220
bino tomlarini yopishda qo‟llaniladi. Eni 24 m va undan ortiq bo‟lgan binolarda to‟sin o‟rnini
fermalar
egallaydi; texnik–iqtisodiy ko‟rsatkichlar shuni taqozo etadi.
Tomning tuzilishiga qarab,
ikki nishabli, bir nishabli, parallel tokchali, ustki tokchasi siniq chiziqli va egri chiziqli to‟sinlar
bo‟ladi. 12 va 18 m li to‟sinlar ikki nishabli qilib ishlanib, armaturasi oldindan taranglanadi.
To‟sinning ko‟ndalang kesimi qo‟shtavr shaklida bo‟lib, devorining qalinligi 60...100 mm ni
tashkil etadi. Ko‟ndalang kuchlar qiymati katta bo‟lgan tayanch yaqinida devor qalinligi asta
oshiriladi; shu yo‟l bilan tayanch kesimlarining mustahkamligi va yoriqbardoshligi taminlanadi.
Ikki nishabli to‟sinlarning nishabi 1:12 olinadi. To‟sin balandligi oraliqning 1/10–1/12 qismini
tashkil etadi. Ustki siqiluvchi tokchaning kengligi oraliqning 1/50–1/60 qismiga teng bo‟ladi.
Pastki tokchaning o‟lchamlari cho‟zilishga ishlaydigan armaturani joylashtirish sharoitiga va
beton yotqizishdagi qulayliklarga, shuningdek to‟sinning ustunlarga tayanish shartlariga qarab
belgilanadi; odatda, bu kenglik 25...30 sm atrofida qabul qilinadi (22.2–rasm).
22.2–rasm. 18 m uzunlikdagi oldindan zo‟riktirilgan ikki nishabli to‟sin:
1 – qo‟yilma detal; 2 – qo‟shimcha karkas; 3 – ustki tasma karkaslari; 4 va
6 – devorkarkaslari; 5 – xomutlar; 7 – tayanchdagi qo‟shimcha
karkaslar; 8 – simarqon armatura; 9 – sim armatura
To‟sinning siqiluvchi toqchasi va devorlari payvand karkaslar bilan armaturalanadi.
Uzunligi 12...18 m bo‟lgan barcha to‟sinlar oldindan zo‟riqtiriladi. Ko‟ndalang va bo‟ylama
montaj armaturalari A – I va A – III sinfli po‟latdan yasaladi. To‟sinning reaksiya kuchlari va
oldindan siqish natijasida katta zo‟riqishlar hosil bo‟ladigan tayanch qismiga qo‟shimcha
ravishda sim to‟r va vertikal sterjenlar o‟rnatiladi. B25...B40 sinfli beton ishlatiladi.
To‟sinlarni hisoblashda, ular sharnirli tayangan element sifatida qaralib, uzunligi tayanch
reaqsiyalari orasidagi masofaga teng deb olinadi. To‟sinning bo‟ylama va ko‟ndalang ishchi
221
armaturalarini tanlash, solqilik va yorilishbardoshligini aniqlash tavr yoki qo‟shtavr qesimli
oddiy elementdagi singari amalga oshiriladi.
Ko‟ndalang kesimi to‟g‟ri to‟rtburchak bo‟lgan 18 m uzunlikdagi oldindan zo‟riqtirilgan
ikki nishabli to‟sinlar ham qo‟llaniladi (22.3–rasm). Bunday to‟sinlarning o‟rta qismida
vazniniyengillashtirish maqsadida sakkiz qirrali katta tuynuklar qoldiriladi; har bir tuynuk yuzasi
0,5…1,0 m
2
ni tashkil etadi. Tuynuklar har xil kommunikasiyalarni o‟tkazishda katta qulayliklar
yaratadi. Shunga qaramay, qo‟shtavr kesimli stropil to‟sinlar tuynukli to‟sinlarga nisbatan
tejamliroqdir; bularda po‟lat va beton sarfi tahminan 15 % kamroqdir.
22.3–rasm. Ikki nishabli oldindan zo‟riktirilgan panjarali to‟sin
Do'stlaringiz bilan baham: