O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Lozim darajada ehtiyotkorlik



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

16-modda. Lozim darajada ehtiyotkorlik 
Soliq munosabatlarida soliq to’lovchilar kontragentlarni tanlash chog’ida 
ularning soliq organlarida soliq to’lovchilar sifatida hisobga qo’yilganligini, 
kontragentning ishbilarmonlik obro’sini, ishlab chiqarish bazasi va xodimlari 
mavjudligini, moliyaviy holatini, bitim bo’yicha majburiyatlarni bajarish 
qobiliyatini tekshirib, lozim darajada ehtiyotkor bo’lishi shart. 
Soliq to’lovchi tomonidan uning oldidagi o’z majburiyatlarini bajarmagan 
shaxslar bilan tuzilgan bitimlar bo’yicha qilingan xarajatlar (ko’rilgan zararlar), agar 
ushbu soliq to’lovchi bitim tuzayotganda lozim darajada ehtiyotkorlik ko’rmagan 
bo’lsa, soliq solish maqsadida e’tirof etilmaydi. 
2-BOB. 
SOLIQLAR 
VA 
YIG’IMLAR. 
O’ZBEKISTON 
RESPUBLIKASIDA SOLIQLAR VA YIG’IMLAR TIZIMI 
 
17-modda. Soliqlar va yig’imlar 
Soliq deganda ushbu Kodeksda belgilangan, O’zbekiston Respublikasining 
davlat byudjetiga yoki davlat maqsadli jamg’armasiga (bundan buyon matnda 
byudjet tizimi deb yuritiladi) to’lanadigan majburiy yakka tartibdagi beg’araz to’lov 
tushuniladi. 
Yig’im deganda byudjet tizimiga ushbu Kodeksda belgilangan majburiy to’lov 
tushuniladi, bu yig’imning to’lanishi uni to’lovchi shaxsga nisbatan vakolatli organ 
yoki uning mansabdor shaxsi tomonidan yuridik ahamiyatga ega harakatlarni 
amalga oshirish, shu jumladan unga muayyan huquq yoki ruxsat etuvchi hujjatlarni 
berish shartlaridan biri bo’ladi. 
Shaxsning zimmasiga sud tartibida yuklatilgan jarimalar va boshqa to’lovlar, 
shuningdek qonunda belgilangan hollarda mulkni musodara qilish va boshqacha 
tarzda olib qo’yish soliqlar yoki yig’imlar jumlasiga kirmaydi. 
18-modda. Soliqlarning va yig’imlarning turlari 
O’zbekiston Respublikasi hududida quyidagi soliqlar belgilanadi: 
1) foyda solig’i; 
2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i; 
3) qo’shilgan qiymat solig’i; 
4) aktsiz solig’i; 
5) er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq; 
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; 
7) mol-mulk solig’i; 
8) er solig’i; 
9) yagona ijtimoiy soliq. 


10 
O’zbekiston Respublikasi hududida yig’imlar belgilanishi mumkin. 
Yig’imlarni joriy etish, hisoblab chiqarish va to’lash tartibi soliq to’g’risidagi qonun 
hujjatlarida belgilanadi. 
Avtotransport yig’imini hisoblab chiqarish va to’lash tartibi ushbu Kodeks 
bilan tartibga solinadi. 
Davlat boji – yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik va 
(yoki) bunday harakatlar uchun vakolatli muassasalar va (yoki) mansabdor shaxslar 
tomonidan hujjatlarni berganlik uchun olinadigan to’lovdir. O’zbekiston 
Respublikasining konsullik muassasalari tomonidan konsullik harakatlarini amalga 
oshirganlik uchun davlat boji konsullik yig’imi tariqasida undiriladi. 
Davlat bojini hisoblab chiqarish va undirish tartibi davlat boji to’g’risidagi 
qonun hujjatlarida belgilanadi. 
Soliq to’lovchilarning ayrim toifalari uchun O’zbekiston Respublikasi 
hududida ushbu Kodeks bilan maxsus soliq rejimlari belgilanadi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish