«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati toshkent temir yo‘l muhandislari instituti



Download 13,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/102
Sana03.01.2022
Hajmi13,86 Mb.
#317292
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   102
Bog'liq
arxitektura va qurilish konstruktsiyalari

Temirbeton  stropil  arkalari. 
Temirbeton  arkalar  katta  oraliqli  binolarni  yopishda, 
jumladan,  oralig‟i  100  m  dan  ortiq  bo‟lgan  angarlar,  bozor  gumbazlari,  sport  majmualari, 
ko‟priklar kabi inshootlar tarkibida keng qo‟llaniladi. Binoning eni 30 m dan oshgandan keyin 
arka fermaga nisbatan tejamliroq bo‟lib qoladi. 
Temirbeton arkalar uch sharnirli, ikki sharnirli va sharnirsiz bo‟ladi. Uch sharnirli (statik 
aniq) arkalarda tayanchlarning gorizontal yoki vertikal yo‟nalishda siljishi zo‟riqishlarga deyarli 
tasir  etmaydi.  Ikki  sharnirli  tortqichli  yoki  tortqichsiz  arkalarga  vertikal  cho‟kish  uncha  tasir 
etmaydi, ammo gorizontal siljish zo‟riqishlar o‟zgarishiga malum darajada tasir etadi. Sharnirsiz 
arkalar tayanchining har qanday siljishi zo‟riqishlarning sezilarli darajada ortishiga olib keladi. 
Shuning  uchun  ulardan  tayanchlar  kam  siljiydigan  joylardagina  foydalaniladi.  Arkalarning 
o‟ziga hos xususiyatlaridan biri shundan iboratki, ularda kerki kuchlari (raspor) vujudga keladi 
va bu kuchlarni arka tortqichlari o‟ziga qabul qiladi (5,a– rasm).  
Agar memoriy va texnologik sabablarga ko‟ra tortqich ishlatilmasa, u holda kerki kuchini 
bikr 
kontrfoslar 
(5,v–rasm) 
yoki 
bevosita 
poydevorning 
o‟zi  
(5,b,g–rasm)  qabul  qiladi.  Temirbeton  arkalar  yig‟ma  va  quyma  bo‟lishi  mumkin.  Bir  qavatli 
sanoat binolarining tomini yopishda ikki sharnirli tortqichli yig‟ma arkalar keng qo‟llaniladi (6–
rasm). Bunday arkalarning balandligi  f q (1/5... 1/8)
1
, arka kesimi  balandligi  h q (1/30...1/50)
1
 
va  kengligi 
b
=(0,4...0,5)h  olinadi.  Arkaning  ko‟ndalang  kesimi  to‟g‟ri  to‟rtburchak  yoki 
qo‟shtavr shaklida bo‟lib, simmetrik ravishda armaturalanadi. 
Arkani  uzunligi  6  m  bo‟lgan  alohida  bloklardan  yig‟iladi  (22.5–rasm).  Bloklar  o‟zaro 
bo‟ylama  armaturadan  chiqarib  qoldirilgan  uchlarni  vannali  payvandlash  yo‟li  bilan  ulanadi, 
choklar  mayda  donali  –  to‟ldirg‟ichli  beton  bilan  to‟ldiriladi.  Arkalarning  ustiga  uzunligi 
1
=6...12  m  bo‟lgan  temirbeton  plitalar  yotqiziladi,  maxsus  qoldirilgan  po‟lat  taxtakachlarga 
payvandlanadi;  plitalar  gorizontal  bog‟lovchi  rolini  o‟ynaydi.  Tortqichlar  odatda  oldindan 
zo‟riqtiriladi. Tortqich solqilanib qolmasligi uchun uni har 5–6 m da yuqoriga tortib qo‟yiladi. 
 


224 
 
 
22.5–rasm. Arkalar va ularga tasir etuvchi kuchlar sxemasi 
Arkalar  mustahkamlik  sinfi  B25...B40  bo‟lgan  betondan  tayyorlanadi.  Arkaning  ishchi 
armaturasi A–III sinfli po‟latdan, tortqichning oldindan taranglangan armaturasi A–IV va undan 
yuqori  sinfli  po‟lat  sterjenlardan,  V–II  sinfli  sim  va  K–7,  K–19  sinfli  sim  arqondan  (kanat) 
tashkil topadi. 
Arkalarni  hisoblashda  eng  avval  qurilish  mexanikasi  usullaridan  foydalanib,  tashqi 
yuklarning nobop joylashgan holi uchun, arka kesimlaridagi ichki kuchlar M
a
x
, N
a
x
 va 
Q
ax
 topib 
olinadi.  Arkaga  tasir  etuvchi  yuklarga  o‟zining  xususiy  og‟irligi,  tom  og‟irligi,  qor  va  osma 
transport  yuklari  kiradi.  Baland  arkalar  yana  shamol  kuchi  tasiriga  ham  hisoblanadi.  Arka 
simmetrik  armaturalanadi,  chunki  momentlar  epyurasining  ishorasi  o‟zgaruvchandir.  Armatura 
mustahkamlik sharti bo‟yicha tanlanadi, so‟ngra tortqichning yorilishbardoshligi tekshiriladi. 

Download 13,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish