ME’DA OSTI BEZINING TUZILISHI
Anatomik jihatdan bezning bosh, tana va dum qism-l a p i tafovut qilinadi. Bezni qoplovchi yupqa
kapsula birikti-ruvchi to’qimadan iborat bo’lib, u bezning ichkarisiga kirib bo-rib, bo’laklarga
ajratadi. Biriktiruvchi to’qimadan qon tomir-lar, chiqaruv naylari, limfa tomirlari va nervlar
joylashadi.
Bo’laklar e k z o k r i n va e n d o k r i n qismlardan tashkil topgan. Bez massasini 97% ga yaqini
ekzokrin, 3% ga yaqini endo-krin qismdan iborat (217-rasm).
Bezning ekzokrin qismi. Bezning bu qismi atcinuslar (254-rasmga q.) va chiqaruv naylarining
yig’indisidan iborat. Me’da osti bezi ekzokrin qismining struktura-funktcional birligi bo’-lib atcinus
(acinus pancreaticus; hisoblanadi. U oxirgi sekre-tor bo’lim va kiritma naylarini o’z ichiga olib, updan
chiqaruv
217- rasm. Me’da osti sezi. Gematoksilip-eozitc bilan bo’yalgpn. 06. 10, ok. 10.
1 - bezning ekzokrin qismi; a - atcinuslar; 2 - qon tomir; 3 - endokrin qnsm - Lan-
gergans orolchasi.
345
naylari boshlanadi. Tashqaridan atcinus kattaligi 100-150 mkm bo’lgan qopchani eslatadi. Atcinuslar
orasida retikulin tolalar, qon kapillyarlari hamda vegetativ nerv sistemasining nerv to-lalari va nerv
tugunlari joylashadi. Atcinuslar 7-12 ta yirik ekzokrin pankreatotcitlar yoki atcinotcitlardan
(acinocytus) va bir necha mayda nay hujayralari yoki tcentroatcinoz hujayralar-dan tashkil topgan.
Atcinar hujayralarda apikal zimogen va bazal (gomogen) zonalari aniq ajralib turadi. Elektron mik-
roskopda atcinar hujayralar piramida shakliga ega bo’lib, uning keng asosi bazal membranada yotadi
(218-rasm). Hujayralarning yon yuzalari tcitolemmasi biriktiruvchi kompleks va desmosoma-lar hosil
qiladi. Atcinar hujayralarning apikal (zimogen) zo-nasi kislotali bo’yoqlar bilan, ya’ni oksifil
bo’yaladi. Zimogen zona asosan yirik (diametri 80 nm gacha) o’rtacha elektron zichlik-dagi zimogen
granulalar bilan to’lgan bo’ladi. Ular orasida kamroq elektron zichlikka ega bo’lgan prozimogen
(etilmagan) donalari ham uchrab turadi. Gomogen zonada asosan membrana-larida juda ko’p
ribosomalar tutgan donador endoplazmatik to’r elementlari joylashgan. Ular parallel’ joylashgan yassi
qopcha-lardan iborat bo’lib, pankreatik shiraning fermentlari shu er-da sintezlanadi. Bazofil
ribosomalar ko’p bo’lganligi sababli bu zona bazofil bo’yaladi.
Atcinar hujayralarning 1-2 ta yadrocha tutgan dumaloq yadro-si ularning bazal qismiga yaqin
joylashadi. YAxshi rivojlangan
218- rasm. Me’da osti bezi atcinus hujayrasiiing elektron mikrsfotografiya-
si. x 14.000.
) - yadro; 2 - yadrocha; 3 - \;itoxondrilyaar; 4 - endoplazmatik to’r; 6 - plastin-kgsimon kompleks. 6-
-zimogen donachalar; 7 - atcinus bo’gplig’i.
346
Gol’ji kompleksi tcitoplazmaning yadro usti zonasini egallay-Di. Turli shakldagi mitoxondriyalarning
ko’pchiligi Gol’ji kom-pleksi atrofida va hujayra tcitolemmasining ostida joylash-gan. Atcinar
hujayraning yadrosi dumaloq bo’lib, bazal qismga yaqin joylashadi.
219- rasm. Atcinus markaziy (tcentroatcinoz) hujayrasishshg elektron mikrsfotografiyasi. X 12.000.
1 - yadro; 2 - tcitoplazma; 3 - aiinus xujayrasining sekret dokalari; 4 - atcnnus bo’shlig’i.
Atcinar hujayralarning sekretor faoliyati tciklik jarayon bo’lib, unda quyidagi bosqichlarni kuzatish
mumkin: 1) ferment-lar sintezi uchun zarur bo’lgan oddiy birikmalarning hujayra-ga kirishi; 2)
donador endoplazmatik to’rda sintez bo’lishi; 3) sekretning Gol’ji kompleksida «etilishi»; 4) tayyor
347
sekret mahsulotining prozimogen va zimogen holida yig’ilishi; 5) sekret mahsulotining hujayradan
chiqishi. Sekretor tcikl o’rtacha 1,5- 2 soat davom etadi. Ammo organizmning hazm fermentlariga
bo’l-gan fiziologik ehtiyojiga qarab qisqarishi va, aksincha, uzayi-shi mumkin.
Atcinar hujayralardan ajralgan sekret kiritma nay (ductus-intercavatus ) ga tushadi. Uning devorini
tashkil qilgan mayda hujayralar ba’zan atcinar hujayralarning yon tomonida zich yopishib, ular bilan
umumiy bazal membranada joylashadi. Ba’-zi hollarda esa kiritma nayi hujayralari atcinus
bo’shlig’iga suqilib kiradi va atcinar hujayralarning apikal yuzasida yota-di. Bunday joylashgan holda
ular tcentroatcinoz hujayralar cellulae centracinosae) deb ataladi. (219-rasm). TCentroatci-noz
hujayralar noto’g’ri yassi ko’rinishga ega bo’lib, oval shakli-dagi yirik yadrosi oqish
tcitoplazmasining yupqa qatlami bilan o’ralgan. TCitoplazmada organellalar juda kam.
Hujayralarning atcinus bo’shlig’iga qaragan erkin yuzasida onda-sonda mikrovor-sinkalar uchraydi.
Kiritma naylari bo’lakchalar ichi naylari (dictus interlobula res) ga o’tadi. Ularning devori bir qavatli
kubsimon epiteliy bilan qoplangan. Hujayralar tcitoplazmasida oz miqdorda mi-toxondriyalar va erkin
ribosomalar, unchalik rivojlanmagan Gol’ji kompleksi va donasiz endoplazmatik to’r elementlark bor.
Bo’lakchalar ichi naylari me’da osti bezida unchalik rivoj-lanmagan va shu belgisiga qarab quloq oldi
bezidan yaqqol aj-ratish mumkin. Qiritma va bo’lakchalar ichi naylari hujayrala-ri pankreatik shira
tarkibidagi bikarbonatlar, tuzlar va suv sekretciyasida ishtirok etadi.
Bo’lakchalar ichi naylari bez bo’laklari orasidagi birikti-ruvchi to’qimali to’siqlarda joylashgan
bo’lakchalararo naylar (ductus interlobularis) bo’lib davom etadi. Ular esa o’z navbatida me’da osti
bezining umumiy, chiqaruv nayiga qo’shi-ladi. Umumiy nay bezning dum qismidan bosh qismigacha
davom etib, bu erda umumiy o’t yo’li bilan birgalikda o’n ikki barmoq ichak bo’shlig’iga ochiladi.
Bu naylar devori shilliq parda bilav qoplangan. SHilliq parda baland prizmatik epiteliy va birik-
tiruvchi to’qimadan iborat xususiy plastinkalardan tashkil top-gan. Umumiy chiqaruv nayining
qo’shilish joyida aylana joylash-gan silliq mushak hujayralari bo’lib, ular nayning sfinkteri-ni hosil
qiladi.
CHiqaruv nayi epiteliysida qadahsimon hujayralar hamda> pankreozimin va xolitcistokinin
gormonlarini ishlovchi endokrin hujayralar uchraydi. Bu gormonlar ta’sirida me’da osti bezi atcinar
hujayralarining sekretor faoaliyati va jigardan o’t ajralishi kuchayadi.
Bezning endokrin qismi. Endokrin qism bez bo’lakchalari ichi-da joylashgan pankreatik orolchalar
(Langergans orol-chalari) dan iborat (217, 220-rasmlar). Ko’pchilik orolchalar odatda atrofdagi
to’qimalardan biriktiruvchi to’qimali parda bilan ajralgan. Lekin ayrim orolchalarning, ayniqsa,
mayda •orolchalarning kapsulasi bo’lmaydi va ekzokrin parenxima bilan qo’shilib ketadi.
Orolchalarning soni bezning bosh - tana - dum yo’nalishida ortib boradi. Ularning umumiy soni 1 mln
dan 2 mln gacha bo’ladi.
Pankreatik orolchalar (Insulae pancreaticae) endokrin hujayralar- insulotcitlar (insulocyti) dan tashkil
topgan. Ular o’rtasida fenestr-langan sinusoid tipidagi qon kapilyarlari joylashadi. Qon kapilyar-lari
atrofida perikapillyar bo’shliq bo’lib, insulyar i ormonlar avva-lo shu bo’shliqqa, so’ngra kapillyarlar
devori orqali qonga tushadi.
Insulotcitlar atcinar hujayralarga qaraganda kichikroq bo’-lib, ularning tcitoplazmasida donador
endoplazmatik to’r o’rtacha rivojlangan bo’lsa-da, Gol’ji kompleksi yaxshi rivojlangan, mayda
mitoxondriyalar va sekret donachalari ko’p (220-rasm). Sekret donachalarining fizik-kimyoviy va
morfologik xususiyat-lariga qarab insulotcitlarning 5 turi farqlanadi: V- (bazo-fil) hujayralar, A-
(atcidofil) hujayralar, D- (dendritik) hujayralar, Di-(argirofil) hujayralar va RR-hujayralar.
348
220- rasm. Me’da ssti bezi endokrin qismidagi hujayralarning elek-trsn mikrsfotografiyasi. X 6000.
1 - A - hujayralar; 2 - V - hujayralar; 3 - endoplazmatik to’r; 4 - mito-xondriyalar; 5 - sekretor
donachalar; 6 - yadro.
Pankreatik orolchalar hujayralarining ko’pchiligini (70- 75%) V-hujayralar tashkil qiladi. Ular asosan
orolcha marka-zida joylashadi. V-hujayralarning sekret donachalari suvda erimaydi, ammo spirtda
butunlay erib ketadi. Sekret donacha-larining kattaligi 275 nm atrofida bo’lib, ular bazofillik
xususiyatiga ega va al’degidfuksin, gentcian fiolet bilan ko’k rangga bo’yaladi. Sekret
donachalarining o’rab turgan membranasi bilan ichidagi moddasi orasida keng yorug’ gardish (oreola)
bor. V-hujayralarning sekret donachalari insulin gormonidan ibo-rat. Insulin to’qimalar hujayralari
tomonidan glyukozani o’zlashtirishni kuchaytiradi va qondagi qand miqdorini kamay-tiradi.
Uzlashtirilgan glyukoza hujayralarda, ayniqsa, jigar va mushak hujayralarida glikogenga aylanadi va
to’planadi. SHuning uchun organizmda insulin etishmaganda to’qimalarda glyukoza miqdori
kamayib, qonda uning miqdori ko’payib ketadi, Bu esa qandli diabet kasalligiga olib keladi.
A-hujayralar pankreatik orolchalar hujayralarining 15- 20 protcentini tashkil qiladi va ular ko’pincha
orolchaning chek-kalarida joylashadi. Bu hujayralar sekret donachalarining kattaligi 230 nm atrofida
bo’lib, ular spirtda erimaydi, ammo suvda eriydi. V-donachalar oksifil xususiyatga ega, shu sababli
349
kislotali fuksin bilan och qizil rangga bo’yaladi. V-hujayralar sekret donachalaridan farqli o’laroq, A-
donachalarning qoram-tir markazi bilan uni o’rab turgan membranasi orasidagi yorug’ gardish
(oreola) tor bo’ladi. A-hujayralar sekret donachalari-da glyukogon gormoni topilgan. Glyukogon
insulinning antagonis-ti hisoblanadi va uning ta’sirida to’qimalarda glikogenning glyujozaga
parchalanishi kuchayadi, natijada, qondagi qand miq-dori oshadi. SHuning uchun organizmda
glyukogon kamayib ketganda qondagi glyukoza miqdori kamayib ketishi mumkin. SHunday qi-lib,
insulin va glyukogon qondagi glyukoza miqdorining doimiy-ligini ushlab turadi va to’qimalardagi
(birinchi navbatda ji-gardagi) glikogen miqdorini belgilaydi.
D-xujayralar insulotcitlarning 5-10% ini tashkil qiladk. Bu hujayralar noksimon, ba’zan, yulduzsimon
shakldagi hujay-ralar bo’lib, asosan, pankreatik orolchalarning chetida joyla-
shadi. D-hujayralarning sekret donachalari kattaligi 325 nm atrofida, o’rtacha zichlikda bo’ladi va
yorug’ gardish (oreola) tutmaydi. D-hujayralar somatostatin gormoni ishlab chiqaradi. Bu gormon A-
va V-hujayralardan insulin bilan glyukogon aj-ralishini to’xtatadi hamda bezning atcinar
hujayralaridagi fermentlari sintezini pasaytiradi. Pankreatik orolchalarda oz miqdorda Di - hujayralari
ham uchraydi. Bu hujayralar ju-da zich markazi atrofida tor yorug’ gardishi bo’lgan mayda (160 nm)
argirofil donachalar tutadi. Di-hujayralar vazoaktiv yantestinal polipeptid (VIP) ishlab chiqaradi. VIP
arterial bosimni pasaytiradi, me’da osti bezi shirasi va gormonlar ajralishini kuchaytiradi.
RR-hujayralar insulotcitlar orasida juda kam (2-5%) -bo’lib, ular me’da va me’da osti bezi shiralari
ajralishini kuchaytiruvchi pankreatik polipeptid ishlaydi. RR-hujayralar poligonal shaklda bo’lib,
tcitoplazmasida juda mayda (140 nm gacha) donachalar tutadi. Bu hujayralar odatda bezning bosh
qismidagi pankreatik orolchalarning chetlarida, bundan tashqa-ri, orolchalardan tashqarida, ya’ni
ekzokrin bo’limlar va chiqa-ruv naylari orasida ham uchraydi.
Me’da osti bezi bo’laklarida yuqorida aytib o’tilgan, atci-nar va endokrin hujayralardan tashqari,
sekretor hujayralar-ning yana bir turi - oraliq yoki atcinoinsulyar hujayralar uch-raydi (221-rasm).
Ularning kelib chiqishi to’liq o’rganilmagan. Atcinoinsulyar hujayralar to’da-to’da bo’lib ekzokrin
qism ora-sida joylashadi. Bu hujayralarning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, ularning
tcitoplazmasida ikki xil donachalar: atcinar hujayralarga xos bo’lgan yirik zimogen donachalari va
endokrin hujayralarga xos - mayda sekret donachalari uchraydi. Mayda sekret donachalari A- V- yoki
D-hujayralardan birining sekret donachalariga o’xshash bo’ladi. SHu sababli atcinoinsulyar
hujayralarni A, V, va D turlarga klassifikatciya qilish tavsiya qilingan. Atcinoinsulyar hujayralarning
ko’pchiligi qonga ham endokrin, ham zimogen donachalarini ajratadi. Kamdan-kam hollarda har ikki
xil sekret donachalari bezning chiqaruv nayi-ga tushadi.
Me’da osti bezining qon bilan ta’minlanishi. Me’da osti bezi arteriya qoni bilan qorin arteriyasi va
yuqori ichak tutqichi arteriyasi tarmoqlari hisobiga ta’-minlanadi. Yirik arteriya tarmoqlari
bo’lakchalararo birikti-ruvchi to’qimalarda mayda arteriyaolalarga ajraladi. Bu tar-moqlar atcinuslar
atrofida kapillyarlar to’rini hosil qiladi. Kapillyarlar yig’ilib, venulalarga o’tadi. Langergans
orolchala-rining qon bilan ta’minlanishi bundan keskin farq tciladi. Orolchalarga keluvchi arteriyalar
sinusoid kapillyarlarga tar-moqlanadi. Sinusoid kapillyarlar endoteliy hujayralarida «fenestrlar
(teshikchalar) ko’p, bazal membranasi o’ta yupqa bo’-ladi. Bu esa modda almashinuvini
osonlashtiradi. So’nggi vaqt-larda olingan ma’lumotlar me’da osti bezi shirasi ajralishining
tezlashishi, uning qon bilan taminlanishining ortishi bilan birga borishini ko’rsatadi.
Me’da osti bezi bo’laklarida tomirlarning darvoza (portal) sistemasi mavjud degan fikrlar ham bor.
Bu fikrga ko’ra olib keluvchi arteriola avval pankreatik orolchalar kapillyarlariga tarmoqlanadi,
so’ngra ular olib chiqaruvchi arteriolaga yig’ila-di, undan esa ekzokrin qism atcinuslarini qon bilan
ta’min-lovchi yangi (ikkilamchi) kapillyarlar to’ri boshlanadi. Me’da osti bezidan oqib chiqadigan
venoz qon darvoza venasiga quyiladi.
350
221- rasm. Atcinoinsulyar hujayraning elektron mikrofotografiyasi. x 37.500_
1 - zimogen donachalar; 2 - endskrin sekret donachalari; 3 - donador endoplazmatik to’r
:
4 - mitoxondrnyalar.
351
Me’da osti bezining limfa sistemasi atcinuslar va orolcha-lar atrofidagi kichik limfa kapillyarlaridan
boshlanadi va yirik limfa tomirlariga birlashib, regionar limfa tugunlar-ga quyiladi.
Innervatciyasi. Me’da osti bezi parasimpatik va simpatik nerv sistemalari bilan juda boy ta’minlangan.
Vegetativ nerv sistemasi tarmoqlari, masalan, adashgan nerv, yuqori qorin va quyoshsimon chigal
tarmoqlari me’da osti bezi atrofida chigal-lar hosil qiladi. Bu chigalning ko’pgina tarmoqlari qo’shni
duo-denal jigar, me’da chigallari va boshqa chigallar bilan bog’lan-' gan holda bo’ladi. Adashgan nerv
impul’slari ta’sirida me’da osti bezidan shira ajralishi ko’payibgina kolmasdan, balki fermentlarning
sintezlanishi ham oshadi va tezlashadi.
Orolcha hujayralari ekzokrin hujayralardan farqlanib, nerv tolalari va ularning oxirlariga o’ta boydir.
SHuning uchun ham ularni neyroinsulyar kompleks deb ham yuritiladi.
Me’da osti beziga simpatik nervlar katta va kichik qorin nervi tarkibida kirib keladi. Katta qorin nervi
ta’sirlansa, me’da osti bezidan sekret ajralishi kamayadi. Xuddi shuningdek, simpatik nerv sistemasi
mediatori (adrenalin, noradrenalin) ta’sirida ham sekretciyaning tormozlanishi kuzatiladi. Effs-rent
tolalardan tashqari, bo’laklar orasidagi biriktiruvchi to’qimada ko’pgmna efferent nerv oxirlari (Fater
- Pachini nerv oxirlari) uchraydi.
Regeneratciyasi. Me’da osti bezi hujayralarining mitotik aktivligi juda past, shuning uchun
hujayralarning fiziologik yangilanishi asosan hujayra ichi regeneratciyasi bilan boradi. Me’da osti
bezining reparativ regeneratciyasi esa regeneratcion tipertrofiya tarzida o’tadi. Me’da osti bezida
reparativ rege-«eratciya regeneratcion gipertrofiya tipida o’tadi.
JIGAR
Jigar (hepar) hazm sistemasining eng yirik bezi bo’lib, organizm uchun muhim qator vazifalarni
bajaradi. Jigarda modda almashinuvining ko’p mahsulotlari zararsizlantiriladi; gormonla.r, biologik
aminlar hamda dori moddalar kuchsizlan-tiriladi. Jigar himoya vazifasini ham bajaradi, uning yulduz-
simon retikuloendoteliotcitlari (Kupfer hujayralari) mikro-organizmlar va yot (zararli) moddalarni
ushlab qolish hamda emirish xususiyatiga ega. Jigarda glikogen hosil bo’ladi va to’p-lanadi, u qondagi
glyukoza miqdorini muntazam boshqarib tu-radi. Jigarda qon plazmasining al’bumin, globulin (80%),
fibrinogen, protrombin kabi muhim oqsillari sintezlanadi. Jigarda o’t hosil bo’lib, u ichakda yog’lar
so’rilishida muhim ahamiyatga ega. U hujayra membranalarining zarur tarkibiy qismi bo’lgan
xolesterin almashinuvida muhim rol’ o’ynaydi. Jigarda organizm uchun zarur bo’lgan A, D, E, K.
kabi yog’da eruv-chi vitaminlar to’planadi. Bulardan tashqari, embrional davrda jigar qon yaratuvchi
a’zo hisoblanadi. Bunday ko’p qirrali va o’ta muhim faoliyati uchun jigar organizmning bioximiyaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |