O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
FARMONI
ZULFIYA NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTINI TA’SIS ETISH BO‘YICHA TAKLIFLARNI QO‘LLAB-
QUVVATLASH TO‘G‘RISIDA
Ayolni
muqaddas bilish, unga alohida ehtirom ko‘rsatish, ozod va obod yurtimiz kelajagi
bo‘lgan har tomonlama yetuk yoshlarni tarbiyalashdagi beqiyos o‘rnini yana bir bor e’tirof etish,
barkamol, oqila xotin-qizlar avlodini voyaga yetkazish, ular orasidagi iqtidorli yoshlarning adabiyot,
san’at, fan va madaniyatni rivojlantirishdagi yutuqlari, tengdoshlarining milliy istiqlol g‘oyalari va
madaniy-ma’naviy qadriyatlarga e’tiqodining yuksalishi yo‘lidagi
ibratli faoliyati, keng ko‘lamli
islohotlarni jadallashtirishdagi faol ishtirokini rag‘batlantirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya, “Ma’naviyat va
ma’rifat”
jamoatchilik markazi, Yozuvchilar, Bastakorlar, Me’morlar
uyushmalari, “Oltin meros”,
“Kamolot”, “Umid”, “Ulug‘bek”, “Navro‘z” jamg‘armalari va keng jamoatchilikning Zulfiya nomidagi
Davlat mukofotini ta’sis etish bo‘yicha takliflari ma’qullansin.
Oldingi
tahrirga qarang.
Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini Qoraqalpog‘iston Respublikasi,
viloyatlar va Toshkent
shahri vakilalariga ikkitadan har yili Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida berish maqsadga
muvofiq deb topilsin.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PF-
5389-sonli
Farmoni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.03.2018-y., 06/18/5389/0962-
son)
2. Belgilab qo‘yilsinki:
Oldingi
tahrirga qarang.
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti ta’lim, fan, adabiyot,
madaniyat, san’at, sport va
jamoatchilik faoliyatida alohida yutuqlarga erishgan o‘n to‘rt yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan
oshmagan iqtidorli qizlarga beriladi
.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PF-
5389-sonli
Farmoni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.03.2018-y., 06/18/5389/0962-
son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bazaviy hisoblash miqdorining 50
baravari miqdorida
tayinlanadi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-
5894-son
Farmoni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining Zulfiya nomidagi Davlat
mukofoti laureatlari bo‘lgan o‘quvchilari oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga,
bakalavriat
talabalari esa oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga tegishli yo‘nalish va ixtisoslik bo‘yicha
kirish sinovlarisiz davlat grantlari asosida qabul qilinadi.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PF-
5389-sonli
Farmoni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.03.2018-y., 06/18/5389/0962-
son)
3. Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan Fanlar
akademiyasi, Badiiy akademiya, “Ma’naviyat va ma’rifat”jamoatchilik markazi va boshqa tegishli
jamoat tashkilotlari bilan birgalikda ishlab chiqilgan ko‘krak nishoni
hamda diplomi namunasi
tasdiqlansin.
4. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti to‘g‘risidagi Nizom
1-ilovaga
, mukofot komissiyasi
to‘g‘risidagi Nizom
2-ilovaga
va komissiya tarkibi 3-ilovaga
*
muvofiq tasdiqlansin.
* 3-ilova berilmaydi.
Oldingi
tahrirga qarang.
5. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi
qoshida jamoatchilik asosida faoliyat ko‘rsatishi hamda unga mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash
vazirining birinchi o‘rinbosari rahbarlik qilishi belgilab qo‘yilsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli
Farmoni
tahririda
— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur Davlat mukofotini berish, ko‘krak nishoni
va diplomini tayyorlash uchun Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligiga
davlat budjetidan
tegishli mablag‘ ajratsin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli
Farmoni
tahririda
— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
7. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti mukofot Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi
keng jamoatchilik fikrini atroflicha o‘rganib, talabgorlar faoliyatini har tomonlama muhokama qilib
chiqargan xulosalari asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan berilishi belgilab
qo‘yilsin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli
Farmoni
tahririda)
8. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining
o‘rinbosari D. G‘ulomova zimmasiga yuklansin.