Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet278/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

la-boratoriyasi deb ataladi. 

Taraqqiyoti. Jigarning takomillashuvi embriogenezning 3-haftasidan  - ichak nayi shakllanishi bilan 

boshlanadi. 

Jigar  kurtagi  bo’lajak  o’n  ikki  barmoq  ichak  ventral  devo-rining  bo’rtmasi  bo’lgan  «jigar 

maydonchasi» sifatida, ya’ni ol-dingi ichak kaudal qismining endodermasidan yuzaga keladi. «Jigar 

maydonchasi» epiteliysi tez rivojlanib, botiqlik - «jigar ko’rfazi» ni hosil qiladi. Ko’rfazning kranial 

qis-mi (pars hepatica) hujayralari qorin tutqichi ventral varag’i-ning mezenximasiga o’sib kirib, jigar 

parenximasining kurtagi bo’lgan ustun shaklidagi tuzilmalarni hosil kiladi. Ko’rfaz-ning kaudal qismi 

(pars cystica) dan esa o’t pufagi va yirik o’t yo’llari taraqqiy eta boshlaydi. Embrion taraqqiyotining 

birinchi yarmida pusht jigari to’r shaklidagi ustunlar va ular orasida joylashgan venoz sinuslaridan 

iboratdir.  Jigar  kap-sulasi  1-2  qator  joylashgan  yassi  mezenxima  hujayralaridan  yuzaga  keladi. 

Taraqqiyotining  ikkinchi  yarmidan  boshlab  jigar-ning  biriktiruvchi  to’qimasi  kengayib,  tomirlari 

bilan  birga  parenxima  ichiga  o’sib  kiradi  va  uni  bo’lakchalarga  bo’ladi.  Bo’-lakchalarning  hosil 

bo’lishi va umuman, jigar to’qimasining to’la shakllanishi 8-10 yoshlargacha davom etadi. 

JIGARNING TUZILISHI 

Jigar  tashqaridan  zich  biriktiruvchi  to’qimadan  iborat  fib-roz  parda  (Glisson  kapsulasi)  bilan 

qoplangan  bo’lib,  u  qorin  pardaning  vistceral 

varag’i bilan mahkam yopishib ketgan. Fib-roz 




 

352 


parda qon tomirlari bilan jigar ichiga kiradi va uni juda ko’p bo’lakchalarga bo’ladi (lobuli hepatis). 

Jigar  bo’lakchalari jigarning struktura-  funktcional birligi hi-eoblanadi. Klassik jigar bo’lakchalari 

kengligi 1,5  - 2 mm dan osh-maydigan ko’p burchakli prizma shaklidagi tuzilmalar bo’lib, bir- bi-

ridan  bo’lakchalararo  biriktiruvchi  to’qima  bilan  ajralib  turadi.  Biriktiru’chi  to’qimada 

bo’lakchalararo arteriya,  vena va o’t  yo’llari («Jigar triadalari») joylashgan. Biroq  bo’lakchalararo 

biriktiruvchi to’qima hamma jopzotlarda ham bir xil rivojlangan bo’lmaydi. CHo’ch- 

 

222- rasm. Jngar bo’lagi. Gematoksnlnn-eoznn bilan bo’yalgap. Ob. 20, ok. 10 



1 -^arkaziy Esna; 2 -jigar hujayralarn; 3-siiussid kapillyar. 

qa va ayiq jigarida bo’laklararo biriktiruvchi to’qima yaxshi rivoj-langan bo’lib, jigar bo’lakchalarini 

bir-bmridan yaqqol ajratib turadi. Odam jigarida esa, biriktiruvchi to’qima sust rivojlangan, shuning 

uchun jigar bo’lakchalershshng chegarasi aniq bo’linib turmaydi (222-rasm). Biriktiruvchi to’qima 

f^qat qon tomirlar atrofidagina uchray-di, shu sababli jigar bo’lakchalarining chegarasi jigar triadalari 

(trias  hepatica)  hisoblanadi.  Odam  jigarida  bo’lakchalararo  birikti-ruvchi  to’qimaning  ko’payib 

ketishi og’ir xastalik - tcirroz kasalligi-ning bir alomatidir. Jigar bo’lakchalari jigar plastinkalari (lami-

na hepatica) va ular orasidan o’tuvchi sinusoid kapillyarlardan (vas sinusoideum) tashkil topgan. Jigar 

plastinkalari jigar hujayrala-ri - gepatotcitlardan iborat (223- rasm). Xar bir bo’lakchaning o’rtasi-da 

markaziy vena (vena centralis) joylashgan, jigar plastinkalari va sinusoid kapillyarlar esa unga qarab 

radial yo’nalgan bo’ladi (223-rasmga qarang). Sinusoid kapillyarlar devori endoteliy hujayralary bilan 

qoplangan bo’lib, ikki xil endoteliy hujayrasi tafovut qili-nadi. Birinchisi organellalari kam bo’lgan 

yassi  endoteliy  hujayralarn  bo’lsa,  ikkinchisi  -  yulduzsimon  retikulo  -  endoteliotcitlar  (reticulo-

endotheliocytus  stellatus)  yoki  Kupfer  hujayralaridir.  Kupfer  hujay-ralari  monotcitlardan  kelib 

chiqqan fagotcitlarga xog tuzilgan bo’lib, o’simtalarga ega, tcitoplazmasida ko’pgina lizosomalar va 

fagosomalar  tutadi  (223,  224-rasmlar).  YOt  (zzrarli)  moddalarni  fagotcitoz  qilish  vaqtida 

yulduzsimon retikulozndsteliotcitlar sinusoid d;veridan aj- 



 

353 


 

2^3- rasm. Jigar plastinkalarining tuzilishi (s.xema) (E. F. Kotovskiydan): 

1  -  jigar  plastinkasi;  2  -  gepatotcit;  3  -  qon  kapillyari;  4  -  perisinusoidal  (Disse  bo’shliq:  5  - 

perisinusoidal  lipotcit;  6  -  o’g  kanalchasi;  7a  -  bo’lakcha  agrofidagi  (septal)  vena;  76  -  bo’lakcha 

atrofidagn arteriya; v - oo’lakcha atrofidagi 

VT 


naychasi; 8 - marka- 

ziy vena. 

ralib, erkin  makrofaglarga aylanishi mumkin. Jigar bo’lakchasining chetki qismlarida va  markaziy 

vena  atrofidagina  sinusoid  kapillyar-lar  devorida  bazal  membrana  mavjud,  qolgan  joylarida  bazal 

mem-brana bo’lmaydi. Bu joylarda sinusoid devori faqatgina endoteliy va Kupfer hujayralaridangina 

iborat.  Sinusoid  kapillyar  devori  bi-lan  gepatotcitlar  o’rtasida  perisinusoidal  bo’shliq  (spatium 

perisinu-soideum) yoki Disse bo’shlig’i mavjud (223, 224-rasmlarga q.). Endote-liy hujayralarining 

bir-biri bilan birikkan joylarida mayda teshikchalar bo’lib, ular orqali qon plazmasi Disse bo’shlig’iga 

tushadi. Lekin krnning shaklli elementlari bu teshiklardan o’ta olmaydi. Ba’zi patologik hollardagina 

qon  shaklli  elementlari  Disse  bo’shli-g’iga  o’tishi  mumkin.  Disse  bo’shlig’ida  qon  plazmasidan 

tashqari  gepa-totcitlarning  mikrovorsinkalari,  ba’zan  Kupfer  hujayralarining  o’simtalari,  jigar 

plastikkalarini o’rab turuvchi argirofil tolalar 




 

354 


 

224- rasm. Jigarning ul’tramikroskspik tuzilishi (sxema) (E. F. Kotovskiydan). 

1 - bo’lakchalar ichi sinusoidal tomir; 2 - endoteliy hujayrasi; 3 - ilma-teshik joy_ lar; 4 - yulduzsimon 

makrofag  (Kupfer  hujayrasi);  5  -  perisinusoidal  (Disse)  So’sh  liq;  6  -  retikulyar  tolalar;  7  - 

gepatotcitlarning ^ikrovorsikkalari; 8 - gepatotckt* lpr; 9 - o’t kanalchasi; 10 - perisinusoidal lipoiitlar; 

11 - tp kiritmalari; 12 - gemokapillyardagi eritroiitlar. 

hamda perisinusoidal lnpotcit hujayralarining o’simtalari bo’ladi-Perisinusoidal lipotcitlar (lipocytus 

perisinusoideus) kattaligi 5 - 10 mkm atrofidagi nslo’g’ri shaklga ega hujayralar bo’lib, gepatotcit-lar 

orasida joylashadi (223, 224-rasmlar). Ularning oz miqdordz kalta o’simtalari bo’lib, tcitoplazmasida 

doimo  yog’ tomchilari tutadi. Lipotcitlar yog’da eruvchi vitaminlarni (vitamin A ni) to’plashda va 

fibroblastlarga  o’xshab  tolalar  ishlab  chiqarishda  qatnashadi,  degai  taxminlar  bor.  Ba’zan  Disse 

bo’shlig’itca yana bir hujayra - pit hu-jayralari (pit cells) ham uchraydi. Pit hujayralar dumaloq yoki 

oval  shaklga  ega  bo’lib,  yirik  yadrosi  bo’ladi.  TCitoplazmaning  gepatotcit-larga  qaragan  qismida 



 

355 


ko’pgina uzun va egri-  bugri sekretor donachalar tutadi. Pit hujayralari endokrin vazifani bajaradi 

degan fikrlar bor. 

Jigar  plast  shjalari  ikki,  ba’zan,  3  -  4  qator  joylashgan  jigar  hu-jayralari-gepatotcitlardan  tuzilgan. 

Gepatotcitlar  o’rtasida  o’t  yo’l-larining  boshlang’ich  qismi  bo’lgan  o’t  kanalchalari  (canaliciuli 

biliferi) joylashadi. O’t kanalchalarining xususiy devori bo’lmaydi, ular ko’-pincha ikki, ba’zan 3 - 4 

yonma-yon  joylashgan  gepatotcitlar  membrana-lari  orasidagi  gor  yoriqdan  iberat.  Bu  joyda 

gepatotcitlar  o’z  yuzala-ridagi  botiqlik  bilan  o’zaro  birlashishlari  natijasida  naysimon  yoriq  -  o’t 

kanalchalari  hosil  bo’ladi.  Demak,  o’t  kanalchalarining^de-vori  gepatotcitlarning  tcitoplazmatik 

membranasidan iborat. O’t ka-nalchalari juda ham kichik bo’lgani uchun (diametri 0,5  - 1,5 mkm) 

oddiy  mikroskopda  ko’rish  qiyin.  Ammo  maxsus  usullar  bilan  bo’yal-ganda  ular  aniq  ko’rinadi. 

Elektron  mikroskopda  tekshirilganda^-o’t  kanalchalari  bo’shlig’ida  jigar  hujayralarining  juda  ko’p 

mikrovor-sinkalari  chiqib  turganligini  ko’rish  mumkin  (225-rasm).  O’t  kanal-chalari  hech  kachon 

hujryralararo bo’shliq bilan aloqa qilmaydi. CHun-ki o’t kanalchalari hosil bo’lishida gepatotcitlar 

bir-  biri  bilan  desmosoma  va  zich  birikish  hosil  qiladi.  Bu  esa  o’t  tarkibidagi  mod-dalarning 

hujayralararo bo’shliq orqali qonga o’tishiga yo’l qo’y-maydi. 

Jigar  hujayralari  -  gepatotcitlar  ko’p  burchak  (poligonal)  shaklidagi  yirik  hujayralar  (20-25  mkm) 

bo’lib  (223,  224-rasm-larga  q.).  jigar  hujayra  elementlarining  60%  ini  tashkil  qi-ladi  va  a’zoning 

ko’pchilik  asosiy  vazifalarini  bajaradi.  Ge-patotcitlar  sinusoid  tomirlar  va  o’t  kanalchalari  bilan 

aloqada bo’lgani uchun ularda ikki qutb ajratiladi. Har bir hujayrada qon kapillyarlariga qaragan 1-2 

sinusoidal  (tomirli  yoki  vas-kulyar)  va  o’t  kanalchalariga  qaragan  1-2  biliar  qutblar  hamda  yon 

yuzalari tafovut qilinadi. Gepatotcitlarning sinusoidal yuzasi ko’pgina mikrovorsinkalarga ega va ular 

Disse bo’shlig’iga chiqib turadi. 

Jigar hujayralari yadrosining aksariyati odatda oval yoki dumaloq bo’lib, turli xil kattalikka egadir. 

Bitta  yadroli  gepa-totcitlarning  10-20%  igina  diploid  bo’lsa,  qolganlari  tetra-ploid  yoki  poliploid 

hujayralardan iborat. Jigarda 2 yadroli hujayralar ham anchagina bo’ladi. Yirik yadrocha yadroda eks-

tcentrik ravishda joylashadi. Gepatotcitlarda yadrochaning soni 4-6 ta bo’lishi ham mumkin. 

Sut emizuvchilar jigarida, ayniqsa, odamda qoramtir va oqish gepatotcitlar tafovut ztiladi. Qoramtir 

hujayralarga  aktiv  faoliyatga  ega  bo’lgan  gepatotcitlar,  oqishlariga  esa  nis-biy  turg’un  funktcional 

holatdagi  hujayralar,  deb  qaraladi.  Gepatotcitlar  tcitoplazmasi  turli  xil  organellalarga  boy.  Ge-

patotcitda  2,5  mingga  yaqin  mitoxondriyalar  bo’lib,  tcitoplazmada  deyarli  bir  xil  tarqalgan. 

Mitoxondriyalar hujayraning biliar va vaskulyar tomonlari oralig’i bo’ylab to’dalangan bo’lishi ham 

mumkin.  Mitoxondriyalar  dumaloq  va  oval  bo’ladi  va  ko’pincha  endoplazmatik  to’r  elementlari 

orasida joylashadi. Ularning matriksi o’rtacha elektron zichlikka ega bo’lib, kristalari uncha-lik ko’p 

bo’lmaydi.  Endoplazmatik  to’r  gepatotcitlar  tcitoplazsidagi  mikrovorsipkalari;  6--hujayra  oraliq 

birnkmalari. 

masi bo’ylab joylashgan donador va silliq kanalchalardan ibo rat. Ribosomalar kanalchalar devorida 

zich yotadi. Endoplazmatik to’r ichida mayda donador modda mavjud. 

Silliq endoplazmatik to’r gepatotcit tcitoplazmasida uncha-lik rivojlanmagan bo’lib, hujayra chetki 

sohasida  -  glikogei  yig’ilgan  qismida  silliq  yuzali  pufakchalar  tarzida  ko’rinadi.  Glikogen  jigar 

xujayrasining muhim va doimiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Glikogenning yirik elektron zich donalari 

silliq endoplazmatik to’r pufakchalari oralig’ida joylashgan bo’ladi. Bu donalarning kattaligi va soni 

jigardagi glikogen-ning umumiy miqdoriga qarab o’zgarib turadi. 




 

356 


 

225- rasm. O’t kapillyarshshig elektron mikrofotografiyasi. x 37.500. 

1 - gepatotcitning plastikkasimon kompleksi; 2 - hujayradagi glikogen donachalari? 

3 - mikrotanachalar; 4 - o’t kapillyari; 5 - jigar hujayrasining o’t kapillyari soha- 

 

Har bir jigar hujayrasining biliar qutbida bir necha Gol’ji zonasi mavjud. Ut kapillyarlari sohasida 



Gol’ji kompleksining muntazam bo’lishi organellaning o’t hosil bo’lishv va sekretciyasi jarayonidagi 

ishtirokini ko’rsatadi. Lizosomalar va mikrotanachalar gepatotcitlarda kam bo’lsa-da, ular muntazam 

uchrab turadi. Ular odatda, hujayraning biliar qutbida- Gol’ji kompleksi zonaeida joylashadi. 

 

226- rasm. Portal bo’lakchaning tuzilishn (sxema) (A. Xem va D. Kormakdan) 



Jigar plastinkalarini ham endokrin, ham ekzokrin vazi-falarni bajaruvchi murakkab bezning sekretor 

oxirlari  deb  hisoblash  mumkin.  CHunki  jigar  hujayralari  bir  tomondan  glyu-koza,  qon  oqsillari, 

lipoproteidlar  va  boshqa  qator  modda-larni  ishlab,  ularni  qonga  chiqarsa,  ikkinchi  tomondan--o’t 

suyuqligini  hosil  qilib,  uni  o’t  yo’llari  orqali  o’n  ikki  barmoq  ichakka  ajratadi.  Jigar  sekretor 

faoliyatining  o’ziga  xos  kundalik  ritmi  mavjud  bo’lib,  unda  kunduzi  ko’proq  o’t  suyuqli-gi  hosil 



 

357 


bo’lsa, kechasi - ko’proq glikogen sintezlanadi. Ut su-yuqligi bilan qon jigar bo’lakchalarida qarama-

qarshi  yo’na-lishda,  ya’ni  qon  bo’lakcha  markaziga  qarab,  o’t  suyuqligi  esa  markazdan  bo’lakcha 

cheti tomon harakat qiladi. 

Biz  yuqorida  klassik  jigar  bo’lakchasining  tuzilishi  bilan  tanishib  chiqdik.  Keyingi  yillarda  ilmiy 

adabiyotlarda  va  gisto-logiya  darsliklarida  portal  bo’lakchalar  va  atcinus-lar  degan  iboralar  paydo 

bo’ldi. Agar klassik bo’lakcha marka-ziy vena atrofidagi to’qimadan iborat bo’lsa, portal bo’lakcha 

jigar  triadalarini  (portal  yo’llarni)  o’rab  turgan  to’qimadir.  Portal  bo’lakcha  deyarli  uchburchak 

shaklidagi tuzilma bo’lib, uning uchlarida markaziy venalar, markazida esa jigar tria-Dasi joylashgan 

(226-rasm).  Portal  bo’lakcha  yonma-yon  joylashgan  uchta  klassik  bo’lakchalarining  ma’lum 

qismlarini  o’z ichiga  oladi va son jihatidan klassik jigar  bo’lakchalaridan deyarli ikki  marta ko’p. 

Portal  bo’lakchalarda  qon  oqimi  uning  marka-zidan  chetga  qarab,  o’t  suyuqligi  esa  uning  chetki 

qismlaridan markaziga qarab harakat qiladi. 

 

227- rasm. Jigarning atcinuslardap tashkil topganini ko’rsa-tuvchi sxema (A. Xem va D. 



Qormakdan). 

Jigar atcinusi yonma-yon joylashgan ikkita klassik jigar bo’lakchalarining segmentlaridan iborat va 

taxminan romb shakliga ega (227-rasm). Atcinusning o’tkir burchalaklarida markaziy venalar, yon 

burchagida esa, atcinus ichiga tarmoqlarbe-radigan triada joylashgan. Atcinusda ham qon 

markazdan chetga qarab oqadi. 

Ut  yo’llari.  Ut  yo’llari  jigar  plastinkalarini  tashkil  etgan  gepatotcitlar  oralig’idagi  mayda  o’t 

kanalchalaridan  bosh-lanadi.  Jigar  bo’laklarining  chekka  sohalarida  o’t  kanalchalari  Gering 

kanalchalari  (xolangiolalar)ga  yig’iladi  va  bo’laklar-aro  o’t  yo’llariga  quyiladi  (228-rasm).  Ut 

yo’llarini  qoplovchi  epiteliy  hujayralari  yupqa  bazal  membranada  joylashgan  kub-simon 

hujayralardir.  Hujayraning  apikal  dismida  oz  miqdor-da  mikrovorsinkalar,  yon  yuzalarida  esa 

desmosomalar hamda interdigitatciyalar uchraydi. Hujayra tcitoplazmasida organel-lalar kam bo’ladi. 

Gering  kanalchasi  (xolangiola)  devori  gepatotcitlar  va  o’t  nayi  epiteliysi  bilan  qoplangan. 

Bo’laklararo  o’t  nayi  portal  yo’lning  biriktiruvchi  to’qimalaridan  o’tadi  va  jigar  nayning  (ductus 

hepaticus) boshlang’ich qismini hosil qiladi. 

Jigarda  qon  aylanishi.  Jigarda  qon  tomirlar  sistemasiga  klas-sik  jigar  bo’lakchalari  tuzilishi  nuqtai 

nazaridan qaralsa, uch qism-ga: bo’lakchalarga qon olib keluvchi sistema, bo’lakchalardagi qon ayla-

nish  sistemasi  va  bo’lakchalardan  qon  olib  ketuvchi  sistemalarga  ajratish  mumkin.  Olib  keluvchi 

sistema darvoza venasi (vena porta) va jigar arteriyasi (arteria hepatica) dan boshlanadi. Ji- 

 



 

358 


 

 

228- rasm. Bo’lakchalararo o’t yo’li. Elektron mikrofotogrlfnya. x 10.000."[ 



-t o’t yo’li BPitelial hujayralari; 2 - yadro; 3 - Gol’jn kempleksi; 4 - bazal 

membrana. 

garga kelayotgan qonning 3/4 qismi me’da, ichak, talok, va me’da osti bezlaridan yig’ilgan va ichakda 

so’rilgan  turli  oziq  moddalarga  boy  bo’lib,  darvoza  venasi  orqali  keladi.  Bu  ikki  yirik  tomir  jigar 

darvozasidan kirib 3 tomoiga tarmoqlanadi. Bular o’z navbatida bir qancha segmentar tarmoqlarga 

bo’linadi. 

Segmentar  arteriya  va  vena  jigar  kesmalarida  ko’plab  uchrab,  ji-gar  triadasining  tarkibiy  qismi 

hisoblangan bo’lakchalararo tarmoq^-larni hosil qiladi. Binobarin, jigar triadasi bo’lakchalararo o’t 

yo’li, vena va arteriya (ductus, vena et arteria interlobulares) lardan iborat. So’ngra qon septal yoki 

bo’lakcha atrofidagi arteriya va vena (arteria et vena septalis seu periolobularis) orqali o’tib har bir 

jigar bo’lakchasini o’rab oladi. Jigarga qon olib keluvchi arteriyalar mu-shak tipidagi arteriya bo’lsa, 

psrtal  Eenaning  barcha  tarmok,-lari  mushak  elementlari  o’rtacha  rivojlangan  tomirlardan  tashkil 

tspgan. Bo’lakchalardan va jigardan qon olib chiquvchi venalar mu-shaksiz tomirlar hisoblanadi. Jigar 

bo’lakchalarini o’ragan septal arteriya va vena sinusoid kapillyarlarga o’tadi (229-rasm). Snnusoid 

kapillyarlar  bo’lakchalarda  qon  aylanish  sistemasini  tashkil  qiladi.  Tomirlarning  sinusoid 

kapillyarlarga o’tish jsyida arteriya hamda vena qsnlari aralashadi. SHu erda joylashgan sfinkterlar 

jigar  eh-tiyojiga  yarasha  arterial  yoki  venoz  qonlarning  o’tishini  boshqarib;  turadi.  Jigar 

bo’lakchasining  kapillyarlari  markaziy  vena  hamda  bo’-lakchalararo^  vena  va  arteriya  oralig’ida 

joylashib, «ajoyib to’r»> 



 

359 


 

229-rasm. Jigar bo’lakchasining tuzilishi va qon aylani-shi (sxema). 

1 -septal arteriya; 2 - septal vena; 3 - snnusoid kapillyar: 4-jigar plastinkalari; 5 - markaziy vena; 6 - 

bulak osti venasi; 7 - o’t kapillyari; 8 - chyoqka zona: 9 - septal ut yo’li. , 10 -jigar bo’lakchasining 

ununiy ko’rinishi (Rodindan). 

(rete  mirabile)  ni  hosil  qiladi.  Markaziy  venadan  bo’lakchalardan  qon  olib  ketuvchi  sistemasi 

botlanadi.  Markaziy  venadan  qon  tuzilishi  oddiy  bo’lgan  bo’laklarda  to’g’ridan-to’g’ri  yig’uvchi 

vsnaga o’tsa, murak-kab bO’laklarda kiritma venalari orqali shu yig’uvchi -bulak osti venasi (vena 

sublobularis)  ga  o’tadi.  Bu  venalar  qo’shilib  jigar  venasi  (vena  henatica)  ni  hosil  kiladi-da,  tomir 

a’zodan chiqib, pastki ko-vak vena (vena cava inferior) ga quyiladi. Yig’uvchi venalar bulaklara-ro 

venalardan farq qilib yakka-yakka holda uchraydi. 

Demak, jigar ikki xil: ham arterial, ham venoz qon bilan ta’minlangan. Jigar kapillyarlarida aralash 

qon oqadi. ilio keluvchi va olib ketuvchi venalarda sfinkterlar bo’lib, ular jigar bo’lakchalarida va, 

hattoki, har bir sinusoid kapillyarlarida qon aylanishni boshqarib turadi. Jigar parenximasi juda ko’p 

kapillyarlarga ega, shuning uchun jigar bo’lakchalarida qon juda sekin oqadi. Bu esa qon bilan jigar 

hujayralari  orasidagi  modda  almashinuviga  qulay  sharoit  yaratadi.  Sinu-soid  kapillyarlar  devorida 




 

360 


o’troq makrofaglar - Kupfer hu-jayralari bo’lib, ular bo’lakcha ichidan oqayotgan qonni tozalash-da 

muhim  o’rin  tutadi.  Jigarda  bunday  qon  aylanishi  uning  murakkab  faoliyatini  bajarishda  muhim 

ahamiyatga  ega.  Ayrim  hollarda  jigar  tomirlarining  1/4  qismigina  qon  aylanishida  ishtirok  etadi. 

Zarurat bo’lganda tanadagi qonning 60% iga yaqini jigarda yig’ilib turishi ham mumkin. 

Innervatciyasi. Jigar quyosh chigali, adashgan nerv tarmoqlari hamda o’ng diafragma nervining ayrim 

tarmoqlari tomonidan innervatciya qilinadi. Bu nervlar jigar darvozasi sohasida 2 ta - oldingi va orqa 

jigar chigallarini hosil qiladi. CHi-gallarning nerv ustunlari arteriya va vena bilan birga kelib, tomirlar 

bo’ylab,  a’zo  ichida  tarmoqlanib  ketadi.  Nerv  tutam-lari,  asosan  mag’izsiz  nerv  tolalaridan  iborat 

bo’lsa-da,  ma-g’izli  tolalar  ham  uchraydi.  Bo’lakchalararo  biriktiruvchi  to’qi-mada  nerv  tutamlari 

interlobulyar nerv chigalini hosil qiladi. SHu chigallardan bo’lak ichiga jigar bo’ylab egri-bugri, bir-

biri bilan anastomozlar hosil qiluvchi ingichka mag’izsiz nerv tolalari yig’iladi. 

Regeneratciyasi. Jigarda regeneratciya juda kuchli kechadi. Bu, ayniqsa, jigar jarohatlanganda yoki 

kesilganda jigar hujay-ralari tezda bo’linib ko’payib, jarohatlangan joy bitib keti-shida yaqqol ko’zga 

tashlanadi.  Hayvonlar  jigarining  anchagina  massasi  (75%  chasi)  kesib  tashlansa  ham  jigar  tezda 

o’znning  boshlang’ich  massasini  tiklab  olishi  aniqlangan.  Bu  jarayon  hamma  jonzotlarda  bir  xil 

kechmaydi. Masalan, jigarning tiklanishi kalamushlarda 10-14 kun, itlarda 2 oy, odamda bundan ham 

ko’proq vaqtni oladi. Bunday tiklanish qolgan ji-gar hujayralarining kompensator gipertrofiyasi va 

mitotik bo’linishi natijasida vujudga keladi. Normal jigar hujayra-larining bo’linishi juda ham kam 

(0,3-0,9%), faqat jigar jarohatlanganda hujayra bo’linishining tezlashishini kuzatish mumkin. 

Jigarning  yoshga  qarab  o’zgarishi. 

YOSH 

ulg’ayishi  bilan  jigar-ning  bo’lakchalararo  biriktiruvchi 



to’qimasida  limfotcitlardan  iborat  infil’tratlar  hamda  o’t  yo’llarining  proliferatciyasi  yuz  beradi. 

Bundan  tashqari,  13  yoshgacha  jigar  hujayralarining  yadrolari  faqat  diploid  bo’lsa,  keyinchalik 

tetraploid  yadrolar  soni  ko’payib  boradi.  Keksalarda  esa  (60-70  yoshlarda)  okto-plond  yadrolar 

vujudga keladi va jigar hujayralarinyng mi-totik^bo’linishi juda susayib ketadi. Jigar hujayralari-ning 

o’zida esa qarilik pigmenti - lipofustcin paydo bo’ladi. 

 


Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish