Ona tili
MAVZU : Qaratqich aniqlovchi
MAQSAD: A) ta’limiy maqsad - O’quvchilarga mavzu haqida bilim berish
B) tarbiyaviy maqsad –o’quvchilarqalbida hamkorlik ,do’stlik tuyg’ularini sinngdirish
C) rivojlantiruvchi maqsad – gapning tuzilishiga ko’ra turlaridan nutqda o’rinli foydalanish
DARS TURI: umumlashtiruvchi
USLUB: an’anavuy
JIHOZ:darslik
DARSNING BORISHI:
I. Tashkiliy davr : A) salomlashish
. B) davomatni aniqlash
II. UY VAZIFASINI SO’RASH
A)Mashqlar orqali.
205- mashq. O'zingiz shu kunlarda o'qiyotgan badiiy asardan inson (obraz)ning tashqi qiyofasini tasvirlovchi parcha ko'chirib yozing, sifatlovchi aniqlovchilarni belgilang.
B)Savollar orqali
1.Gapning qanday bo'lagiga sifatlovchi aniqlovchi deyiladi?
2.Sifatlovchi aniqlovchi bog'langan so'z qanday ataladi?
3.Sifatlovchi aniqlovchilar qaysi turkum so'zlari bilan ifodalanadi?
4.Sifatlovchi aniqlovchining birikmali holda qo'llanishiga misollar keltiring.
III.YANGI MAVZU BAYONI
Gapning biror shaxs yoki narsa-buyumga qarashliligini, xosligini bildirgan bo'lagi qaratqichli aniqlovchi deyiladi. Aniqlovchining bu turi qaratqich kelishigidagi so'zlar bilan ifodalanadi. Qaratqichli aniqlovchilar tobelangan so'z (bo'lak) qaralmish hisoblanadi.
Qaratqich aniqlovchili so'z birikmalarining asosiy belgisi hokim so'zning egalik qo'shimchalari bilan (ko'pincha, III shaxs birlik sondagi -i, -si qo'shimchasi bilan) kelishini talab qilishidadir: maktabimizning binosi, hunar maktabi.
Qaratqichli aniqlovchilar qaralmish bilan munosabatga kirish- ganda turlicha shakllanadi:
qaratqich va qaralmish belgili keladi (daraxtning bargi);
2. qaratqich belgisiz, qaralmish belgili keladi (direktor xonasi);
3. qaratqich va qaralmish belgisiz qo'llanadi (o'rik danak, yong'oq mag'iz). Ayrim vaqtda qaratqich belgili, qaralmish belgisiz kelishi ham mumkin (bizning qishloq).
Qaratqichli aniqlovchi quyidagi so'z turkumlari bilan ifodalanadi: 1) ot bilan: Shiftga osig'liq qirqinchi chiroqning qalpog'i uy devorlarining tepa yog'iga cho'ziq soya solgan. (H.G'.)
1.ot bilan: Shiftga osig`liq qirqinchi chiroqning qalpog`i uy devorlarining tepa yog`iga cho`ziq soya solgan
2-otlashgan sifat bilan: Yaxshining yaxshiligi tegar har yerda, yomonning yomonligi tegar tor yerda. (Maqol)
3.otlashgan son bilan: Birining ko'zi qora, ikkinchisining ko'zi ko'k edi. O'nning yarmi — besh.
4.olmosh bilan: Bizning eshon — kabobpazlarning piri. (A. Q.)
5.otlashgan sifatdosh bilan: So'raganning bir yuzi qora, bermaganning ikki yuzi qora. (Maqol)
6.otlashgan undov, taqlid so'zlar bilan: Bolalar qiy-chuvining ovozi shu yergacha yetib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |