34
yuklanadi. Pero'z vorislari:
Kubod (488 - 531), Anushervon (531 -
579)
hukmronlik qilgan davrlarda eftaliylar
bilan munosabatlar ancha
yumshagan. Keyinchalik eftaliylar Kobul, Panjob, Urumchi, Qorashar,
Xo'tan, Koshg'ar shaharlarini ham o‘z tasarrufiga kiritadilar.
Shunday
qilib,
Vasrning2-yarmi
va
VI asrboshlaridaO'rta
Osiyo, Sharqiy Eron,
Shimoliy Hindiston va Sharqiy Turkiston yerlarini birlashtirgan Eftaliylar
davlati tashkil topadi.
3.3. EFTALIYLAR DAVRIDA IJTIMOIY-IQTISODIY VA
MADANIY HAYOT
Xo'ialikhavoti.
Eftaliylar kelib chiqishiga ko'ra ko'chmanchi qabilalarga
mansub edi. Chorvachilik bilan shug'ullanib, yaylovlarda kigiz o'tovlarda
yashagan eftaliylar zabt etgan yerlarida obod dehqonchilik vohalariga
va sa v d o si rivojlangan shaharlarga ega bo'ldilar. Yillar o'tishi bilan
ular mahalliy o'troq aholi bilan qorishib ketadi. Toxariston va So'g'd
dehqonchilik va bog'dorchilik markazi hisoblanardi. Qashqadaryo va
Zarafshon vodiylarida g'alladan tashqari sholi ham yetishtirilardi. Xitoy
manbalarida qayd
etilishicha, V - V I asrlarda Sharqiy Turkiston va O'rta
O s iy o yerlarida paxta ekilardi. Paxta tolasidanto'qilgan oppoq va mayin
m atoga Xitoy bozorlarida talab katta bo'lgan. Chunki Xitoyda hali paxta
ekilmasdi. Aholining dashtliklarda yashovchi yarim ko'chmanchi qismi
chorvachilik, xususan, mayda va yirik shoxli hayvonlar boqish, tuyachilik,
tog'li va tog'oldi mintaqalarda esa yilqichilik bilan shug'ullanardi. Farg'ona
vodiysi hamon zotli arg'umoqlari bilan mashhur edi.
Yereaaliai.
Ziroatkoryerlarning katta qismi hali ham qishloq jamoalari
tasarrufida bo'lsa-da, ularning ma’lum birqismidehqonlarqo'lidato'plana
borgan. Natijada kashovarzlar
dehqonlar asoratiga tushib, kadivarlarga
aylan a borgan. Yaylovlarning asosiy qismi esa qabila va urug'jamoalari
ham da ularning oqsoqollari -
xvabulari
tasarrufida edi. Hozirda ham
Toshkentvohasi va Janubiy Qozog'iston yerlarining birqismini suv bilan
ta’m inlabturganZog‘ariq (Zovariq)va B o ‘zsuv, Samarqand viloyatijanu
biy tu manlarining asosiy suv manbayi
Darg'om kanali
V
asming eng yirik
sug'orish tarmoqlari hisoblanadi. Bu davrda o‘q, gupchak tishli g‘ildirakka
asoslangan suv inshootlari - charxpalak, chig'ir va boshqalardan foy-
dalanilgan. Xuddishu davrda Chag‘oniyon (Surxondaryo),
Samarqand,
Buxoro, Kesh (Shahrisabz), Naxshab (Qarshi)vaToshkentatroflari to'la
o'zlashtirilib, alohida dehqonchilik vohalari shakllandi. Keyinchalik mazkur
vohalarda yetakchilik qilgan mayda hokimliklar vujudga keldi.