Zamburug’simon so’rg’ichlar asosan tilning yon tomonlarida va uch qismida joylashadi. Bu
so’rg’ichlarning uch tomoni kepg, asosi esa ingichka bo’lib, o’z nomiga mos ko’rinishga ega (185-
rasm). Zamburug’simon so’rg’ich ham birlamchi biriktiruvchi to’qimali so’rg’ichdan, undan
tarmoqlangan bir necha ikkilamchi biriktiruv-chi to’qimali so’rg’ichlardan va ular yuzasini qoplab
olgan ko’p qavatli yassi muguzlanmaydigan epiteliydan iborat. Zamburug’-simon so’rg’ichlar
devorida oz miqdorda ta’m bilish so’g’onlari (piyozchalari) uchraydi.
Tarnovsimon surg’ichlar 6-12 ta bo’lib, til tanasi bilan uning ildizi oralig’ida joylashgan eng yirik
so’rg’ich hisoblana-di. Bu so’rg’ichlarning o’ziga xosligi shundan iboratki, ular bosh-qa so’rg’ichlar
kabi til yuzasiga bo’rtib chiqmay, shilliq pardaga botib turadi. SHuning uchun ham bu so’rg’ichlar
atrofi tarnovsi-mon chuqur yoriq bilan o’ralgan bo’ladi (186-rasm). So’rg’ich ko’p qavatli yassi
epiteliy bilan qoplangan bo’lib, uning biriktiruv-chi to’qimadan iborat asosi epiteliyga ko’p sonli kalta
bo’rtma-lar-ikkilamchi so’rg’ichlar tarzida o’sib kiradi. So’rg’ich yon epiteliysida ta’m bilish
so’g’onlari joylashadi. Tarnovsimon so’rg’ichning biriktiruvchi to’qimali asosida oqsil va shilliq bez-
lar joylashib, ularning sekret naylari tarnov tubiga ochiladi.
Tilning bargsimon so’rg’ichlari faqat bolalarda yaxshi rivoj-langan bo’lib, uning o’ng va chap
yonlarida joylashgan ikkita gu-ruhdan iborat. Har bir guruh parallel joylashgan 4-8 ta so’r-g’ichdan
iborat va ular bir-biridan tor bo’shliq orqali ajralib turadi. Har bir so’rg’ichning uzunligi 2-5 mm
atrofida bo’ladi. So’rg’ichlarning asosini biriktiruvchi to’qimadan iborat birlam-chi so’rg’ich va
undan tarmoqlangan 3 ta ikkilamchi so’rg’ich tashkil ztadi (187-rasm). So’rg’ich asosining o’rtasida
joylashgan ikki-lamchi biriktiruvchi to’qimali so’rg’ich qon tomir tutganligidan tomirli so’rg’ich
deyilsa, qolgan ikkita yon so’rg’ich nerv tolalari-ga mo’l bo’lganidan ikkilamchi nerv so’rg’ichlari
nomi bilan yuri-tiladi.
Bargsimon so’rg’ich ko’p qavatli muguzlanmaydigan epiteliy bilan qoplanib, o’zida ko’pgina ta’m
bilish so’g’onlari tutadi. So’rg’ich tagida ko’ndalang-targ’il mushaklar, qon tomirlar va yog’
hujayralarining to’plamlari yotadi. Bu sohada oqsil (seroz) bezlari joylashib, ularning chiqaruv naylari
bargsimon so’r-g’ichlar orasidagi bo’shliqqa ochiladi va bez sekreti bu ingichka oraliqni doimo yuvib
turadi. Katta odamlarda bargsimon so’r-g’ich yo’qolib boradi, shu so’rg’ich bilan bog’langan bezlar
o’rnida esa yog’ va limfoid to’qima paydo
bo’ladi.
298
Til ildiz qismining shilliq pardasida so’rg’ichlar bo’lmaydi.. Lekin bu erda til sathi notekis bo’lib,
ko’pgina do’mboqchalar va
58- rasm. Tilning zamburug’-simon so’rg’ichi.
1 - ko’p qavatli muguzlanmay-dngan yassi epiteliy; 2-birik-tnruvchi to’qimali so’rg’ich; 3- tcon
tomirlar; 4 - til mushagi: 5-tnl bezlari (V. G. Eliseev-dan).
186-rasm. Tilning tarnovsimon so’rg’ichi.
\ - ko’p qavatln yassi epiteliy; 2 - tarnov; 3 - biriktn-
runchi to’qima; 4-qen tomirlar; 5-ta’msezish piyozchasi;
6 - seroz bez nayi; 7 - seroz bezlarn; 8 - shilliq bezlar;
9 -til mushagi (V. G. Eliseevdan).
299
chuqurchalarga ega. Do’mboqchalar til shilliq pardasining xususiy qatlamida joylashgan limfoid
to’qima yig’indisi - til murta-gi hisobiga hosil bo’ladi. Do’mboqchalar orasida chuqurchalar - kriptalar
mavjud bo’lib, ularga ko’pgina shilliq bezlarining chiqaruv naylari ochiladi.
Til mushaklari orasida oqsil (Ebner), shilliq (Veber) va aralash (Nuna) bezlar joylashadi. Bu
bezlarning chiqaruv yo’l-lari til shilliq pardasiga ochiladi. Tilda ko’plab tomirlar, nervlar va nerv
oxirlari, mushaklar oralarida esa yog’ hujayra-larining to’plamlari joylashgan.
Ta’m bilish piyozchalari (so’g’onlari)ning tuzilishi. Ta’m bi-lish piyozchalari tilning bargsimon,
zamburug’simon va tarnovsi-mon so’rg’ichlari epiteliylarida joylashadi. Ta’m bilish piyoz-
187-rasm. Bargsimon so’rg’ich. Gematoksilin-eszpn bilan bo’yalgan. 06. 10. ok. 10.
1 - til epitelnysn; 2 - so’rgichlararo bo’shliq; 3 - birlamchi bnriktiruvchi to’qnmali so’rich
4 - ikkilamchi biriktiruv chi to’qymali so’rg’ichlar; a - nerv so’rg’nchlar; b - tomirli so’rg’nch!'
5 - ta’m bilish piyozchalari; 6 - til so’lak bezlari.
chalari, ayniqsa, tarnovsimon so’rg’ichlarida ko’p bo’lib, ularning miqdori har bir so’rg’ichda 40-250
tadir. Ta’m bilish piyozchala-rining ayrimlari yutqin va hiqildoq ustki tog’ay epiteliylari-da ham
joylashadi. Tilning ipsimon so’rg’ichlari ta’m bilish piyozchalari tutmaydi.
Ta’m bilish piyozchalari ta’m bilish analizatorining oxirgi retceptor apparati hisoblanadi. Ta’m bilish
piyozchalari ellips-simon bo’lib, ular epiteliy hujayralari orasida joylashadi (188-rasm). Piyozcha
asosi epiteliy bazal membranasida yotsa, uning uchi epiteliy bo’shlig’iga chiqmaydi. Epiteliy yuzasi
bilan ta’m piyozchasining uch qismi bir qancha yassi epiteliy hujayra-laridan tashkil topgan maxsus
teshik - ta’m bilish piyozchasi-ning teshigi orqali aloqada bo’ladi.
Ta’m bilish piyozchasi ikki xil - ta’m bilish (retceptor) va tayanch hujayralaridan iborat bo’lib, u
hujayralar bir-biriga zich joylashadi.
300
188-rasm. Ta’m bilish pnyozchasi. Gematoksi-lin-eezin bilap bo’yalgan. Ob. 60. sk. 10.
I - piyozcha kapsulasi; 2 - ta’m bilish va tayanch
hujayralari; 3 - tagm bilish piezchasining teshigi.
Sezuvchi - ta’m bilish hujayrala-ri cho’zinchoq bo’lib, ko’p-roq piyozchaning markaziy qismida
joylashadi. Bu hujayraning apikal qis-mida mukopolisaxarid, ko’pgina oqsil va fosfa-taza aktivligiga
ega bo’l-gan elektron zich tuzil-malardan iborat o’simta-lar mavjud. Hujayra-ning apikal yuzasida 50
tagacha mikrovorsinkalar bo’lib, ular hujayra-ning ta’m bilish yuzasi-ni oshirib beradi.
Tayanch hujayra-l a p sezuvchi hujayra-lar oralig’ida, ta’m pi-yozchasining chetlarida joylashadi. Bu
hujay-ralar kalta bo’lib, ta’m bilish piyozchasi teshigiga etmaydi. Tayanch hujayra-lar yadrosi
anchagina yi-rik bo’lib, tcitoplazma-sida ko’pgina mitoxon-driyalar mavjud. Bu hu-jayralarda
donador en-doplazmatik to’r rivoj-langan.
Ta’m bilish piyozcha-lari turli nervlar bi-lan ta’minlanadi. Til-yutqin nervining tola-lari til ildizida va
tarnovsimon so’rg’ichlarda joylashgan pi-yozchalarni nerv bilan ta’min etsa, til nervi tilning oldingi
qismidagi ta’m piyozchalarini innervatciyalaydi. Nerv tolalari til so’rg’ichlarining uchiga kelib mielin
pardasini yo’qotadi va epiteliy osti nerv chigalini hosil qiladi. Bu chigaldan ingichka nerv tolalari ta’m
sezuvchi hujayralarning tanasiga qarab yo’-naladi. Nerv tolalari faqat sezuvchi tolalar bo’lmasdan,
ular piezcha hujayralariga trofik ta’sir ham ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |