Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet270/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

ME’DANING TUZILISHI 

Me’dada anatomik ji-hatdan kardial, tub, tana va pilorik qismlar tafo-vut etiladi. Me’da devori shilliq, 

shilliqosti, mushak va seroz parda-lardan (199-rasm) iborat. 

SHilliq parda. Me’da shilliq pardasining^Z^ yuzasi uning burmalari, maydonchala- 

ri va chuqurchalari hisobiga notekis bo’ladi. Me’da burmalarining (plica gastrica) hosil 

bo’lishida shillitc osti pardalar qatnashadi, Burmalar doimiy tuzilmalar bo’lmay, faqat 

bo’sh me’dagina ko’rinadi, me’daga ovk,at tui!ganda esa yo’qolib ketadi. Me’da maydon- 

chalari (areae gatricae) shilliq pardaning bir-biridan egatchalar orqali ajralib turgan 

sohalaridir. Ular ko’p burchakli shaklga ega bo’lib, eni 1 mm dan 16 mm gacha yotadi. 

Maydonchalarning  hosil  bo’lishiga  sabab,  me’da  bezlari  to’da-to’da  bo’lib  joylashib,  bir-biridan 

biriktiruvchi to’qimaning yupqa qatlami bilan ajralib turadi. SHu birikgiruvchi to’qima qatlami me’da 

maydonchalarkning chegarasini hosil qiladi. Me’da chuqurchalari (fo veolae gastricae) epitzliyning 

xususiy plastinkaga botib kirishndan 

hosil  bo’lib.ularning  umumiy  soni  3  mln  ga  etadi.  CHuqurchalar  me’daning  hamma  yuzasida 

uchraydi, ammo turli qismlarida ularning chu tcurligi har xil bo’ladi. Me’daning kardial va fundal 

bo’limlarida  ular  anchagina  sayoz  bo’lib,  shilliq  pardaning  1/4  qismigacha  etib  bor-sa,  pilorik 

bo’limda ancha chuqur bo’ladi va shilliq pardaning yarmiga-cha etib boradi. Me’da chuqurchalarining 

tubiga xususiy plastinkada yotgan bezlar ochiladi. 

 



 

318 


 

199-rasm. Me’da fundal qisminnng Devorp Gematsksilnn-eozin bilan bo’yalgan. Oa. 3,5 

ok. 10. 1 - shilliq parda: 2 - shilliq osti pardasp; 3 - mushak parda; 4 - ssroz parda. 

 

200- rasm. Qizilo’ngachning me’daga o’tish qismi. Gematoksilin-eozin bilan bo’yalgan. 06. 3,5. ok. 



10. 1- qizilungach shilliq pardasining ko’p qavatli yassi epiteliysi; 3J-me’da chuqurcha-lari; 4-shilliq 

pardaning xususiy qavati; 5 - qizilo’ngachning kardial bezlari; 

6 - me’da bezlarch; 7 - qon tomirlar. 



 

319 


 

Me’da  shilli1\  pardasining  yuzasi  hamma  joyda  bir  qavatli  priz-matik  qoplovchi  epiteliy  bilan 

qoplangan bo’lib, uning qizilo’ngach epiteliysi bilan chegarasi aniq ajralib turadi (200-rasm). Me’da 

epiteliysining  o’ziga  xos  xususiyati  uning  "bez  tabiatiga  ega  ekanli-gidadir.  Me’daning  barcha 

qoplovchi  (sirtqi)  epiteliy  hujayralari  (epitheliocyti  superficialis  gastrici)  doimiy  ravishda  shilliq 

tabiatli (mukoid) sekret ajratadi. Har bir qoplovchi hujayrada ikki qism: apikal va bazal qismlari aniq 

ajralib turadi (sxema). Bazal memb-ranaga tegib turgan bazal qismida oval shaklda yadro yotib, uning 

us-tida Gol’ji kompleksi joylashadi. Apikal qism har xil shakl va kattalikdagi mukoid sekret donalari 

bilan to’lgan (202-rasmga q). Qoplovchi epitelial hujayralarning apikal yuzasida mikrovorsinka-lar 

machjud bo’lib (201-rasm), yon yuzalarining plazmatik membranasi ko’plab interdigitatciyalar hosil 

qiladi. Qoplovchi epiteliyning mah-suloti (sekreti) shilliq parda ustida mukoid parda hosil qilib, uni 

 

201- rasm. Me’da qoplama epiteliy hujayralari sathining rastrlovchi mik-roskopda ko’rinishi. xZOO 



(K. I. Rasulov rasmi) 

1 - hujayralararo b}shliq; 2 -hujayralarning usimtalari. 

me’da shirasining ta’siridan va dag’al ovqat parchalarining shikast-lashidan asraydi. 

SHilliq  pardaning  xususiy  plastinkasida  me’da  bezlari  joylashgan,  ular  orasida  esa  siyrak  tolali 

shakllanmagan  bi-riktiruvchi  to’qimaning  yupqa  qatlamlari  yotadi.  SHu  biriktiruv-chi  to’qimada 

doimo limfoid elementlar bo’ladi, ular ba’zan tarqoq (diffuz) holda joylashsa, ba’zida yakka-yakka 

yotuvchv sollitar  follikullarni hosil  qilardi. Sollitar  follikullar ko’proq  me’daning o’n ikki barmoq 

ichakka o’tish joyida uchraydi. 

SHilliq pardaning mushak plastinkasi uch qavatdan: i ch k i. va tashqi aylana hamda o’rta bo’ylama 

yo’nalgan sil-liq mushak hujayralaridan iborat. Ayrim mushak hujayralari shu plastinkadan xususiy 

plastinkaning biriktiruvchi to’qima-siga o’tadi. Mushak hujayralarining qisqarishi shilliq parda-king 

harakatchanligini ta’minlaydi va me’da bezlaridan sek-retni chiqarishga ko’maklashadi. 




 

320 


Me’da bezlari (gl. gastricae) uning turli bo’limlarida 

bir xil tuzilishga ega bo’lmaydi. Uch me’da bezlari tafovut qi-linadi: fundal yoki me’daning xususiy 

bezlari, pilorik va kar-dial bezlar. Bezlarning eng ko’pi fundal bezlar bo’lib, ular me’daning tana va 

tub qismlarida joylashgan. Kardial va pi-lorik bezlar esa me’daning tegishli bo’limlarida joylashadi. 

 

202- rasm. Me’da shilliq qavatining qoplama hu-jayrasi va me’da fundal bszi bir qismining ul’-



tramikroskopik tuzilishi (sxema) (M. M. Ismoilov rasmi).'^'^ 

J



1 - met-da chuqurchasiG

1

 2 - bez bo’shlig’i; 3 - bez Rir de-vorining fragmeg’pi; 4 - bez qarama-



qarshi devoryaning fragmenti; 5 - qoplovchi \u-jayra; 6 - bo’yin >ujaypa-si; 7-qo’shchmcha 

xujaG’fa; 8 - bosh hujayra; 9 - parietal hujayra; 10 - bez bo’shlng’i-ga ochiluvchi zndokrin hu-jayra; 

11-bez bo’shlig’iga echilmaydmgan endokrin hu-jayra; 12 - bazal mechbrana: 13 - hujayra ichi 

kanalchala-ri; 14-yadro; 15 - sekret donachalari; 16 - zndoppazua-tik t?r; 17 - biriktnruvchi tchqima; 

18-qon kapillyari; 19- epdoteliy hujayra; 20 - erktrotcit; 21 - limfotcit; 22 - plazmatnk hujayra; 23-

nerv oxchrlari; 24 - bi-rnktiruachi t



 

321 


Me’daning fundal yoki xususiy bezlari (dll. gastricae propria;) juda ko’p bo’lib, ularning soni odamda 

35 mln ga etadi. Xar bir bezning sathi 100 mm

2

 atrofida, fundal bezlarning umumiy sektor-yuzasi esa 



3- 4 m

2

 etadi. Tuzilishiga ko’ra fundal bezlar oddchy tar-moqlanmagan  yoki qisman tarmoqlangan 



naysimon bezlardir. Bitta bez-ning uzunligi 0,65 mm, diametri 30 - 50 mkm atrsfida bo’ladi. Fun-dal 

bezlarda bo’yin (isthmus), tana (corpus) va tub (fundus) qismlari tafovut qilinadi. Tana va tub qismlari 

bezning  asosiy  sekretor  bo’-limini  tashkil  qilsa,  bo’yin  qismi  chiqaruv  nayi  vazifasini  bajaradi  va 

me’da chukurchasiga ochiladi. Beznkng tubi shilliq pardaning mu-shak plastinkasiga borib etadi. 

Fundal  bezlarda  besh  xil:  bosh,  parietal,  qo’shimcha,  bo’yin  hamda  endokrin  hujayralar  tafovut 

qilinadi (202, 203-rasmlar). 

Bosh  hujayralar  (exocrinocyti  princcipales)  asosan  bezning  ta-na  va  tub  qismlarida  joylashadi.  Bu 

hujayrala!.  tcilindrsimon  shaklga  ega  bo’lib,  yumaloq  yadrosi  hujayra  markazida  joylashgan. 

Hujayralarda apikal va ba’zal qismlar tafovut qilinadi. 

Apikal  qismida  oqsil  tabiatli  sekret  donachalari  bo’ladi.  Bazal  qismi  bazofil  bo’yalib,  bu  erda 

hujayralarning yaxshi ri-vojlangan sintetik apparati joylashgan. Elektron mikroskop yordamida bosh 

hujanralarning  apikal  yuzasida  qisqa  va  yo’g’on  mikrovorsinkalar  borligi  aniqlangan.  Sekret 

donachalarining  diametri  0,9-1  mkm  bo’ladi.  Gistoximiyaviy  usul  bilan  bosh  hu-jayralarda 

pepsinogen  (zimogen)  profermenti  ishlanishi  aniq-langan.  Pepsinogen  xlorid  kislota  ishtirokida 

o’zining aktiv formasi bo’lgan pepsinga aylanadi. Sutni ivitishda qatnashadi-gan ximozin ham bosh 

hujayralarda  ishlanadi  deb  hisoblana-di.  Bosh  hujayralar  sekret  ishlash  jarayonida  o’zgarib  turadi. 

Sekretor faoliyatining kuchayishi va sekretni to’planishi davri-da bu hujayralar yiriklashib va ularda 

sekret  donachalari,  yaqqol  ko’rinadi.  Sekreti  chiqib  ketgandan  so’ng  hujayra  kichikla-shadi  va 

ularning tcitoplazmasidagi sekret donachalari soni kes-kin kamayadi. Adashgan nerv ta’sirlanganda 

bosh hujayralardan pepsinogen donachalarining tezda ajralib chiqishi tajribalar-da tasdiqlangan. 

Parietal  (o’rab  turuvchi)hujayralar  (exocrinocyti  parie-tales)  bosh  va  qo’shimcha  hujayralardan 

orqaroqda joylashib, ularning bazal qismlariga jips tegib yotadi (202-rasm). Ular me’da bezlari-ning 

eng yirik hujayralari bo’lib, noto’g’ri yumaloq shaklga ega, yi-rik yadrosi tcitoplazmaning markaziy 

qismida joylashadi. Parietal Hujayralar asosan bezning tana va bo’yin qismlarida yakka-yakka holda 

joylashadi. Hujayra tcitoplazmasi dsnador tuzilishga ega bo’lib, oksifil bo’yaladi. Parietal hujayralar 

elektron  mikroskopik  tuzili-shining  o’ziga  xos  xususiyati  shundaki,  ularda  juda  ko’p  mikrovorsin-

kalar  tutuvchi  maxsus  hul

Hujayra  ichi  kanalchalari  bosh  va  qo’shimcha  Hujayralar  orasida  joylashgan  hujayralararo 

kanalchalarga  yoki  to’g’-ridan-to’g’ri  bez  bo’shlig’iga  ochiladi.  TCitoplazmasida  kristallarga  boy 

mitoxondriyalarning  juda  ko’p  bo’lishi  parietal  hujayralar  uchun  xarakterlidir.  Mitoxon-driyalar 

orasida  silliq  endoplazmatik  to’r  hosilasi  bo’lgan  mayda  pufakchalar  joylashadi,  shuning  uchun 

hujayra  tcitoplaz-masi  katak-katak  ko’rinishga  ega  bo’ladi.  Ilgari  parietal  hu-jayralar  xloridlarni 

ishlab chiqaradi deb  hisoblanar edi. Ho-zirda  parietal hujayralarning vodorod (N+) ionlarini ishlab 

chiqarishi  aniqlangan.  Vodorod  ionlarining  hosil  bo’li-shida  karboangidraza  fermenti  muhim  rol’ 

o’ynaydi.  Bu  fer-ment  ishtirokida  parietal  hujayralar  tcitoplazmasida  SO

2

  va  NgO  birikishidan 



karbonat kislotasi (N

2

SO



3

) hosil bo’ladi. Karbonat kislotasi o’z navbatida vodorod (N+) va bikarbonat 

(NSO

3

~) ionlariga ajraladi. Hosil bo’lgan N+ ioni mayda pu-fakchalar qobig’ida bo’lgan N



+

 - ATF 


aza  ta’sirida  pufakchalar-ga  yig’iladi.  Mayda  pufakchalar  esa  parietal  hujayraning  hu-jayra  ichi 

kanalchalari devoriga borib qo’shiladi. Natijada N

ionlari avval hujayra ichi kanalchasiga, so’ngra 



fundal bezning bo’shlig’i orqali me’da chuqurchasiga chiqadi. Bu erda N+ ionlari xlor ionlari bilan 

birikib xlorid kislotani hosil qiladi. 

 



 

322 


 

203-rasm. Me’da fundal bezining elektron mikrofotografiyasi. x1800. 

1_bosh hujayra; CH - parietal hujay

R

a; 3 ~ qo’shimcha hujayra; 4 - endokrin hujayra; 5- 



qon ktillyari. 

Qo’shimcha  yoki  shilliq  hujayralar  (mucocyti)  ko’-pincha  bezning  tana  qismida  joylashib,  past 




 

323 


prizmatik  shaklga  ega.  Hujayraning  bazal  qismida  yassilangan  yadro  joylashadi,  Qo’shimcha 

hujayralar  qoplama  epiteliysi  mahsulotlaridan  farqlanadigan,  shilliqsimon  modda  ishlab  chiqaradi. 

Ba’zi olimlarning ta’kidlashicha, bu hujayralar sirtida mukoid mod-dadan tashqari oqsil ham bo’ladi. 

SHuning  uchun  ham,  qo’shimcha  hujayralar  mukoid  -  peptid  hujayralar  nomini  olgan.  Elek-tron 

mikroskopda  qo’shimcha  hujayralarning  apikal  qismida  kam  miqdorda  kalta,  bir  xil  kattalikda 

bo’lmagan hujayra o’simta-lari ko’rinadi. Hujayralar sekret to’planish vaqtida bu o’sim-talar yozilib 

ketadi  va  hujayra  sathi  tekis  bo’lib  qoladi.  Hujayra  yon  yuzasi  tekis  bo’lsa-da,  ayrim  hollarda 

interdigita-tciyalar hosil qiladi. Qo’shimcha hujayralarning apikal qismi sekretor donachalarga boy 

bo’ladi. Sekret donachalarining etili-shi bilan ularning elektron zichligi susayadi va granula membra-

nasi  yo’qola  boshlaydi.  Qo’shimcha  hujayralarda  Gol’ji  kom-pleksi  o’ta  rivojlangan  bo’lib,  uning 

struktura  komponentlari-ni  to’la  farq  etish  mumkin.  Qo’shimcha  hujayralarda  kislotali 

glikozaminglikanlar ham aniqlanadi. Ayrim olimlarning fik-richa, sul’fatlangan glikozaminglikanlar 

faqatgina  me’da shil-liq  pardasining qo’shimcha hujayralarida ishlab chiqariladi.  Ichki antianemik 

Kastl’ faktori fundal bezlarning bo’yin qismida joylashgan ayrim hujayralarda hosil bo’ladi, deb hi-

soblanadi. 

Bo’yin yoki oraliq hujayralari me’da chuqurchala-rining qoplama hujayralariga yondoshib joylashadi. 

Bu  hujay-ralar  bezlarning  kam  differentciallangan  kambial  hujayrala-ri  hisoblanadi.  Bu  hujayralar 

past kubsimon bo’lib, yirik, oval yoki dumaloq yadroga ega. Hujayralarda ko’pgina mitoz figurala- 

 

 

204-pacw, Me’da endokrin hujayryalarining elektron mikrsfotografiyasm. x 10.000. A - EC1- 



h\jayra, xl 0.0G0. ‘ - «Y» - hujayra. xlO.OOO. B -«D» - hujayra - 

x 10.000. 1 -> yadro; 2 - sekretor donachalar; 3 - mitoxondriyalar; 4 - bazal memSr ana . 




 

324 


rini  uchratish  mumkin.  Oraliq  hujayra  tcitoplazmasida  neytral  va  kislotali  glikozaminglikanlar 

bo’ladi. 

Endokrin  hujayralar  tcitoplazmasi  kumush  tuzi  bi-lan  bo’yalganda  aniq  ko’rinadigan  (argentofil 

hujayralar)  o’zi-ga  xos  donalar  tutishi  bilan  ajralib  turadi.  Hozirgi  kunda  hazm  qilish  sistemasida 

(me’da va ichaklarda) endokrin hujay-ralarning ko’p turi aniqlangan. 

1980 yili Santamonika shahrida o’tkazilgan xalqaro ilmiy kengashda hazm naylari bo’ylab joylashgan 

endokrin  hujayralar  har  birining  bioximiyaviy  xususiyati  va  hujayra  ichki  struktu-ralarining  nozik 

tuzilishiga  asoslangan  holda  ularning  yangi  klassifikatciyasi  tuzildi.  SHu  klassifikatciyaga  ko’ra 

barcha sut emizuvchilar me’dasida ko’p xil endokrinlar tafovut etiladi. Bu hujayralar me’daning turli 

qismida  har  xil  bo’ladi.  Masa-lan:  me’da  tubida  «EC»  «D»,  «Dj»,  «ECL»,  «A»  kabi  hujayralar 

joylashsa, chiqish qismida «ECL» va «A» hujayralar kuzatil-maydi, lekin bu qismda gastrin ishlab 

chiqaruvchi «G» endokrin hujayrasi ko’plab uchraydi (204- rasm). 

Ichak  nayi  bo’ylab  ham  endokrin  hujayralarining  turi  va  miqdori  har  xil  bo’ladi.  Un  ikki  barmoq 

ichakda S, L, I. EC, D, G, Di kabi endokrin hujayralar uchrasa, ingichka ichakning bosh-qa qismida 

S,  L,  I,  EC  endokrin  hujayralari  ko’plab  bo’ladi.  YOnbosh  ichakda  ularning  turi  va  miqdori  kam 

bo’ladi. yo’g’on ichak ham EC, S, L kabi ko’pgina endokrin hujayralar tutadi. 

Endokrin  hujayralarning  ishlab  chiqargan  mahsulotlarst  (gormonlari)  hazm  sistemasi  a’zolari 

faoliyatini boshqarishda ishtirok etadi. Hazm yo’li endokrin hujayralarining turli mah-sulotlari har bir 

a’zoning  funktcional  holatini  boshqaribgina-qolmay,  barcha  a’zolarning  serqirrali  faoliyatini 

uyg’unlashti-rib  beruvchi  murakkab  omil  hisoblanadi.  SHu  kunlarda  hazm  yo’lida  joylashgan 

endokrin hujayralarda 20 ga yaqin gormon va biologik aktiv moddalar sintezlanishi aniqlangan. SHu 

mod-dalarning  ayrimlariga  nisbatan  ularning  qaysi  hujayralarga  taalluqliligi  belgilangan.  Bu 

gormonlarning ayrimlari orga-nizm va hazm a’zosining holatiga monand ravishda organ fao-liyatini 

susaytirishi yoki kuchaytirishi mumkin. SHuning uchun ham ularga ximiyaviy distant koordinatorlar 

sifatida qarala-di. 

Endokrin  hujayralarning  gormonlari,  masalan,  gastrin  va  gistamin  me’dada  xlorid  kislota 

sekretciyasini kuchaytirsa, sero-tonin, glyukogon shu faoliyatga aks ta’sir etadi va pepsin ajra-lishini 

ham susaytiradi. SHu kabi jarayonlar  oqibatida me’da bez apparatining  ma’lum  me’yorda ishlashi 

uchun  sharoit  yaratib  beriladi.  Funktcional  holatlarni  kuchaytiruvchi  va  susaytiruvchv  gormonlar 

nisbatining  o’zga-rishi  hazm  yo’li  bezlarining  gipo-yoki  giperfunktciya  hola-tini  ta’minlaydi  va 

natija-da, turli patologik jarayon-larning yuzaga kelishiga sa-babchi bo’ladi. 

Me’daning shilliq osti pardasi elastik tolalargaboy bo’lgan siyrak tolali shakl-lan-magan biriktiruvchi 

to’qi-madan iborat. Bu erda tomir-lar va nerv chigallari (Meys-ner chigallari) joylashadi. 

Me’da  mushak  pardasi  me’-daning  turli  bo’limlarida  bir  xil  rivojlanmagan.  Me’-daning  kardial 

qismida mu-shak parda yupqa bo’lsa, tana bo’limida esa, ayniqsa, pilo-rik qismida o’ta yaxshi rivoj-

langan bo’lib, pilorik sfink-ter hosil qiladi. Mushak par-da ichki qiyshiq yo’nalgan, o’r-ta-tcirkulyar 

va tashqi uzuna-siga ketgan 3 qavat silliq mushak hujayralaridan ibo-rat. Bu mushak qatlamlar ora-

sida Auerbax nerv chigalini tutgan siyrak tolali shakl-lanmagan biriktiruvchi to’qi-ma joylashadi. 

Me’daning  seroz  pardasi  mushak  pardaga  yopishgan  siy-rak  tolali  shakllanmagan  bi-riktiruvchi 

to’qima  va  tashqi  tomondan  mezoteliy  bilan  qoplangan  tuzilmadir.  Me’daning  pilorik  bezlari  ' 

(glandula pylorica) me’daning o’n ikki barmoq ichakka o’tish joyida bo’ladi. Ularning soni 3,5 mlnga 

etadi (205-rasm). 




 

325 


 

205-rasm. Me’da pilorik qismining shil- 

liq pardasi. Gematoksilin-eozin bilan 

bo’yalgan. 06. 3,5, ok. 10. 

1 - qoplovchi epitelchy; 2 - pilormk bezlar; 

3 - me’da chuqurchalari; 4 - shilliq pardaning 

mushak qatlami; 5 - shilliq osti qavati. 

Bu bezlar kalta va o’ta tarmoqlanib ketganligidan odatda bez sekretor qismlarining ko’ndalang ham-

da  qiyshiq  kesmalari  uchraydi.  Pilorik  bezlar  siyrak  joylash-gan  bo’lib,  ular  orasida  anchagina 

biriktiruvchi to’qima qatla-mi joylashadi. Bez hujayralari bir tipda bo’lib, fundal bez-lar qo’shimcha 

hujayralarining tuzilishiga o’xshaydi. Bu hujay-

ralarda 


faqat 

neytral 


mukopolisaxaridlar 


 

326 


aniqlanadi. SHu narsa ma’lumki, pilorik bezlar sekreti oqsillarni aminokis-lotalargacha parchalovchi 

dipeptidaza kabi fermentlar tutadi. 

Me’daning pilorik bo’limida ko’pgina endokrin hujayralar qa-tori me’daning bezlari sekretciyasini 

kuchaytiruvchi gastrin gor-monini ishlab chiqaruvchi «G» hujayra ham mavjud. 

Me’daning  kardial  bezlari  (glandula  cardiaca)  o’ta  tarmoq-langan  oddiy  naysimon  bezdir.  Bu 

bezlarning  oxirgi  sekretor  bo’limlari  prizmatik  hujayralardan  iborat  bo’lib,  yassilangan  yadrosi 

hujayraning bazal qismida joylashadi. Hujayra tcito-plazmasining apikal qismida elektron zich sekret 

donachalari to’lib turadi. Kardial bez hujayralarining nozik tuzilishi me’da pilorik bo’limi qo’shimcha 

hujayralariga o’xshagan bo’-ladi. 

Me’daning  qon  bilan  ta’minlanishi.  Me’da  arteriyasi  qorin  arteriyasi  va  uning  tarmoqlaridan 

boshlanadi. Me’daning kichik qiyshiqligidan bir-biriga qarab 2 arteriya (a gastirica sinistra et dextra) 

yo’nalib qo’shiladi. Bu tomirlardan me’daning ol-dingi va orqa yuzasi devoriga qon tomirlar kiradi. 

Me’daning katta qiyshiqligi bo’ylab me’daning o’ng va chap charvi arteriya-lari va me’daning kalta 

arteriyalari o’tib, shu joyda arteriya halqasini hosil qiladi va a’zo devoriga yo’naladi. Me’da devo-

rining  ichiga  kirgan  arteriyalar  seroz,  mushak  va  shilliq  osti  pardalari  tomon  tarmoqlanib,  yirik 

tomirlar chigalini x^sil qiladi. Mayda arteriya tomirlari shilliq osti pardadan shilliq parda tomon borib, 

shu qavatning biriktiruvchi to’qimali xusu-siy qatlamida ikkinchi chigal hosil qiladi. Bu tomirlar arte-

riola  va  kapillyarlarga  tarmoqlanib,  me’da  shilliq  pardasi  epiteliysini  qon  bilan  ta’minlaydi. 

Kapillyarlardan qon xusu-siy qatlam vena chigaliga va so’ngra shilliq osti chigali tomon yo’naladi. 

Me’daning barcha venalari klapanlarga ega bo’-ladi. 

Innervatciyasi.  Me’da  simpatik  va  parasimpatik  nervlardan  hosil  bo’lgan  3  ta  chigal  (subseroz, 

mushaklararo  Auerbax nerv chigali  va shilliq osti pardasidagi Meysner nerv chigallari) srqali nerv 

bilan  ta’minlanadi.  Me’da  sezuv  innervatciyasi  or-qa  miya  nervlari  hisobiga  bo’ladi.  Bu  chigallar 

ichida  eng  yirigi  mushaklararo  chigal  bo’lib,  u  ko’pgina  Dogelning  I  tip;  kamroq  II  tip  nerv 

hujayralaridan tashkil topgan. 

Nerv gangliylarining miqdori oshqozonning pilorik qismi to-mon o’sib boradi. 

Me’daning yoshga qarab o’zgarishi. Qari odamlar me’dasining qon tomirlarida bir talay o’zgarishlar 

ro’y  beradi.  Umumiy  o’z-garishlardan  tashqari  me’da  devorining  barcha  qavatlari  yupqa-lashib 

ketadi.  SHilliq  qavat  biriktiruvchi  to’qimasining  o’sib  ketishi  natijasida  bez  naylarining  miqdori 

kamayadi.  YOsh  ul-g’ayishi  bilan  shilliq  parda  hujayralarida  mitotik  aktivlik  va  proliferatciya 

jarayoni kamayib boradi. 

Me’da bez hujayralari faoliyatining susayishi me’da shi-rasi kislotalik xususiyatining va fermentlar 

aktivligining pa-sayib ketishi bilan ifodalanadi. 


Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish