Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


YUTQIN LIMFOEPITELIAL HALQASI



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet264/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

YUTQIN LIMFOEPITELIAL HALQASI 

Og’iz bo’shlig’i bilan yutqin chegarasida shilliq pardada lim-foid tuzilmalarning ko’pgina to’plamlari 

joylashgan. Ular na-fas va ovqat hazm qilish yo’llarining boshlang’ich joylarini 

l l /> 

urab turadi va yutqin limfoepitelial halqasi (Pirogov hal-qasi) deb ataladi. Limfoid tuzilmalarning eng 

yirik  to’plam-lari  murtaklar  deb  nomlanadi.  Halqa  7  ta  murtaklardan:  juft  tanglay,  Evstaxiy  nayi 

xamda bittadan yutqin, til va hiqildoq murtaklaridan iborat. 

T a n g l a y murtaklari pusht rivojlanishining 9-hafta-sida yutqinning later; l devorlari ko’p qatorli 

hilpillovchi  epiteliysining  mezenximaga  botib  kirib  chuqurchalar  hosil  qi-lishi  bilan  taraqqiy  eta 

boshlaydi. Uning ostida ko’pgina qon tomirlari va zich joylashgan mezenxima hujayralari yotadi. 11 

-12-haftalarda tonzillyar sinus shakllanadi, uning 

epiteliy-si  ko’p  qavatli  yassi  bo’lib  qoladi. 



 

301 


Mezenximadan  esa  retikulyar  to’qima  takomillashad,i:  bo’ychan  endoteliotcitli  postkapillyar 

venulalar paydo bo’ladi, a’zoga limfotcitlar kira boshlaydi va 14-haftada limfotcitlar orasida asosan 

T-limfotcitlar  (21%)  va  oz  miqdorda  V-limfotcitlar  (1%)  bo’ladi.  18-17-haftalarda  biriichi  limfoid 

follikullar paydo bo’la boshlaydi. 19-haftaga kelib T-limfotcitlar soni 60% gacha, V-limfotcitlarniki 

esa 3% gacha ortadi. Epiteliyning o’sishi epitelial tasmalarda mu-guzlanayotgan hujayralardan iborat 

tiqinlar hosil bo’lishi bi-lan boradi. 

Tanglay murtaklari yutqinning yon chetlarida, yumshoq tanglay yoylarining orasida joylashgan juft 

tuzilma.  Murtak  ko’p  qa-vatli  yassi,  muguzlanmaydigan  epiteliy  bilan  qoplangan.  Bu  epi-teliyiing 

o’ziga xosligi shundan iboratki, bu erda limfotcitlar o’ta ko’p bo’lib, ular orasida donador leykotcitlar 

ham uchraydi. Epiteliy ostida shilliq pardaning xususiy plastinkasi va shil-liq osti qatlami joylashadi 

(189-rasm). 

Murtakning  yuzasi  notekis  bo’lib,  shilliq  pardaning  bir  qancha  burmalari  orasida  10  -  20  ta 

chuqurchalar - kriptalar (cryptae ton-sillarae) hosil qiladi. Bu kriptalar tarmoqlanib, ikkilamchi kiip-

talarni  hosil  qiladi.  Murtak  shilliq  pardasining  xususiy  plastin-kasi  siyrak  tolali  shakllanmagan 

biriktiruvchi  to’qimadan  iborat.  Bu  plastinkada  ko’pgina  limfatik  follikullar  (folliculi  lymphatici) 

joylashadi. Follikullarda ko’plab limfotcitlar hosil bo’ladi. Bu limfotcitlar siljib, shilliq parda xususiy 

plastinkasi  va  epite-liysini  qoplaydi.  SHu  limfotcitlar  tufayli  murtak  himoya  vazifa-sini  bajaradi. 

Murtak epigeliy qoplamasida, yuqorida aytib o’tilga-nidek, xususiy plastinka qon tomirlaridan sizib 

chiqib kelgan dona-dor leykotcitlar ham bo’ladi. 

Murtak shilliq pardasining mushak plastinkasi rivojlanma-gan. Murtakning shilliq osti pardasi ham 

siyrak  tolali  shakl-lanmagan  biriktiruvchi  to’qimadai  iborat  bo’lib,  u  a’zoning  kap-sulasini  hosil 

qiladi. SHu tuzilmalar ko’plab qon va limfa tomirlariga hamda murtakni ta’minlovchi nervlarga ega. 

YU t q i n m u r t a g i homilaning  4 oyligidan boshlab ichak-ning bosh tomonida rivojlanadi. Bu 

protcessda mezenxima ham ishtirok etadi. Murtakning yuzasi embrional davrda ko’p qatorli kiprikli 

epiteliy bilan qoplangan. SHuni qayd qilish kerakki, 

 

189-rasm. A - Tanglay murtagi (sxema) (YU. I. Afanas’evdan). B - Tanglay murta-



gi. Gematoksilin-

eezin bilan bo’yalgan. Ob. 10. ok. 10. 

1 - ko’p qavatli yassi muguzlanmaydigan epiteliy; 2 - xususiy biriktiruvchi to’qimali qat- 

dam; 3 - limfatik follikula; 4 - kripta; 5 - limfotcitlar; 6 - qon tomirlar: 7 - bez- 



 

302 


lar; 8 - siyrak tolali biriktiruvchi to’qima; 9 - kundalang-tarril mushak. 

katta  yoshdagi  organizmda  ham  embrional  holatdagi  epiteliy  ba’zan  uchrab  turadn.  Siyrak  tolali 

shakllanmagan  biriktiruvchi  to’qima  xususiy  qavatni  hosil  qiladi  va  tuzilishi  tanglay  mur-tagiga 

o’xshaydi.  U  erda  ham  limfoid  follikullar  to’plami  bo’la-di.  Ba’zi  kasalliklarda  yutqin  murtagi 

kattalashib ketadi va burunning ichki yo’llarini berkitib qo’yadi, natijada, nafas olish qiyinlashadi. 

Bunday o’sib ketgan murtak adenoid deb ataladi va operatciya yo’li bilan olib tashlanadi. 

Til murtagi embrional taraqqiyotning 5-oyida rivojla-nadi. SHu davrda tilning ildiz qismida, shilliq 

bezlarining chiqaruv naylari atrofida limfotcitlar to’plana boshlaydi. Bo-laning tug’ilish arafasida til 

epiteliysining mezenximaga botib kirishi natijasida til murtagida kriptalar hosil bo’ladi. Kriptalarning 

va murtakning yuzasini qoplovchi epiteliy bu er- 

da ham ko’p qavatli yassi epiteliy; uning ostidagi siyrak tolali shakllanmagan biriktiruvchi to’qimada 

limfotcitlar ko’plab uch-raydi. Limfotcitlar bu erga limfoid follikullardan keladi. Follikullarda reaktiv 

markaz mavjuddir. Mayda so’lak bezla-rining naylari murtak kriptalari orasiga ochiladi. So’lak bez-

lari  sekretlari  kriptalarni  tozalab  turadi.  Kriptalar  bo’shli-g’ida  mikroorganizmlar  o’lgan  (epiteliy 

hujayralari) limfo-tcitlar uchraydi. 

Hazm  yo’llarining  oldingi  qismida  yana  bir  gruppa  -  limfo-id  tuzilmalar  uchraydi.  Bular  ichida 

yirikroqlari  Evstaxiy  nayi  bilan  kekirdak  murtaklaridir.  Bularning  tuzi-lishi  yuqorida  qayd  etilgan 

murtaklarga o’xshash bo’ladi. Ular bu erga tushgan mikroblarni qamrab oladi va parchalaydi (fagotci-

toz  qiladi).  Murtaklarning  xususiy  qatlamlari  siyrak  tolali  shakllanmagan  qo’shuvchi  to’qimadan 

iborat. Bu erda ko’payish mar-kaziga ega bo’lgan ko’pgina limfoid follikullar bo’ladi. SHil-liq osti 

pardasi murtakni o’rab, uning kapsulasini hosil qiladi. SHu erda ko’plab qon, limfa tomirlari, nerv 

tolalari va so’lak bezlarining oxirgi sekretor bo’limlari joylashadi. 

Murtaklar ikki xil: himoya va qon hosil qilish funktciyasini bajaradi. Himoya vazifasi bu erga tushgan 

mikroblarni  fagotcitoz  qilish  va  mikroblarga  qarshi  antigen  hosil  qilib,  butun  organizmni  shu 

mikrobga qarshi tayyorlashdan iborat bo’lsa, qon yaratish faoliyati limfoid follikullarda limfotcitlar 

hosil bo’lishi bilan ifodalanadi. 

Hozirgi  kunda  hazm  yo’llaridagi  murtaklar  va  tanglay  mur-taklari  limfotcitlarining  antitelo  va 

immunoglobulinlar ish-lab chiqarishda faol qatnashishiga shubha qolmadi. Ular immu-nokompetent 

hujayralarga antigen strukturasi haqida ma’lumot berib turadi. Epiteliy hujayralari orasida joylashgan 

lim-fotcitlar  epiteliy  hujayralarini  almashinishida  ham  qatnasha-di,  ya’ni  limfotcit  epiteliy 

hujayralarini surib chiqaradi, de-gan fikr bor. 

Murtaklar yoshga qarab ham o’zgaradi. Ular bolalarda yaxshi rivojlangan bo’lib, kishi ulg’aygan sari 

sekin-asta atrofiyaga uchraydi, ba’zi birlari qariyalarda yo’qolib ketib, ularning o’rnini biriktiruvchi 

to’qima egallaydi. 




Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish