Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


OZIQ MODDALAR SURILISHINING SITOFIZIOLOGIYASI



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet273/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

OZIQ MODDALAR SURILISHINING SITOFIZIOLOGIYASI 

Odam  va  boshqa  hayvonlar  ichagida  oziq  moddalarning  so’ri-lishi  murakab  fermentativ  jarayon 

bo’lib,  bosqichma-bosqich  amalga  oshadi.  Oziq  moddalar  avvalo  fermentlar  ta’sirida  ichak 

bo’shlig’ida parchalanadi (bo’shliqdagi hazm). SHu jarayonda hosil bo’lgan oligo- va dimerlar jiyakli 

hujayralar mikrovor-sinkalari yuzasida monomerlarga parchalanadi (msmbranadagi yoki devor oldi 

hazmi).  Hujayra  membranasi  orqali  so’rilib  o’tgan  monomerlar  jiyakli  hujayralar  tcitoplazmasida 

yana qay-ta ishlanadi (hujayra ichki hazmi). So’ngra ular shilliq parda-ning xususiy plastinkasi orqali 

qonga (oqsillar, uglevodlar) yoki limfaga (yog’lar) tushadi. 

Ingichka ichakdagi membrana hazmida va oziq moddalarning so’rilishida asosan ichak vorsinkalari 

ishtirok etadi. Kripta-lar esa vorsinkalar uchun jiyakli enterotcitlar etkazib beradi va kripta-vorsinka 

sistemasi faoliyatining optimal bo’lishini ta’minlaydi. 

Vorsinkalar stromasida joylashgan silliq mushak hujayra-larining qisqarishi so’rilgan moddalarning 

qon tomirlarga o’ti-shiga imkoniyat yaratadi. Ichak vorsinkalari to’g’rilanganda oziq 

moddalar epiteliy orqali ularning stromasiga o’tadi, kapillyar-lar esa yana qonga to’ladi. Vorsinkalar 

minutiga  4-6  marta  qisqaradi.  Ularning  harakati  ovqat  so’rilishi  jarayonida  tez-lashib,  och  qolgan 

paytda sekinlashadi. Bitta vorsinka ximus tarkibidan minutiga 0,03 mm

3

 gacha oziq moddalarni so’rib 



oli-shi^hisoblab chiqilgan. Ingichka ichakdagi vorsinkalarning umu-miy soni 1,4 mln dan ortiqligini 

nazarda tutilsa, ichakda minutiga 45 sm

3

 ga yaqin oziq moddalar so’rilishi mumkin. 



Fiziologiya  va  immunomorfologiya  usullarini 

qo’llash  bilan  voyaga  etgan  odam  va 




 

339 


laboratoriya  hayvonlarida  ularning  jiyak-li  hujayralari  mikrovorsinkalari  membranasi  orqali  oziq 

moddalar monomerlargacha parchalanib o’tishi aniqlangan. Gliko-kaliks tarkibida bo’lgan gidrolitik 

fermentlar  ta’sirida  oq-sillar  aminokislotalargacha  parchalanib,  karbonsuvlar  monosa-xaridlar, 

yog’lar yog’ kislotalari va glitcerin holiga o’tadi. 

YOg’lar yaxshi bo’yalgani uchun ularning hazm bo’lish jarayoni yax-shi o’rganilgan. SHuning uchun 

oziq moddalarning so’rilishi jara-yonini yog’lar misolida ko’rib o’tamiz. YOg’larning so’rilishi ichak 

vorsinkalarining uchidan boshlanib, uning asosiga qarab davom etadi. Ovqatlantirishdan 15-20 minut 

o’tgandan keyin mayda yog’ tomchilari (xilomikronlar) avvalo jiyakli hujayralar yuzasi-da, aniqrog’i, 

uning mikrovorsinkalari orasida paydo bo’ladi. Bu erda ular glikokaliksda bo’lgan lipaza fermenti 

ta’sirida  glitcerin  va  erkin  yog’  kislotalariga  parchalanadi. 

YOG



 



kislotala-ri  xolinesteraza  va 

xolinesterin  yordamida hujayra tomonidan  yaxshi so’riluvchi xolesterin efirlariga aylanadi. Jiyakli 

hu-jayra  membranasidan  o’tgandan  keyin  xolesterin  efirlari  parchalanadi,  natijada,  erkin  yog’ 

kislotalari  paydo  bo’ladi.  Atciltransferaza  yordamida  yog’  kislotalari  hujayraga  so’rilgan  glitcerin 

bilan  qayta  birikkali  (resintez)  va  mayda  yog’  (trigli-tcerid)  tomchilarini  (xilomikronlarni)  hosil 

qiladi. Bu ja-rayonda Gol’ji kompleksi va mitoxondriyalar muhim rol’ o’ynaydi. Gol’ji kompleksida 

xidomikronlar  sintezlanadi,  yi-g’iladi  va  vezikulalar  yordamida  lateral  membrana  tomon  suri-ladi. 

So’ngra  vezikula  membranasi  lateral  membrana  bilan  qo’-shiladi,  natijada,  xilomikronlar 

hujayralararo bo’shliqqa chiqariladi. Ular bazal membrana orqali vorsinka stromasiga o’tib, asosan, 

limfa tomirlariga so’riladi. 

Oqsillar so’rilishi jarayoni ham yog’lar so’rilishi kabi amal-ga oshadi. Voyaga etgan odamda hamma 

oqsillar aminokislotalar-ga parchalangandan so’nggina so’riladi. YAngi tug’ilgan ba’zi sut emizuvchi 

hayvonlarda  hazm  qilish  a’zolari  faoliyati  ham  mu-kammal  bo’lmagani  uchun  ona  suti  tarkibdagi 

oqsillar parchalan-masdan jiyakli hujayra orqali to’g’ridan-to’g’ri qonga o’tadi. Toshkent meditcina 

instituti olimlari professorlar: K. A. Zu-farov, V. M. Gontmaxer va A. Y. Io’ldoshevlar olib borgan 

iz-lanishlar  natijasida  qonga  parchalanmagan  holda  o’tgan  ona  suti  oksillarining  buyrakning 

proksimal naylari hujayrala-ri tomonidan birlamchi siydik tarkibidan reobsorbtciya qilib 

olinishi va hujayra lizosomalari fermentlari yordamida ami-nokislotalargacha parchalanishi aniqlandi. 

Hosil  bo’lgan  amino-kislotalar  qonga  chiqarilib,  yana  organizm  ehtiyojlari  uchun  ishlatilar  ekan. 

Uzbek  olimlarining  bu  kashfiyoti  SSSR  ixti-rolar  va  kashfiyotlar  qo’mitasi  tomonidan  1987  yilda 

qaydqilindi. Ichak epiteliysi orqali suv va unda erigan mineral tuzlar, vitaminlar va boshqa moddalar 

ham so’riladi. 




Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish