A bo’lim. Jinoyat protsessual qonun hujjatlarining vaqt va hudud bo’yicha amal qilishini tahlil qilgan holda misollar yordamida yoriting



Download 19,43 Kb.
Sana20.06.2022
Hajmi19,43 Kb.
#685101
Bog'liq
Toshniyozov.J


Variant 1
A bo’lim. 3. Jinoyat protsessual qonun hujjatlarining vaqt va hudud bo’yicha amal qilishini tahlil qilgan holda misollar yordamida yoriting.
Bizga berilgan ushbu savolga huquqiy yechim berishni boshlaymiz. Jinoyat protsessual qonunchilkning vaqt va hudud bo’yicha amal qilishi O’zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodekining 3-moddasida qayd etilgan bo’lib, ushbu moddaga ko’ra dastlab vaqt bo’yicha amal qilishiga to’xtalib o’tsak. Jinoyat sodir etilgan joydan qat’iy nazar jinoyat ishlarini yuritish O’zbekiston Respublikasining boshqa bir davlatlar bilan tuzgan shartnomalari va bitimlarida boshqacha qoidalar belgilangan bo’lmasa, mazkur ish yuzasidan surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi yuritilayotgan paytdagi qonunchilikga ko’ra olib boriladi. Ya’ni o’sha davr mobaynida aynan amalda bo’lgan tegishli normativ- huquqiy hujjatlar asosida o’z ish faoliyatini olib boradi. Yana shuni ta’kidlab o’tishimiz lozimki, Jinoyat protsessual qonun orqaga qaytish kuchiga ega emas. Endi o’z o’rnida jinoyat protsessual qonunining hudud bo’yicha amal qilishiga to’xtalib o’tsak. Hudud bo’yicha amal qilish masalasi deganda shuni tushunmog’imiz darkorki, jinoyat ishi qaysi davlat hududida amalga oshirilayotgan bo’lsa, o’sha davlatning jinoyat protsessual qonun hujjatlari qo’llanilishi tushunilishi lozim. O’zbekiston Respublikasi hududida sodir etilgan jinoyatlar uchun jinoyat sodir etgan shaxslar chet el fuqarosi yoki fuqaroligi mavjud bo’lmagan shaxs bo’lishidan qat’iy nazar qilishi O’zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeki bo’yicha javobgarlik masalasi ko’rib chiqiladi. O’zi umuman hudud bo’yicha deganimizda, mamlakat chegarasi bilan belgilangan, xoh u quruqlik xoh u suv yoki havo kesishmalarida sodir etilgan jinoyatlar, ijtimoiy qilmish joyi hisoblanib o’rganib chiqilishida aynan hududiylik masalasiga to’xtalib o’tiladi. Yana shuni ta’kidlashimiz lozimki chet elda sodir etilgan jinoyanlar boshqa davlatlarning manfaatlariga qarshi sodir etilgan bo’lsa, agarda O’zbekiston Respublikasi o’sha davlatlar bilan shartnoma va bitimlarida boshqacha holatlar belgilangan bo’lmasa, chet el davlatlarining jinoyat protsessual qonunchiligi asosida amalga oshirilishi mumkin.
A bo’lim. 4. Protsessual muddatlarni hisoblash, muddatlarni uzaytirish va tiklash tartibini bayon qiling.
Ushbu savolga huquqiy yechim berishni boshlaymiz. Dastlab, protsessual muddatlarni hisoblash haqida to’xtalamiz. Protsessual muddat qonunda nazarda tutilgan holarda surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bilan ta’yinlangan muddatlar ya’ni soatlar, sutkalar va oylar bilan hisoblanadi. Muddatlarni hisoblashda muddat o’tishi boshlangan payt ya’ni soat, sutkalar hisobga olinmaydi, ammo ushlab turish, uy qamog’i, tibbiy muassasada bo’lish yoki qamoqda saqlashda bo’lish, muddatlarni hisoblashga ta’luqli emasligini qayd etib o’tishimiz lozim. Muddatlarni hisoblashda belgilangan muddat oxirgi sutkaning 2400 da tugashi belgilangan. Belgilangan muddatning tugashi ishdan xoli kunga, misol uchun bayramlar, dam olish kunlariga to’g’ri kelsa, muddat shundan keyingi birinchi ish kunida tugaydi. Ushlab turish, uy qamog’i, tibbiy muassasada bo’lish yoki qamoqda saqlash muddatini hisoblash holari bundan mustasno. Endi o’z o’rnida mudatlarni uzaytirish masalasiga to’xtalib o’tsak. Qonunchilikga ko’ra, muddatlar uzaytirilishi mumkin. Surishtiruvchi, tegovchi, prakurorning qarori yoki sudning ajrimi asosida muayyan harakatni bajarish uchun belgilangan muddat protsessning manfaatdor ishtirokchisi qilgan iltimosiga ko’ra muddatni belgilagan surishtiruvchi, tergovchi, prakurorning qarori asosida yoki sudning ajrimi bilan uzaytirilishi mumkin. Endi muddatning qay holatda tiklanishi masalasiga huquqiy yechim beradigan bo’lsak, jinoyat protsessi kodeksiga ko’ra, uzrli sabablarga ko’ra o’tkazib yuborilgan muddat ish yuritayotgan sururishtiruvchi, tergovchi, prakurorning qarori yoki ajrimi bilan tiklanishi belgilanib qo’yilgan. Bundan tashqari o’tkazib yuborilgan muddatlarni tiklash haqida iltimosnomalar kiritish mumkin. O’sha iltimosnomalarni rad etish yoki qanoatlantirish to’g’risida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror sud esa ajrim chiqaradi. Umumiy tartibda shikoyat qilish va protest bildirishi mumkin.

B bo’lim. 1-kazus


Bizga berilgan muammoli vaziyatni tahlil qismiga o’tishdan oldin, immunitet huquqi o’zi nima va kimlarga berilganini ham bilish lozim. Immunitet huquqi bu immunitet egalariga nisbatan qonunchilik soxasida protsessual imtiyozlar berilganligi hisoblanadi. Ya’ni ularga nisbatan tergov harakatlari, shuningdek barcha protsessual harakatlar tegishli xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan holda yoki ular ustidan yuqori turgan tashkilot ruxsatnomasi asosida amalga oshiriladi. Immunitet huquqi deputatlarga, senat a’zolariga, ombudsmanga, tadbirkorlik subyektlari manfaatlarini himoya qiluvchi vakilga, sudyalar va prokurorlarga, qisman advokatlarga, shuningdek chet el elchixona va konsullik muassasasi xodimlariga va boshqa shaxslarga berilishi mumkin. Ular tegishli ruxsatsiz Ichki ishlar organlariga yoki boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga olib kelinishi mumkin emas. Yuqorida ham tergovchi Jalilov elchixona xodimini o’z xoxishiga binoan ishda guvoh sifatida jalb qilmoqda va so’roq qilmoqda. Immunitet egalari o’z xoxishlari bilan tergov va surishtiruv organlariga ko’rsatmalar berishi mumkin. Bunga daxl qiladigan hech qanday qonuniy ta’qiq yo’q. Ushbu holat jinoyat ishida juda qo’l keladi va jinoyatni barcha tafsilotlari bilan ochilishiga va aybdorlarga adolatli hukm o’qilishiga yordam beradi.
Shuningdek, yuqorida bizdan ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga nisbatan Jinoyat-protsessual qonunchilikning tadbiq etilishi ham so’ralgan. Ushbu savolga javob sifatida Jinoyat-protsessual kodeksning 4-moddasini keltirishimiz mumkin. Ya’ni, ular tomonidan sodir etilgan jinoyatlar, jinoyatga daxldorlik masalalari yoki ularni tergov harakatlariga jalb qilish masalalari jinoyat-protsessual kodeksi asosida amalga oshiriladi.
Download 19,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish