Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги наманган муҳандислик – Қурилиш


TALABALARGA MASOFAVIY TA’LIM BERISHDA DOMINO



Download 11,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/268
Sana22.02.2022
Hajmi11,34 Mb.
#100425
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   268
Bog'liq
nammqi 2020kanferensiya

TALABALARGA MASOFAVIY TA’LIM BERISHDA DOMINO 
METODIDAN FOYDALANISH 
kat.o’qit. O.U. Otamirzaev, kat.o’qit. D.N. Zokirova (NamMQI) 
Hozirgi zamonda iqtisodiyot jarayoni globallashayotgan vaziyatda 
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining barcha tarmoqlarini intensiv ravishda 
keng ko’lamda investitsiyalarni jalb etish asosida rivojlantirish asosiy dolzarb 
vazifa hisoblanadi. Ushbu sharoitda yuqori texnologiyalarga ega bo’layotgan 
ishlab chiqarish korxonalariga mukammal kasbiy kvalifikatsiyali mutaxassislarni 
tayyorlash ta’lim tizimining asosiy burchidir. Bunday mutaxassislarni tayyorlash 
oliy ta’lim muassasalari professor-o’qituvchilarning malakasiga, zamonaviy 
bilimga egaligiga va yuqori zamonaviy pedgagogik texnologiyalarni ishlata 
bilishiga bog’liq bo’lib qoldi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish 
kontseptsiyasida oliy ta’lim tizimini ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlari 
ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda fan, ta’lim va ishlab chiqarishning mustahkam 
integratsiyasini ta’minlash asosida ta’lim sifatini yaxshilash, raqobatbardosh 
kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish, 
talabalarda mustaqil ta’lim olish, tanqidiy va ijodiy fikrlash, tizimli tahlil qilish, 
tadbirkorlik ko’nikmalarini shakllantirish, o’quv jarayonida kompetentsiyalarni 
kuchaytirishga qaratilgan metodika va texnologiyalarni joriy etish, o’quv 
jarayonini amaliy ko’nikmalarni shakllantirishga yo’naltirish, bu borada o’quv 
jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg’or pedagogik 
texnologiyalar, o’quv dasturlari va o’quv-uslubiy materiallarni keng joriy etish 
vazifalari ilgari surilgan.[1] 
Rivojlangan 
mamlakatlarning 
universitetlari 
professor-o’qituvchilari 
tomonidan qator interfaol o’qitish metodlari yaratilib, o’quv jarayonida qo’llab 
kelinmoqda, jumladan “Sillabus”, “Keys-stadi”, “FSMU”, “Assesment”, “Insert”, 
“Tushunchalar tahlili”, “Venn Diagrammasi”, “Blits-o’yin”, “Bumerang”, 
“Brifing”, “Portfolio” va boshqalar [2].
Interfaol metodlarning samaralilaridan biri bu “Domino” metodidir. Domino 
metodi - fikriy jarayonlarni mos tushunchalar ketma – ketligida to’g’ri taqdim etib, 
biron bir shaklni hosil qilishdir. Bu usul o’quvchilarni ijodiy qobiliyatini 
o’stirishga, o’zaro hamkorlikda ishlashga, aqliy qobiliyatini o’stirishga, nafosat 
tarbiyasini rivojlanishiga olib keladi. SHu bilan birga fanning bir bo’limiga yoki 
mavzuga doir savol va javoblar yozilgan to’g’ri to’rtburchaklar tayyorlash uchun 
o’qituvchini o’z ustida ishlashga hamda fanga doir yangi bilimlar olishga majbur 
qiladi. 
Domino usulini amaliy mashg’ulotlarda qo’llashda o’qituvchi talabalarni
uchta kichik guruhga bo’lib, kichik guruhlarda ishlaydilar. Har bir kichik guruhga 
o’ng tomoniga savol va chap tomoniga javoblar yozilgan Domino to’g’ri 
to’rtburchaklari beriladi. Har bir kichik guruhdan bir talaba ushbu to’g’ri 
to’rtburchakdan birini olib, stol ustiga (pinbord oynasiga) o’rnatadi. Keyingi talaba 
to’g’ri to’rtburchakning o’ng tomonidagi savolga mos keladigan jovob yozilgan 
to’g’ri to’rtburchakni uning yoniga o’rnatadi. Xuddi shu ketma-ketlikda qolgan 


17 
talabalar to’g’ri to’rtburchaklarni bir-biriga mos ravishda o’rnatadilar. Oxirgi 
o’rnatilgan to’g’ri to’rtburchakdagi savolning javobi birinchi o’rnatilgan to’g’ri 
to’rtburchakdagi javobga mos kelishi kerak. 
Xozirgi kunda butun dunyoda “COVID-19” pandemiyasi xukm surmoqda, 
xususan bu O’zbekiston Respublikamizni xam chetlab o’tmadi. SHu munosabat 
bilan barcha ta’lim muassasalari, xususan Oliy ta’lim muassasalari ham masofaviy 
o’qish tizimiga o’tdi. Oliy ta’lim muassasalari professor-o’qituvchilari tomonidan 
tegishli fanlarga doir barcha ma’lumotlar (ma’ruza matnlari, glossariy, test 
tpshiriqlari, dars taqdimotlari, videodarslar va boshqalar) Oliy ta’lim 
muassasalarining “Masofaviy ta’lim tizimi”ga joylashtirib borilmoqda. O’z 
navbatida talabalar ushbu ma’lumotlar asosida masofadan turib ta’lim olmoqda.
Talabalarni bilim olishga qiziqishini oshirish va ularni bilimini baxolash 
maqsadida professor-o’qituvchilar tomonidan turli ko’rinishdagi topshiriqlar 
berilmoqda. Xuddi shunday topshiriqlarni tayyorlashda Domino metodidan 
foydalanish ham yaxshi samara beradi.
Quyida 5312400–Muqobil energiya manbalari ta’lim yo’nalishi talabalari 
uchun “Metrologiya va standartlashtirish” fanidan “O’lchash xatoliklari” mavzusi 
uchun tayyorlangan topshiriqni keltiramiz. 
Bunda o’qituvchi “Paint” dasturida “Domino to’g’ri to’rtburchaklari”ni rasm 
ko’rinishida tayyorlab, “Microsoft Word” dasturida fayl ko’rinishida tayyorlaydi 
(1-rasm). So’ngra bu topshiriqni fayl ko’rinishida “Masofaviy ta’lim tizimi”ga 
topshiriqlar sifatida joylashtiradi. 
O’z navbatida talabalar ushbu topshiriqni bajaradilar, ya’ni bir “Domino” to’g’ri 
to’rtburchagining o’ng tomonidagi savol(tayanch so’z)ga ikkinchi to’g’ri 
to’rtburchakning chap tomonidagi javob to’g’ri kelishi kerak. Bunda oxirgi to’g’ri 
to’rtburchakning o’ng tomonidagi savol(tayanch so’z)ga birinchi to’g’ri 
to’rtburchakning chap tomonidagi javob to’g’ri keladi. So’ngra talabalar 
o’zlarining javoblarini fayl ko’rinishida “Masofaviy ta’lim tizimi” orqali 
o’qituvchiga jo’natadi. O’qituvchi talabaning javobini o’rganib chiqib uni 
masofadan turib baholaydi. 
Ushbu topshiriqni amalda 8-MEM-18 guruhida qo’llab ko’rildi, bunda 

Download 11,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish