moddalarni diffuziya qilishga to`sqinlik beruvchi maxsus tuzilmalar joylashadi (8-rasm). Bu
taxminai 20 nm kenglikdagi hujayra oraliq moddasi joylashadi. Ana shu modda ikki plazmatik
20
to`qimasiga xos bo`lib, u hujayrani har tarafdan o`rab turadi. Bu birlashish sohasida umuman hujayra
oraliq moddasi bo`lmay, qo`shni membranalarning oqsil molekulalari o`zaro qo`shilib ketadi.
Elektron mikrofotografiyalarda bu sohada besh qavatli membranani ko`ramiz (har bir plazmatik
membrana elektron mikroskop ostida 3 qavat bo`lib ko`rinsa, bu sohada 2 plazmatik membrananing
to`q qavatlari birlashib, 5 qavatli bo`lib ko`rinadi). Bu birlashish ichak epiteliy hujayralari sohasida
turli moddalarning ichak bo`shlig`idan ichki muhitga o`tishiga to`sqinlik qiladi. Natijada, zaharli
moddalar ichak bo`shlig`idan ichki muhitga o`ta olmaydi. Moddalar faqat epiteliy hujayralariga
so`rilish hisobiga ichki muhitga o`tishi mumkin.
Oddiy birikish va zich birlashish hujayralarni hamma tarafdan o`rab turadi va natijada o`ziga
xos belbog`ni hosil qiladi.
8- rasm. Hujayralarning birikish turlari.
1-oddiy
birikish;
2-
interdigitatsiya;
3-
desmosoma; 4- zich birikish; 5-tirqishli birikish.
3. Epiteliy hujayralarida desmosomalar orqali
birlashish ham farqlanadi. Elektron mikroskopda
ko`rilganda desmosoma sohasida qo`shni hujayralar
sitoplazmalarining
bir-biriga
tomon
yo`nalgan
bo`rtmalari
ko`zga
tashlanadi.
Bu
bo`rtmalar
plazmolemma bilan qoplangan bo`lib, elektron zich
hujayralararo
joylashgan
sementlovchi
modda
yordamida o`zaro birlashadi. Plazmolemmaning ichki tarafida elektron zich disk shaklidagi tuzilmalar
joylashib, ularni birlashtiruvchi plastinka deyiladi. Sitoplazma ichidagi tonofibrillalar shu plastinkaga
yopishadi.
4. Tirqishli tutashish - bu tutashishda ikki qo`shni hujayralar plazmatik membranalari orasida
7 – rasm. Jiyakli silindrsimon hujayralar
apikal
kismidagi
mikrovorsinkalarning:
A – kundalang (X60.000) va B –
buylama (X70000) kesmasi.Elektron
mikrofotogrammalar.
1 - plazmatik membrana; 2-fibrillalar; 3-
sitoplazma; 4 -terminal to’r; a-
glikokaliks.
21
2-3 nm kenglikda oraliq (tirqish) qoladi. Bo`yovchi moddalar bir hujayra sitoplazmasiga kiritilganda
shu soha orqali qo`shni hujayraga o`tadi. Demak, tirqishli tutashish sohasida nozik kanalchalar
bo`ladi. Tadqiqotchilar fikricha, ikki qo`shni hujayra plazmatik membranalarining oqsillari silindr
shaklida tuzilmalar (konneksonlar) hosil qilib, shu tuzilma ichida naysimon tuzilmalar (kanalchalar)
joylashgan (9-rasm). Bu naysimon tuzilmalar orqali ionlar bir hujayradan ikkinchi hujayraga o`tadi.
Shunday qilib, tirqishli tutashish hujayralararo ionlar va turli molekulalar almashinuvida muhim o`rin
tutadi. Undan tashqari, bu tutashish orqali bir hujayradan ikkinchi hujayraga impuls tarqalishi mumkin
(masalan, yurak mushak hujayralarida).
5. Sinapslar va sinaptik birikish. Bu bog`lanish nerv hujayralari uchun xos. Sinaps ikki nerv
hujayrasi orasida - neyronlararo sinaps yoki nerv va nerv bo`lmagan tuzilmalar (retseptor va
effektorlar) orasida bo`lishi mumkin («Nerv to`qimasi»-ga q.).
6. Hujayra yon yuzasidagn interdigitatsiyalar tez o`zgaruvchan tuzilma bo`lib, bunda bir
hujayraning barmoqsimon sitoplazmatik o`siqchalari qo`shni hujayraning xuddi shunday o`siqchalari
orasiga kirib birlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: