Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet286/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

Gurmagtig  (lacis  polkissen)  hujayralari  glomerulyar  arterio-lalar  va  macula  densa  orasida  hosil 

bo’luvchi  konussimon  may-donda  yotadi.  Bu  hujayralar  mezangial  hujayralarga  tegib  yotadi. 

SHunday qilib, Gurmagtig hujayralari bir vaqtning o’zida  yukstaglomerulyar kompleksning barcha 

hujayralari bilan kontaktda bo’luvchi, ularni o’zaro birlashtiruvchi yagona kompo-nentdir. 

Gurmagtig  hujayralari  uzunchoq  bo’lib,  yadrosi  yirik  va  cho’-ziqdir.  Kam  sonli  organellalari 

tcitoplazmasida tekis tarqal-gan. Hujayralar orasida bazal membrana strukturasiga ega bo’lgan modda 

qatlamlari  yotadi.  Bu  hujayralarning  ul’trast-rukturasini  o’rganish  ularning  topografik,  genetik  va 

funktcio-nal jihatdan mezangial hujayralarga yaqinligini ko’rsa-tadi. 



Mezangial hujayralar kapillyarlar to’rlar aro joylashgan bo’lib, Gurmagtig hujayralari bilan birgalikda 

tomirli chi-galni ushlab turuvchi o’zakni hosil qiladi. Bu hujayra yadrosi-ning qobig’ida ko’p sonli 

invaginatciyalar bo’lganligi sababli, u noto’g’ri shakldadir. Mitoxondriyalarning shakli oval, ular ko’p 

hollarda  yadro  ustida  yotadi.  Gol’ji  kompleksi  yaxshi  rivojlan-gan  bo’lib,  ko’p  sonli  tcisternalar, 

vezikulalar va vakuolalar-dan iboratdir. Donador retikulum tcitoplazma bo’ylab  bir tekis tarqalgan. 

Mezangial  hujayralarning  o’simtalarida  ko’pgina  ribosomalar,  yakka-yakka  mitoxondriyalar  va 

vakuolalar yotadi. Uning’ har xil tanachalarni qon tarkibidan fagotcitoz qilish qobiliyati, buzuvchi 

agent ta’sirotkga kollagen hosil qilish bilan javob berish kabi xususiyatlari o’rganilgan. 

Prostaglandin  ishlovchi  hujayralar  buyrakda  bir  necha  xil  bo’lib,  ularning  ichida  interstitcial 

hujayralar alo-hida o’rin tutadi. Bu hujayralar tanasi cho’zilgan, undan bir necha o’siqlar chiqib, bu 

o’siqlarning  bir  qismi  nefron  qovuzlog’i  naychalarini  o’rasa,  boshqalari  qon  tomir  kapillyarlarini 

o’ray-di. Interstitcial hujayralarning tcitoplazmasi yaxshi rivoj-langan hujayra organellalarini va lipid 

(osmiofil) donalarni tutadi. Bu hujayralarda  ishlangan prostoglandin antipertenziv ta’sir ko’rsatadi, 

ya’ni qon bosimni pasaytiradi. 

SHunday qilib, buyrakda bir necha xil endokrin hujayralar bo’lib, ular umumiy va buyrakdagi qon 

bosimni boshqaradi va shu yo’l bilan siydik hosil bo’lishga ta’sir qiladi. 

Buyrakda qon aylanishi. Buyrak qon  bilan intensiv ta’min-langan organlar qatoriga  kiradi. Buning 

uchun  yurakdan  bir  minut  davomida  o’tgan  qon  hajmining  choragi  buyrak  orqadi  o’tishini  aytish 

kifoyadir. Bir sutkada bu «chorak» ming litrni tashkil etadi. 

Buyrak  arteriyasi  qorin  aortasidan  ajraladi.  U  buyrak  darvozasidan  kirib,  mayda  arteriyalar-

bo’laklararo  arteriya-larga  (arteria  inferlcbularis)  tarqaladi.  Buyraklararo  arte-riyalar  piramidalar 

orasidan o’tib borib, po’stloq va mag’iz modda chegarasida bo’linib, vy arteriyani (a. arcuata) tashkil 

qiladi. 

YOY 


arteriya  buyrak  yuzasiga  parallel  yotadi  va  po’stloq  hamda  miya  moddalariga  mayda 

tarmoqchalar  beradi.  Bu  arteriya-lar  po’stloq 

moddada 

bo’lakchalararo 

arteriya 

(a. 



 

373 


interlobularis)  ho-sil  qilsa,  mag’iz  qismida  to’g’ri  arteriya  (a.  recta)  nomi  bilan  yuritiladi. 

Interlobulyar arteriyalardan buyrak tanachalariga qon olib keluvchi tomirlar (vas afferens) boshlanadi. 

Har bir qon olib keluvchi arteriya o’zaro anastomoz hosil qiluvchi kapil-lyarlarga bo’linib so’ngra, 

ular qon olib ketuvchi tomirni (vas efferens) tashkil etadi (232-rasmga q.). Bu arteriolaning dia-metri 

olib  keluvchi  arteriolaning  diametridan  ikki  marta  ki-chiqroqdir.  SHunday  qilib,  qon  kapillyarlar 

tugunchasi  (buyrak  koptokchasi)  sistemasida  ikkita  xususiylikni  ko’rish  mumkin:  1)  tuguncha 

kapillyarlari yig’ilib, venulani hosil qilmaydi. balki arteriolani hosil qiladi, ya’ni kapillyarlar ikki arte-

riolalar orasida joylashadi. Kapillyarlarning bunday o’ziga xos joylashishiga ajoyib to’r deyiladi (rete 

mirabile) 2) olib chiquvchi arteriolaning diametri kichik bo’ladi. Bu holat tugun kapillyarlarida qon 

bosimni oshishga olib keladi va intensiv fil’tratciya bo’lishini ta’minlaydi. 

Olib  ketuvchi  arteriola  yana  ikkinchi  marta  kapillyarlarga  tarmoqlanadi  va  po’stloq  hamda  miya 

zonasida  buyrak  kanalcha-larini  o’rab  oziqlantiradi.  So’ngra  kapillyarlar  qo’shilib,  yul-duzsimon 

venoz sinuslarni hosil qiladi. Bu sinuslardan bo’lak-chalararo venalar boshlanadi. Ular birikib  yoy 

venalarini ho-sil qiladi. Bulardan boshlangan bo’laklararo venalar buyrak venasiga quyiladi. 

YOY 

arteriyasidan mag’iz qismiga borgan to’g’ri arteriyalar kapillyarlarga bo’linib, mag’iz qism va 



so’rg’ichda  joylashgan  kanallarni  o’raydi.  SHu  erda  kapillyarlar  venulalarga  aylana-di  va  to’g’ri 

venalarni hosil qiladi. Bular esa yoy venalariga borib quyiladi. 




Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish