«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati toshkent temir yo‘l muhandislari instituti



Download 13,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/102
Sana03.01.2022
Hajmi13,86 Mb.
#317292
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   102
Bog'liq
arxitektura va qurilish konstruktsiyalari

Temirbeton  yopma  plitalari. 
Plitalar  tom  yuklarini  o‟ziga  qabul  qilib,  ularni  yuk 
ko‟taruvchi  konstruksiyalarga  uzatadi.  Bular  orasida  P  –  simon  qobirg‟ali  plitalar  eng  ko‟p 
tarqalgan  bo‟lib,  tarhda  3x6  va  6x12  m  ni  tashkil  etadi.  Bunday  plitalar  qalinligi  25–30  mm 
bo‟lgan tokchadan, har birining orasi tahminan 1 m bo‟lgan ko‟ndalang qobirg‟alardan va ikkita 
asosiy bo‟ylama qobirg‟adan tashkil topadi. Tokcha (polka) payvand simto‟r bilan, ko‟ndalang 
qobirg‟alar – payvand karkaslar bilan, bo‟ylama qobirg‟alar esa oldindan zo‟riqtirilgan sterjenlar 
bilan armaturalanadi.  12 m  li plitada betonning sinfi B30...B40, 6 m  li plitada esa  –  B15...B30 
bo‟ladi. 
Plitaning  bo‟ylama  yo‟nalishdagi  hisobi  bir  oraliqli  erkin  tayangan  tavr  kesimli  to‟sin 
sifatida, doimiy va muvaqqat  yuklarning birgalikdagi tasiri uchun bajariladi. Plitaning tokchasi, 
ko‟ndalang  qobirg‟alar  orasidagi  masofaga  qarab,  uzluksiz  to‟sin  yoki  butun  qirrasi  bo‟ylab 
tayangan plita sifatida hisoblanadi. 
Qurilishda  2T  shaklidagi  ikki  konsolli  qobirg‟ali  plitalar  ham  qo‟llaniladi  (1–rasm). 
Plitaning o‟lchamlari 3x6 va 3x12 m  bo‟lib, bo‟ylama qobirg‟alar orasidagi  masofa qisqargani 


219 
 
uchun  tokchadagi  eguvchi  momentning  qiymatlari  ham  kichrayadi  (1,a–  rasm).  Shu  tufayli 
ko‟ndalang  qobirg‟alardan  voz  kechish  imkoniyati  tug‟iladi,  plitani  tayyorlash  osonlashadi. 
Plitalar  orasidagi  bo‟ylama  choklarni  qoplash  ishlarining  murakkabligi  konstruksiyaning 
kamchiligi hisoblan
80

Bino  tomlarini  yopishda  3x18  va  3x24  m  o‟lchamli  ikki  nishabli  yirik  plitalar  ham 
qo‟llaniladi.  Bunday  plitalar  binolarga  ko‟ndalang  ravishda  bo‟ylama  devor  yoki  to‟sinlarga 
o‟rnatiladi.  Plitaning  bo‟ylama  qobirg‟alari  o‟zgaruvchan  balandlikka  ega  bo‟lib,  plitaning 
qirg‟og‟iga joylashgan bo‟ladi. 
Yirik  o‟lchamlik  temirbeton  gumbazsimon  (YO‟TG)  plitalar  kalta  silindrik  qobiqlardan 
tashkil topib, segment shaklidagi qobirg‟a–diafragmasi oldindan zo‟riqtirilgan bo‟ladi. Plitaning 
tarhdagi o‟lchamlari 3xl2; 3x18 va 3x24 m. Qobiq sirtining shakli kvadrat parabola ko‟rinishida 
bo‟ladi. Qobiqning qalinligi o‟rtada 30 mm dan kam bo‟lmasligi kerak, chetga tomon 140…160 
mm  ga  qadar  ortib  boradi.  Plita  ko‟ndalang  kesimining  balandligi  o‟rtasida  yukka  qarab 
(1/15…1/20) miqdorda olinadi. Plita vaznini kamaytirish maqsadida uning diafragmasi vertikal 
qobirg‟alar  hisobiga  yupqa  (40  mm)  olinadi.  Oldindan  zo‟riqtiriladigan  asosiy  armatura 
diafragmaning  pastki  qismiga  joylashtiriladi.  Ushbu  armatura  gumbaz  tizimida  tortqich  rolini 
ham  o‟ynaydi.  Diafragmaning  tayanch  qismi  payvand  karkas  bilan  armaturalanadi.  Qobiqning 
o‟zi payvand sim to‟r bilan qotarhadi. Qobiq bilan diafragma qiya bo‟rtiq yordamida ulanadi. 
YO‟TG  plitalari  oraliq  uzunligi  va  yukka  qarab,  B25...B50  sinfli  betondan  ishlanadi. 
Plitani  hisoblashda  silindrik  qobiq  bilan  diafragma  birga  ishlaydi  deb  qaraladi.  Qobiqning 
yo‟naltiruvchisi bo‟ylab faqat bo‟ylama kuch N ko‟ndalang  yo‟nalishda ko‟ndalang kuch Q va 
eguvchi moment M ta‟sir etadi deb faraz qilinadi(22.1–rasm). 
 
22.1–rasm. 2T ko‟rinishdagi ikki konsolli yopma plitasi:  
a – eguvchi momentlar epyurasi; b – armaturalash 
YO‟TG  plitalari  tejamli  va  tayyorlashda  soddadir.  Uning  eng  asosiy  kamchiligi  egri 
chiziqli sirt bo‟ylab tom yopishning sermehnatligidir. 

Download 13,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish