8-MAVZU: MILLIY G`OYADA INSON - ENG OLIY QADRIYAT
8.1.O`zbekistonning mustaqil taraqqiyoti jarayonida
insonparvarlik g`oyalarining takomillashuv jarayoni, unda
avlodlararo vorislik va yangilanishning namoyon bo`lishi
O`zbekistonda bozor munosabatlariga o`tish sharoitida fozil va barkamol inson shaxsini shakllantirish masalasi dolzarb masalalardan biri bo`lib, barkamol insonni tarbiyalashda ma`naviyat, odob-axloq va ma`rifat singari qadriyatlar muhum o`rin tutadi. Ana shu qadriyatlar kishilarda oliyjanob insoniy fazilatlarni shakllantiradi. Insonparvarlik (yunoncha - gumanizm) keng ma`noda shaxsning qadr-qimmati, erki, kamolotini ifodalaydi. Mustaqillikdan keyingi davrda o`lkazilayotgan islohotlar inson uchun, uning baxtli, farovon hayoti uchun mo`ljallangan bo`lib, insonning o`z mehnati natijasidan manfaatdorligi masalasiga davlatimiz tomonidan olib borilayotgan siyosatda katta e`tibor qaratilmoqda.
Bugun hayotimizning o`zi Konstitutsiyamizda ifodasini topgan eng asosiy maqsad-inson manlaatlarini har tomonlama ta`minlash masalasini dolzarb vazifa qilib qo`ymoqda, - deydi Prezident Shavkat Mirziyoyev, - Inson manfaatlarini ta`minlash uchun esa, avvalo, odamlar bilan, xalq bilan muloqol qilish, ularning dardu tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish kerak.
O`zbekistonda bozor iqtisodiyotiga asoslangan, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish jarayonida insonparvarlik tamoyillariga amal qilinmoqda, har bir insonga o`zining imkoniyat va qobiliyatlarini namoyon dilish imkomyati yaratilmoqda. Inson manfaatlarini ta`minlashda iqtisodiyotimizning yuksak sur`atlar bilan barqaror rivojlanishi qanday katta ahamiyatga ega ekanini barchamiz yaxshi tushunamiz, deb fikrini davom ettiradi Prezident Shavkat Mirziyoyev,-Samarali mehnat uchun zarur sharoitlar, munosib ish haqi, zamonaviy uy-joylari, sifatili ta`lun va tibbiy yordam, dam olish va hordiq cluqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish - bularning barchasi iqtisodiy sohadagi islohotlarimiz mohiyati va mazmunini belgilab beradigan muhim omillardir.
O`zbekiston mustaqil taraqqiyotining har bir bosqichida amalga oshirilayotgan islohotlar inson uchun, uning ehtiyoj va manfaatlari uchun xizrnat qilib, islohotlar natijasida O`zbekistonning har bir fuqarosi millati, dini va maslagidan qa`tiy nazar, shaxs sifatida o`zini namoyon etish, o`z hayotini yaxshiroq, munosibroq, ma`naviy boyroq qilish imkoniyatiga ega bo`ladi.
Insonparvarlik-odamzodning qadri, erkinligi, qobiliyatlari har tomonlama namoyon bo`lishi uchun kurashish, insonning baxt-saodati, teng huquqliligi, adolatli hayotini ta`min etishga intilish jarayonlarni ham o`zida ifodalaydi. Insonparvarlik har bir zamonaviy huquqiy-demokratik davlatning hayotiy qoidasi va ijtimoiy tuzlishining muhim asosiga aylanib, mustaqil O`zbekiston o`z siyosatida gumanizm shartlari, talablari hamda qoidalariga bevosita tayanmoqda. O`zbekiston Konstitutsiyasi va qonunlari inson manfaatlarini himoya qilishga, uni qadrlashga, har bir shaxsning barkamollashuviga qaiatilgan. Insonparvarlik g`oyalari, mazmuni va tamoyillari o`zbek milliy mentalitetining tarkibiy qismini tashkil etadi. Insonparvarlik tamoyillari amal qiluvchi jamiyatda “Agar sen kishilarning qadr-qimmatini hurmat qilsang, kishilar ham sening qadr-qimmatingni hurmat qiladi”, degan tamoyil amal qiladi. Insonparvarlik jamiyatida mulkchilikning turli shakllari mavjud bo`lib, insonga erkin faoliyat yurirish, o`zining imkoniyat va qobiliyatini ro`yobga chiqarish imkoniyati yaratiladi. Insonda bilim hosil qiluvchi ijodiy mehnat asosida insonparvarlik jamiyatining maqsadi-barkamol shaxs shakllanadi. O`zbekistonda inson huquqlari va erkinliklarining ustuvorligidan kelib chiqadigan, xalqaro miqyosda qabul qilingan yangi yuridik tamoyillar vujudga keltirildi. Bugungi kunda mustaqil O`zbekistonda inson huquqlari bilan bog`liq bo`lgan institutlar, Inson huquqlari bo`yicha milliy markaz, Oliy Majlisning inson huquqlari bo`yicha vakili (Ombudsman) tashkil etildi. Insonparvarlik jamiyatiga insonparvarlik mafkurasi zarur bo`lib, mehr-oqibat, muruvvat ko`rsatish insonparvarlikning oliy ko`rinishidir. Insondagi aql va domshniandlik, mehr-shafqat, mardlik va pokdillik uning insonparvarlik fazilatlaridir. Insonni oliy qadriyat deb bilish hamda yuksak darajada e`zozlash milliy mafkuramizning asosiy maqsadi va muhim talabidir. Insonparvarlik munosabatlari nafaqat madaniyat sohasida, balki jamiyat hayotining barcha sohalarida namoyon bo`lib, ijtimoiy insonparvarlik sifatida namoyon bo`ladi. Insonparvarlik jamiyatida mulkning xususiy mulkchilik shakli jamiyatning erkin, yaXIIt rivojlangan shaxsini shakllantirishning iqtisodiy negizi bo`lib hisoblanadi. Insonparvarlik jamiyatida milliy g`oya va mafkura asosida odamlar, yoshlar iymon-e`tiqodini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni o`z mustaqil fikriga ega bo`lgan barkamol insonlar etib tarbiyalashga katta e`tibor qaratiladi. Boy tarixiy, ma`naviy meros asosida milliy o`zlikni anglash, tarixiy xotirani tiklash, milliy g`urur va iftixor tuyg`ularini yuksaltirish milliy g`oya va mafkuradagi insonparvarlik tamoyillari asosida shakllantiriladi. Insonparvarlik jamiyatida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-siyosiy hayot sohalarida o`zgarishlar yuz berib, insonning huquqi, erkinligi va manfaati kafolatlanadi, insonga o`zining qobilyatini erkin ro`yobga chiqarish imkoniyati beriladi, boy va farovon hayot kechirish imkoniyati yaratiladi O`zbekiston Respublikasi insonparvarlik jamiyati barpo etish jarayonida 21 ta xalqaro shartnomalarga qo`shilib, mustaqil davlat va xalqaro hamjamiyat a`zosi sifatida faoliyat olib bormoqda. O`zbekistonda ijtimoiy taraqqiyotdagi eng oliy qadriyat bo`lgan insonni e`zozlash masalasiga katta e`tibor qaratilmoqda.
O`zbekiston Respublikasi tomonidan olib borilayotgan kuchli ijtimoiy siyosat tamoyili ham insonparvarlik namoyon bo`lishining o`ziga xos shaklidir. Insonparvarlik bu o`zbek xalqi milliy ruhiyati, milliy mentaliletining ajralmas tarkibiy qismidir. O`zbek oilasida bugungi kunda ham yaxshilik va yorug`lik, bolalarga mehr, kattalarga hurmat, yaqinlarga va boshqalarning qayg`usiga hamdardlik mujassamlashgandir. Insonparvarlik insonning hayoti, ularning turli urf-odatlari, e`tiqodlari, intilishlari va qiziqishlarida namoyon bo`ladi. O`zbek xalqining ma`naviy qiyofasini belgilaydigan mehmondo`stlik, kattalarga hurmat, serfarzand oilalarga g`amxo`rlik qilish, to`y va marosimlarda o`zaro yordamlashish, hashar, oilada bir-birlariga ko`rnaklashish, himmatlilik, oilani asrab-avaylash kabi udumlar insonparvarlikning asosini tashkil qiladi.
Mustaqil Ozbekiston o`z siyosatida insonparvarlik va gumamzm shartlari, talablari va qoidalariga, Sharq va G`arb davlatlarining eng ilg`or tajribasiga tayanib, xalq hayotini va jamiyat faoliyatini tashkil qilmoqda. Insonparvarlik g`oyalari, mazmuni va tamoyillari o`zbek milliy mentalitetining tarkibiy qismidir.
8.2.Yangi g`oyalar tizimidagi ustuvor tamoyillar, ularni
amalga oshirishning dolzarb vazifalari
Milliy g`oya millat taraqqiyotini, uning barqarorligini ta`minlashning asosiy manbasi hisoblanadi. Milliy g`oya - inson va jamiyat hayotiga ma`no-mazmun baxsh etadigan, uni ezgu maqsad sari yetaklaydigan fikrlar majmuidir. Milliy g`oya tizimida milliy ong, milliy o`zlikni anglash va milliy mentalitet yetakchi o`rin egallaydi. Milliy g`oyaning ta`sir doirasi nihoyatda keng bo`lib, u millatning o`ziga xosligini saqlab turadi, millat manfaatlari yo`lida millat vakillarini birlashtiradi, uyushtiradi va taraqqiyot yo`nalishlarini belgilashga o`z ta`sirini ko`rsatadi. Milliy g`oya milliy o`ziga xoslikni saqlab turish, milliy manfaatlarni amalga oshirish, millat istiqbolini belgilash uchun muhim ahamiyatga ega bo`lib, umummilliy harakatni vujudga keltirish milliy g`oyaning muhim vazifasi bo`lib hisoblanadi. Milliy g`oyaning muhim imkoniyatlaridan biri uning milliy ma`naviy tiklanishdagi manba ekanligida namoyon bo`ladi. Milliy g`oyaning asosiy tamoyillari uning shakllantirish xususiyatlari va amal qilish usularining imkoniyatlari va yo`larini belgilab beradigan yo`nalishlarni o`zida ifodalaydi. Milliy g`oyaning asosiy tamoyillari o`zaro uzviy aloqador bo`lib, milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg`unligi va qonun ustuvorligi kabi talablarni ham o`zida ifodalaydi. Milliy g`oyaning huquqiy asosi qonunning ustuvorligi tamoyilidir. Davlat jamiyat siyosiy tizimining asosi, mamlakat barqarorligi va izchil taraqqiyotining kafolati bo`lgan siyosiy institut bo`lib, u jamiyatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, milliy xavfsizlik, qonun ustuvorligi, ijtimoiy adolat va islohotlarning muvaffaqiyatini ta`minlaydi. O`zbekistonda milliy va umumbashariy qadriyatlar, boy tarixiy meros va ma`naviy qadriyatlar, taraqqiy topgan davlatlarning tajribasiga tayangan holda insonparvar va adolatli jamiyat barpo etilmoqda. Milliy g`oyaning inson huquqlari, erkinliklari va hurfikrlilik tamoyili uning ijtimoiy mohiyatini belgilaydi. Har qanday mamlakatning demokratik xususiyatlarini ko`rsatuvchi shartlardan biri - inson huquq va erkinliklariga qanday yondashganligi hamda uning amalga oshishi uchun qanday shart-sharoitlar yaratilganligi bilan belgilanadi. O`zbekiston Respublikasining demokratik va huquqiy davlat qurishdan maqsadi - mamlakatda yashovchi har bir kishining huquq va erkinliklarini to`la ta`minlashdan iboratdir. O`zbekiston Respublikasida inson huquqlari va erkinliklari masalasiga katta e`tibor qaratilmoqda. Inson huquqlariga amal qilishni ta`minlovchi vositalardan biri - har bir kishining o`z huquqini yaxshi bilishi, huquqiy ongning yuqori darajada bodishidan iboratdir. Fuqarolar o`z huquq va erkinliklaridan to`g`ri foydalanishlari va zimmalariga yuklatilgan burchlarini halol, ixtiyoriy va vijdonan bajarishlari lozim. Qonuniylik odamlarda ishonch tug`diradi, qonunning adolatliligi uning inson va jamiyat mustaqilligi ehtiyojlariga mosligidan kelib chiqadi. Insonda shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquq va erkinliklar mavjud bo`lib, fuqarolarning o`z huquqlari va erkinliklaridan keng foydalanishlari ularning faolligini oshiradi va davlat oldida turgan vazifalarning bajarilishini osonlashtiradi. Fuqarolarning huquqlari va erkinliklari uning davlat oldidagi burchlari bilan bevosita bog`liqdir. Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va burchlari doimo rivojlanib, kengayib boradi. O`zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlardan ko`zlangan asosiy maqsad har bir insonga munosib hayot sharoitini yaratib berishdan iboratdir. Insoniyat azaldan intilib kelgan umuminsoniy tamoyillardan biri vijdon erkinligi bo`lib, u “e`tiqod erkinligi” tushunchasidan ko`ra keng mazmunga egadir. “E`tiqod erkinligi” insonning biror din yoki g`oyaga e`tiqod qilishda o`z ixtiyori bilan ish tutishini ifodalaydi. “Vijdon erkinligi” esa insonning biror dinga, g`oyaga e`tiqod qilishi yoki e`tiqod qilmasligini o`zida ifodalaydi. Bu tamoyil insonning ishonch-e`tiqod borasidagi erkinligi, jamiyat qonunlariga mos hayot kechirishini bildiradi.
Milliy g`oyaning fikrlar xilma-xilligini qaror toptirish tamoyili demokratik jamiyat barpo etishning asosiy shartidir. Ushbu tamoyil odamlarni xilma-xil fikrlar va turli-tuman qarashlarga tayangan holatda umumiy maqsad yo`lida uyg`unlashuvini ifodalaydi. Mana shu uyg`unlik milliy g`oyani amaldagi kuchga aylantiradi. Milliy g`oyaning asosiy tamoyillaridan yana biri milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg`unligidir. Ushbu tamoyil odamlarni buyuk kelajakni yaratish jarayonidagi ishonchini mustahkamlashga, fuqarolarning siyosiy madaniyatini o`stirishga xizmat qiladi. Milliy g`oya tayanadigan asoslardan biri milliy qadriyatlarga sadoqat tamoyilidir. Bu tamoyil O`zbekistonning har bir fuqarosi o`z milliy qadriyatlarini asrab-avaylab, kelajak avlodlarga vorislik asosida yetkazishida to`liq imkoniyatlar mavjudligini o`zida ifodalaydi. O`zbekistonda yashaydigan barcha millat va elat vakillari o`z ona tilini, madaniyatini, urf-odatlarini asrash va rivojlantirish imkoniyatiga egadir. Tarixiy meros va madaniy boyliklarni, an`anaviy va zamonaviy qadriyatlarni hurmat qilish va ularni o`rganish mazkur tamoyilning asosiy jihatidir. Milliy g`oya tayanadigan milliy asosdagi yana bir tamoyil xalqimizga xos bo`lgan jamoaviylik an`anasidir. Jamoaviylik jamiyatimizning muhim xususiyati, ijtimoiy hamkorlik va hamjihatlikning negizi hisoblanib, u fuqarolarning o`zini o`zi boshqaruvining milliy modeli bo`lgan mahallalarning faoliyatida namoyon bo`ladi. Milliy g`oyani odamlar ongi va qalbiga singdirish oiladan boshlanib, milliy g`oya bobolar o`giti, otalar ibrati, onalarning mehri orqali avloddan- avlodga, insondan insonga o`tib, yosh avlodning ongi va shuuriga singib, ularda milliy g`urur va iftixor tuyg`usining mustahkamlanib borishiga xizmat qiladi. Oila g`oyaviy tarbiyaviy jihatdan sog`iom bo`lsa, bunday oila negizidagi jamiyat va davlat mustahkam bo`ladi. Sog`lom oilalarda komil insonlar tarbiyalanadi, ularning e`tiqodi va dunyoqarashi milliy g`oya asosida shakllantiriladi. Oilada shakllangan iymon-e`tiqod, odob, axloq, aql-idrok va tafakkur ta`lim- tarbiya jarayoni hamda mahalla muhitida yanada yuksalib, insonning ma`naviy va axloqiy kamolotiga xizmat qiladi. Milliy g`oyaning amaliy tamoyillaridan biri - jamiyat hayotini demokratlashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirishdir. Har bir jamiyat va davlat o`zi uchun mos demokratik taraqqiyot yo`lini o`zi tanlaydi. O`zbekiston ham o`zi uchun mos demokratik taraqqiyot yo`lini tanlab oldi. O`zbekiston o`zi uchun tanlab olgan sharqona demokratiyaning bir qator ustuvor jihatlari mavjud bo`lib, bu eng avvalo, g`oyaviy- falsafiy asosda shakllangan insonparvarlikdir. Sharq mutafakkirlari davlatni avvalo, jamiyat taraqqiyotidagi ikki muhim omil, ijtimoiy barqarorlikni ta`minlash va ijtimoiy adolat mezonlarini amalga oshirish vositasi deb tushungan, qonunchilik va me`yoriy tizimlar ham aynan ana shu maqsadlarga xizmat qilgan. Bugungi sharqona demokratiyada bag`rikenglik, hamjihatlik, qadr, oqibat, andisha kattalarga hurmat, ona zaminni e`zozlash masalasiga katta e`tobor qaratilib, bular milliy g`oyaning amal qilishida muhim ahamiyat kasb etadi. Milliy g`oyani amalga oshirish jarayoni kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari borish asosida amalga oshiriladi. Milliy g`oyaning amal qilish jarayonida inson erkinligi muhim o`rin tutadi. O`z haq-huquqini taniydigan, o`z kuchi va imkomyatlariga tayanadigan, atrofida sodir bo`layotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bildiradigan inson milliy g`oya tamoyillarini to`g`ri baholay oladi. Milliy g`oyaning asosiy tamoyillari ko`p va keng qamrovli bo`lib, ular mafkuraning amal qilish yo`nalishlarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |