MAQSAD: A) ta’limiy maqsad - O’quvchilarga mavzu haqida bilim berish B) tarbiyaviy maqsad –o’quvchilarqalbida hamkorlik ,do’stlik tuyg’ularini sinngdirish
C) rivojlantiruvchimaqsad – Gapning uyushiq bo’laklaridan nutqda o’rinli foydalanish DARS TURI: umumlashtiruvchi USLUB: an’anavuy
JIHOZ:darslik
DARSNING BORISHI: I. Tashkiliy davr : A) salomlashish
. B) davomatni aniqlash
II. UY VAZIFASINI SO’RASH A)Mashqlar orqali.
. 244- mashq. Uyushiq bo'laklar va umumlashtiruvchi so'zlarni qo'llab rasm asosida «Navro'z bayramida» mavzusida insho yozing.
B)Savollar orqalli
1.Uyushiq bo'lakli gaplardagi qanday bo'lak umumlashtiruvchi so'z deyiladi ?
2.Umumlashtiruvchi so'z o'rnida qanday birliklar keladi? Misollar keltiring.
3.Umumlashtiruvchi so 'z uyushiq bo 'laklardan oldin va keyin kelganda qaysi tinish belgilari bilan ajratiladi?
III.YANGI MAVZU BAYONI Gapning qaysi bo'laklari uyushib kelishi mumkin?
Uyushiq bo'laklarning o'ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
Bir gapda bir necha xil gap bo'lagi uyushib kelishi mumkinmi?
Umumlashtiruvchi so'z vazifasida qaysi so'z turkumidagi so'zlar kela oladi?
Umumlashtiruvchi so'zning gapda joylashuv o'rni va unda ishlati- ladigan tinish belgilari haqida so'zlang.
IV.MUSTAHKAMLASH
A)Mashqlar orqali.
245- mashq. 1- topshiriq. «0'quvchilar kecha maktab bog'ida pishib yetilgan o'riklarni terishdi» gapidan navbatma-navbat:
faqat uyushiq egali;
faqat uyushiq payt holli;
faqat uyushiq qaratqich aniqlovchili;
faqat uyushiq sifatlovchi aniqlovchili;
faqat uyushiq vositasiz to'ldiruvchili gaplar hosil qiling.
2- topshiriq. Hosil qilgan bir xil uyushiq bo'lakli gaplaringizdan 2—3
xil uyushiq bo'lakli gaplar yuzaga keltiring.
Zukkolarga topshiriq. Ikkinchi topshiriqni bajarish asosida tuzgan gaplaringizdagi uyushiq bo'laklarni alohida ko'chiring va ularni tahlil qilib, uyushiq bo'laklarni so'z qo'shilmasi yoki so'z birikmasi tashkil etayotganligini aniqlang.
246-mashq. «Gapda uyushiq bo'laklar va ularda tinish belgilari»
mavzusi bo'yicha «Topqirlar bcllasluivi» yoki «Zukkolar o'yini» o'tkazing.
247-mashq. O'qing. Uyushgan to'ldiruvchi va hollarni topib, ularning
so'rog'i va turini ayting. Uyushgan to'ldiruvchi va hollarni o'zi bog'lanib kelgan so'z bilan birga alohida-alohida ko'chirib, tagiga tegishlicha chizing.
1. Qizlar goh undan, goh bundan gaplashib hovli aylanishdi. (O.) 2. Ortiq ishongisi kelmay, awal Avazga, so'ng Turdiga qaradi. (P.Q.) 3. Qo'ldosh ota... ovozni, shovqinni yaxshi anglay olmaydigan bo'lib qoldi. (H.G'.) 4. Zorqishloq ko'chalarida, adir va soylarida, serdaraxt bog'larida ko'klam namoyishi kezadi. (S. A.) 5. Nozik ulardan yosh bo'lgani, paranji yopinmagani sababli, suhbat mavzusining mag'zigaunchayetibbormadi. (H.G'.)
B)Savollar orqali
V.BAHOLASH MEZONI Ishtirokiga qarab
VI.UYGA VAZIFA
248- mashq. Uyga vazifa. Uyushiq bo'laklar orasiga teng bog'lov- chilardan mosini qo'yib, gaplarni ko'chiring. Qaysi bo'laklar uyushib kelganini aniqlang.
1. Qizlari o'qidi... o'sib ulg'aydi. (Yo.Sh.) 2. Lolaning ko'ziga yosh keldi... yig'lamadi. (Yo.Sh.) 3. Qudratni... Zamonni... Davronni shaharga jo'natishdi. (M.Ism.) 4. Uning sho'x... ma'yus ko'zlariga tikildim. (G'. G'.) 5. Uning gaplarida ... tovushida ... ojizlik sezilib turar edi. (As.M.)