IV.MUSTAHKAMLASH
A)Mashqlar orqali.
237- mashq. Gaplardagi to'ldiruvchi va aniqlovchilarni topib, bog'langan so'zi bilan ko'chirib yozing.
1. Maxdum bo'ychan, olago'sht, siyrak mo'y, oq tan, istarasi issiq bir domla edi. (A. Qod.J 2. Tog' etaklaridan nafis gullarning, xushbo'y giyohlarning hidlari anqiydi. (O.J 3. O'n-o'n bir yoshli bola dushmanlar keltirgan ochlik va boshqa kulfatlarni kattalar qatori boshidan kechirdi. (P.Q.J 4. Hulkar eshik oldida bir otasiga, bir Avazga, bir onasiga qarab qo'yardi. (P.Q.J 5. Men onam, otam va opam bilan xayrlashib, yo'lga tushdim. 6. Munaqqash devorlarning oltin, kumush, ko'k, qizil, oq, pushti, sariq, qora gullari yulduzlardek yashnab, uyga bir hayotiylik berar edi. (A. Qod.
238-mashq. «Sinfimiz o'quvchilari hasharda» mavzusida matn tu
zing. Unda uyushiq to'ldiruvchi va uyushiq aniq- lovchilardan foydalaning.
239-mashq. Uyushgan aniqlovchilarni toping. Awal uyushgan si
fatlovchi aniqlovchilarni, so'ng uyushgan qaratqichli aniqlovchilarni ko'chirib yozing.
1. Men sizga O'zbekistonning uzoq qishloqlaridan birida o'sgan, beg'ubor yaylov havosida chiniqqan, bir necha bor yirtqich hayvonlar hujumiga yo'liqqan qo'rqmas va kamtar, kamgap va qaysar bir bola haqida hikoya qilmoqchiman. (Yo.Sh.) 2. Yoqimli, orombaxsh shamol esadi. (O.) 3. Serchang, sershovqin ko'chalarda odamlar daryoday oqib borar edi. (P. Q.) 4. Unga Volkov mashinalaming va turbinalaming vagonga yuklangani haqida xabar qilgan edi. (S.A.) 5. Ko'p o'tmasdan sergo'sht, juda mazali shavla tortildi. (O.) 6. Shu payt yonimizdan ikki muloyim, nuroniy chol o'tib qoldi. (O.)
B)Savollar orqali
1.Uyushiq to 'Idiruvchiga tavsif bering. Ularning talaffuzi va yozilishi haqida so'zlang.
2.Qanday aniqlovchilar uyushiq aniqlovchilar deyiladi?
3.Uyushiq aniqlovchi va yonma-yon kelib uyushmagan aniqlovchilarga misollar keltiring.
V.BAHOLASH MEZONI
Ishtirokiga qarab
VI.UYGA VAZIFA
240- mashq. Uyushiq bo'laklarning ohangiga e'tibor berib o'qing, so'ngra tinish belgilarini qo'yib ko'chiring. Vergulning qo'llanishini izohlang.
1. Uning niyatini do'stligini qushlar tushundilar. 2. Jannatxon musiqani ashulani juda sevar edi. (P.Q.) 3. Bola qoshida ota-onaning so'zi bilan ishi bir bo'lmasligi ularning o'z izzat va hurmatlari ildiziga o'z qo'llari bilan urilgan o'tkir boltadir. (R. Usmonov) 4. Quyosh yorug'ida ko'k sariq qizg'ish qum zarrachalari yaltirardi. (Yo.Sh.)
Do'stlaringiz bilan baham: |