13.5.Milliy g`oya va OAV. Axborot - kommunikatsiya
sohasidagi o`zgarishlar va milliy g`oya ta`sirchanligini tobora oshirib borishda mafkuraning o`rni
Ommaviy axborot vositalari har doim jamiyat taraqqiyotining ko`zgusi, kishilarning ongi, dunyoqarashi, siyosiy saviyasining shakllanishida asosiy vositalardan biri bo`lib kelgan. Ommaviy axborot vositalarining milliy g`oya va mafkuraning targ`iboti va tashviqotida tutgan o`rni muhim bo`lib, keyingi yilarda jamiyatimizning barcha sohalaridagi yangilanishlar va islohotlar sharoitida OAV larining faoliyatida ham yangicha yondashuvlar paydo bo`lmoqda. Bugungi kunda televideniye, radio, matbuot va ayniqsa, internet saytlarida milliy g`oya va mafkurani odamlar qalbi va ongiga singdirishga mo`ljallangan ma`lumotlar berib borilmoqda. OAV milliy g`oya targ`iboti va islohotlar samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Ommaviy axborot vositalari-eng asosiy, qudratli va ta`sirchan mafkura vositasi bo`lib, ommaviy axborot vositalari orqali milliy qadriyatlarimiz va umuminsoniy qadriyatlar, milliy g`oya va demokratik tamoyillar targ`ib-tashviq qilinadi. Ommaviy axborot vositalari doimo demokratiya va so`z erkinligining o`ziga xos o`lchovi, ko`rsatkichi bo`lib, erkin va rnustaqil ommaviy axborot vositalari demokratik taraqqiyotni rag`batlantiradi va mustahkamlaydi. Bugungi kunda O`zbekistonda ommaviy axborot vositalarining erkin va mustaqil faoliyat yuritishlari uchun mustahkam huquqiy asos yaratilgan bo`lib, milliy g`oya va mafkurani targ`ib-tashviq qilish masalasiga katta e`tibor qaratilmoqda. Ommaviy axborot vositalari faoliyatining plyuralizm tamoyili asosiga qurilishi demokratiyaning taraqqiyotiga xizmat qilib, ushbu holatda ommaviy axborot vositalari jamoatchilik fikrini shakllantirish va rag`batlantirishga qodir bo`ladi. Ommaviy axborot vositalari orqali milliy g`oyani singdirishning yana bir jihati, axborot terroriga, mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashish hamda O`zbekiston fuqarolarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish bilan bog`liqdir. Bugungi kunda globallashuv jarayoni avj olgam sari odamlarning axborot olish, tarqatish va qabul qilishga bo`lgan talab va ehtiyojlari tobora ortib bormoqda. O`zbekistonda ham internetdan foydalanuvchilar soni kun savin o`sib, hozirgi paylda ularning soni 10 million kishidan oshdi va ularning aksariyatini yoshlar tashkil etadi.
Mustaqillik yillarida O`zbekistonda erkin va farovon hayot qurish jarayonida milliy matbuotinnzni yanada rivojlantirish, uning jahon andozalari darajasida faoliyat ko`rsatishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratildi. Ommaviy axborot vositalarini rivojlantirishga e`tibor soha xodimlaridan jamiyat oldidagi o`z ma`naviy burchini astoydil his etishni, kasbga yanada mas`uliyat va fidoyilik bilan yondashuvni, milliy manfaatlarimizning tom ma`nodagi himoyachisiga aylanishini talab etadi. Axborotlashgan jamiyat sharoitida jamiyatni turli axborot xurujlaridan himoya qilish, yosh avlodni Vatanga sadoqat, boy tarixiy moddiy va ma`naviy merosimizga muhabbat, ezgu qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalash, fuqarolarimizni ajdodlarimizning boy ma`naviy merosini asrab-avaylashga da`vat etish ommaviy axborot vositalari xodimlarining asosiy burchidir. Eng muhimi, har bir OAV vakili jahondagi mavjud xavf-xatarlarni, xususan, axborot olamidagi keskin kurashlarni teran anglagan holda xalqimizni doimo sezgir va ogoh bo`lib yashashga da`vat etishda o`z hissasini qo`shishi alohida ahamiyatga egadir. Bugungi kunda jahonda katta miqdordagi mablag`lar axborotni qayta ishlash, uni belgilangan makonga yetkazishga sarflanayapti. Uzoq va yaqin mintaqalardagi turil xil siyosiy, mafkuraviy va boshqa kuchlar o`zlarining g`arazli niyatlari yo`lida ommaviy axborot vositalaridan fovdalanib, axborot erkinligini suiste`mol qilib, axborot tahdidlari orqali yoshlarning ongi va qalbini egallashga harakat qilmoqda. Bugungi kunda internet tarmog`ini milliy qadriyat va an`analarimizni o`zida aks ettiruvchi veb-saytlar bilan boyitish, ta`hm muassasalarini internet tarmog`iga ulashda odob-axloq qoidalariga muvofiq bo`lmagan veb-saytlardan foydalanishga cheklovlarni joriy etish, yoshlarda axborot resurslaridan foydalanish madaniyatini shakllaritirish masalalariga katta e`tibor qaratilmoqda. Shu bilan birgalikda aholining xolis va haqqoniy axborotga ega bo`lishini la`minlash, har bir fuqaro tafakkurida mafkuraviy immunitetning shakllantirish imkoniyatlarini kuchaytirish, g`oyaviy tahdidlarga qarshi ma`naviy-ma`rifiy targ`ibot-tashviqot ishlarini yanada faollashtirish, axborot xurujlarining oldini olishga qaratilgan milliy qonunchiligimizga zarur o`zgartirish hamda qo`shinichalar kiritish bugungi kundagi dolzarb masalalardir.
Insoniyat bugungi kunda axborotlashgan jamiyatga o`tayotgan ekan, axborotlashgan jamiyat - bu tabiat va jamiyatda sodir bo`layotgan narsa hodisa, voqea, jarayonlar haqida axborotlarni yig`ish, yaratish, saqlash, qayta ishlash, tizimlashlirish, uzatish va qabul qilish, iste`mol, ayirboshlash, taqsimlashga asoslangan moddiy va ma`naviy jarayonlarni uyg`un holda tezkor harakatga keltiruvchi intellektual munosabatlar zaminiga qurilayotgan kishilar jamiyatidir. Hozirgi davrda jahonda mafkuraviy gegemonlikka intilayotgan ayrim kuchlar axborot texnologiya kommunikatsiyalar, jumladan, internet orqali mamlakatimizga mafkuraviy xurujlarni amalga oshirmoqda. O`zbek xalqini tanlagan yo`lidan chalg`itish uchun internet orqali turlicha mafkuraviy xurujlar amalga oshirilib, bu xurujlar jamiyatimiz a`zolarining ongi va tafakkuriga ta`sir qilishga qaratilgan xurujlardir. O`zbek xalqining asrlar davomida shakllanib kelayotgan, milliy mentalitetiga xos bo`lgan ota-onaga, o`zi yashayotgan mahalla jamoasiga, katta yoshdagi kishilarga chuqur hurmat bilan qarash, muayyan voqea va hodisalarga bosiqlik, mulohaza va andisha bilan munosabatda bo`lish, jamoa fikriga nisbatan alohida ehtirom ko`rsatish kabi fazilatlar mavjud bo`lib, mafkuraviy xurujlarini amalga oshirishda “indiyidualizm”, “egoizm”, “kosmopolitizm”, “zo`ravonlik”, “diniy mutaassiblik” kabi zararli g`oyalar va mafkuralar turli yo`llar va vositalar orqali tarqatiladi. Globallashuv, axborotlashgan jamiyat sharoitida g`oyaviy, mafkuraviy xurujlar milliy urf-odatlarimizga, milliy madaniyatimizga ham qarshi qaratilmoqda. Bugungi kunda internetdan foydalanish madaniyatini shakllantirish - mafkuraviy xurujlarga qarshi kurashning muhim omili bo`lib hisoblanadi. Yoshlarning internetdan fovdalantsh madaniyatini shakllantirishda milliy g`oya va milliy mafkuramizni targ`ib qiluvchi, o`zligimizni anglatuvchi, kuchli g`oyaviy, ma`naviy-ma`rifiy, ilmiy, badiiy, sport. harbiy-vatanparvarlik, milliy o`yinlar yo`nalishlarida milliy axborot resurslarini yaratish va rivojlantirish hozirgi davrdagi dolzarb zamon talabidir.
Nazorat uchun savollar:
1.Milliy g`oyaning o`ziga xos xususiyatlari va ularning jamiyatda yoshlar ma`naviy dunyoqarashiga ko`rsatadigan ta`sinni tushuntirib bering? .
2.Milliy g`oyaning muayyan mamlakat yoki xalq maqsadlari uchun xizmat qilish mexanizmlarini aytib bering?
3.Milliy g`oyaning muayyan mamlakat milliy taraqqiyoti yo`lidagi mafkuraviy ahamiyatini ochib bering?
4.Milliy g`oyani rivojlantirish deganda nimani tushunasiz?
5.Milliy g`oya rivojlanishining milliy ong va tafakkur bilan bog`liqligi jamiyatda qanday namoyon bo`ladi?
6.Milliy g`oyaning rivojlanish mexanizmlarini aytib bering?
7.Milliy-ma`naviy meros va urf-odatlarning bir-biridan farqi
nimada?
8.Milliy an`analar va qadriyatlarning mafkuraga ta`sirini
bilasizmi? .
9.Milliy g`oya ta`sirchanligini oshirish mexanizimlari deganda nimani tushunasiz?
10.Fikr va g`oyaning farqini aytib bering?
11 “Fikr - g`oya - mafkura - tizim” bu qanday jarayon ?
12.Milliy g`oya va ommaviy axborot vositalarining jamiyatdagi rolini aytib bering?
13.Axborot-kommunikatsiya sohasidagi o`zgarishlar milliy g`oyaga qanday ta`sir o`tkazadi?
14.Xalqning maqsadlarini amalga oshirishda milliy g`oyaning qanday mexanizimlari mavjud?
15.Milliy o`zlikni anglashda milliy g`oyaning mafkuraviy ahamiyatini ochib bering?
16.Milliy qadriyatlarning jamiyat rivojidagi mafkuraviy rolini tushuntirib bering?
Do'stlaringiz bilan baham: |