18-ma’ruza.
Qutblanish tekisligining aylanishi. Zeyeman effekti
1.Qutblanish tekisligining aylanishi(burulishi)
2. Kristall va ba’zi izotrop suyuqliklarda qutblanish tekisligining aylanishi
3. Qutblanish tekisligining burilish burchagi
4. Eritmalarning aylantirish qobiliyati
6. Qutblanish tekisligining magnit maydoni ta’sirida aylanishi
7. Zeeman va Shtark effektlari
8. Nurlanuvchi modda spektral chiziqlarining ajralishi
Kristall jismlarda, shuningdek, ba’zi izotrop suyuqliklarda nurning ikkilanib
sinishidan tashqari, qutblanish tekisligining aylanishi deb nom olgan yana bir
hodisa kuzatiladi. Bu hodisa birinchi bo‘lib, fransuz fiziklari Arogo va Frenellar
(1816 yil) tomonidan kashf qilindi va o‘rganildi. Qutblanish tekisligining aylanish
hodisasi quyidagicha: agar 1-rasmda tasvirlangan qurilmada polyarizator va
analizator shunday o‘rnatilsaki, ularning tebranish tekisliklari ayqashtirib (ayqash
nikollar) qo‘yilsa, u holda R plastinka bo‘lganda S manbadan chiqqan yorug‘lik
analizator orqali o‘tmaydi. Agar P plastinka o‘rniga kristall kvarsdan uning
optikaviy o‘qiga perpendikulyar qilib qirqib olingan xuddi shunday yassi-paralell
plastinka qo‘yilsa analizatorning ko‘rish maydoni yorishadi. Sungra analizator
biror burchakga burilsa, u holda analizatorning ko‘rish maydoni yana qorong‘i
bo‘lib qoladi. Bundan polyarizator orqali o‘tgan yorug‘likning qutblanish tekisligi
kvars plastinkada biror burchakga buriladi, degan xulosa chiarish mumkin. Bu
burilish kattaligi analizator orqali o‘tgan nurni so‘nish uchun analizator burilgan
qo‘shimcha burchak bilan aniqlanadi. kvarsda ikki xil strukturaviy modifikatsiya
mavjud bo‘lib, ulardan biri yorug‘likning qutblanish tekisligini (nur bo‘ylab
tushuvchi yorug‘likka qarshi qaralganda) o‘nga (soat strelkasi bo‘ylab) aylantiradi,
ikkinchisi esa chapga aylantiradi (soat strelkasiga qarshi). Qutblanish tekisligining
aylanishi buruvchi qatlam qalinligiga to‘g‘ri proporsional ekanligini tajriba
ko‘rsatadi.
=
∙ d,
- qutblanish tekisligining burilish burchagi: d – yorug‘lik nuri o‘tgan modda
qatlamining qalinligi (plastinka qalinligi):
- burilish burchagi, bu qattiq jismlar
uchun qalinligi 1 mm bo‘lgan plastinkaning burilish burchagiga teng. Kvars uchun
bu kattalik:
= 5890
(natriyning sariq chizig‘i) uchun 21,7
;
= 4047
uchun 48,9
,
= 2147
uchun esa 236
va h.k.. Bu kattaliklar aylantirish
qobiliyatiga ega bo‘lgan dispersiya o‘rinli ekanligini ko‘rsatadi. Qattiq moddalar
bilan bir qator toza suyuqliklar va ko‘pgina moddalarning eritmalari yorug‘likning
qutblanish tekisligini aylantirish qobiliyatiga ega bo‘ladi. O‘ziga tushayotgan
yorug‘likning qutblanish tekisligini aylantirish qobiliyatiga ega bo‘lgan moddalar
optikaviy jihatdan aktiv moddalar, qutblanish tekisligini aylantirish qobiliyati esa
optikaviy aktivlik deb ataladi.
1-rasm.
Eritmalarning aylantirish qobiliyati eritma qatlami qalinligiga va uning
konsentratsiyasiga to‘g‘ri proporsional (Bio qonuni)
= [
] ∙ d∙ c,