transportida muhim ahamiyatga ega.
Biologik membranalarning metabolik funksiyasi ularda joylashgan fermentlar bilan bog`liq.
Biologik membranalar o`ziga xos baryerlardir, chunki ular hujayrani tashqi muhitdan, hujayra
organellalarini sitoplazmatik matriksdan ajratib turadi. Ular ma’lum qattiqlikka ega bo`lsa ham, shu
bilan birga elastikdir.
Biologik membranalar orqali hujayra organellalarining metabolizm bilan bog`liq bo`lgan
moddalari o`tadi. Agar bu moddalar kontsentratsiyasi past bo`lgan tomonga yo`nalsa va bu transport
energiyaning ishtirokisiz bo`lsa, bunday transport passiv transport (diffuziya) deyiladi. Moddalarning
bunday transporti shu moddaning ximiyaviy gradiyentiga bog`liq.
Diffuziya yo`li bilan transport maxsus o`tkazuvchan moddalar bilan ham bog`liq bo`lishi
mumkin. Bu moddalar oqsil tabiatiga ega bo`lib, membrana orqali o`tuvchi moddaga (substratga)
nisbatan spetsifikdir. Bu moddalar substrat bilan komplekslar hosil qilib, moddalarni tezrok,
membrana orqali o`tishini ta’minlaydi.
Aktiv transport oqsil tabiatiga ega bo`lgan yetkazuvchi moddalar bilan bog`liq bo`lib, unda
albatta energiya sarf bo`ladi. Aktiv transportda molekula kontsentratsiya gradiyentiga qarshi harakat
qiladi. Aktiv transport membranalar bilan o`ralgan turli strukturalarda malum moddalarning yetarli
miqdorda to`planishini ta’minlaydi. Aktiv transport hujayra membranalarida hosil bo`luvchi elektrik
potentsiallar asosida yotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: