O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Bojxona organlarining hamda boshqa vakolatli organlarning



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

29-modda. Bojxona organlarining hamda boshqa vakolatli organlarning 
huquq va majburiyatlari 
 
Tovarlar va avtotransport vositalarini O’zbekiston Respublikasining bojxona 
chegarasi orqali olib o’tishda bojxona organlari O’zbekiston Respublikasining 
bojxona to’g’risidagi qonun hujjatlariga, ushbu Kodeksga hamda boshqa qonun 
hujjatlariga muvofiq soliq va yig’imlarni undirish bo’yicha huquqlardan foydalanadi 
hamda majburiyatlarni o’z zimmasiga oladi. 
Yig’imlarni undirishga doir vazifalarni amalga oshiruvchi davlat organlarining 
hamda tashkilotlarning huquq va majburiyatlari ushbu Kodeks hamda boshqa qonun 
hujjatlari bilan tartibga solinadi. 
30-modda. Soliq siri 
 
Vakolatli organlar tomonidan soliq to’lovchi to’g’risida olingan har qanday 
ma’lumot soliq sirini tashkil etadi, bundan quyidagi ma’lumotlar mustasno: 
1) umumfoydalanish imkoni bo’lgan, shu jumladan ma’lumotlar egasi bo’lgan 
soliq to’lovchining roziligi bilan shunday foydalanish imkoni yaratilgan 
ma’lumotlar; 
2) soliq to’lovchining identifikatsiya raqami to’g’risidagi ma’lumotlar; 
3) soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining buzilishlari va bu buzilishlar uchun 
javobgarlik choralari to’g’risidagi ma’lumotlar; 
4) O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq boshqa 
davlatlarning soliq organlariga yoki boshqa tegishli organlariga taqdim etiladigan 
ma’lumotlar (ushbu ma’lumotlarning organlarga taqdim etilgan qismi); 
5) soliq to’lovchilar tomonidan qo’llaniladigan maxsus soliq rejimlari va 
qo’shilgan qiymat solig’ini to’lovchilar sifatida hisobga qo’yilganlik to’g’risidagi 
ma’lumotlar; 
6) to’langan soliqlarning va soliq qarzining summalari haqidagi ma’lumotlar; 
7) yuridik shaxsning ishtirokchilari (a’zolari) to’g’risidagi ma’lumotlar; 
8) xodimlarning o’rtacha ro’yxatdagi soni to’g’risidagi ma’lumotlar; 
9) moliyaviy hisobot ma’lumotlari bo’yicha daromadlar va xarajatlar 
summalari to’g’risidagi ma’lumotlar; 
10) soliq to’lovchining soliqqa oid huquqbuzarliklari, shu jumladan 
qo’shimcha hisoblangan soliq summalari, soliq organlari tomonidan soliq 
to’lovchiga nisbatan qo’llanilgan moliyaviy sanktsiyalar va soliqlarni to’lashdan 
bo’yin tovlash sxemalarini qo’llashi to’g’risida ma’lumotlar.
Soliq siri davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari va jalb etiladigan 
mutaxassislar, ekspertlar tomonidan oshkor etilmasligi kerak, bundan qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno. 
Soliq sirini oshkor etish jumlasiga, xususan, soliq to’lovchining tijorat sirini 
(ishlab chiqarish sirini) tashkil etuvchi va davlat organining mansabdor shaxsiga, 


20 
jalb etilgan mutaxassiga yoki ekspertga ular o’z majburiyatlarini bajarishi chog’ida 
ma’lum bo’lib qolgan axborotdan foydalanish yoki uni boshqa shaxsga berish kiradi. 
Davlat organlariga kelib tushgan, soliq sirini tashkil etadigan ma’lumotlar 
saqlash va foydalanishning maxsus rejimiga ega bo’ladi. 
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan belgilanadigan 
mansabdor shaxslar soliq sirini tashkil etuvchi ma’lumotlardan foydalanish 
imkoniyatiga ega bo’ladi.
Soliq sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar mavjud bo’lgan hujjatlarning 
yo’qolganligi yoxud bunday ma’lumotlarning oshkor etilganligi qonun hujjatlarida 
nazarda tutilgan javobgarlikka sabab bo’ladi. 
Ushbu moddaning qoidalari soliq to’lovchilar to’g’risidagi ma’lumotlarni 
kiritishni va ularga ishlov berishni amalga oshiradigan O’zbekiston Respublikasi 
Davlat soliq qo’mitasi tasarrufidagi tashkilotlar tomonidan olingan ma’lumotlarga, 
shuningdek mazkur tashkilotlarning xodimlariga nisbatan tatbiq etiladi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish