O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarni yoki ularning



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

3-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarni yoki ularning 
qismlarini ushbu Kodeksning qoidalariga muvofiq emas deb 
topish 
Normativ-huquqiy hujjat yoki uning qismi, agar mazkur hujjatga nisbatan 
quyidagi shartlardan loaqal bittasi bajarilsa, ushbu Kodeksning qoidalariga muvofiq 
emas deb e’tirof etiladi: 
1) hujjat ushbu Kodeksga muvofiq bunday hujjatni qabul qilish huquqiga ega 
bo’lmagan organ tomonidan qabul qilingan bo’lsa yoxud normativ-huquqiy 
hujjatlarni qabul qilishning belgilangan tartibi buzilgan holda qabul qilingan bo’lsa; 
2) soliq munosabatlari sub’ektlarining huquqlarini bekor qilsa yoki cheklasa; 
3) soliq munosabatlari sub’ektlari harakatlarining ushbu Kodeksda belgilangan 
asoslarini, shartlarini, ketma-ketligini yoki tartibini o’zgartirsa; 
4) ushbu Kodeksda taqiqlangan harakatlarga ruxsat bersa yoki yo’l qo’ysa; 
5) ushbu Kodeksning normalariga yoki muayyan qoidalarining mazmuniga 
boshqacha tarzda zid bo’lsa. 
Normativ-huquqiy hujjat yoki uning qismi ular qabul qilingan sanadan 
e’tiboran ushbu Kodeksga muvofiq emas deb e’tirof etiladi. 
Normativ-huquqiy hujjatlar yoki ularning qismlari sud tartibida ushbu 
Kodeksga muvofiq emas deb e’tirof etiladi. 
Ushbu Kodeksga muvofiq bo’lmagan normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan 
organ yoki uning yuqori turuvchi organi bu hujjatni u sudda ko’rib chiqilguniga 
qadar bekor qilishga yoki unga zarur o’zgartishlar kiritishga haqli. 
4-modda. Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining vaqt 
bo’yicha amal qilishi 
 
Soliq solish, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, 
soliq majburiyatlari yuzaga kelgan paytda amalda bo’lgan qonun hujjatlariga 
muvofiq amalga oshiriladi. 
Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, soliq 
to’g’risidagi qonun hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga 
kiritilganidan keyin yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan qo’llaniladi. 
Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikni bekor 
qiladigan yoki engillashtiradigan soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari orqaga qaytish 
kuchiga ega. 
Soliqlar va yig’imlarni bekor qilishni, soliqlar va yig’imlarnining stavkalarini 
kamaytirishni, soliq to’lovchilarning majburiyatlarini bekor qilishni yoki ularning 
ahvolini boshqacha tarzda engillashtirishni nazarda tutuvchi soliq to’g’risidagi 
qonun hujjatlari, agar bu soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarida to’g’ridan-to’g’ri 



nazarda tutilgan bo’lsa, orqaga qaytish kuchiga ega bo’lishi mumkin, bundan ushbu 
moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. 
Yangi soliqlar belgilanishini nazarda tutuvchi soliq to’g’risidagi qonun 
hujjatlari rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kamida uch oy o’tgach amalga 
kiritiladi. Soliq imtiyozlarini bekor qilishni, yangi majburiyatlarni joriy etishni, soliq 
to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik choralarini 
kuchaytirishni yoki soliq munosabatlari sub’ektlarining holatini boshqacha tarzda 
og’irlashtirishni nazarda tutuvchi soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari ham huddi 
shunday tartibda amalga kiritiladi. 
Soliqlar va yig’imlar stavkalarining o’zgartirilishini nazarda tutuvchi soliq 
to’g’risidagi qonun hujjatlari, agar ularda kechroq muddat ko’rsatilmagan bo’lsa, 
ular rasmiy e’lon qilingan oydan keyingi oyning birinchi kunidan e’tiboran amalga 
kiritiladi. 
Ushbu moddaning beshinchi va oltinchi qismlarida ko’rsatilmagan soliq 
to’g’risidagi qonun hujjatlari, agar hujjatlarning o’zida kechroq muddat 
ko’rsatilmagan bo’lsa, rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish