TISHLAR
Tishlar (dentes) chaynash apparatining muhim bir qismi hi-soblanadi. Ularda ikki xil generatciya
bo’ladi. Oldin sut tishlar (20 dona) paydo bo’lib, keyin ular doimiy tish (28-32 dona) lar bilan
almashinadi. Anatomik jihatdan tishda t o j, b o’-yin, ildiz qismlar, gistologik jihatdan esa e m a l, d
e n-tin, tcement, pul’pa hamda pernodont (tish atrofi to’qimasi) tafovut etiladi.
Taraqqiyoti. Embrion taraqqiyotining 7 - 8 - haftasida og’iz bo’sh-lig’i epiteliysi o’zining ostida
yotgan mezenximaga uzunasiga epite-lial plastinka hosil qilib botib kiradi. Oldingi epitelial plas-
tinkadan og’izning dahliz qismi hosil bo’lsa, orqa plastinkadan yuqori va pastki tish plastinkalari
bunyodga keladi. Bir ildizli tishlar hosil bo’lishida birlamchi og’iz bo’shlig’ining dahliz tubidagi
epiteliy mezenximaga botib kirib, murakkab epitelial tasmani ho-sil qiladi. Ko’p ildizli tishlar paydo
bo’ladigan erda epiteliy tas-malari alohida bo’ladi. Tish plastinkasining ichki yuzasidan emal’
a’zolarini hosil qiluvchi epileliy to’plamlari - tish kurtakla-r i (germen dentis) paydo bo’la bsshladi.
Tksh kurtaklarining ostidan mezenxima o’sa boshlaydi va epitelial a’zoga botib kirib t i sh s o’ r-
g’ichini (papilla dentis) hosil qiladi. Buning natijasida to’nkaril-gan qadah yoki qalpoqcha shaklida e
m a l ‘ a’zosi (organi) (organum enamelium) hosil bo’ladi (194-rasm). Keyinchalik emal’ a’zosi asta-
se-kin tish plastinkasidan ajraladi. Emalning epitelial hujayralari 3 tur: 1) ichki; 2) tashqi va 3) orali^
zona hujayralariga bo’linadi. Tish so’rg’ichiga tegib yotgan ichki hujayralar o’sib, baland prizmatik
epiteliyga aylanadi. Bu hujayralar keyinchalik tish emalini (enamelium) hosil qilishda ishtirok etadi
va shu sababli enameloblastlar yoki ameloblastlar (enameloblasti, ameloblasti) nomini oladi (194,
195, 196-rasmlar). Tashki emal’ epiteliysi a’zoning keyingi o’sishi jarayonida yassilanadi. Oraliq
qavat hujayralari esa, ularning ora-sida suyuqlik to’planishi natijasida bir-biridan uzoqlashadi va
shakli yulduzsimon ko’rinishga ega bo’lib qoladi. Bu hosila emal’ a’zosi-ning pul’pasi deb atalib,
keyinchalik u emal’ kutikulasini (cuticula enameli) hosil qilishda qatnashadi.
Tish kurtagining takomillashishi bilan emal’ a’zosi va tish so’rg’ichini o’rab turgan mezenxima ham
307
talay o’zgarishlarga uch-raydi. U zichlashadi va tish qopchasini (sacculus dentis) hosil qiladi. 3- oy
oxirlarida emal’ a’zosi tish plastinkasi-dan butunlay ajraladi.
Dentin gistogenezi homila hayotining 4- oylaridan boshlana-di. Tish so’rg’ichining bevosita
enameloblastlar ostida yotgan mezenxima hujayralari kattalashib, ularning tcitoplazmasida RNK
miqdori oshadi va ular dentin hosil qiluvchi odonto-blast hujayralari nomini oladi. Odontoblastlar
differen-tcirovkasi tish so’rg’ichining yon tomonlariga nisbatan uch qismida erta boshlanib, aktivroq
ketadi. Odontoblastlar radial joy-lashgan, noksimon shakldagi bo’ychan hujayralar bo’lib, aniq
194-rasm. Tish taraqqiyotining boshlang’ich davri. Zmach’ orgshsh (a’zosi). Gematok-silin-eezin
bilan bo’yalgan. 06. 10, ok. 10.
1-sg’iz shillkq qavatining epiteliysi; 2 - chmal’ orgashshing tpshqi hujayralari ; 3 - ;mal’ organining
pul’pasi; 4 - =mal’ organining ichki hujayralarn; 5 - emal’ or-ganining bo’yni; 6 - tish so’rgichi. 7-
kezenxima hujayralari; 8 - pando bo’layotgan suyak
to’qimasi.
ifodalangan qutblarga ega (196-rasm). Ularning apikal qismi-da o’simtalar (Tomas iplari) bo’lib, shu
o’simtalar orqali den-tinning asosini hosil qiluvchi organik moddalar - preden-j in ajraladi.
Predentinning prekollagen tolalari radial yo’nalishga ega bo’lib, ular odontoblastlar bilan
enameloblast-lar o’rtasini to’ldiradi.
Prekollagen tolalarning soni oshib borishi bilan ular kol-lagen tolalarga aylanib boradi. Predenten
ohaklanish jarayoni-da dentinga aylanadi. Predentinning ohaklanish jarayoni odon-toblast
hujayralarining apikal o’simtalari (Tomas iplari) sohasini o’z ichiga olmaydi. Bu jarayon Tomas
ipchalari atrofida radial kanalchalar - dentin kanalchalari sistemasining hosil bo’lishiga sabab bo’ladi.
Predentinning emalga chegaradosh qnsm-
308
195-rasm. Tish taraqqiyotining keyingi davri. Emal’ va dentinning hosil bo’-
lishi. Gematoksilin-eozin bilan bo’yalgan. 06. 10, ok. 10.
1 - mezenxima; 2 - ameloblastlar (enameloblastlar); 3 - emal’; 4 - dentin; 5 - preden-tin; 6 -
odontoblastlar; 7 - tish pul’pasi.
larida ham ohaklanish ro’y bermasligi sababli bu erda interg-lobulyar bo’shliqlar paydo bo’ladi.
So’ngra radial prekollagen tolalar ma’lum bir qalinlikka ega bo’lib, ularning hosil bo’li-shi to’xtaydi
va dentinning rivojlanishi sekinlashadi. Keyincha-lik tangentcial (qiya) yo’nalgan kollagen tolalar
paydo bo’la boshlaydi. Bu tolalar prekollagen bosqichisiz to’g’ridan-to’g’ri paydo bo’ladi; mana shu
tolalar hisobiga pul’pa atrofida den-t i n hosil bo’ladi.
Dentin hosil bo’lishi bilan emalning taraqqiyoti boshlanadi. Dastavval enameloblast hujayralarining
dentinga qaragan qismi cho’ziladi va o’simtalar hosil qiladi va emal’ prizma-larshsh hosil qiladi.
Emal’ hosil bo’lishi boshlannshn bilan enameloblast yadrolari hujayraning uch qismiga qarab siljiy
boshlasa, boshqa organellalar, aksincha, bazal qismiga o’tib qo-ladi, go’yo hujayraning bazal qismi
apikalga, apikal qismi esa bazal qismiga aylanib qoladi.
309
196-rasm. Tish taraqqiyoti. 06. 40, ok. 10.
1 -enameloblastlar; 2 - emal’; 3 - dentin; 4 - dentin kanalchalari; 5 - predentin; 6 - odontoblastlar; 7 -
tish pul’pasi; 8 - biriktiruvchi to’qima; 9 - qon tomirlar.
Hujayra qutblarining bunday o’zgarishidan so’ng enameloblastlarning oziqlanishi dentin to-mondan
emas, balki emal’ a’zosining oraliq zonasi tomonidan amalga oshadi. Enameloblastlarda granulalar
paydo bo’ladi va o’simtasiga siljiydi. Bu granulalar esa emal’ prizmalariga shimiladi. SHu bilan bir
vaqtda enameloblastlar tcitoplazmasi hisobiga prizmalarni yopishtiruvchi modda ishlab chiqariladi.
SHunday hosil bo’lgan emal’ birlamchi emal’ deyiladi. Birlam-chi emal’ organik moddalardan
tuzilgan bo’lib, so’ng unda ohak-lanish jarayoni ro’y beradi. SHunday qilib, har bir emal’ hosil
qiluvchi hujayralar emal’ prizmasiga aylanadi. Emalning ke-yingi rivojlanishi jarayoni davomida
enameloblastlar kichra-
310
yib, dentindan uzoqlashadi. Tishning chiqishi bilan enamelo-blastlar reduktciyaga uchraydi va emal’
a’zosining hosilasi- kutikula bilan qoplanadi. Emal’ organining tashqi hujayrala-ri esa milk epiteliy
hujayralari bilan qo’shilib ketadi-da, so’ngra emiriladi.
TCement hosil bo’lish jarayonida tish qopchasining tish ildizi sohasidagi mezenximada
tcementoblastlar paydo bo’ladi. TCemen-toblastlarning hujayra oraliq moddasini ishlab chiqarishi va
bu erda kal’tciy tuzlarining yig’ilishi bilan tcement hosil bo’la-di. Tish qopchasining tashqi qismi tish
bog’lamlari - periodont-ga aylanadi.
Odontoblastlar ostidagi mezenxima siyrak tolali shakllan-magan biriktiruvchi to’qimaga aylanadi va
pul’pani hosil qila-di. Bu biriktiruvchi to’qimada qon tomirlar paydo bo’ladi. SHun-day qilib,
epiteliydan faqat emal’ hosil bo’ladi, dentin, tcs-ment, pul’pa, periodont esa mezenximadan
rivojlanadi. Emal’ organi esa takomillashayotgan tishlarning shaklini belgilovchi tuzilma hisoblanadi.
Doimiy tishlarning taraqqiyoti asosan em-briogenezning 4-oyining oxiri va 5-oyining boshlarida
boshla-nadi. Bular ham tish plastinkasi va mezenximadan hosil bo’la-di. Dastavval ikkala tish
umumiy al’veolada yotadi, ammo bular orasida suyak to’sig’i bo’lib, 6-7 yoshda osteoklastlar suyak
to’siq-larini va sut tishlarning ildizini emiradi. So’ng doimiy tish-lar tez rivojlanadi. Tishning
chiqishiga mexanik kuchdan tashqa-ri organizmning umumiy holati ham muhim ahamiyatga zga.
Bir qator kasalliklarda (tuberkulyoz, raxit, ichketar) tish-ning chiqishi sekinlashadi. Miksedema
kasalligida tishniig chi-qish muddati va tartibi buziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |