OG’IZ BUSHLIG’I
Og’iz bo’shlig’ining takomillashishi juda murakkab bo’lib, bu jarayonda uchala embrion varag’ining
hujayralari qatnashadi. Oldingi ichakning teri ektodermasiga tutashgan erida og’iz chu-qurchasi hosil
bo’ladi. Og’iz chuqurchasi 5 ta bolish bilan chegara-lanadi: frontal qismi, ikkita yuqori jag’ va ikkita
pastki jag’ qismidan iborat. YUqori va pastki jag’ bolishlari rivojlanish jarayonida o’zaro qo’shiladi
va jag’larni hosil qiladi. YUqori jag’ bolishlari yuzasida tanglay o’simtalari hosil bo’ladi, bu o’z
navbatida og’iz va burun bo’shlig’ini ajratadi. Birlamchi og’iz bo’shlig’i epiteliysi mezenximaga
botib kirib plastinka hosil qiladi. Buning natijasida og’iz bo’shlig’ining old teshigi hosil bo’lishiga
sabab bo’ladi.
Og’iz bo’shlig’ining shilliq iardasi o’ziga xos xususiyatga ega. SHilliq parda ko’p qavatli yassi
epiteliy bilan qoplangan. SHil-
liq pardaning muskul qatlami esa kam rivojlangan yoki butun-lay bo’lmaydi. Og’iz bo’shlig’i
epiteliysi tomirlarga va hujayra elementlariga boy bo’lgan biriktiruvchi to’qimadan iborat xusu-siy
qavatning ustida yotadi. Epiteliy hujayralari doimo tushib, almashinib turadi (1 minutda taxminan 100
ming epiteliy hu-jayrasi almashinadi). Tanglay bo’rtmasining al’veolyar o’simta-lari va qattiq
tanglayning oldingi sohasining shilliq osti pardasi bo’lmasdan, shilliq parda to’g’ridan-to’g’ri
suyakning ustki pardasiga yopishgan bo’ladi. Lab, lunj, yumshoq tanglay va og’iz bo’shlig’ining
tubida siyrak shakllanmagan biriktiruvchi to’qima-dan iborat shilliq osti pardasi joylashadi. Og’iz
bo’shlig’i epi-teliysi turli sohalarda bir xil tuzilishga ega bo’lsada, muguz-lanish jarayoni til ustida,
lunj, tanglay va tilning pastki qismlarida nisbatan rivojlangandir. Epiteliyda bir necha qa-vat
hujayralar tafovut etiladi.
1. Bazal (asosiy) qavat. Bu qavat hujayralari bo’ychan tci-lindrsimon bo’lib, yadrosi hujayra asosida
joylashadi. Hujay-ra tcitoplazmasi turli moddalarga, jumladan, mukopolisaxarid va RNQ ga boy.
TCilindrsimon hujayralar bo’linish xususiyatiga ega va shu qavat hisobiga yuqoridagi hujayralar
tiklanib turadi.
2. Tikansimon hujayralar qavati. Bu hujayralar yon o’simta-lari bilan bir-biriga tutashib,
desmosomalar orqali bog’langan-dir. Bu qavat hujayralari ham bazal qavat kabi bo’linish xusu-
siyatiga ega bo’lib, o’zidan keyingi qavat epiteliy hujayralarni tiklab turadi.
3. YUza qavat 2-4 qatlam yassi hujayralardan iborat. Eng yuza hujayralarida yadrolar bo’lmasligi
mumkin.
Lab. Labda 3 qism - teri (pars cutanea), oraliq (pars intefmedia) va shilliq (pars mucosa) qismlar
tafovut etiladi. Lab o’zida ko’nda-lang-targ’il mushak tutadi.
Labning teri qismi. Xuddi teri kabi tuzilishga ega bo’lib, ko’p qavatli yassi muguzlanuvchi epiteliy
bilan qoplangan (182-rasm, a).
Bu qismda ter va yog’ bezlari, sochlar bo’ladi.
Labning oraliq (pushti) qismi o’z navbatida ikki: tash-qi silliq va ichki so’rg’ichli zonadan iborat (182-
rasm, a). Tashqi zona epiteliysida muguz qavat bo’lsa-da, u tiniq va o’ta yupqadir. Epiteliy osti
so’rg’ichlari unchalik bo’ychan bo’lmaydi. Labning idki so’rg’ichli zonasi, ayniqsa, yangi tug’ilgan
bolalarda o’ta ri-vojlangan so’rg’ichlarga ega. Bola ulg’ayishi bilan bu so’rg’ichlar yassilanib ketadi.
Bu zona epiteliysi anchagina qalin bo’lib, mu-guz qavat va yog’ bezlaridan holidir. Xususiy qatlam
epiteliyga botib kirib, o’ta bo’ychan so’rg’ichlar
hosil qiladi, Lab oraliq qismining xususiy
294
qatlami ko’pgina kapillyarlarga ega bo’lgani-dan shu qism pushti ko’rinishga ega bo’lib qoladi.
Xususiy qatla-mining nerv oxirlariga mo’lligi esa lab pushti xoshiyasining o’ta sezuvchanligini ta’min
etadi. .
Lab shilliq qismining epiteliysi oraliq qismidagi-dan qalinroq bo’ladi (182-rasm, b). Xususiy plastinka
so’rg’ichlari
182- rasm. A. B. Bslaning pastki labi (sxema).
1-labning epidermis qismi; 2 - lab mushaklari; 3 - labning oraliq
(pushti) qis’i; 4 - lab bezlari; 5 - lab shilliq iardasining zpiteliy.i;
6 - yog’ bezlari; 7 - qon tomirlar; S - soch ildizi.
teri qismiga nisbatan kaltaroq. Xususiy qavat bevosita shilliq osti pardasiga o’tib ketadi va
qo’ndalang-targ’il mushakla.rga tutashadi. SHilliq osti pardasida so’lak bezchalarining oxirgi
qismlarijoylashadi. Bezlar ancha yirikva murakkab naysimon- al’veolyar tipga kirib oqsil va shilliq
sekret ishlab chiqaradi. Epiteliy yuzasiga ochiluvchi chiqaruv naylari ko’p qavatli yassi epiteliy bilan
qoplangan. SHilliq osti pardasida yirik arte-rial tomirlar va venoz chigallar bo’lib, ular labning pushti
qismiga ham tarqaladi.
Milk.' Al’veolyar o’simtalarni qoplab turgan shilliq parda ko’p qavatli yassi epiteliy bilan qoplangan
bo’lib, uking birik-tiruvchi to’qimaly xususiy qatlami nerv tolalari va tomirlarga boy bo’ladi.
Milkda bog’langan va erkin qismlar ajratiladi. Milkning bog’langan qismi barcha suyak al’veolyar
o’simtalari yuzasini qoplagan.
Uning xususiy qavati suyak usti pardasiga to’g’ridan-to’g’ri tu-tashib ketgan. Milkning tish yuzasi
bilan bog’langan tomoni milkning erkin qismini hosil qiladi. Bu tuzilmaning chu-qurligi 1,5 mm cha
bo’lib, tish-milk kasalligida (ay-niqsa, parodontoz) hamda ularni davolash jarayonla-rida bu xaltacha
muhim ahamiyat kasb etadi. Milk nervlar bilan yaxshi ta’-minlangan. Milk epiteliy-sida erkin nerv
oxirlari bo’lsa, xususiy biriktiruv-chi to’qimada kapsulali va kapsulasiz nerv oxirlari mo’l bo’ladi.
Milkda mushak qatlami bo’lmaydi.
295
183- rasm. Lupj shilliq qavati (sxema).
1 - epiteliy; 2 - xususiy qatlam; 3 __yog’
to’tcimasi; 4 - mushak tolasi (IO. I. Afa-nas’evdan).
Lunj. Lunj- mushakli a’zo bo’lib, shilliq pardabi-lan qoplangan, ichki yuzasi 3 zonaga - yuqori zona
maxil-laris pastki qism-zona mandibularis va oraliq qi-sm - zona intermedia ra bo’-linadi. YUqori
qismning tu-zilishi labning shilliq par-dasiga o’xshash bo’lib, ko’p qa-vatli muguzlanmaydigan epi-
teliy bilan qoplangan (183-rasm). Xususiy qavatining so’rgichlari uncha katta bo’l-maydi va juda ko’p
lunj bez-lari tutadi. Og’izdan uzoqlash-gan sari bezlar chukurroq, ya’-ni mushaklar orasida hamda
ularning tashqarasida joyla-shadi. Bir qancha reduktciyaga uchragan yog’ bezlari bo’ladi. Xususiy bi-
riktiruvchi qism so’rg’ichlari kattagina. Bu erda so’lak bezlari bo’lmaydi. SHilliq osti parda siyrak
tolali biriktiruvchi to’qimadan iborat. Kollagen tolalari to’r hosil qilib yogadi. Qon tomir va nervlar
ko’p bo’ladi. Oraliq kismning muskul ^avagi lunj mugkullaridan hosil bo’lib, u erda lunj so’lak bzzlari
yogadi. Ularning oxirgi sekretor bo’limi aralash sekret ishlab chiqaradn. Bundan tashqari, alohida
shilliq ishlab chiqaruvchi oxirgi bo’limlari ham bo’ladi.
Lunjning mandibula qismi maksilla qismi kabi ko’p qavatli yassi muguzlanmaydigan epiteliy bilan
qoplangan. Xususiy plas-tinka so’rg’ichlari baland bo’lmay, uning shillik osti pardasi yaxshi
rivojlangan. Bu qavatda ko’plab lupj so’lak bezlari (gl. buc caiez) joylashadi.
Katta jag’ tishi sohasiga joylashgan yirik so’lak bezlaridan biri gl. malaris chuqur, hatto lunj
mushaklari orasigacha etib borgan holda joylashadi.
296
Do'stlaringiz bilan baham: |