Reja:
Bug‘ qozonlari.
Bug‘ qozonining issiqlik balansi va FIK.
Bug’ qozonlarining ishlatilishi.
Bug‘ qozonlari.
Issiqlik energiyasiga sanoat, maishiy xizmat, idoralari va aholi yashaydigan turar joylarda talab ortgan sayin bug‘ va issiq suv tayyorlaydigan qozonlar tuzilishi va ularda tayyorlanadigan bug‘ parametrlari о‘zgarib boradi. Eng avval, bug‘ qozonining tuzilishi sodda, ishonchli va xavfsiz ishlashi, uni tayyorlashga metall kam sarflanishi va FIK yuqori bо‘lishiga e’tibor beriladi. Yangi turdagi bug‘ qozonlari loyihalandi, sо‘ngra qurildi va sinab kо‘rildi.
Tayyorlanadigan bug‘ bosimi atmosfera bosimidan yuqori bо‘lgan hamma turdagi qozonlarda yoqilg‘ining yonishida ajralib chiqqan issiqlik miqdoridan samarali foydalanish masalasi asosiy masaladir. Tuzilishi jihatidan ular bir- biridan farqlansada, ularning vazifasi bitta – bug‘ tayyorlashdan iborat. Masalan, oddiy silindrsimon bug‘ qozoni ikki yо‘nalishda takomillashtirilgan, a) gaz trubali , ya’ni bug‘lanadigan suv ichidan kata diametrdagi 2 – 3 ta о‘t quvurlari о‘tib, uning oxiri kichik diametrli tutun quvurlariga ajraladi, b) suv trubali, ya’ni katta diametrdagi suv quvurlarining tashqi sirtlarini alanga – tutun gazlari yalab - yuvib о‘tadi. Bu loyiha takomillashtirilib, katta diametrli suv quvurlari
(3 – 9 ta) о‘ringa tо‘plam – tо‘plam qilib joylashtirilgan kichik diametrli gorizontal, qiya (12 gacha burchauk ostida) va vertikal suv quvurli qozonlar yaratildi.
Bu suv quvurlarining pastki uchi kollektorga, yuqori uchi barabanga birlashtirilishi natijasida bug‘ yig‘uvchi barabanlar soni 1 yoki 2 tadan oshmaydigan qozonlar darajasigacha takomilashtirildi.Bug‘ qozonlarning eng avvalgilarining FIK 30 %, bug‘ bosimi 1 MPa atrofida bо‘lsa, zamonaviy bug‘ qozonlarining FIK 93 – 95 %, ishlab chiqariladigan bug‘ miqdori 4000 t/soat, ish bug‘ bosimi 25,5 MPaga yetadi.
Energetika sohasida qо‘llaniladigan bug‘ qozonlarida tayyorlanidigan suv bug‘i yuqori kо‘rsatkichlarga ega bо‘lib, katta ( 1200 MVt gacha) quvvatdagi bug‘ turbinalarini bug‘ bilan ta’minlaydi. Bunda о‘ta qizdirilgan bug‘ bosimi 25,5 MPa, temperaturasi 750 – 850 K gacha yetadi. Ishlab chiqarish texnologik bug‘ qozonlari past bosimli (0,3 – 0,7 MPa, ayrim holatlardagina 1,3 MPa gacha) bug‘ tayyorlanadi, isitish tarmoqlarida qо‘llaniladigan bug‘ qozonlari 0,13 MPa dan 0,3 MPa gacha bо‘lgan bosimdagi bug‘ni iste’molchiga yetkazib beradi.
Qozonlarga suv tayyorlab berishdan asosiy maqsad qozonga uzatiladigan suv qayta ishlash yо‘li bilan uning fizik xossalarini yaxshilash, qozon agregatining ish unumini va samaradorligini oshirishni ta’minlashdan iborat. Suv gazlari, mineral tuzlar, organik moddalar, qattiq (qum) zarralardan tarkib topgan. Bu moddalarning suvda bо‘lishi qozon devorlarin tez zanglatadi, ularda qattiq chо‘kma – quyqa (qasmoq) qoladi. Natijada qozonning ish unumi pasayib ketadi va tezda chiqadi. Suvning qattiqligini pasaytirish (yumshatish) uchun qozonlarga suvni uzatishdan oldin, unga soda, natriy fosfat, ayrim hollarda boshqa tuzlar qо‘shiladi. Shunda kalsiy va magniy qо‘shilgan moddalar bilan kimyoviy reaksiyaga kirishib, tuzlarni hosil qilib qozon tubiga chо‘kadi va suv yumshaydi. Suvni yumshatishning ionit usuli qо‘llanilganda, unga suvda erimaydigan tabiiy va sun’iy materiallar qо‘shiladi. Suvni termik usul bilan ham yumshatish mumkin. Bu usulda suv bug‘idan distillangan suv olinadi. Qattiq mexanik aralashmalardan suvni tozalashda tindirish, filtrlash usullaridan keng foydalaniladi. Bug‘ qozonlar о‘txonali va о‘txonasiz bо‘lishi mumkin, о‘txonali bug‘ qozonlarda hamma asbob – uskunalar issiqlik manbai bо‘lgan о‘txonada va uning atrofiga joylashtiriladi.
О‘txonasiz bug‘ qozonlari turiga qozon utilizatorni kiritish mumkin. О‘txonali bug‘ qozonining bug‘ hosil qiluvchi elementi, asosan bug‘ ekrani hisoblanadi. Bug‘ tayyorlovchi ekran bilan issiqlik almashinuvi, xususan о‘txonada, radiatsiya issiqlik almashinuvi infraqizil nurlanish hisobiga ustuvor bо‘ladi. Ekranning sirti silliq bо‘lganda tutun gazlari tabiiy konveksiyasining bir tekis о‘tishi ta’minlanadi. Ekran trubalarining ichki diametri 50 – 60 mm, ular oralig‘i 4 – 6 mm qilib tanlanadi. Bug‘ ekran trubalari kollektor va barabanlarga ulanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |