O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari va xalqaro



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

6-modda. Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari va xalqaro 
shartnomalar
Agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O’zbekiston 
Respublikasining soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan 
boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi. 
Xalqaro shartnomada O’zbekiston Respublikasi tarafidan belgilangan vakolatli 
organ xalqaro shartnoma qoidalariga muvofiq chet davlatning vakolatli organiga 
chet davlatning soliq to’lovchisi tomonidan O’zbekiston Respublikasida 
bajarilmagan soliq majburiyati bajarilishi kerakligi haqida so’rov yuborishga haqli. 
So’rov O’zbekiston Respublikasidagi manbalardan olinadigan daromadlar bo’yicha 
soliq majburiyatlari O’zbekiston Respublikasining norezidenti bo’lgan yuridik 
shaxs tomonidan, shuningdek O’zbekiston Respublikasining norezidenti bo’lgan 
shu yuridik shaxsning doimiy muassasasi tomonidan bajarilmagan yoki to’liq 
bajarilmagan taqdirda, ushbu Kodeksda belgilangan majburiy undirish choralari 
qo’llanilganidan keyin chet davlatning vakolatli organiga yuboriladi. 
 
 



7-modda. Soliq solishga oid xalqaro shartnomalarning qo’llanilishi
O’zbekiston Respublikasining soliq solish masalalariga doir xalqaro 
shartnomalari va xalqaro soliqqa oid huquqning umumiy normalarini qo’llash ushbu 
moddada belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
O’zbekiston Respublikasi tomonlardan biri bo’lgan, ikki yoqlama soliq 
solishning oldini olish va soliqlarni to’lashdan bo’yin tovlashni bartaraf etish 
masalalarini tartibga soladigan xalqaro shartnoma qoidalari shunday shartnomani 
tuzgan bir yoki har ikki davlatning soliq rezidentlari bo’lgan shaxslarga nisbatan 
qo’llaniladi. 
Ushbu modda ikkinchi qismining qoidalari xalqaro shartnoma tuzilgan 
davlatning soliq rezidentiga nisbatan, agar soliq rezidenti ushbu xalqaro shartnoma 
qoidalaridan mazkur shartnoma tuzilgan davlatning soliq rezidenti bo’lmagan 
boshqa shaxs manfaatlarini ko’zlab foydalansa, tatbiq etilmaydi. 
Ushbu modda beshinchi – o’n ikkinchi qismlarining qoidalari xalqaro 
shartnomaga muvofiq to’lov manbaidan daromad olish uchun haqiqiy huquqqa ega 
bo’lgan shaxsni aniqlash uchun qo’llaniladi. 
Yuridik shaxs tomonidan to’lanadigan daromadlarga xaqiqiy huquqqa ega 
bo’lgan shaxs deb, ushbu daromadlardan mustaqil ravishda foydalanish va (yoki) 
ularni tasarruf etish huquqiga ega bo’lgan shaxs yoxud uning manfaatlarini ko’zlab 
bunday daromadlarni tasarruf etishga vakolatli bo’lgan o’zga shaxs e’tirof etiladi. 
Bunda, bu huquq ushbu yuridik shaxsda bevosita va (yoki) bilvosita ishtirok etishi 
yoki uning nazoratida bo’lganligi yoxud boshqa holatlar tufayli yuzaga kelganligi 
ahamiyatga ega bo’lmaydi. 
Yuridik shaxs tashkil etmagan tuzilmaning daromadlariga haqiqiy huquqqa ega 
bo’lgan shaxs xuddi shunday tartibda aniqlanadi. 
Daromadlarga haqiqiy huquqqa ega bo’lgan shaxsni aniqlashda ushbu 
moddaning beshinchi qismida ko’rsatilgan shaxslar tomonidan bajariladigan 
funktsiyalar, shuningdek ular qabul qiladigan tavakkalchiliklar inobatga olinadi. 
Agar, O’zbekiston Respublikasidagi manbalardan olinadigan daromadlarga 
nisbatan chet ellik shaxs cheklangan vakolatlarga ega bo’lsa, hech qanday boshqa 
vazifalarni bajarmasa va hech qanday tavakkalchilikni o’z zimmasiga olmasa, 
bunday daromadlarni bevosita yoki bilvosita boshqa shaxsga to’lagan (to’liq yoki 
qisman) holda, ushbu boshqa shaxsning manfaatlarini ko’zlab mazkur daromadlarga 
nisbatan vositachilik vazifalarini amalga oshirsa, bu chet ellik shaxs O’zbekiston 
Respublikasidagi manbalardan olinadigan daromadlar uchun haqiqiy huquqqa ega 
deb e’tirof etilmaydi. 
O’zbekiston Respublikasidagi manbalardan daromadlarni bunday daromadlar 
uchun haqiqiy huquqqa ega bo’lmagan chet ellik shaxsga to’lash chog’ida, agar 
to’lov manbaiga bunday daromadlar (ularning bir qismi) uchun haqiqiy huquqqa ega 
shaxs ma’lum bo’lsa, to’lanayotgan daromadga soliq solish quyidagi tartibda amalga 
oshiriladi: 
1) agar to’lanayotgan daromadlarga (ularning bir qismiga) haqiqiy huquqqa ega 
bo’lgan shaxs O’zbekiston Respublikasining soliq rezidenti bo’lsa, to’lanayotgan 



daromadga (uning bir qismiga) soliq solish, O’zbekiston Respublikasining soliq 
rezidentlariga nisbatan ushbu Kodeks qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. 
Bunda, to’lanayotgan daromadlarga (ularning bir qismiga) taalluqli soliq, agar to’lov 
manbai o’zi hisobga olingan joydagi soliq organini xabardor qilgan bo’lsa, to’lov 
manbai tomonidan ushlab qolinmaydi. Bunday xabardor etish tartibi O’zbekiston 
Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan belgilanadi; 
2) agar to’lanayotgan daromadlarga (ularning bir qismiga) haqiqiy huquqqa ega 
bo’lgan shaxs soliq solish masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi bilan 
amaldagi xalqaro shartnoma mavjud bo’lgan davlatning (hududning) soliq rezidenti 
bo’lsa, to’lanayotgan daromadlarga (ularning bir qismiga) soliq solishga nisbatan 
mazkur xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi. 
Ko’rsatilgan qoidalar, basharti daromadlar to’lanadigan va bu daromadlarga 
haqiqiy huquqqa ega bo’lmagan shaxsning doimiy turgan joyi soliq solish masalalari 
bo’yicha O’zbekiston Respublikasi bilan amaldagi xalqaro shartnomaga ega bo’lgan 
davlat (hudud) bo’lsa, qo’llaniladi. 
Agar daromadlar to’lanadigan va bu daromadlarga haqiqiy huquqqa ega 
bo’lmagan shaxsning doimiy turgan joyi soliq solish masalalari bo’yicha 
O’zbekiston Respublikasi bilan amaldagi xalqaro shartnomaga ega bo’lmagan 
davlat (hudud) bo’lsa, soliq to’lov manbaida mazkur Kodeks bilan belgilangan soliq 
stavkalari bo’yicha ushlab qolinadi. 
Agar bunday daromadlar ushbu daromadlarga haqiqiy huquqqa ega bo’lmagan 
va bu daromadlarga (ularning bir qismiga) haqiqiy huquqqa ega bo’lgan shaxs qaysi 
davlat (hudud) rezidenti ekanligi o’ziga ma’lum bo’lmagan shaxsga to’lansa, to’lov 
manbaidagi soliq ham shu stavkalar bo’yicha ushlab qolinadi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish