O’zbekiston Xalqaro Islom Akademiyasi Xalqaro munosabatlar va zamonaviy siyosiy jarayonlar yo’nalishi 1 – kurs magistranti Eshonqulova Hurriyat
Mavzu: Yaponiya va Italiya munosabatlari
Italiya-Yaponiya munosabatlari - Italiya va Yaponiya o'rtasidagi ikki tomonlama diplomatik munosabatlar o’rnatilganligiga 1 asrdan oshdi. Bu ikki davlatlar o’rtasidagi dastlabki munosabatlar tarixdan ancha oldin bo’lganligi bizga ma’lum.
1582 yilda yapon katolik xristian daymyo Tensho elchixonasini Papa Gregori XIII ga yubordi. 1899 yilda mamlakatlar o'z qurolli kuchlarini Ixetuan qo'zg'olonini bostirish uchun Xitoyga jo'natdilar. 1914 yilda Birinchi Jahon urushi boshlandi, unda Italiya va Yaponiya Germaniya imperiyasi va uning ittifoqchilariga qarshi bir tomonda kurash olib borishdi.
1919 yilda Italiya Yaponiyaning buyuk davlatlarga qarshi irqiy tenglik haqidagi taklifini qo'llab-quvvatladi. 1918 yildan 1922 yilgacha Italiya va Yaponiya qo'shinlari Sibir va Uzoq Sharqdagi xorijiy harbiy aralashuvda qatnashdilar. 1940 yilda ikkala davlat ham Berlin paktini imzoladilar va Ikkinchi Jahon urushida bir tomonda qatnashdilar.
Italiya Tokiodagi elchixonasida Oliy mudofaa tadqiqotlari markazi (Casd) va Yaponiya Milliy mudofaa tadqiqotlari instituti (NID) o'rtasida strategik tadqiqotlar sohasida shartnoma imzolandi. Ambassador Giorgio Starace eaccompagnato dall'addetto Mudofaa, polkovnik Franchesko Giordano, ishtirok marosimi, NISD Prezident Tatsuo Yamamoto mehmonlar ko'rib, havo kuchlari polkovnik Takayasu Yamashita. Mutahassislar, Nids va Casdning ikkala hamkori mudofaa va xavfsizlik sohasida oliy menejmentga o'qitildi. O'zining kirish nutqida Elchi Yurak, General Casdning Prezidentiga minnatdorchilik bildirdi. CA Massimo Del Casale, shartnoma qanchalik muhim ta'kidlab, ushbu oy qimmatli ish uchun "yana bir mudofaa sohasida ikki mamlakat o'rtasida boshlangan jamlama hamkorlik uchun parcha, va o'rganish darajasida mos yozuvlar vositasi." Bugungi shartnomasi va "Mudofaa ikki vazirliklari o'rtasida hamkorlik va Birjalar memorandumiga natijasi, Tokio o'z tashrifi davomida Roberta Pinotti vaziri May 2017 imzolangan. "Bu Fransiya-Yaponiya hamkorligi strategik ahamiyatga ega», yanada dalil ", - elchisi Starace Mudofaa Bosh Kotibiyati tomonidan integratsiya Leonardo delegatsiya tasodif erishilgan bitim Yaponiya hamkasbi bilan o'qishga", deya qo'shimcha Mudofaa sohasidagi loyihalarda hamkorlik istiqbollari.
1987-yili Yaponiya tashqi siyosatiga bag‘ishlangan “Tashqi siyosat bo‘yicha Moviy kitob”da mazkur mamlakatning yangi dunyo tartiboti shakllanishidagi o‘rni ortib borayotgani qayd qilinadi. Butun er yuzida tinchlik va taraqqiyotni ta’minlamasdan, Yaponiyaning xavfsizligi va gullab-yashnashini kafolatlab bo‘lmaydi. Agar Yaponiya tashqi siyosatini doira deb olsak, ichki doira bu-yapon davlati nuqtai nazaricha, g‘oyat muhim bo‘lgan iqtisod, xavfsizlik va boshqa turli sohalarda vazifalarning bajarilishini ta’minlovchi mintaqaviy siyosat, tashqi doira esa, ushbu mintaqaviy siyosatni amalga oshirishda etarli shart-sharoitlar yaratuvchi dunyo miqyosidagi siyosatdir17. Albatta, har ikki omil o‘rtasida o‘zaro boqliqlik mavjud bo‘lib, hozirgi kunda Yaponiya tashqi siyosatida mintaqaviylik tendentsiyasi ustuvorlik qilmoqda18. Yaponiya tashqi siyosatida mintaqaviy tendentsiya mavjudligini sobiq bosh vazir R.Xasimoto so‘zlarida ham ko‘rish mumkin: “sovet-amerika qarama-qarshiliklari tugagandan so‘ng, dunyo iqtisodiyot, siyosat sohasida ham yagona bo‘lib qoldi. Ammo mintaqaviy nizolar xavfi mavjud”. F.Fukuyama fikricha, Janubiy Koreya, Yaponiya va Xitoy o‘rtasidagi nizolar, tushunmovchiliklar yaqin yillarda saqlanib qoladi. Ammo bu xavfning keskinligini pasaytirishda xalqaro muloqotning mavjud imkoniyatlaridan foydalanish lozim.
Bunday sharoitda Yaponiya tashqi siyosatining asosiy vazifasi mamlakat xavfsizligini, mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash bo‘ladi”. Yaponiya tashqi siyosatining “uch ustuni” a) butun dunyoda barqarorlik va tinchlikni ta’minlashga; b) rivojlanayotgan davlatlarni rivojlantirishga; v) global jamiyatning har bir fuqarosi farovonligiga yordam berish kerak. Yaponiya tashqi siyosatining tamoyillari quyidagilardan iborat: yadrosizlik bo‘yicha uch tamoyil; Yaponiya hech qachon harbiy davlat bo‘lmaydi; hamkorlik, o‘zaro aloqalarni kuchaytirishi kerak; OTOM bilan hamkorlik boshqalar uchun ochiq bo‘lishi kerak. Yaponiya harbiy davlat bo‘lmaydi, deb nomlangan tamoyil ko‘proq yapon jamoatchiligi uchun qaratilgan, negaki, Yaponiya harbiy xarajatlari katta miqdorni tashkil qilishi xalqaro hamjamiyatga ma’lum. 1990-yillar oxiridagi ma’lumotlar bo‘yicha Yaponiya harbiy salohiyatiga ko‘ra, dunyoning oltita harbiylashgan davlatlari qatoriga kirgan21. 2012-yil dekabrida hokimiyat tepasiga kelgan S.Abe ma’muriyati “mudofaa armiyasi”ni tuzishga intilishi bilan yuqoridagi tendentsiya mantiqan nihoyasiga etdi. 2013-yiilda Milliy xavfsizlik kengashi tuzildi. 2014moliya yilida mamlakatning harbiy byudjeti 2,2% oshdi (bu so‘nggi 18 yil ichidagi rekord ko‘rsatkich)22. Bunga albatta, mintaqadagi mavjud geosiyosiy vaziyat ta’sir qilgani ayon. Yaponiyaning terrorizmga qarshi kurashida asosiy omil – 2001-yil 29oktyabrda terrorizm bilan kurashish to‘g‘risida Qonun qabul qilindi. Ushbu qonun mamlakatning «o‘z-o‘zini mudofaa kuchlarini» davlat hududidan tashqaridagi aksilterror harakatlarda foydalanishiga huquqiy asos bo‘lib, ulardan front orti va gumanitar sohalarda foydalanish qayd etilgan. Qonun ushbu kuchlarning jangovar harakatlarning barcha ko‘rinishlaridagi ishtirokini taqiqlaydi. Qonun Yaponiyaning aksilterror koalitsiyadagi pozitsiyasini mustahkamlaydi. Tabiiyki, mazkur qonun mintaqada turlicha qarashlarni yuzaga keltirdi, ya’ni bu qonun «o‘z-o‘zini mudofaa kuchlarini» BMT mandatisiz, yolg‘iz Vashingtonning qarori asosida aksilterror guruh tarkibida keng ko‘lamli harbiy operatsiyalarda ishtirok etishga ham asos yaratadi. Yaponiya parlamenti tomonidan qabul qilingan «Tinchlikni ta’minlash va boshqa operatsiyalarni o‘tkazishda BMT bilan hamkorlik to‘g‘risida»gi Qonun «o‘z-o‘zini mudofaa kuchlari»ning BMT operatsiyalaridagi ishtirokini jiddiy chekladi: - nizoda ishtirok etayotgan har ikki tomon ham jangovar harakatlarni to‘xtatishga rozi bo‘lishlari kerak; nizoda ishtirok etayotgan barcha tomonlar tinchlikni ta’minlash operatsiyasini va unda Yaponiya harbiy qo‘shilmalarini qo‘llabquvvatlashi kerak; - nizoda BMT va Yaponiya o‘zaro muvozanatni saqlashi lozim; - ko‘rsatilgan shartlar bajarilmagan takdirda Yaponiya o‘z qo‘shilmalarini olib chiqib ketish huquqini saqlab qoladi; - quroldan foydalanish zaruriy mudofaa doirasida chegaralanadi23. Qonunga ko‘ra, tinchlikni saqlash operatsiyalarida ishtirok etayotgan ko‘shilmalardagi shaxsiy tarkib soni 2000 nafar kishi miqdorida chegaralangan. 2002-yil 3-5-noyabr kunlari Yaponiya sobiq Bosh vaziri J. Koidzumi Kombodjada o‘tgan ASEAN yig‘ilishida ishtirok etdi. Uchrashuv natijasiga ko‘ra, J.Koidzumi va ASEANga a’zo davlatlar rahbarlari 2003yilda Yaponiya ASEAN iqtisodiy hamkorligini mustahkamlash bo‘yicha muzokaralar boshlashiga kelishib oldilar. Tomonlar Yaponiya-ASEAN mamlakatlari o‘rtasida har tomonlama iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi faoliyat olib borishlarini qo‘shma Deklaratsiyada e’tirof etdilar. J. Koidzumi XXR, Janubiy Koreya delegatsiyasi rahbarlari bilan uchrashib, Shimoliy Koreya yadro dasturi xususida ham fikr almashdi. Sammit ishtirokchilari mintaqaviy xavfsizlik muammolari, integratsion jarayonlarni kuchaytirish orqali Sharqiy Osiyo mamlakatlarining iqtisodiy o‘sishini ta’minlash muammolarini qamrovli muhokama qildilar. Ko‘pchilik tahlilchilar fikricha, bu integratsiyaviy loyihada etakchilik rolini XXR bajarishi va u bilan Uzoq Sharq va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlaridan faqat Yaponiya raqobat qila olishi mumkin. Shunday ekan, loyihaning amalga oshishidan XXR manfaatdor. Erkin savdo hududlarining tashkil etilishi Pekinga katta foyda berishdan tashqari, XXR Yaponiyani Osiyo-Tinch okeani mintaqasi etakchisi pozitsiyasidan surib chiqarishi ehtimoli mavjud. Ammo AQSh o‘z ittifoqchisi Yaponiyani qo‘llab, uni Pekin bilan raqobatning cho‘zilishiga ta’sir etishi mumkin. XXRning mintaqaviy etakchiligiga Yaponiyaning urinishlarini qo‘llashda AQSh etarli asosga ega. Aslida, AQSh tomonidan amalga oshirilayotgan bunday harakat zamirida kengroq geosiyosiy landshaftni shakllantirish o‘z aksini topgan. Bundan tashqari, AQSh Osiyo qit’asi yoki Osiyoning biror mintaqasida biror-bir davlat ustuvorlik qilishini xohlamaydi24. Ana shunday omillar tufayli Yaponiya mavjud iqtisodiy salohiyatidan o‘zining siyosiy obro‘sini BMT faoliyati doirasida hamda xalqaro munosabatlarda nizolarni hal qilishda qatnashish orqali foydalanmoqda25. Yaponiyaning Afg‘onistonga 2002-yil uchun bergan yordami hajmi 282 mln. AQSh dollariga etib, bu bilan Yaponiya Tokio konferentsiyasida birinchi yilda va’da qilingan 250 mln. dollarni (500 mln. dan) bajardi. Yaponiya grantining katta qismi maktab, kasalxona infratuzilmalarini tiklashga sarflanadi. Shuningdek, 48,8 mln. AQSh dollari Afg‘oniston hukumatining ixtiyoriga beriladiю 2012-yil Tokioda bo‘lib o‘tgan konferentsiyada 70 ta mamlakatdan delegatsiyalar ishtirok etib, ular 2015-yilgacha Afg‘onistonga birgalikda 16 mlrd. AQSh dollari miqdorida yordam puli ajratishga qaror qilishdi. Yaponiya 2016-yilgacha bunga qo‘shimcha qilib 3 mlrd. AQSh dollariga teng mablag‘ ajratishini e’lon qildi. Yaponiya iqtisodiy qudratiga tayangan holda va BMT doirasida faol qatnashayotganidan foydalanib, o‘zining BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zoligiga kiritilishi to‘g‘risidagi masalani kun tartibiga qo‘yishi ehtimoli mavjud. 1997-yilda BMT sobiq Bosh kotibi Kofi Annan Yaponiyaning BMTning Isroil tomonidan bosib olingan Jo‘lan tepaliklari hududi, Kambodja va Mozambikda tinchlikni ta’minlashga qaratilgan operatsiyalarida faol ishtirok etganini ta’kidlab, Yaponiyaning Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi bo‘lishiga imkoni borligini aytib o‘tgani ham bu fikrning isboti sifatida baholanadi. Yaponiyaning BMT Xavfsizlik Kengashiga a’zo bo‘lishga intilishining yana bir sababi, agarda imkoniyat berilsa, o‘zining militaristik o‘tmishiga aloqador masalani ijobiy hal qilishdan iboratdir. Yaponiyaning bu boradagi sa’y-harakatini AQSh ham qo‘llabquvvatlagan. Chunonchi, bu to‘g‘rida sobiq bosh vazir T.Fukuda AQSh sobiq prezidenti J.Karter bilan 1977-yili Vashingtonda kelishgan edi. Bayon etilgan natijalarida Yaponiya tashqi siyosatining vositalari nihoyatda xilma-xilligi hamda ko‘p qirraliligi namoyon bo‘ladi. Bu esa Yaponiya dunyoning siyosiy etakchi mamlakatlaridan biri bo‘lishiga erishishni ko‘zlaganini ko‘rsatadi. Bu maqsadga etishning yana bir vositasi bu – “Taraqqiyotga rasmiy yordam” dasturidir. Zero, Yaponiya rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam berish borasida dunyoda etakchi mavqega ega.
Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish joizki, rivojlanayotgan davlatlarga yordam berish uchun Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi zarur mablag‘ bilan ta’minlangan32. Yaponiya tashqi siyosatida yordam olayotgan (retsipient) mamlakatlar bilan munosabatini rivojlantirishda ma’lum me’yoriy talablar shakllangan. Buni Yaponiyaning qaysi mamlakat bilan qanday munosabatda bo‘lishi oydinlashtiradi. Odatda, bunday munosabatlarga an’anaviy omillarning quyidagi uch guruhi ta’sir qiladi: a) bo‘lajak sherik davlatning “kuchlar majmui”, uning jahon siyosatiga ta’siri baholanadi; b) Yaponiya bilan bo‘lgan ikki tomonlama munosabatida siyosiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalardagi hamkorlik rivoji e’tiborga olinadi. Munosabatlarning Yaponiya xavfsizligini ta’minlashi hisobga olinib, harbiy jihatlari ajralib turadi; v) nihoyat, yuqoridagi omillarning har ikki guruhi Yaponiyaning umumiy tashqi siyosiy yo‘nalishi bilan taqqoslanib, qaysi mamlakatda yapon elchixonasini ochish mumkinligi aniqlanadi, xodimlar soni belgilanadi33. Bu an’ana hozirgacha o‘z kuchini yo‘qotgani yo‘q, ushbu tartib asosida Yaponiya tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlari belgilab kelinmoqda. Yaponiyaning AQSh, Yevropa davlatlari bilan munosabatlari rivojlanishi hamda mustahkamlanishi asosida uning ichki siyosati manfaatlari mujassamlashgan. Bunday tendentsiyaning boshlanishini shartli ravishda XIX asr oxirlaridan hisoblash mumkin. U davrda Yaponiya kuchsiz davlat bo‘lib, xalqaro munosabatlarda ikkinchi darajali rol o‘ynar edi. 1887-yili Yaponiya Tashqi ishlar vaziri K.Inoue «...Imperiyamizni Yevropacha imperiyaga aylantiramiz. Kelinglar, xalqimizni Yevropacha xalqqa aylantiramiz. Sharqiy dengizda Yevropacha yangi imperiya quramiz...», - degan da’vatlar bilan chiqkan edi. Buning asl mohiyati shunda ediki, ijtimoiy-iqtisodiy tuzilmalarni tubdan qayta qurmay turib, Yaponiya xalqaro munosabatlarda tengma-teng hamkorlik qila olmas edi. Yaponiya kuchli davlat bo‘lish maqsadiga erishish uchun G‘arb mamlakatlari bilan majburiy bo‘ysunish va chap berishlar diplomatiyasini olib bordi. Bu diplomatiya “ojizlik diplomatiyasi (nanyaku gayko)” yoki “geysha diplomatiyasi (geysya gayko)” nomini oldi. Yaponiyaning kelgusi taraqqiyoti to‘g‘risida mamlakat siyosiy namoyandalari vakili Bosh vazir S.Yosida 50-yillarning o‘rtalarida quyidagi kontseptsiyani o‘rtaga tashlagan: “...qurolli kuchlarga ketayotgan sarf-xarajatlarni qisqartirib bo‘lsa ham iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash zarur”. Urushgacha bo‘lgan “Mamlakat taraqqiyotini kuchli armiya ta’minlaydi” shiori (“fukoku dzyakuxey”) “G‘arbiy kuchlarni kamaytirish orqali mamlakat taraqqiyotini ta’minlash” (“fukoku kexey”) shioriga almashtirildi36. Va qolaversa, mudofaa masalalari AQShga ishonib topshirildi. Aynan shu vaqtdan Yaponiyaning AQShga muayyan darajada tobeligi boshlandi. Chunki yapon hukmron doiralari Yaponiyaning jahon hamjamiyatida kuchli davlat bo‘lishi uchun boshqa yo‘l yo‘q, degan qarorga kelishdi. Lekin bu yo‘nalish vaqti kelganda, qayta ko‘rilishi mumkin. “Yaponiyaning AQShga nisbatan siyosati Yaponiya iqtisodi yaxshilanishi hamda uning xalqaro mavqei va o‘z-o‘ziga nisbatan hurmatininig o‘sishi bilanoq o‘zgarishi kerak”, deb ta’kidlagan S.Yosida37. AQSh gegemoniyasi Yaponiya uchun 3 jihatga ega: rasmiy Vashingtonning global strategiyasi asosida uni himoya qiladi; mamlakatda AQSh harbiy bazalari joylashadi. Natijada Tokio katta harbiy xarajatlardan xalos bo‘ladi38. Mudofaa masalalarining AQSh ixtiyoriga topshirilishiga yana bir sabab shuki, Yaponiyaning urushdan keyin 1947-yil 3-mayda kuchga kirgan Konstitutsiyaning 9-moddasida qurolli kuchlar tuzilishi taqiqlangan edi. Lekin real voqelik mazkur Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish zarurligini taqozo etdi. Chunki xalqaro munosabatlarda «sovuq urush» tendentsiyasining paydo bo‘lishi tinchliksevar yapon Konstitutsiyasi mualliflari oldiga bir qancha dolzarb vazifalarni ko‘ndalang qo‘ydi (Asosiy qonunni tayyorlashda amerikalik mutaxassislar ishtirok etishgan). Bular quyidagilardan iborat: a) Yaponiya Osiyoda AQShning «cho‘kmas aviatashuvchisi» vazifasini bajarishi kerak bo‘ldi; b) Yaponiya o‘zini SSSR, XXR, KXDR kabi kuchli va xavfli qo‘shnilar xalqasida deb hisoblagani uchun ham o‘z xavfsizligini ta’minlashni o‘ylay boshladi. 1950-yil may oyida boshlangan Koreya yarim orolidagi urush sabab bo‘lib, yapon hukmron doiralari okkupatsiyaviy qo‘shinlar shtabidan «75 ming nafar kishilik rezerv politsiya korpusi»ni tuzishga ruxsatnoma oldi. Bu korpus ikki yildan so‘ng «xavfsizlik korpusi»ga aylantirilib, shtatlar soni 1,5 barobarga ko‘paytirildi. 1954-yil iyulida parlament «xavfsizlik korpusini» «o‘z- o‘zini himoya kuchlari»ga o‘zgartirish to‘g‘risidagi qonunni tasdiqladi. «o‘z-o‘zini himoya kuchlari»ga quruqlikdagi, shuningdek, harbiy-havo, harbiy-dengiz kuchlari kiradi. Yaponiya AQSh ko‘magida mintaqada zamonaviy armiya tuzdi. Yaponiyaning 1976-yilda qabul qilingan Mudofaa doktrinasiga binoan “o‘z-o‘zini himoya kuchlari” davlat suverenitetiga tashqaridan bo‘ladigan kichik ko‘lamdagi tajovuzga qarshi javob berishi kerak. Ushbu kuchlarning davlat chegarasidan tashqarida harakat qilishi konstitutsiyaviy jihatdan noqonuniy hisoblanar edi. Yaponiya hukmron doiralarining konstitutsiyani qayta ko‘rib chiqishga intilishi 2001-yil 24-aprelda J.Koidzumi boshchiligida tuzilgan vazirlar mahkamasi faoliyatida ko‘zga tashlandi. J.Koidzumi “o‘z-o‘zini himoya kuchlari”ni qonundan tashqarida bo‘lib qolgan «kulgili» vaziyat deb izohladi. Mudofaa masalalari bo‘yicha hukmron LDP qo‘mitasi 2001-yil martida konstitutsiyani qayta ko‘rib chiqish muammolari yuzasidan parlament komissiyasi va hukumatga “Yaponiya milliy xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha asosiy qonun” bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflarini taqdim etdi39. Unda kollektiv mudofaa huquqini ishlatish sohalari va shartlari aniq belgilangan bo‘lishi ta’kidlanadi. Mavjud cheklanishlarni yumshatish zaruriyatini LDP birinchi navbatda, xalqaro vaziyat o‘zgarishi tufayli mamlakatning AQSh bilan birgalikda OsiyoTinch okeani mintaqasida, umuman, butun dunyoda barqarorlikni ta’minlashdagi hissasini ko‘paytirish zaruriyati bilan asosladi. Konstitutsiyani qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha parlament komissiyalarini tuzish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingandan keyin muxolifatda o‘zgarishlar yuz berdi. Yaponiya demokratik partiyasi, muammoni o‘rganish jarayonida Konstitutsiyada kollektiv mudofaa huquqining aniq bayon etilishi zarurligini ta’kidladi. Liberal partiya (keyinroq Demokratik partiyaga qo‘shiladi) 9moddaning tinchlikparvarlik g‘oyalariga sodiqligi muhimligini e’tirof etgan holda, asosiy qonunda “o‘z-o‘zini himoya kuchlari”ning vakolatlari aniq belgilanishi zarurligini ta’kidladi. Partiya “o‘z-o‘zini himoya kuchlari”ning BMT doirasidagi ishtirokini oshirish tashabbusi bilan chiqdi. Yaponiya Kompartiyasi “o‘z-o‘zini himoya kuchlari” noqonuniy ekanini ta’kidlagan holda, o‘zining XXII s’ezdida (2000-yil, noyabr) bu kuchlardan favqulodda holatlarda, hujumdan himoya, keng ko‘lamli tabiiy ofatlarning oqibatlarini bartaraf etishda foydalanish zaruriyatini e’tirof etdi. Yaponiya jamiyatining mamlakatni BMT XK doimiy a’zosi bo‘lishga munosabati turlichadir. Jamiyat bu masala bo‘yicha qutblashgan: ko‘pchilik yaponlar (70 % oshig‘i) Yaponiya o‘z hududidan tashqaridagi harbiy operatsiyalarda ishtirok etish majburiyatini olmaslik sharti bilan BMT XK ga a’zo bo‘lishini ma’qullaydi. Ozchilik esa konstitutsiyadagi cheklashlarni bekor qilish tarafdori. Yaponiya hukmron doiralari va partiyalarning Konstitutsiyani qayta ko‘rib chiqish muammosiga bo‘lgan yondashuvlari tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, bu soha bo‘yicha munozaralar quyidagi asosiy yo‘nalishlarda davom etadi: Asosiy qonunning 9-moddasiga o‘zgartirishlar kiritish; davlat institutlari tizimida “o‘z-o‘zini mudofaa kuchlari”ning o‘rni; kollektiv mudofaa huquqining qo‘llanilishi; BMT bayrog‘i ostida terrorizmga qarshi kurash, tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha faoliyatda ishtirok etish. Shuningdek, Konstitutsiyaning 96-moddasi uni qayta ko‘rib chiqish imkoniyatining asosiy omili sifatida xizmat qiladi. Ushbu modda bo‘yicha Yaponiya asosiy qonuniga o‘zgartirishlar kiritish parlament har ikkala palatasi deputatlarining uchdan ikki qismi roziligi bilangina amalga oshiriladi. Shundan so‘ng umumyapon referendumida uning uchun ko‘pchilik ovoz berishi kerak bo‘ladi. Yaponiya oldida turgan vazifalar o‘zaro dialektik bog‘liqligi bilan ajralib turadi. Xususan, Yaponiya tashqi siyosatida shunday tendentsiyaning yuzaga kelishi unda mintaqaviy va dunyo miqyosda tashqi siyosiy yo‘nalish ustuvorlik qilib, bunday siyosatning asosiy maqsadi mamlakat oldida turgan strategik vazifa, ya’ni Yaponiyaning xalqaro miqyosdagi siyosiy salohiyatini undagi mavjud iqtisodiy salohiyat darajasiga ko‘tarish vazifasi turibdi. Garchi iqtisodiy o‘zgarishlar ro‘y bergan bo‘lsa-da, bu vazifa o‘z dolzarbligini yo‘qotgani yo‘q. “Sovuq urush”ning tugashi hamda Yaponiyaning tashqi iqtisodiy aloqalarda mavqei kuchayishi munosabati bilan g‘arbdagi sheriklar “Yaponiya iqtisodiy tizimi - bozor iqtisodiyoti va kapitalizm falsafasidan og‘ish emas, balki umuman boshqa qadriyatlar va falsafaga asoslangan”, deya e’tirof eta boshladilar. Shuningdek, byurokratiyaning rolini pasaytirish, yapon bozorini chet el mollari va sarmoyalariga ochishni ta’minlaydigan islohotlar o‘tkazish talabi ham paydo bo‘ldi. Yaponiyadagi aynan mansublik masalasiga bo‘lgan munosabatlarga Osiyo-Tinch okeani mintaqasining geosiyosiy tarkibi ham ta’sir etmoqda. Birinchidan, bu AQSh bilan o‘rnatilgan harbiy-siyosiy ittifoq. Ikkinchidan, mintaqada AQSh, RF, XXR o‘rtasidagi raqobat. Uchinchidan, yangi va eski iqtisodiy etakchilar – Yaponiya, AQSh, ASEAN va XXRning “to‘rtburchakli” integratsiyaviy intilishlari. Britaniyalik yaponshunos G.Xukning ta’kidlashicha, Yaponiya, AQSh va Sharqiy Osiyo o‘rtasidagi uch tomonlama munosabatlar mintaqadagi globallashuv tabiatining timsoli bo‘lib, Vashington va Yaponiyaning Osiyoda globallashuvini o‘z ichiga oladi. Yaponiya o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, Osiyo va G‘arb dunyosi o‘rtasida vositachilik rolini o‘ynamoqda. Bunga misol tariqasida Tokioning 1994-yil Bogorda (Indoneziya) mintaqa etakchilari uchrashuvida faolligini aytish mumkin. Ma’lumki, o‘shanda rasmiy Vashington erkin savdo tamoyili va institutsional yondashuv, Osiyo mamlakatlari esa o‘zlariga xos an’anaviy konsensus tarafdori edi. Tokioning vazifasi ikkala pozitsiyani yaqinlashtirish edi. Natijada Yaponiya Indoneziya yordamida industrial davlatlar uchun 2010 yil, rivojlanayotgan davlatlar uchun 2020-yilga kelib erkin iqtisodga erishish kontseptsiyasini qabul qildi.
2014 yil iyun oyida Rimda Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe va Italiya bosh vaziri Matteo Renzi o'rtasida rasmiy muzokaralar bo'lib o'tdi. 2016 yilda mamlakatlar diplomatik munosabatlar o'rnatilganiga 150 yil to'ldi. Italiya va Yaponiya G7 va G20 a'zolari sanaladi.
Yaponiya Italiyaning Yevropa Ittifoqidan tashqaridagi mamlakatlar orasida oltinchi yirik savdo sherigidir. 2018 yilda Italiya Yaponiyaga 6,6 milliard evrolik mahsulot eksport qildi va 4,2 milliard evrolik mahsulot import qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |