O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

 
24-modda. Soliq agentlari 
Ushbu Kodeksga muvofiq zimmasiga soliqlarni hisoblab chiqarish, soliq 
to’lovchidan ushlab qolish va byudjet tizimiga o’tkazish majburiyati yuklatilgan 
shaxslar soliq agentlari deb e’tirof etiladi.
Soliq agentlari, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan 
bo’lsa, soliq to’lovchilar kabi huquqlarga ega bo’ladi. 
Soliq agentlari: 
1) soliqlarni to’g’ri va o’z vaqtida hisoblab chiqarishi, ushlab qolishi hamda 
byudjet tizimiga o’tkazishi; 
2) soliq organlariga soliqni ushlab qolish imkoniyati yo’qligi to’g’risida va 
soliq to’lovchining soliq qarzi summasi haqida bunday holatlar o’ziga ma’lum 


14 
bo’lgan kundan e’tiboran bir oy ichida soliq organlariga yozma ravishda xabar 
qilishi; 
3) hisoblangan va to’langan daromadlarning, hisoblab chiqarilgan, ushlab 
qolingan va byudjet tizimiga o’tkazilgan soliqlarning hisobini har bir soliq to’lovchi 
bo’yicha alohida yuritishi; 
4) soliqlarning to’g’ri hisoblab chiqarilishi, ushlab qolinishi va o’tkazilishi 
ustidan nazoratni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan hujjatlarni soliq organlariga 
taqdim etishi; 
5) soliq hisobotlarining hamda soliqlarni hisoblab chiqarish, ushlab qolish va 
o’tkazish uchun zarur bo’lgan boshqa hujjatlarning ushbu Kodeksning 91-
moddasida nazar tutilgan da’vo muddati mobaynida saqlanishini ta’minlashi shart. 
Soliq agentlari ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni ham 
o’z zimmasiga oladi. 
Soliq agenti o’z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi yoki 
lozim darajada bajarmaganligi uchun O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga 
muvofiq javobgar bo’ladi. 
25-modda. Soliq to’lovchining vakillari 
 
Agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, soliq 
to’lovchi soliq munosabatlarda qonuniy yoki vakolatli vakil orqali ishtirok etishga 
haqli. 
Vakilning vakolatlari ushbu Kodeksga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq 
hujjat bilan tasdiqlangan bo’lishi kerak. 
Qonunga yoki yuridik shaxsning ta’sis hujjatlariga asosan uning vakili 
bo’lishga vakolatli shaxslar yuridik shaxs bo’lgan soliq to’lovchining qonuniy 
vakillari deb e’tirof etiladi. 
O’zbekiston Respublikasining fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq soliq 
to’lovchi bo’lgan jismoniy shaxsning konuniy vakillari sifatida ishtirok etadigan 
shaxslar uning vakillari deb e’tirof etiladi. 
Yuridik shaxs qonuniy vakillarining ushbu yuridik shaxs soliq munosabatlarida 
ishtirok etishi munosabati bilan amalga oshirgan harakati (harakatsizligi) mazkur 
yuridik shaxsning harakati (harakatsizligi) deb e’tirof etiladi. 
Soliq organlari, bojxona organlari, soliq munosabatlarining boshqa 
ishtirokchilari bilan munosabatlarda soliq to’lovchining manfaatlarini ifodalashga 
belgilangan tartibda soliq to’lovchi tomonidan vakolat berilgan shaxslar, shu 
jumladan soliq maslahatchilarining tashkiloti soliq to’lovchining vakolatli vakili deb 
e’tirof etiladi. 
Soliq to’lovchi bo’lgan yuridik shaxsning vakolatli vakili o’z vakolatlarini, 
agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, tuzilgan 
shartnoma yoki O’zbekiston Respublikasining fuqarolik qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda beriladigan ishonchnoma asosida amalga oshiradi. 


15 
Soliq to’lovchi bo’lgan jismoniy shaxsning vakolatli vakili o’z vakolatlarini 
O’zbekiston Respublikasi fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq notarial tarzda 
tasdiqlangan ishonchnoma asosida amalga oshiradi. 
Qonun hujjatlariga muvofiq soliq, moliya, bojxona organlarining va boshqa 
davlat organlarining mansabdor shaxslari soliq to’lovchilarning vakolatli vakillari 
bo’lishi mumkin emas. 
Soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi 
qonunga asosida soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhidagi barcha 
ishtirokchilarining vakolatli vakili hisoblanadi. 
Soliq 
to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish 
to’g’risidagi shartnoma qoidalaridan qat’i nazar, ushbu guruhning mas’ul 
ishtirokchisi quyidagi huquqiy munosabatlarda mazkur konsolidatsiyalashgan guruh 
ishtirokchilarining manfaatlarini ifodalashga haqli: 
1) soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish 
to’g’risidagi shartnomani soliq organlarida ro’yxatdan o’tkazish, shuningdek 
mazkur shartnomani o’zgartirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish va 
shartnomani tugatish to’g’risidagi qaror bilan bog’liq huquqiy munosabatlarda; 
2) soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchisidan soliq 
to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo’yicha foyda solig’iga doir qarzni 
majburiy tartibda undirish bilan bog’liq huquqiy munosabatlarda; 
3) yuridik shaxs soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhida ishtirok 
etganligi munosabati bilan sodir etilgan soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun uni 
javobgarlikka tortish bilan bog’liq huquqiy munosabatlarda; 
4) 
soliq 
organi 
tomonidan 
amalga 
oshiriladigan 
harakatlarning 
(harakatsizlikning) xususiyatiga ko’ra ushbu harakatlar soliq to’lovchilar 
konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchisi bo’lgan yuridik shaxsning huquqlariga 
bevosita dahl qiladigan boshqa hollarda. 
Soliq 
to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish 
to’g’risidagi shartnomaning amal qilish muddati tugaganda, ushbu shartnoma 
muddatidan ilgari bekor qilinganda yoki tugatilganda ushbu guruhning mas’ul 
ishtirokchisi bo’lgan shaxs ushbu moddaning o’n birinchi va o’n ikkinchi qismlarida 
nazarda tutilgan vakolatlarni saqlab qoladi. 
Soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi 
bo’lgan shaxs ushbu Kodeks bilan o’ziga bu guruhning ishtirokchilari manfaatlarini 
ifodalash bo’yicha berilgan vakolatlarni tuzilgan shartnoma yoki O’zbekiston 
Respublikasining fuqarolik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berilgan 
ishonchnoma asosida uchinchi shaxslarga o’tkazishga haqli. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish