(1941-2013) - O‘tkir Hoshimov 1941-yilda Toshkentning Do‘mbirobod mahallasida tug‘ilgan.
- 5-sinfda o‘qib yurgan vaqtidayoq she’r mashq qila boshlagan edi.
HAYOTI DAVOMIDA:
Xat tashuvchi
Musahhih
Muxbir
Gazetada bo‘lim mudiri
Bosh muharrir
Oliy Majlisda qo‘mita raisi
ASARLARI - Yozuvchining 40 dan ortiq asarlari ming-minglab kitobxonlarning ma’naviy mulkiga aylanishga ulgurgan. Ushbu asarlar joy olgan kitoblarning umumiy adadi esa 2 MILLION nusxadan oshgan. Yozuvchi asarlari ko’pgina xorijiy tillarga tarjima qilingan.
«Urushning so‘nggi qurboni», «Muhabbat» kabi ko‘plab hikoyalari; - «Urushning so‘nggi qurboni», «Muhabbat» kabi ko‘plab hikoyalari;
- «Nur borki, soya bor», «Ikki eshik orasi», «Tushda kechgan umrlar» nomli romanlari;
- «Odamlar nima derkin», «Shamol esaveradi», «Ikki karra ikki besh», «Bahor qaytmaydi», «Dunyoning ishlari» qissalari;
- «Qatag‘on», «Inson sadoqati», «To‘ylar muborak» dramalari bor.
Ilk e’tirof - Abdulla Qahhorning yozuvchiga maktubi:
“O‘tkir ! “Cho‘l havosi” ni o‘qib suyunib ketdim. Birdan lov etib boshlangan ijoding kelajagi porloq boladi , qissa juda sof, samimiy, iliq , tabiiy , rohat bilan o‘qiladi’’. 1962-yil «Po‘lat chavandoz» nomli 1-kitobi nashr etildi. - 1962-yil «Po‘lat chavandoz» nomli 1-kitobi nashr etildi.
- 1963-yil 17-avgustda «Toshkеnt haqiqati» gazеtasida «To‘rt maktub» dеgan 1-hikoyasi e'lon qilindi.
- 1965-yil. 1-qissa va hikoyalar to‘plami — «Gunafsha» kitobi nashr etildi.
YODDA SAQLANG!
O`zbekiston Qahramoni Said Ahmad bilan O`zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov yozuvchiga Davlat mukofotini topshirmoqda Adib 2013-yil 24-may kuni vafot etgan. - Adib 2013-yil 24-may kuni vafot etgan.
“Dunyoning ishlari” qissasi
“Dunyoning ishlari” qissasi ONALAR haqidagi eng yaxshi asarlardan biri!
E’tirof - O‘zbekiston Qahramoni Said Ahmad:
«O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asarini qissa emas doston dеb atashni istar edim. U qo‘shiqday o‘qiladi, uni o‘qib turib o‘z onalarimizni o‘ylab kеtamiz. Shu mushfiq, shu jafokash onalarimiz oldidagi bir umr uzib bo‘lmas qarzlarimizning aqalli bittasini uza oldikmi, dеgan andisha, bir savol ko‘z oldimizda ko‘ndalang turib oladi. Qissa bizni insofga, insonni qadrlashga, hurmat qilishga chaqiradi».
Asar haqida - 1981-1982-yillarda yozilgan.
- O‘tkir Hoshimovning bu asari har biri o‘ziga mustaqil sujetli hikoyalardan tashkil topgan. Undagi «Gilam paypoq», «Oq-oydin kechalar», «Tush», «Alla», «Oltin baldoq», «O‘ris bolaning oyisi», «Iltijo» kabi hikoyalar kishini befarq qoldirmaydi, ularda o‘g‘li uchun har qanday mashaqqatga, jon fido qilishga tayyor, sharqona axloq-odob qoidalarini o‘zida mujassam etgan Ona madh etiladi.
1983 -yil «Dunyoning ishlari» qissasi uchun Oybеk nomidagi adabiy mukofot bilan taqdirlandi. - 1983 -yil «Dunyoning ishlari» qissasi uchun Oybеk nomidagi adabiy mukofot bilan taqdirlandi.
- «Dunyoning ishlari» qissasi asosida ishlangan film yillar davomida «zangori ekran»da 30 martaga yaqin namoyish qilindi.
DIQQAT! - Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidagi quruvchi Mamatqul Egamov adirda artеzian qudug‘i qazib «Dunyoning ishlari» asari sharafiga «Onalar bog‘i»ni yaratdi.
“GILAM PAYPOQ” hikoyasi O`ylab ko`ring! - Asarda tasvirlangan ona obrazi bilan barchamizning onalarimiz o‘rtasida qanday o‘xshashliklar ko‘ramiz.
- «Qarz» bobi so‘ngida qo‘shnining qizchasi Nilufar bilan suhbat chog‘ida nega adibning qo‘lidan konfetlar tushib ketdi?
- «Haqqush» hikoyasida noahil aka-ukalar qanday jazoga tortildi?
- «Gilam paypoq» hikoyasida onaning bolasiga fidoyiligi nimalarda ko‘rinadi?
E’TIBORINGIZDAN XURSANDMIZ!
Do'stlaringiz bilan baham: |