Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet272/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

SHilliq  osti  pardasi  siyrak  tolali  shakllanmagan  birikti-ruvchi  to’qimadan  iborat.  Bu  parda  qon 

tomirlarga  va nerv  oxirlariga  boy. Un ikki barmoq ichak  shilliq osti  pardasida duodenal (Brunner) 

bezlari  joylashadi  (213-rasm).  Bu  bezlar  murakkab  naysimon  tarmoqlangan  shilliq  bezlardir.  Ular 

me’-daning  pilorik  bezlariga  o’xshab  ketadi.  Duodenal  bezlarning  oxirgi  sekretor  bo’limi  o’ta 

tarmoqlangan  bo’lib,  tcilindrsimon  shilliq  hujayralardan  tashkil  topgan.  Bu  hujayralarning  api-kal 

tcitoplazmasida  ko’pgina  sekret  granulalari  yotadi.  YAssi  giperxrom  yadro  hujayra  tcitoplazmasi 

asosida  joylashadi.  Sek-ret  ajralishi  bilan  hujayra  past  kubsimon  bo’lib  ^olib,  yadro-si 

dumaloqlashadi. Brunner bezlarining chiqaruv naylari kub-simon hujayralar bilan qoplangan bo’lib, 

shilliq parda orqali o’n ikki barmoq ichakning kriptalariga ochiladi. CHiqaruv nayi hujayralari oxirgi 

sekretor bo’limi hujayralariga nisbatan kam bo’lsa-da, sekretor granulalar tutadi va sekretor faoliyati-

ni bajaradi. Duodenal bezlar tarkibida apikal donador va, ba’zan, qadahsimon hujayralar ham bo’ladi. 

Brunner  bezlari-ning  mahsuloti  tarkibidagi  mukotcitlar  me’dadan  tushgan  kislo-tali  muhitni 

neytrallaydi. Duodenal bezi sekretida dipeptid-larni aminokislotalarga qadar parchalovchi dipeptidaza 

fer-mentlari bo’ladi. Bezning sekreti amilaza ta’sirida karbon sul’fatlarni parchalaydi va me’da osti 

bezining amilolitik faoliyatini  kuchaytiradi. Duodenal bez-larga  sekretin, duodenin va boshqa  gor-

monlar ishlab chiqaradi, deb qaraladi. 

Ingichka  ichak  mushak  pardasi  2  qa-vat  -  ichki  aylana  va  tashqi  uzunasiga  yo’nalgan  silliq 

mushaklardan iborat. Mu-shaklar orasida nerv chigallari, tomir-lar tutgan siyrak tolali biriktiruvchi 

to’qima qatlami joylashadi. 

 



 

337 


 

213- rasm. O’n ikki barmoq ichak (sxema). 

1 - shilliq parda; 2 - ichak so’rg’ichi (voronkasi); a-epi-teliy; b) - xususiy biriktiruvchi t^qima; 3 - 

kripta; v - shilliq pardaning mushak qatlami: 4 - shilliq osti pardasi; 5 - duodenal bezlar; 6 - 

duodenal bezlarning chiqaruv nayi; 7- mushak parda. 

Seroz  parda  ustidan  bir  qavat  yassi  epiteliy  -  mezoteliy  bilan  qoplagan  zich  shakllanmagan 

biriktiruvchi  to’qimadan  iborat.  Un  ikki  barmoq  ichak  faqat  old  tomondan  seroz  parda  bilan 

qoplangan, qolgan qismlari adventatcial parda bi-lan o’ralgan. 

Ingichka ichakning qon bilan ta’min-lanishi va innervatciyasi. Ingichka ichakka boruvchi qon tomirlar 

ichak tutqichida 2-3 qator ravoqlar hosil qiladi. So’nggi ravoqdan ajraluvchi to’g’ri arteriyalar ichak 

devoriga  kirib,  seroz-mushak  qavat-lar  uchun  tomirlar  chigalini  hosil  qilib  tarqaladi.  To’g’ri 




 

338 


arteriyalarning  asosiy  tarmoqlari  ichak  shilliq  qavatiga  etgach,  tegishli  tartibdagi  tomirlarga 

tarmoqlanadi va bu tarmoqlar o’zaro tutashib shil-liq osti qavatining arteriya chigalini hosil qiladi. 

SHilliq osti qavati arteriyasi chigalidan ikki yo’nalishda: ichkariga - shilliq pardaga va tashqariga - 

mushak  va  seroz  qa-vatlarga  (orqaga  qaytaruvchi  arteriyalar)  tarmoqlar  ajraladi.  Barcha  arteriya 

tomirlar pirovardida prekapillyar va kapillyar-larga ajraladi. Kapillyarlar esa to’r hosil qilib, so’ngra 

post-kapillyarlarga  aylanadi,  2-3  ta  postkapillyarlar  o’zaro  qo’shi-lib,  venulalar  hosil  qiladi-da, 

birinchi tartibli venalarga quyiladi. 

Ichakning so’rg’ichlari ichak kriptalarining kapillyar to’ridan qon olsa, ayrimlariga arteriola kelib, 

so’rg’ich ichida kapillyar-lar to’rini hosil qiladi. So’rg’ichlardan qon 1-2 ta, ba’zan 3 ta venula orqali 

oqib ketadi. 

Ingichka ichak yuqori ichak tutqich chigalining nerv tolalari bilan ta’minlanadi. Uning hosil bo’lishida 

ichki a’zolarga bo-ruvchi katta, kichik nerv va yuqori ichak tutqich tugunidan ketuvchi 

nerv  tolalarining  tutami  ishtirok  etadi.  Ularga  sayyor  nervla-pining  orqa  dastak  tarmoqlari  kelib 

qo’shiladi.  Bulardan  tash-qari,  uchinchi  doimiy  tarkibiy  qism  bo’lib,  u  ichak  tutqichlararo  nerv 

tarmoqlari  hisoblanadi.  Tarkibida  simpatik  va  parasim-patik  tolalar  tutuvchi  nervlar  ichak 

faoliyatining boshqarili-shini ta’min etadi. Ichak nayining har xil harakat faoliyati (peristal’tik, tonik 

va boshqa)  organ ichidagi nerv elementlari-ning, asosan,  Auerbax nerv chigalining  bevosita ta’siri 

ostida  bo’ladi.  Intramural  nerv  elementlarining  faoliyatiga  sekretor  va  harakat  protcesslarini 

boshqarishda o’ziga xos bir zveno deb qaraladi. 

Ingichka ichakda juda ko’p miqdorda nerv elementlari bo’lib, ular o’zaro bog’langan va ichakning 

avtonom  faoliyatida  anatomik  substratni  hosil  qiladi.  Ichak  devorida  to’rt  asosiy  chi-gal  tafovut 

etiladi:  seroz  osti,  mushaklararo,  shil-liq  osti  va  shilliq,  Bulardan  eng  yaxshi  o’rganilgani 

mushaklararo Auerbax chigali hisoblanadi. Bu chigalning tugunla-rida asosan I tip Dogel hujayralari 

joylashadi. Bu hujayra-larnipg peritcellyulyar apparatlari sayyor nerv tolalarining terminal tarmoqlari 

hisoblanadi va shunga ko’ra ularga hara-kat neyronlari deb qaraladi. SHilliq osti chigalida II tip Do-

gel hujayralari ko’p va aksariyat mualliflarning taxminiga ko’-ra sezish tabiatiga ega, chunki ularning 

o’ziga  xos  ta’surotlarni  qabul  etuvchi  dendritlari  shilliq  osti  va  shilliq  qavatlarida  tugaydi.  Bu 

hujayralarning neyritlari harakat neyroni hisob-langan  I tip Dogel hujayralari bilan aloqada bo’lib, 

ichak de-vorida intraretceptor ta’sirlarni uzatishda ahamiyatga ega bo’lgan qisqa reflektor yoyni hosil 

qiladi. 



Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish