Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


YOG’ON ICHAKNING TUZILISHI



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet275/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

 

YOG’ON ICHAKNING TUZILISHI 

Yo’g’on ichak anatomik jihatdan turli qismlarga bo’linadi:  chuvalchangsimon o’simta tutgan ko’r 



ichak, chambar ichak (ko’tari-luvchi, ko’ndalang va pastki tushuvchi bo’limlari bilan), «S» si-mon va 

to’g’ri ichak. 

Yo’g’on  ichak  devori  ham  boshqa  ichaklar  kabi  shilliq,,  shil-liq  osti,  mushakvaserozpardalardan 

ibooat (214-rasm). CHambar ichakning barcha bo’limlari bir xil tuzilgan. 

SHilliq pardada faqatgina kriptalar bo’lib, vorsinka-lar tutmaydi. Bundan tashqari, shilliq va shilliq 

osti parda-_  lar ko’pgina burmalar hosil  qiladi. Bu burmalar  yarim  oysimon bo’lib, aylana holatda 

joylashadi. 

yo’g’on ichak shilliq qavati ko’pgina kriptalarga 

ega.  Bu  krip-talar  ingichka  ichak  kriptalariga 




 

340 


nisbatan  chuqur  (0,4-0,7  mm)  va  serbar  bo’lib,  ko’plab  qadahsimon  hujayralar  tutadi.  (215-rasm). 

SHilliq  parda  epiteliysi  jiyakli  va  jiyaksiz  tcilindrsi-mon  ho’jayra  (enterotcit)lar,  qadahsimon 

hujayralar hamda yuqorida aytib o’tilgan bir qator endokrin hujayralardan tash-kil topgan. 

Jiyakli  enterotcitlar  ingichka  ichakning  shunday  hujayralari  tuzilishiday  bo’lib,  bu  erda  faqatgina 

hujayralarning  mikro-vorsinkalari  biroz  ingichkadir.  Jiyaksiz  enterotcitlar  kripta-yaarning  quyi 

qismlarida joylashib, barcha epiteliy hujayrala-ri uchun kambial hujayra hisoblanadi. SHuning uchun 

ham bu Hujayralarda mitoz bo’linishi ko’plab uchraydi. 

 

214- rasm. Yo’g’on ichak. Gematoksilin-eozin bilan bo’yalgap. 06. 20, ok. 10. 



1 - krnpta; 2 - qoplovchi epiteliy; 3 - kadahsichon hujaPralar; 4 - krchptaching kun-dalang kesimi; 5-

bnriktiruvchi to’qimali xususiy qatlam. 

Epityoliy ostida siyrak tolali shakllanmagan biriktiruvchi to’qimadan iborat shilliq pardaning xususiy 

qatlami joylasha-di. Bu qatlam qon tomir va nerv chigallariga mo’l va ingichka ichakning shunday 

qatlamiga nisbatan limfoid to’qima to’plamla-rini ko’proq tutadi. Bu tuzilmalarning soni to’g’ri ichak 

tomon  kamayib  boradi.  Limfoid  follikullardan  limfotcitlar  atrof  to’qimaga  yoki  epiteliyga  qarab 

migratciya qilishi mumkin. 

SHilliq  pardaning  mushak  qatlami  ichki  -  aylana,  tashqi  -  uzunasiga  va  qiyshiq  yo’nalgan  silliq 

mushaklardan iborat. 

SHilliq osti, mushak va seroz pardalar ingychka ichakning shunday pardalari kabi tuzilgan bo’lsa-da, 

ayrim farq-larga ega. Yo’g’on ichak shilliq osti pardasida limfoid folli-kullar ko’plab uchraydi. Bu 

follikullar  xususiy  qatlamdan  bo’r-tib  turadi.  Mushak  parda  2  qavat-aylana  (ichki)  va  uzunasiga 

(tashqi) yo’nalgan mushaklardan iborat. Tashqi mushaklar qava-ti yaxlit bo’lmay, mushak hujayralari 

tutam-tutam  joylashib,  butun  chambar  ichak  bo’ylab  yo’nalgan  3  ta  tasma  hosil  qiladi.  Bu  joylar 

tashqariga  turtib  chiqib  turuvchi  bo’rtmalar  hosil  qila-di.  Mushak  qatlamlari  orasida  siyrak  tolali 

shakllanmagan biriktiruvchi to’qima joylashib, u tomirlar va nerv chigallari tutadi. 

Yo’g’on  ichakning  seroz  pardasi  chambar  ichakni  tashqi  tomon-dan  o’rab,  ko’pgina  yog’ 

hujayralariga ega. 




 

341 


 

215- rasm. Yo’g’on ichyak krpptalariming eliteliysi. Gematoksn-lin-eozin bilap bo’yalgan. 06. 40, 

ok. 10. 

1 - jiyakli hujayralar; 2 - jiyak; 3 - qadahsimon hujayra; 4 - kripga b>shligi; 5 - xususiy qatlam. 

To’g’ri  ichak.  To’g’ri  ichakda  yuqori  -  chanoq  va  pastki  -  anal  qismlar  tafovut  etiladi.  yo’g’on 

ichakning  chanoq  qismi  shilliq  pardasida  uchta  ko’ndalang  burma  mavjud  bo’lib,  ularning  hosil 

bo’lishida  shilliq  osti  pardasi  va  mushak  pardaning  aylana  qa-vati  ishtirok  etadi.  Bu  burmalar 

quyiroqda 8-10 ta uzunasiga yo’nalgan burmalar bo’lib, ular orasida chuqurliklar bor. 

To’g’ri ichakning anal qismida uchta: ustunsimon, oraliq va te-ri zonalari tafovut etiladi. 

Ustunsimon zonada uzunasiga joylashgan burmalar anorektal us-tunlar hosil qilsa, oraliq zonada bu 

ustunlar qo’shilib shilliq pardaning eni 1 sm cha bo’lgan silliq yuzali zonasi - bavosil 

halqasi  (zona  haemorrhoidalis)  ni  tashkil  qiladi.  SHu  burmalar.  orasidagi  chuqurchalar  (botiqlik) 

rektal sinuslarni hosil qiladi. 

To’g’ri ichakning devori ham chambar ichak kabi tuzilishga ega bo’lib, shilliq, shilliq osti, mushak 

va seroz par-dalardan iborat. 



 

342 


SHilliq  parda  epiteliy,  xususiy  va  mushak  qatlamlarga  ega.  Yo’g’on  ichakning  ayrim  qismlarida 

epiteliy har xil bo’ladi. To’g’ri ichakning yuqori qismida epiteliy bir qavatli prizmatik, ustunsimon 

zonasida ko’p qavatli tcilindrsimon, oraliq zonasi-da ko’p qavatli yassi muguzlanmaydigan va teri 

zonasida ko’gg qavatli yassi muguzlanuvchi epiteliy. Ko’p qavatli kubsimon epi-teliy ko’p qavatli 

yassi epiteliyga birdan egri-bugri a n o r e k-tal chiziq (linea anarectalis) hosil qilib o’tadi. Teri epi-

teliysiga o’tish esa asta-sekin bo’ladi. 

To’g’ri  ichak  epiteliysida  jiyakli,  qadahsimon  va  ayrim  endo-krin  hujayralar  mavjud.  Endokrin 

hujayralar  (ECL)  ichak-ning  ustunsimon  zonasida  ko’plab  uchraydi.  To’g’ri  ichakning  yuqo-ri 

qismlarida kriptalar ko’p bo’lsa, quyi tomon ular yo’qolib boradi. 

Xususiy  qatlam  siyrak  tolali  shakllanmagan  biriktiruvchi  to’qimadan  iborat  bo’lib,  ayrim  limfa 

follikullarini tutadi. To’g’ri ichakning ustunsimon zonasida yupqa devorli qon tomir-lar,- lakunalar 

bo’lib,  ulardan  venalarga  qon  o’tadi.  Ichakning  oraliq  zonasida  ayrim  yog’  bezlari  uchrasa,  teri 

qismida esa te-riga xos bo’lgan boshqa tuzilmalar ham bo’ladi. 

SHilliq  pardaning  mushak  qatlami  ingichka  ichakdagidek  2  qavat  bo’lib  uzunasiga  yo’nalgan 

burmalargacha  davom  etadi-  ichakning  oxirgi  qismida  mushaklar  yo’qolib  boradi.  SHuning  uchun 

ham ichakning bu qismida shilliq pardaning xususiy qat-lami to’g’ridan-to’g’ri shilliq osti pardaga 

o’tadi.  Bu  qavatlar  ko’pgina  mayda  burma  venalar  tutadi.  Bu  venalarning  amaliy  meditcinada  - 

klinikada ahamiyati katta. SHu venalar kengayishi natijasida shilliq parda siljiydi va kengaygan tomir 

anal teshik yuzasiga chiqib qoladi- gemorroy kasalligi kelib chi-qadi. 

SHilliq osti parda siyrak tolali shakllanmagan bi-riktiruvchi to’qimadan tuzilgan bo’lib, nerv oxirlari 

va nerv chigallari tutadi. Bu parda venalarga mo’l va mushak pardaga qadar davom etuvchi naysimon 

bezlarga ega. 

To’g’ri ichakning mushak qavati ikki  - ichki (aylana) va tashq

(uzunasiga yo’nalgan) qatlam silliq 



mushak hujayralaridan iborat. (sphincter ani internus et externus). Aylana mushaklar yuqori va quyi 

qalinlashgan  joy  (sfinkterlar)  hosil  qiladi.  Quyi  sfinkter  ko’nda-lang  -  targ’il  mushakdan  tashkil 

topgan  to’g’ri  ichak  mushak  pardasi-ning  tashqi  bo’ylama  qavati  yo’g’on  ichakning  boshqa 

qismlaridan  farh-li  o’laroq  yaxlitdir.  Mushaklar  orasidagi  nerv  chigallari  va  qon  tomirlari  mo’l 

bo’lgan siyrak tolali shakllanmagan biriktiruvchi to’-qima qatlami joylashadi. 

 

216- rasm. CHuvalchangsimop o’simta. A - shilliq pardya; B -shilliq ssti pardasi; V - mushak parla; 



G - seroz parda. 

I - 5piteliy; 2 -xususiy qatlam; 3 - shillnq pardaning m>shak qatlamn; 4 - kripta; 5 - limfoid folliqul; 

6 - qon tomirlar; 7 - mezoteliy (v. G. Eliseevdan). 

Seroz parda to’g’ri ichakning faqatgina yuqori qismini qoplaydi, distal qismi esa adventitcial parda 




 

343 


bilan o’ralgan bo’ladi. 

CHuvalchangsimon  o’simta  (oppendix).  CHuvalchangsimon  o’simta  ko’r  ichakning  ortig’i 

hisoblanib, uzunligi 2-25 sm,  yo’g’onligi 0,5 sm dir. Ko’p hayvonlarda ichakning bu qismi  yaxshi 

rivojlan-gan bo’ladi. SHuning uchun ham ba’zi olimlar bu tuzilmaii ru-diment a’zo, deb yuritishadi. 

CHuvalchangsimon o’simta devori yo’g’on ichak singari 4 pardadan iborat (216-rasm), lekin ba’zi 

bir farqlar mavjud. SHilliq pardasida kriptalar ko’p bo’lib, ichak teshigiga nisbatan radial joylashgan 

va kam miqdorda qadahsimon hujayralari bo’lgan jiya.kli epiteliy bilan qoplangan. Yo’g’on ichakka 

nisbatan o’sim-tada endokrin hujayralar ko’proq bo’ladi. Apikal donador hu-jayralar kriptalar tubida 

kam miqdorda uchraydi. Kripta tubi-da joylashgan kam differentciallashgan hujayralar ichak epite-

liysining tiklanishida katta ahamiyatga ega. Xususiy qatlam kriptalararo stromani tashkil etgan, siyrak 

tolali shakllan-magan biriktiruvchi to’qimadan iborat. Bu qatlam sekin-asta shilliq osti pardaga o’tadi. 

SHilliq pardaning mushak qatlami o’simtada yaxshi rivojlanmagan bo’ladi. SHilliq osti pardasi 

siyrak tolali shakllanmagan biriktiruvchi to’qimadan iborat bo’lib, qon tomir va nerv chigaliga boy 

bo’ladi.  Bu  pardada  lim-fotcitlar  ko’plab  limfoid  to’plamlarini  (limfoid  follikul-larni)  hosil  qiladi. 

Limfoid  follikullarda  yirik  ko’payish  markazlari  mavjud.  Follikullar  atrofidagi  biriktiruvchi  to’-

qimada limfotcitlar juda ko’p uchraydi, ularning bir qismi epiteliy orqali o’simta bo’shlig’iga o’tadi. 

Bu hollarda o’simta bo’shlig’ida ko’chib tushgan epiteliy hujayralari va o’lgan limfo-iitlar to’dalarini 

ko’rish  mumkin.  Mushak  parda  silliq  mushak-larning  ichki  aylana  va  tashqi  uzunasiga  ketgan 

qatlamlaridan iborat. CHuvalchangsimon o’simta tashqarisidan seroz parda bi-lan o’ralgan. SHilliq 

va shilliq osti pardalarida yotgan himoya vazifasini bajaruvchi ko’plab limfoid to’qimalar to’plamlari 

- follikullarni tutganligidan chuvalchangsimon o’simta ichak mur-tagi deb ham ataladi. 

Yo’g’on ichakning qon bilan ta’minlanishi va innervatciyasi. Oxirgi qon tomir ravoqlaridan to’g’ri 

arteriyalar yo’g’on ichak devoriga kiradi. Yo’g’on ichakning shilliq osti pardasiga kirish-da to’g’ri 

arteriyalar mushak va mushak-seroz osti tarmoqlarini beradi. SHilliq osti pardasida to’g’ri arteriyalar 

o’ta  rivoj-langan  arteriya  chigalini  hosil  qiladi.  Bu  chigaldan  mushak  va  shilliq  pardalariga 

yo’naluvchi qaytuvchi arteriolalar tarmoq-lanadi. Bu qaytuvchi arteriolalar kriptalar asosida arteriya-

ning  bazal  to’rini  barpo  etadi.  SHu  tuzilmalar  orqali  yo’g’on  ichakning  shilliq  pardasi  oziqlanadi. 

Kriptalar  asosvdagi  ar-teriolalar  kriptalarning,  uzunasi  bo’ylab  yo’naluvchi-perpen-dikulyar 

kapillyarlarga tarmoqlanadi. SHu kapillyarlar kripta uchiga borib, epiteliy osti kapillyarlar to’ri bilan 

qo’shilib ke-tadi. Kriptalarning yuqori 7

3

 qismida kapillyarlar qo’shilib perpendikulyar venulalarni, 



ular esa kriptalar asosida o’zaro qo’shilib bazal vena to’rini hosil qiladi. Bu venalar qoni shil-liq osti 

vena chigaliga quyiladi. 

yo’g’on ichakning nerv bilan ta’minlanishida parasimpatik vegetativ nerv sistemasiga qarashli sayyor 

va chanoq nervidan boshqa barcha simpatik nerv tugunlari ishtirok etadi. Io’g’on ichakning intramural 

nerv apparati xuddi ingichka ichakdagi sin-gari bo’ladi. Nerv gangliylari Dogelning  I va II tip nerv 

hu-jayralarini tutadi. Uzining tuzilishiga va ahamiyatiga  ko’ra, ko’richak  mushak qavatlari  orasida 

joylashgan  nerv  tugunlari-ning  tuzilishi  yo’g’on  ichakning  boshqa  qismiga  qaraganda  birmun-cha 

farq  qiladi.  Ko’richak  devorining  mushak  qavatiga  1  sm-yuzasida  15000  va  chuvalchangsimon 

o’simtada  1600  ganglioz  hujay-ralar  bo’ladi.  Bu  esa  me’da-ichak  sistemasining  qolgan  bo’limla-

ridagidan ancha ko’pdir. 




Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish