Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet265/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

SULAK BEZLARI 

So’lak bvzlari alohida-alohida joylashgan 3 juft yirik: quloq oldi (glandula parotis), jag’ osti glandula 

submandibularis  va  til  osti  (glandula  sublingualis)  bezlaridan  hamda  og’iz  bo’shlig’ining  shil-liq 

pardasida joylashgan juda ko’p mayda: l a b, l  u n j, t i l, tanglay bezlaridan iborat. Barcha so’lak 

bezlari  tuzilishiga  ko’ra  naysimon,  al’veolyar  va  al’veolyar-naysimon  bezlarga  (190-rasm),  ishlab 

chiqargan  sekretining  xususiyatiga  ko’ra  shilliq  bezlari,  oqsil  bezlari  va  aralash  bezlarga  tafovut 

qilinadi. 



 

303 


 

190-  rasm.  So’lak  bezlarining  tuzilishi.  A  -  jag’  sstp  bezining  bo’lakchasn;  B  -til  osti  bezining 

bo’lakchasi; V - qulsq oldi bezining bo’lakchasi; G - bez turli bo’lim- 

larining ko’ndalang kesimi. 

1 - chiqaruv yo’li; 2 - so’lak gaylari; 3 - kiritma naGlgr; 4 - sqsil 1:shlab chiqaruvchi 

oxirgi bo’lim; 5 - shilliq ishlab chiqaruvchi oxirgi bo’lim; 6 - grglssh (skskliklliq! sek- 

ret ishlab chiqaruvchi oxirgi bo’lim; 7 - misepitelyal hujayralar (V. G. Elisesvdan). 

Quloq oldi bezi. Bu bez murakkab tarmoqlangan al’veolyar bez bo’lib, sekreti sof oqsil. Bez tashqi 

tomondan nozik birik-tiruvchi to’qimali kapsula bilan qoplangan, kapsuladan bez ichi-ga uni mayda 

bo’laklarga  bo’luvchi  to’siqlar  -trabekulalar  tar-moqlangan  (191-rasm).  Bu  biriktiruvchi  to’qimali 

to’siqlarda qon tomirlar, so’lak naylari, nerv tutamlari va hujayralari 

 

191- rasm. Quloq oldi bezi. Gematoksilin-eozin bilan bo’yalgan. Ob. 10, 




 

304 


ok. 10. ' ' 

1 - bo’lakchalar orasidagi siyrak tolali biriktiruvchi to’qima; 2 - bezning oxirgi 

bo’limi; 3 - so’lak chkqaruv nayiping kiritma qgsmi; 4 - so’lak naychasi; 5 - qon to- 

mirlar; 6 - ekskretor nay. 

yotadi. Quloq oldi bezining har bir bo’lakchalari oxirgi sekretor pufakcha - atcinuslardan va chiqaruv 

naylaridan  iborat.  Atcinus-lar  ikki  xil  hujayralardan  tuzilgan.  Atcinuslarni  tashkil  etgan,  sekretor 

xususiyatiga ega bo’lgan, piramidasimon hujayra-larning yadrosi yumaloq bo’lib, hujayraning bazal 

qismida  joy-lashadi.  Bu  hujayralarning  yadro  ustki  qismi  mayda  oksifil  sekretor  donalar  tutsa, 

kengroq bazal qismi bazofil xususiyati-ga ega. Sekretor hujayrasining uchida mikrovorsinkalar mav-

jud,  apikal  tcitoplazmada  ko’pgina  sekret  donalari  joylashadi.  Ularning  miqdori  hujayraning  ish 

holatiga ko’ra o’zgarib tura-di. Oqsil sekretciyasida ishtirok etuvchi hujayralari orasida hujayralararo 

sekretor nay bo’lib, hujayra mahsuloti shu nay orqali atcinus bo’shlig’iga tushadi. 

Atcinusnintc ikkinchi hujayrasi atcinus hujayralarini o’zi-ning uzun o’simtalari bilan o’rab turuvchi 

va atcinus hujayrasi bilan bazal membrana o’rtasida joylashgan mioepitelial hujay-ralardir. 

Mioepitelial  hujayralar  og’iz  bo’shlig’i  epiteliy  hujayra-larining  hosilasi  bo’lsa-da,  bajaradigan 

faoliyati  -  qisqarish  funktciyasi  mushak  elementlarini  eslatadi.  Bu  hujayralar  atci-nus  epiteliy 

hujayralarini  har  tomondan  o’rab  turganligidan  ular  «savatsimon  hujayralar»  deb  ham  ataladi. 

Mioepitelial hujayralar tcitoplazmasida joylashgan maxsus qisqaruvchn fib- 

rillalar  bu  hujayraning  atcinus  epiteliysini  siqib,  hujayra  sekretini  atcinus  bo’shlig’iga  chiqarib 

berishni ta’min etadi. 

Bezning  chiqaruv  naylari  bo’lakchalar  ichki  (ductus  intralo-bilaris),  bo’lakchalararo  (ductus 

interlobularis) naylardan va bez-ning u m u m i y nayidan (ductus excretorior seu glandulae) iborat. 

Bo’lakchalar  ichki  nayi  o’z  navbatida  kiritma  qismdan  (dustus  intercalatus)  va  so’lak  naylaridan 

tashkil topgan. 

CHiqaruv naylari kiritma qismdan boshlanadi. Kiritma nay past kubsimon epiteliydan tuzilgan bo’lib, 

ularning  bazal  mem-branasida  mioepitelial  hujayralar  joylashadi.  Bu  kiritma  naylar  so’lak  nayiga 

o’tadi.  So’lak  nayi  bir  qavatli  oksifil  tcitoplazmali  tcilindrsimon  epiteliy  bilan  qoplangan.  Bu  hu-

jayralarning  bazal  qismida  plazmatik  membrananing  burma-lari  orasida  ko’plab  tayoqchasimon 

mitoxondriyalar joylashib bazal chiziqlar hosil qiladi va shuning uchun ham bu tuzilma chiziqli nay 

(dustus  stratus)  ham  deb  ataladi.  Mazkur  hujay-ralar  tcitoplazmasida  joylashgan  donalar  va 

pufakchalar so’lak nayining sekretor faoliyatidan, so’lak hosil bo’lishida ishtiro-ki borligidan darak 

beradi. So’lak nayi bo’lakchalararo nayga o’tadi. Bu nay ikki qavat tcilindrsimon epiteliy bilan qopla-

nib, nay yiriklashgai sari uning epiteliysi ko’p qavatli bo’lib boradi. Bo’lakchalararo naylar umumiy 

nayga qo’shiladi. Bu nay-lar ko’p qavatli kubsimon va nayning og’izga ochilish joyida ko’p qavatli 

yassi  epiteliy  bilan  qoplangan  bo’lib,  yuqorigi  katta  Jag’  tishi  sohasida  lunjning  shilliq  qavatiga 

ochiladi. 

Jag’ osti bezi. Bu organ tuzilishiga ko’ra al’veolyar-naysi-mon, sekretining xarakteriga ko’ra aralash 

-ham  oqsil,  ham  shilliq  ishlab  chiqaruvchi  bezdir.  Bez  tashqaridan  yupqa  birik-tiruvchi  to’qimali 

kapsula bilan qoplangan. Kapsula bezni bo’-laklarga bo’lib biriktiruvchi to’qimali trabekulalargacha 

davom etadi. Har bir bo’lak o’z navbatida, quloq oldi bezi singarn, atcinus va sekret chiqaruv nayining 

boshlanish qismlaridan ibo-rat. Bu bezda ikki xil - sof oqsil hujayralaridan va ham oq-sil, ham shilliq 

ishlab chiqaruvchi hujayralardan tashkil topgan. atcinuslar tafovut etiladi. Sof oqsil ishlab chiqaruvchi 

hujay-ralardan iborat atcinuslar ko’p bo’lib, ularning tuzilishi qu-loq oldi bezi oxirgi sekretor qismi 

kabi tuzilishiga ega. Ara-lash sekretor bo’limlari sof oqsil ishlovchi atcinuslardan yi-rikroq bo’lib, 2 

xil: oqsil va shilliq ishlovchi hujayralardan tashkil topgan. SHilliq hujayralar (mucocyti) yirik bo’lib, 

atcinusning markaziy qismini egallaydi. Hujayra yadrosi juda yassilangan va zichlangan bo’lib, doimo 

uning bazal qismida joy-lashadi. SHilliq hujayralar tcitoplazmasi oqish bo’lib shilliq sekreti tutgani 

uchun  katak-katak  ko’rinishga  ega  va  mutcikarmin  bilan  yaxshi  bo’yaladi.  Aralash  hujayrali 

atcinuslar  (192-rasm)  tarkibida  oqsil  hujayralar 

shilliq  ishlab  chiqaruvchi  hujayra-lar  yonida 




 

305 


o’ziga xos yarim oysimon tuzilma (Jianutctci yarim oyi) sifatida ajralib turadi. 

Jag’ osti bezining so’lak chiqaruv naylari quloq oldi bezi- 

 

192-rasm. Jag’ osti bezi. Gematoksilin-eezinbilan bo’yalgan. 06. 60, ok. 10. 



1 - aralash oxirgi bo’lim; a - shilliq hujayralar: b - Jinutctci yarim oylari (oqsIl hujayralar); 2 - 

mioepitelial hujayra; 3 - so’lak naychasi. 

ning naylari kabi tuzilishga ega bo’lsa ham, lekin kiritma nay bu erda qisqaroq bo’ladi, chunki bez 

taraqqiyoti davrida nayning bir qismi shilliq ishlab chiqaruvchi hujayralar hosil bo’lishi-ga sarflanadi. 

Bosh chiqaruv naylari - Vartonov nayi til yugan-chasi sohasida til osti bezi nayining yoniga ochiladi. 

Til osti bezi. Til osti bezi murakkab al’veolyar-naysimon, tarmoqlangan bezdir. Til osti bezida uch 

xil: aralash  - ham shilliq, ham oqsil ishlab chiqaruvchi, sof shilliq hamda  kam  miqdorda faqatgina 

oqsil ishlab chiqaruvchi hujayralardan tashkil topgan atcinuslar bo’ladi (193-rasm). Oqsil hujay-ralar 

aralash  hujayrali  atcinuslarda  jag’  osti  bezi  hujayra-lariga  o’xshash  Jianutctci  yarim  oylarini  hosil 

qilib joylasha-di. Til osti bezining so’lak chiqaruv nayi yirik so’lak bezlariga o’xshash tuzilgan bo’lsa 

ham, bu erda nay o’ta kalta bo’ladi. Bez-ning bosh chiqaruv nayi til yuganchasiga ochiladi. 

Bez stromasida qon tomirlar, nerv tolalari va sekret chiqa-ruv naylari joylashadi. Bezlarga kiruvchi 

arteriyalar so’lak naylari tarmoqlari bo’ylab tarqaladi. Ulardan shu naylarni ta’minlovchi arteriolalar 

shoxlanib ketadi. Oxirgi sekretor bo’lim - atcinuslarga kelgan arteriyalar shoxobchalari kapillyar-lar 

to’rini  hosil  qiladi.  So’lak  bezlari  parasimpatik  nerv  sistemasining  kranial  qismi  va  simpatik  nerv 

sistemasining ko’k-rak qismidan nerv bilan ta’minlanadi. So’lak bezlari jarohat-langanda yaxshigina 

qayta tiklanish xususiyatiga ega. 

So’lak  tarkibi  va  uning  mohiyati.  Hamma  so’lak  bezlari  va  mayda  so’lak  bezchalari  sekretlari 

qo’shilib, umumiy so’lakni ho-sil qiladi. Uning tarkibiga 99,5% suv, anorganik moddalar,' ya’ni tuzlar 

va  organik  moddalardan  bir  qanna  fermentlar-  ptialin,  mal’taza,  lipaza,  peptidaza  va  proteinazalar 

kiradi.  Bundan  tashqari,  unda  mutcinlar,  hujayra  elementlaridan  epi-teliy  va  leykotcitlar  uchraydi. 

So’lakning tarkibida turli xil bakteriyalar uchraydi. So’lak oziq moddani namlaydi, yumshatadi, yarim 

suyuq holatga  keltirib chaykash va  yutishni engillatadi. So’-lak tarkibidagi  fermentlar ta’siri uning 

zarur faoliyatidan biridir. Og’iz bo’shlig’idan boshlab karbon suvlar parchalanadi. So’lak yordamida 

organizm bir qancha organik va anorganik chiqindilardan (siydik kislotasi, kreatin, yod va boshqalar) 

to-zalanadi.  So’lak  bezlarining  himoya  faoliyati  bakteritcid  xusu-siyatga  ega  bo’lgan  lizotcim 

moddasini ajratishdan iborat. 

 



 

306 


 

193-rasm. Til osti bezi. Gematoksil’n-eezin bklan bo’yal1E1. 06» 10. oi. 1Q. 

I- shilliq ishlab chiqaruvchi oxnrgi bo’lkm; 2 - shilliq ishlab chnqaruvchi hujayralar. 

So’lak tarkibida insulin, parotin, epiteliyning o’sish fakto-ri va boshqa shunga o’xshash gormon va 

biologik aktiv moddalar-ning bo’lishi so’lak bezlari endokrin vazifani ham bajaradi, deyishga asos 

bo’ladi. 




Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish