225
memoriy ko‟rkamlik va h.k.
Bunday konstruksiyalarning nuqsonlari:
tiklash jarayonida ko‟p mehnat
talab etishi;
osma transportni uskunalashda moslamalarning
murakkabligi;
ayniqsa ikki tomonlama qiyalikka ega bo‟lgan yopmalarda tom ishlarining murakkabligi;
egri chiziqli elementlarni tayyorlash texnologiyasi to‟g‟ri chiziqli elementlarga nisbatan
noqulay ekanligi va h.k.
Shunga qaramasdan yupqa devorli qonstruksiyalarning qo‟llanilishi yil sayin ortib
bormoqda. Orasiga ustun qo‟ymasdan bunday konstruksiyalar bilan bir va undan ortiq gektarga
ega bo‟lgan maydonlarni yopish mumkin. Yupka devorli yopmalar ustunlar qadami 36x36,
40x40 m va h.k. bo‟lgan ko‟p oraliqli binolarda ham ishlatiladi. Tarhdagi o‟lchamlari 18x24 va
18x30 m bo‟lgan yig‟ma qobiqlar tayyorlash keng yo‟lga qo‟yilgan.
Quyidagilar yupqa devorli temirbeton yopmalarning asosiy turlari hisoblanadi: silindrik
qobiqlar (7,a–rasm); taxlanma yopmalar (7,b–rasm); aylanma qobiq–qubbalar (7,v–rasm); tarhi
to‟g‟ri to‟rtburchak bo‟lgan ikkiyoqlama musbat Gauss egriligidagi qobiqlar (7,g–rasm); shuning
o‟zi, manfiy ishorali qobiqlar (7,d–rasm); to‟lqinsimon qubbalar (7,e–rasm) va arqonli (vantli)
osma qobiqlar (7,j–rasm).
22.6–rasm. Oldindan zo‟riktirilgan tortqichli yig‟ma
temirbeton arka
7–rasm. Yupka devorli fazoviy temirbeton yopmalarning turlari:
a – silindrik qobiq; b – taxlama yopma; v – gumbaz; g – musbat
Gauss egriligidagi qobiq; d–
manfiy Gauss
egriligidagi qobiq;ye – to‟lqinsimon qubba; j – vantli
osma yopma; 1 – qobiqning
«o‟zi»; 2– diafragma; 3 – bort
elementi; 4 – taxlamaning yassi plitasi; 5 – tayanch xalqasi; 6 –
226
aylanish o‟qi; 7–qubba to‟lqini; 8 – tortqich;
9 –po‟lat
vantlar
Yopmalarning fazoviy konstruksiyalari turi memoriy talablar va bunyod etish sharoitlari
etiborga olingan holda, texnika–iqtisodiy hisoblar asosida tanlanadi. Yuq ko‟taruvchi yupqa
devorli fazoviy konstruksiyalar uchun sinfi B15 dan kam bo‟lmagan og‟ir betonlar yoki B12,5
dan kam bo‟lmaganyengil betonlar qo‟llash tavsiya etiladi.
Temirbeton qobiqlar, odatda, qo‟chma sirtlar yoki aylanma sirtlar orqali hosil qilinadi.
Qobiqlarning chekkalari arka, ferma va qirg‟oq bruslariga (7–rasm) tayanadi. Arka va fermalar
qo‟p to‟lqinli yopmalarda qo‟llanadi, bunda qobiq to‟rtta burchakdagi nuqtalarga tayanadi. Bino
perimetri bo‟ylab tayangan alohida qobiqlar devorlarga yoki yaqin joylashgan ustunlarga
o‟rnatiladi.
Agar qobiqning qalinligi kichik egrilik radiusining 1/20 qismidan oshmasa, u yupqa
devorli deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: