TISHNING TUZILISHI
Tish q a t t i q va yu m sh o q qismlardan tuzilgan. Tishning qattiq qismida emal’, dentin va tcement
tafovut qilinsa, yumshoq qismi pul’pa va periodontdan iborat.
Emal’ (enamelum). Emal’ tishning toj qismini qoplab turadi (197-rasm). Emalning qalinligi tishning
hamma srida bir xil emas. Tish bo’yining chekkasida uning qalinligi 0,01 mm, chaynov yuzasida 1,62-
3,5 mm. Mineral tuzlarga boyligi va kristallar-ning joylashishi emalning qattiqligini ta’minlaydi.
Qattiq-ligi jihatidan emal’ kvartc va appatit o’rtasida turadi. Emal-da mineral tuzlar miqdori 96%-
Anorganik moddalarning ko’p qismini kal’tciy karbonat va kal’tciy fosfat tuzlari tashkil qiladi.
Qal’tciy ftor birikmasi 4% ga yaqim. Organik moddalar 3,5% bo’lib, mukoproteid va oqsillardan
tashkil topgan. Emal’ yuzasi yupqa Nasmit pardasi bilan qoplangan. Bu parda tishning bo’yin qismida
milk epiteliysi bilan tutashib ketadi. Emal’ yo’g’onligi 3-5 mkm bo’lgan emal’ prizmalaridan (pristma
ena-meli) tuzilgan. Emal’ prizmalari cho’ziq, 5-6 qirralik tuzil-madir. 10-20 ta prizmalar tutamlar
hosil qilib yotadi. Har bir
prizmaking ustki pardasi bo’lib, u qoramtir rangga bo’yaladi va v prizmaning o’ziga nisbatan organik
moddani ko’proq tutadi. Prizmalar orasida kamroq ohaklangan elimlovchi modda bo’ladi. Elektron
mikroskopik kuzatishlarga qaraganda emalning organik asosi juda ingichka ipsimon to’rdan tuzilgan.
Bu organik to’r prizmalarning ichi va oralig’idagi mineral tuzlar ichida yotadi. Emal’ prizmalarining
yo’nalishi murakkab. Prizmalar dentin va emal’ chegarasida, avvalo, dentinga perpendikulyar
joylashib, so’ng emalning o’rtalarida spiral yo’nalishga ega bo’ladi. Tish-ning bo’ylama kesimida
emal’ prizmasining joylashgan ko’nda-lang va bo’ylamasiga yo’nalishini ko’rish mumkin. Emalni
radial yo’nalishda kesib o’tuvchi qoramtir va och yo’llar SHreger yo’lla-ri, tishning bo’ylama
kesimida ko’ringan ingichka qiyshiq chiziq-chalar esa Rettcius chiziqlari deb ataladi. Bu chiziqlar
ohakla-nish davri bilan bog’langan bo’lib, uning kengayib ketishi, emal’ hosil bo’lishida bu
jarayonning o’ta sekin borishidan dalolat beradi. Rettcius chiziqlariga chaynash vaqtida kuchlarning
ta’sir yo’nalishini ko’rsatadigan tuzilma deb ham qaraladi.
Emal’ ma’lum miqdorda o’zidan suv, mochevina va ba’zi bo’yoq-larni o’tkazishi mumkin. Uning
organik qismida aminokislota-lar - gistidin, lizin, arginin, glitcin, tcistin va yanada nordon
1mukopolisaxaridlar, lipidlar va ishqoriy fosfatazalar mav-jud.
Dentin (dentinum). Dentin tishning asosiy qismini tashkil etadi (197-rasmga q.). Dentinda 72%
anorganik va 28% organik modda bor. Organik moddaning asosiy qismini krllagen tashkil qilsa,
anorganik moddalarni kal’tciy fosfat va magniy
fosfat tuzlari hosil qiladi. Undan tashqari, kam
311
miqdorda bo’lsa-da, kal’tciy ftor birikmasi uchraydi. Ba’zi olkmlarning fikrncha, dentin ham suyak
hisoblanadi, ammo u aicha o’zgargan va qattiq-dir. Bundan tashqari, uning hujayralari -odontoblastlar
bir tomonga yig’ilib joylashadi. Dentin asosiy modda va unda joylashgan dentin kanalchalaridan
(tubuli dentales) tu-zilgan. Asosiy moddasi tarkibida kollagen fibrillalar va yopishqoq modda bo’ladi.
Dentinning tashqi qavatida kollagen tolalar asosan radial joylashadi va tutam bo’lib yotadi. Bular
orasida qiya (tangentcial) tolalar ham bo’ladi. Tangentcial tola-lar, asosan, ichki, ya’ni pul’paga yaqin
qismini hosil qiladi. Dentinning ohaklanishi notekis bo’lib, uning chetki qismlarida knterglobulyar
bo’shliqlar hosil qiladi. Tishning toj qismida ular ancha yirik, ildiz qismida mayda bo’lib, donador
qaaatni hosil qiladi. Interglobulyar bo’shliqlar modda almashinishi jarayonida qatnashsa kerak, degan
fikr mavjud.
Yuqorida aytib o’tganimizdek, dentinning asosiy moddasida dentin kanalchalari bo’lib, ularda
odontoblastlarning o’simtala-ri yotadi. Odontoblastlarning tanasi esa pul’pada joylashadi. Dentin
kanalchalari pul’padan boshlanib nurga o’xshab tarqala-di va dentinning tashqi yuzasida tugaydi.
Dentin kanalchalari tish ildiz qismida yon tarmoqlar beradi, lekin bunday tarmoq-
lanish tish toji soha-sida kam uchraydi. Fa-qat dentinning emal’ bilan tutashgan eri-dagina kanalchalar
yana mayda shoxchalar beradi. TCement bilan chegaradosh srida ka-nalchalar ancha tar-moqlar berib,
bir-bi-ri bilan tutashib ke-tadi. Ba’zi kanalcha-lar tcement va emax.’ moddasiga kiradi va pufakcha
shaklida tu gaydi. Bunday holat-ni, ayniqsa, tishning chaynov yuzasida kuza-tish mumkin. Kanalcha-
lar sistemasi dentin-ning oziqlanishiii ta’minlaydi.
Dentin kanalchala-rining ichki pardasi argirofil tolalardan tuzilgan. Bular atro-fida mineral modda"
lar ko’p bo’ladi. Tola-larning yo’nalishi bo’-yicha dentinda 3 zona: 1) tashqi-emal’ va tce-mentga
yopishib joy" lashgan, tishga nisba" tan radial yo’nalgan tolalar - K o r f t o-lalari zonasi;
2) tangentcial ham-ia ko’ndalakg ketgan tolalar - E b n e r to-lalaridan iborat ora-liq zona.
3) tangentcnal yo’nalgan tolalardan tashkil topgan keng i ch-ki zona; tashqi va oraliq zonalar yopqich
dentin deb ataladi. Dentindagi tolalar elektron mikroskopda kuzatilganda ularda ko’ndalang chiziqlar
borligi aniqlangan. Har bir chiziq 64 mm ga teng bo’lib, kollagen tolaga o’xshab ketadi. Dentin va
odonto-blastlar orasida predentin-ohaklanmagan dentin qatlami yota-di. Dentin erimaydigan fosfat
tuzlarining predentin qatlam-lariga cho’kishidan o’sadi. Tuzlarning ayrim miqdori dentinga periodont
va tcement orqali ham o’tishi mumkin. TCement (cementum). TCement tishning ildiz va bo’yin
qismla-rida dentinning tashqi yuzasini qoplab turgan qattiq tuzilma-dir (197-rasmga q.) TCement
dentin singari qattiq bo’lmasa-da, ximiyaviy tarkibi jihatidan suyakka yaqin turadi. Uning 30 pro-
tcentini organik, 70 protcentini anorganik birikmalar tashkil etadi. Gistologik jihatdan hujayrali va
hujayrasiz tcement tafovut etiladi. Hujayrasiz tcement kollagen tolalar va amorf yopishqoq moddadan
iborat bo’lib, tish ildizini o’rab turadi. Kollagen tolalar radial va ko’ndalang yo’nalgan bo’ladi. Radial
tolalar periodont orqali tish joylashgan al’veolyar suyakka te-shib kiruvchi SHarpey tolalarini hosil
qiladi. Bu kollagen tolalarning ichki uchi dentinning radial kollagen tolalari bilan tutashadi. Hujayrali
tcement tish ildizining uch qismida joylashadi. TCementning bu xili tcementoblaet hujayrala-ridan va
asosiy moddadan iborat. Hujayrali tcementda kol-lagen tolalar betartib joylashadi va shu sababli
dag’al tolali suyakni eslatadi. Lekin suyadan qon tomirlarining bo’lmasligi bilan farqlanadi. TCement
periodontda joylashgan tomirlardan diffuz yo’li bilan oziqlanadi. Dentin kanalchalari bilan tce-
mentoblast hujayralarining o’siqlari o’rtasida anastomozlar bo’lib, ular muhim ahamiyatga ega.
Pul’paning qon bilan ta’-minlanishi buzilganda (yallig’langanda, pul’pa olib tashlan-ganda, tish
ildizlari plombalanganda) ushbu anostomozlar or-qali dentinning oziqlanishi ta’minlanadi.
312
197- rasm. Tishniig bo’ylama kesimi (sxema).
d_toj qismi: B- fyflim; V- ildiz; 1 - emal’:
a__emal’ prizmalari; 2 - Rettcchus chizyaqlari; 3 -
SHreger yo’llari; 4 - dentin kanalchalar’; b - pre-dentin; 5 - odontoblastlar; 6 - tish pul’pasi; 7 - qon
tomirlar; 8 - milk; 9 - tpsh boRLami; 10 - hu-jayrasiz va tcujayralp tceuent; 11 - psriodont; 12 - tish
al’veolasining suyagi. 13 - tish ildizining ka-nali.
Pul’pa (pulpa dentis ) yoki tishning yumshoq qismi tish toji bo’shlig’ida va ildiz kanalchalarida yotadi.
Pul’pa qon tomirlar va nerv tolalariga boy siyrak tolali shakllanmagan birikti-ruvchi to’qimadan
tashkil topgan bo’lib, unda uchta: periferik yoki tashqi, oraliq va markaziy qavatlar (zonalar) tafovut
qilinadi.
Pul’paning periferik qavati bir necha qator ko’p o’siqli noksimon hujayralar - odontoblastlardan
313
(dentino-blastlardan) tashkil topgan. Odontoblast hujayralarining uzunligi 30 mkm dan, eni esa 6
mkm dan oshmaydi. Uning tcito-plazmasi mayda donador, bazofil bo’lib, yadrosi hujayraning bazal
qismida joylashgan. Bu hujayralar o’z funktciyasiga ko’ra osteoblastlarga o’xshab ket di.
Odontoblast apikal yuzasidan chiqqan o’simtalari (Tomas ip-lari) dentin kanalchalariga kirib ketadi.
Bu o’simtalarga modda almashinuv protcessida dentin va emalning mineral tuzlar bilan
ta’minlanishida muhim ahamiyati bor, deb qaraladi. Odonto-blastlarda tish to’qimasining ohaklanish
jarayonida ishtirok etuvchi ishqoriy fosfataza, hujayra o’simtalarida esa mukopoli-saxaridlar
aniqlangan. Periferik qavatda odontoblastlardan tashqari, prekollagen tolalar ham uchraydi. Bu tolalar
hujay-ralar orasidan o’tib, dentinga kiradi va dentinning kollagen tolalariga qo’shilib ketadi.
O r a l i q qavat prekollagen tolalardan va mayda kambial hujayralardan tashkil topgan bo’lib, bu
hujayralar takomilla-shib odontoblastlarga aylanadi.
Pul’paning m a r k a z i y q a v a t i siyrak joylashgan bi-riktiruvchi to’qima hujayralari, tolalar va qon
tomirlaridan iborat. Bu erda fibroblastlar, gistiotcitlar va makrofaglarni uchratish mumkin. Hujayralar
orasida kollagen va argirofil tolalar bor. Pul’pada elastik tolalar uchramaydi.
Pul’pa tishning oziqlanishida muhim ahamiyatga ega. Pul’pa-ningolib tashlanishi modda
almashinishiningkeskin pasayishiga, pushtning rivojlanishi, o’sishi va regeneratciyasini buzilishga
olib keladi.
Periodont. Periodont suyak al’veolasi va tish ildizi orali-g’ida joylashgan biriktiruvchi to’qimadan
iborat tuzilma. Peri-odont asosan SHarpey tolalari deb nomlanuvchi va tcement hamda suyak
chuqurchalariga tutashib ketgan kollagen tolalardan iborat. Bu tolalar bir qancha gruppalarni tashkil
qiladi. Qollagen to-lalarning milk gruppasi periodontni milkning xususiy qavati bilan bog’laydi.
Tolalarning tishlararo gruppasi bir tish tce-mentidan ikkinchi tish tcementi tomon yo’nalgan bo’ladi.
SHu ikki gruppa kollagen tolalari birgalikda tishning aylana bog’lami-ni hosil qiladi.
Tish al’veolasi bilan bog’langan periodont tolalari 4 ta tu-tamni hosil qiladi: 1) suyak al’veolasidan
tcementga ketgan tu-tamlar; 2) tish uzunasi bo’ylab tikka yo’nalgan tutamlar; 3) su-yakdan boshlanib
tish uchi tomon yo’nalgan va tcementga botib ki-ruvchi qiyshiq tutamlar; 4) til ildizining uchidan
atrof suyakka yo’nalgan cho’qqi tutamlar.
Periodont tishning bog’lovchi apparati x.isoblanib, chay-nash mobaynida bosimning bir me’yorda
taqsimlanishini ta’min-laydi.
Tishning qon bilan ta’minlanishi va innervatciyasi. YUqori jag’ arteriyasining tarmoqlari uch shoxli
nerv tarmoqlari bilan birgalikda tish ildizi kanali orqali tish bo’shlig’iga kiradi. Pul’pada ular o’zaro
anastomoz hosil qiluvchi kapillyarlarga tarmoqlanib, keyinchalik venaga yig’iladi. Pul’pada oz
miqdor-da limfa kapillyarlari topilgan.
Nervlar tish pul’pasida ikkita: asosan mielinli tolalardan iborat chuqur va mielinsiz tolalardan tashkil
topgan yuza-roq chigallar hosil qiladi. Ba’zan pul’pa retceptorlari-ning oxirgi tarmoqlari bir vaqtning
o’zida ham biriktiruvchi to’qima bilan, ham qon tomirlar bilan bog’langan bo’ladi (poli-valent
retceptorlar). Odontoblastlar uch boshli nervning nozik oxirlari bilan zich o’ralgan.
Eshga qarab o’zgarishi. 12-15 yoshgacha sut tishlar asta-sekin doimiy tishlar bilan almashinadi.
Birinchi bo’lib katta jag’ tishi (birinchi molyar) chiqadi, so’ngra markaziy va yon kurak (ke-suvchi)
tishlar, 9-14 yoshlarda kichik jag’ tishlar (premolyar) va qoziq tishlar va 20-25 yoshdagina - oxirgi
oziq tishlar yoki «aql tishlar» chiqadi.
YOSH
ulg’ayishi bilan tishlarning kimyoviy tarkibi va tuzilishi
o’zgarib boradi. CHaynov yuzasidagi emal’ ‘a dentin ishqalanib yo’qolib boradi. Emal’ xiralashadi
va chat-
nashi mumkin, unga tuzli gard (tish toshi) o’tirishi mumkin. Emal’, dentin va tcement tarkibida
organik moddalar kamayib, anorganik moddalar miqdori oshadi. Buning natijasida emal’, dentin va
tcementning suv, ionlar, fermentlar va boshqa modda-larga nisbatan o’tkazuvchanligi kamayadi.
YOSH
o’sishi bilan dentin hosil bo’lishi deyarli to’xtaydi, tish ildizida esa tcement miqdo-ri ko’payadi.
YOsh ulg’ayishi bilan oziqlanishining yomonlashgani sababli tish pul’pasi atrofiyaga uchraydi.
Undagi
hujayralar
soni
kamayadi.
Odontoblastlarda ko’pchilik organellalar reduk-
314
tciyaga uchraydi va ular fentinotcitlarga aylanadi. Kollagen to-lalar dag’allashadi. 40-50 yoshdan
keyin periodontning qon tomirlari sklerotik o’zgarishlarga uchraydi.
Regeneratciyasi. Tish regeneratciyasi juda sekin ketadi va to’lik bo’lmaydi. Dentin shikastlanganda
zararlangan joy qarshisida pul’pa tomonda oz miqdorda ikkilamchi dentin hosil bo’ladi. Bu jarayon
pul’pa oraliq qavati hujayralarining takomillashib odontoblastlarga aylanishi orqali periferik
qavatning regene-ratciyasi bilan birga amalga oshadi. U dentin shikastlangandan deyarli 2 haftadan
keyin hosil bo’ladi. Bu protcess predentin paydo bo’lishi bilan boshlanadi. Birlamchi dentindan farqli
o’laroq ikkilamchi dentinda tolalar tartibsiz joylashadi. 4-haftalari oxirida predentin ohaklanadi.
Ikkilamchi dentin kanalchalari noto’g’ri yo’nalishiga ega bo’lib, juda kuchsiz tarmoq-lanadi. Tishning
tcementi juda yomon tiklanadi. SHikastlangan emal’ esa umuman tiklanmaydi.
YUTQIN
YUtqin - nafas va hazm yo’llarining kesishib o’tgan joyida-gi a’zo. YUtqinda 3 qism: burun, og’iz va
hiqildoq qismlari tafovut etiladi. Bu qismlarning har biri turlicha tuzilishga ega. YUtqinning burun
qismi ko’p qatorli hilpillov-chi epiteliy bilan qoplangan. SHilliq pardaning xususiy plas-tinkasida
aralash bezlar yotadi. Og’iz va hiqildoq qismlari ko’p qavatli yassi epiteliy bilan qoplangan. Bu
qismlar shilliq par-dasining xususiy plastinkasi siyrak tolali shakllanmagan bi-° riktiruvchi
to’qimadan iborat bo’lib, juda ko’p elastik tolalar tutadi. SHilliq osti pardasida murakkab shilliq
bezlarning oxirgi bo’limi joylashadi va ularning chiqaruv naylari epite-liy yuzasiga ochiladi. YUtqin
barcha qismlarining mushak parda-si ko’ndalang-targ’il mushakdan iborat bo’lib, u ikki xil - ichki
bo’ylama, tashqi - aylana yo’nalgan. YUtqin tashqaridan adventi-tcial parda bilan o’ralgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |