Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda



Download 83,46 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana11.04.2022
Hajmi83,46 Kb.
#543660
  1   2
Bog'liq
F-22-сон 03.02.2022. Xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida



09.04.2022, 11:00
F-22-сон 03.02.2022. Xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
https://lex.uz/uz/docs/-5848414
1/17
Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
FARMOYISHI
XALQ TA’LIMI TIZIMINI ISLOH QILISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Xalq ta’limi tizimini yanada rivojlantirish, sohaga doir yangi tashabbuslarni ilgari surish va
ularni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim va tarbiya sifatiga bevosita va bilvosita ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan
masalalarni hal qilish, mas’ul vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining bu
boradagi faoliyatini muvofiqlashtirib borish maqsadida:
1. Quyidagilar:
Xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha milliy kengash (keyingi o‘rinlarda — Milliy kengash) 
1-
ilovaga 
muvofiq tarkibda;
Xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent
shahar kengashlari (keyingi o‘rinlarda — hududiy kengashlar) 
2-ilovaga 
muvofiq namunaviy
tarkibda;
Xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha tuman (shahar) kengashlari (keyingi o‘rinlarda —
tuman (shahar) kengashlari) 
3-ilovaga 
muvofiq namunaviy tarkibda tashkil etilsin.
2. Milliy kengashning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
milliy ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish, darslik va o‘quv qo‘llanmalarini zamon talablari asosida
takomillashtirish hamda ularning yangi avlodini yaratish, o‘quv dasturlarini ilg‘or xorijiy tajriba
asosida optimallashtirish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish;
o‘qituvchi kasbining maqomi va obro‘sini ko‘tarish, ularning moddiy va ijtimoiy qo‘llab-
quvvatlanishini ta’minlash, samarali mehnat faoliyati uchun munosib sharoitlar yaratish;
Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti, boy madaniy-tarixiy meros, milliy urf-odat, vatanparvarlik va
umuminsoniy qadriyatlar g‘oyalari asosida ma’naviy yetuk avlodni tarbiyalashning samarali
pedagogik shakl va metodlari tatbiq etilishini tashkillashtirish;
umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, joriy va
mukammal ta’mirlash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish, mazkur
ishlarda zamonaviy texnologiyalar va energiya tejamkor materiallar qo‘llanilishini ta’minlash;
xalq ta’limi sohasidagi ishlarning ahvolini tizimli tahlil va monitoring qilish, mas’ul vazirlik,
idora va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining bu borada qilingan ishlar bo‘yicha
hisobotlarini tinglash, shu asosda ularni rag‘batlantirish yoki javobgarlikka tortish bo‘yicha choralar
ko‘rish;
xalq ta’limi tizimida islohotlarni amalga oshirishda vazirlik, idora va mahalliy ijro etuvchi
hokimiyat organlarining faoliyati o‘zaro kelishilgan tarzda, samarali olib borilishini, sustkashliklar va
mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ymasligini ta’minlash, shuningdek, hududiy hamda tuman (shahar)
kengashlari ishini sifatli tashkil qilish, mazkur farmoyishda belgilangan chora-tadbirlar bilan bir
qatorda ularning qo‘shimcha vazifa va funksiyalarini belgilash;
xalq ta’limi sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkillashtirish,
mazkur sohadagi qonunchilik hujjatlarini va huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish;
xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha tuman (shahar) kesimida ishlab chiqilgan yillik
hududiy dasturlarning vazirlik, idora va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan to‘liq
hamda o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish.
3. Milliy kengashning joriy faoliyatini ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va xalq ta’limi vaziri B.O. Saidov boshchiligida
Respublika shtabi tashkil qilinsin.
4. Respublika shtabi tomonidan joylarda amalga oshiriladigan ishlar rejasi (keyingi o‘rinlarda
— ish reja) va hududlarni o‘rganish reja jadvali 

va 
5-ilovalarga 
muvofiq tasdiqlansin.


09.04.2022, 11:00
F-22-сон 03.02.2022. Xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
https://lex.uz/uz/docs/-5848414
2/17
Quyidagilarga:
vazirlik va idoralar rahbarlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklariga — ish rejada nazarda tutilgan
tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitovga — ish rejada
nazarda tutilgan tadbirlarni to‘liq hajmda amalga oshirish bo‘yicha vazirlik, idora va mahalliy ijro
etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini
o‘z vaqtida va puxta ishlab chiqish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
5. Hududiy kengashlar tuman (shahar) kengashlari bilan birgalikda:
2022-yil 15-fevralga qadar umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlari, pedagog kadrlar,
o‘quvchilarning ota-onalari, malakali mutaxassislar va xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda xalq
ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha tuman (shahar) kesimida yillik hududiy dasturlarni ishlab chiqsin
va keng muhokama qilish uchun rasmiy veb-saytlar, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy
tarmoqlarda joylashtirsin;
2022-yil 1-martga qadar muhokama doirasida kelib tushgan takliflardan kelib chiqib qayta
ishlangan hududiy dasturlarni tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi,
viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlarida taqdimot qilsin;
2022-yil 5-martga qadar hududiy dasturlarni tasdiqlasin va Milliy kengashga kiritsin;
har oyning 20-sanasiga qadar hududiy dasturlar ijrosi bo‘yicha hisobotini hamda xalq ta’limi
tizimini isloh qilish bo‘yicha taklif va tashabbuslarini Respublika shtabiga kiritsin.
Bunda, tashabbuslar va takliflar Respublika shtabiga taqdimot ko‘rinishida kiritiladi hamda
ularga tahliliy ma’lumotnoma va jadvallar, rivojlangan mamlakatlarning tajribasini o‘rganish
bo‘yicha ma’lumotnoma va boshqa materiallar, shuningdek, zarur hollarda, normativ-huquqiy
hujjatlar loyihalari ilova qilinadi.
Respublika shtabi (Abduvaxitov, Saidov) har oyning 25-sanasigacha hududiy kengashlar
tomonidan taqdim etilgan hisobotlar, tashabbuslar va takliflarni umumlashtirib Milliy kengashga
kiritsin.
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va
shahar hokimlari:
uch kun muddatda kengashlarning tashkiliy yig‘ilishlarini o‘tkazib, tegishli yo‘nalish doirasida
belgilangan vazifalar sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha savolnoma,
tarmoq grafigi va taqdimot materiallari namunalarini tasdiqlasin hamda kengash a’zolarining
vazifalar taqsimotini belgilasin;
kengashlar ishini samarali tashkil qilish uchun barcha zarur choralarni amalga oshirsin,
ularning faoliyatiga ilmiy va ta’lim muassasalari, xalqaro tashkilotlar mutaxassislari, shuningdek,
mahalliy hamda xorijiy ekspert va maslahatchilarni jalb qilsin;
har kuni tegishli kengashlar tomonidan tayyorlanayotgan takliflarning, shu jumladan joyiga
chiqqan holda muhokamasini tashkil etib borsin;
takliflarni tayyorlash jarayonida kengash a’zolari o‘rtasida samarali va doimiy kommunikatsiya
hamda hamkorlikni yo‘lga qo‘ysin;
kengashlar tomonidan har tomonlama asoslantirilgan takliflar ishlab chiqilishini va ularning
o‘z vaqtida Respublika shtabiga kiritilishini ta’minlasin.
7. Belgilansinki, 2022-yil 1-martdan boshlab har oyda ikkita hududiy kengashlar xalq ta’limi
tizimini isloh qilish bo‘yicha tayyorlagan taklif va tashabbuslarini Milliy kengashga taqdimot qiladi.
Respublika shtabi (Abduvaxitov, Saidov) hududiy kengashlarga taqdimot materiallarini
tayyorlashda ko‘maklashsin.
8. Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov):
Respublika shtabi so‘roviga asosan O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi
diplomatik vakolatxonalarini jalb qilgan holda xalq ta’limi tizimini isloh qilish yuzasidan rivojlangan


09.04.2022, 11:00
F-22-сон 03.02.2022. Xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
https://lex.uz/uz/docs/-5848414
3/17
davlatlarning tajribasini chuqur o‘rganib, ular bo‘yicha ma’lumotlarning tezkor taqdim etilishini
ta’minlasin;
ushbu ma’lumotlarni tayyorlashda xorijiy davlatlarning nufuzli ekspertlari, olimlari va
mutaxassislari bilan uchrashuvlar va muhokamalar o‘tkazish (shu jumladan, videokonferensaloqa
shaklida), ulardagi asosiy normativ-huquqiy hujjatlarni tarjima qilish choralarini ko‘rsin;
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda xalqaro tashkilotlar va xalqaro moliya
institutlaridan xalq ta’limi tizimini isloh qilish yuzasidan tayyorlangan tahliliy axborotlar va
hisobotlar, shuningdek, tavsiya va takliflarni Respublika shtabiga taqdim etsin;
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, “El-yurt umidi” jamg‘armasi bilan birgalikda zarur
hollarda kengash a’zolarini rivojlangan xorijiy davlatlarga qisqa muddatli xizmat safariga yuborishni
tashkil etsin.
9. Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.
Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga
yuklansin.

Download 83,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish