Qissa bizni insofga, insonni qadrlashga, hurmat qilishga chaqiradi



Download 15,45 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi15,45 Kb.
#269825
Bog'liq
Dunyoning ishlari


„Dunyoning ishlari“ asarini qissa emas, doston deb atashni istardim. U qoʻshiqday oʻqiladi. Uni oʻqib turib, oʻz onalarimizni oʻylab ketamiz. Shu mushfiq, shu jafokash onalarimiz oldidagi bir umr uzib boʻlmas qarzlarimizning aqalli bittasini uza oldikmi, degan bir andisha, bir savol koʻz oldimizda koʻndalang turib oladi. Qissa bizni insofga, insonni qadrlashga, hurmat qilishga chaqiradi".[3]
Bu qissa katta-kichik novellalardan iborat. Biroq ulaming barchasida men uchun eng aziz odam - onam siymosi bor. Bundagi odamlaming hammasini o‘z ko‘zim bilan ko‘rganman. Faqat Ьа’гйапптд ismi o‘zgardi, xolos. Bu odamlarning qismati ham qaysidir jihati bilan onamga ЬодЧапдап. Dunyodagi hamma onalar farzandiga munosabat bobida bir-biriga juda o‘xshaydi. Bas, shunday ekan, bu asar sizlarga bag‘ishlanadi, aziz Onajonlar! Muallif
“Dunyoning ishlari” boshqa asarlarga o'xshab tez va shiddat bilan yozilgani yo'q. Har bir hikoya mustaqil asar sifatida tug'ilgan. Ammo ularning hammasida Ona obrazi bor. Bu kitobning dunyoga kelishida atoqli shoira Zulfiya opaning katta hissasi bor. Adib bo'lajak kitobning birinchi boblarini “Saodat” jurnaliga olib borganida Zulfiya opa bu juda yaxshi asar bo'lishini ta'kidlab, uni davom ettirish kerakligini, jurnal esa kitobni sonma-son bosib borishini aytgan ekanlar. Bu haqda muallif o'z maqolasida yozgan… Shunday qilib kitob bir yildan ortiq muddatda dunyoga keldi. Uning eng oxirgi sahifasi qanday tug'ilgani hamon ko'z o'ngimda turibdi. Bahor edi. Kechasi gumburlagan tovushdan uyg'onib ketdim. Momaqaldiroq bo'layotgan ekan. Qarasam, xonada adasi yo'qlar. Ayvonga chiqdim. Soat to'rtdan o'tibdi. Narigi xona eshigidan chiroq nuri tushib turibdi. Kirishga tortindim. Choy qo'ydim. Ancha ikkilanib turib, eshik oldiga keldim. Sekin ichkariga kirib yaqin bordim. Qarasam, adib unsiz yig'layapti… Qo'rqib ketdim. “Nima bo'ldi?” – desam, indamay chiqib ketdilar… Ko'z yoshi tomgan sahifalarni beixtiyor o'qidim. O'qib, yig'lab yubordim. Bu – “Iltijo” degan bob edi. Mana o'sha bob:

“Oyi men keldim… Eshityapsizmi, oyi, men yana keldim…

Qarang, oyi, tag'in ko'klam kirdi. Esingizdami, har yili bahor kirishi bilan Sizni dalaga olib chiqardim. Siz charaqlagan oftobni, tiniq osmonni, ko'm-ko'k maysalarni ko'rib quvonardingiz. Esingizdami, nevaralaringiz terib kelgan boychechaklarni ko'zingizga surtib, “omonlik-somonlik” qilardingiz…

Bugun… o'zingizning ustingizdan boychechak o'sib chiqibdi… Yo'q, yo'q, oyijon… yig'layotganim yo'q. Bilaman, men yig'lasam, siz bezovta bo'lasiz… Hozir… hozir o'tib ketadi. Mana bo'ldi…

Ertalab-chi, oyi, yomg'ir yog'di. Qattiq yomg'ir yog'di. Siz bahor yomg'irini yaxshi ko'rardingiz… Keyin oftob chiqib ketdi. Qarang, oftob charaqlab yotibdi… Esingizdami, siz menga oftob haqida cho'pchak aytib berar edingiz. O'sha oftob charaqlab yotibdi… Ko'rayapsizmi…

Esingizdami, oyi, siz ukamga alla aytardingiz. Men allaning ohangiga mast bo'lib uxlab qolardim. O'sha beshikda men ham yotganman. Allangizdan men ham orom olganman. Nima qilay, oyi, men alla aytishni bilmayman. Qabringizni silab qo'ysam orom olasizmi… Mana, oyijon, mana… Yo'q, yo'q, yig'layotganim yo'q. Hozir, hozir o'tib ketadi…”

Balki bu parchani alohida o'qigan kitobxon unchalik hayajonga tushmas. Biroq, “Dunyoning ishlari”ini bir boshdan o'qib, Onani qattiq sevib qolgan kitobxon bu satrlarni o'qiganda larzaga tushmay qolmaydi. “Iltijo” bobini ko'zda yosh bilan yoddan o'qib bergan ko'plab talaba va o'quvchilarni ko'rdim. Darvoqe, “Ikki eshik orasi” romanining “Zilzila”, “Tushda kechgan umrlar” romanining “Oppoq-oppoq qorlar yog'di” bobini larzaga tushib, yodaki o'qigan kitobxonlar ham oz emas. Balki muallifning o'zi ularni rosmana yig'lab yozgani uchun ham shundaydir. Nima bo'lganda ham adiblar yig'isi o'quvchining qalbiga nur olib kiradi. Yozuvchilik qismati shunday bo'lsa kerak ehtimol.
Uchrashuvlarda bir savolni ko‘p berishadi: «O‘zingiz uchun eng qimmatli asar qaysi?». Ko‘pincha yarim hazil bilan javob qilaman: «Mening ikkita eng qimmatli asarim bor: biri — o‘g‘lim, biri — qizim!».
Senlar va nabiralarim menga Xudo bergan eng bebaho boyliksizlar… Shu bois, diqqat bilan eshitinglar! Bir narsani orzu qilaman. Bu dunyoda men qilgan yaxshi ishlardan aqalli bitta ko‘proq yaxshilik qilsang… Bu dunyoda men qilgan xatolardan aqalli bitta kamroq xato qilsang…

***


Qush bo‘lib osmonda uchma. Toshbaqa bo‘lib, yerda sudralma.
Daraxt bo‘l! Boshing — osmonda, oyog‘ing yerda bo‘lsin!

***


Shijoatli bo‘l. Biroq andishasiz bo‘lma. Andishali bo‘l. Biroq shijoatsiz bo‘lma.

***


Yomon bilan o‘chakishma…

***


Ayolni kaftingda ko‘tar, ammo boshingga chiqarma!

***


Nodonlar davrasida kar bo‘l, Donolar davrasida soqov bo‘l…

***


«Oshsiz uy bor, urishsiz uy yo‘q», deydilar. Oilangda janjal chiqsa, eng avvalo, farzandlaringni o‘ylab ish qil!

***


Hech kimga yomonlik sog‘inma, hatto dushmaningga ham yomonlik tilasang, bir chekkasi o‘zingga qaytib keladi. Negaki, olam bus-butundir.

***


Menga yuz marta ozor bersang, kechirishim mumkin. Onangga bir marta ozor bersang, kechirmayman: onang senga mendan ko‘ra yuz hissa ko‘p mehr bergan!

***


Noningni yo‘qotsang yo‘qot, nomingni yo‘qotma!

***


G‘ururli bo‘l, ammo dimog‘dor bo‘lma. Kamtar bo‘l, ammo xokisor bo‘lma…

***


O‘z ota-onasiga mehr bermaganlarning o‘z bolasidan mehr ko‘rganini eshitganim yo‘q. «Qaytar dunyo» deganlari shu…

***


Ota mehri ona mehridan kamroq emas, faqat «yashirin»roq bo‘ladi.

***


Farzandlarim! Men bu o‘gitlarni yoza boshlaganimda senlar yosh bola eding.
Xudoga shukr, mana, voyaga yetdilaring, oila qurib, farzandlar ko‘rdilaring. Shu kungacha senlarning ortingdan «Falonchining bolasi falondaqa noma’qulchilik qilibdi», degan ta’na-malomat eshitganim yo‘q. Iloyo, bundan buyon ham shunday bo‘lsin. Bir burda nonini halollab yeydigan, vijdonli, imonli insonlar bo‘lib yetishganlaring uchun Yaratganga shukronalar qilaman! Menga nima ezgu amallar qilgan bo‘lsanglar, senlarga ham nabiralarimdan qaytsin. Men senlar bilan faxrlanaman!
Download 15,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish