10.4.O`zbekiston Respublikasi ijtimoiy hayotining siyosiy
institutlar, mafkuralar va fikilar xilma-xilligiga asoslanishining huquqiy asoslari
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 12-moddasida, “O`zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi. Hech qaysi malkura davlat mafkurasi sifatida o`rnatilishi mumkin emas”, deyilgan. Jamiyat hayotida ilg`or g`oyalar va mafkuralar qancha ko`p bo`lsa, yani mafkuraviy plyuralizm hukmron bo`lsa, taraqqiyotning samarali yo`lini tanlab olish imkoniyati shunchalik katta bo`ladi. Mafkuraviy plyurahzm ijtimoiy taraqqiyotga xizmat qiladigan yangi-yangi g`oyalarning paydo bo`lishiga olib keladi. Ko`ppartiyaviylik, partiyalarning jamiyat hayotida faol ishtirok etishi, eng avvalo, parlament ishida o`z vakillari orqali ishtirok etuvchi partiyalarning demokratik qonunlar qabul qilish va ularni hayotga tatbiq etish borasida faollik ko`rsatishi, parlament orqali ijroiya hokimiyat faoliyatini nazorat qilib borishi turli manfaatlar va kuchlar o`rtasida muvozanatni vujudga keltiradi. O`zbekistonda ko`ppartiyaviylik tizimining qaror topishida 1996-yil 25-dekabrda Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan “Siyosiy partiyalar to`g`risida”gi qonunning ahamiyati muhim bo`ldi. Qonun 17 ta moddadan iborat bo`lib, unda siyosiy partiyalarning demokratik qoidalar asosida faoliyat yuritishlari uchun zarur mezonlar bayon qilingan. Qonunning 5-moddasiga binoan, “davlat siyosiy partiyalar huquqlari va qonuniy manfaatlari muhofaza etilishini kafolatlaydi, ustavda belgilangan o`z maqsadlari va vazifalarini bajarishlari uchun ularga teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi”.
Mafkuralar va fikrlar xilma-xilligi shakllanishining qonuniy asoslari bilan bir vaqtda siyosiy partiyalarda o`z g`oyalarini targ`ib etish imkoniyati ham kengaydi. “Siyosiy partiyalar to`g`risida”gi qonunning 12-moddasiga binoan boshqa vakolatlar bilan bir qatorda o`z mafkuralarni targ`ib va tashviq etish borasida siyosiy partiyalar, o`z faoliyati to`g`risidagi axborotni erkin tarqatish, o`z g`oyalari, maqsadlari va qarorlarini targ`ib qilish, saylab qo`yiladigan davlat organlaridagi o`z vakillari orqali tegishli qarorlarni tayyorlashda ishtirok etish, partiya faoliyati bilan bog`liq yig`ilishlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlarni o`tkazish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ommaviy axborot vositalari ta`sis etish va boshqa ommaviy axborot vositalaridan foydalanish kabi huquqlarga egadir.
“Siyosiy partiyalar to`g`risida”gi Qonunning 1-moddasida “Siyosiy partiya O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining qarashlar, manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan, davlat hokimiyati organlarini shakllantirishda jamiyat muayyan qismining siyosiy irodasini ro`yobga chiqarishga intiluvchi hamda o`z vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi ko`ngilli birlashniasidir” - deb ko`rsatilgan. Qarashlar, manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi esa - g`oya, mafkura demakdir. Demak, partiya mafkurasini milliy mafkuraning bir bo`lagi, tashkil etuvchi qismi sifatida talqin etilsa uning mohiyati chuqurlashadi. Binobarin partiya - kishilarning mafkuraviy birlashmasi bo`lib, har bir partiya muayyan ijtimoiy qatlamga tayangan holda, ana shu toifa manfaatlarini himoya qiladi. Siyosiy partiyaning dasturida ushbu partiyaning maqsad va vazifalari, jamiyat taraqqiyoti borasidagi muqobil takliflari o`z ifodasini topadi.
Siyosiy partiyalar milliy g`oya targ`iboti va tashviqotida, jamoatchilikni g`oya atrofida birlashtirish va safarbar etishda muhim ahamiyatga ega bo`lib, ular jamoatchilik fikrini tarbiyalaydi, millatning hayotiy manfaatlarini ifodalovchi jamoatchilik fikrini shakllantiradi, milliy g`oya va mafkurani boyitadi, mafkuraviy immunitetni shakllantiradi, ishlab chiqilayotgan qonunlarga milliy g`oyani singdirib, uning amaliyotga tadbiqi yuzasidan monitoring olib boradi, milliy g`oya va mafkurani takomillashtiradi, milliy g`oya va mafkuraning hayotga tadbiqi jarayonidagi to`siqlarni (tahdidni) oldini olish va bartaraf etish kabi funksiyalarni bajaradi.
Respublikamizda mavjud bo`lgan beshta siyosiy partiyalarda bu kabi faoliyatni olib borish uchun barcha huquqiy shart-sharoitlar mavjuddir.
Nazorat uchun savollar:
1. Siyosiy institutlar deganda nimani tushunasiz?
2.Siyosiy partiyaning jamiyatdagi roli nimalardan iborat?
3.Siyosiy partiyalarda fikrlar xilma-xilligi qanday namoyon bo`ladi?
4.Ko`ppartiyaviylik tushunchasini izohlab bering?
5.Jamiyat hayotida mafkuralar va fikrlar xilma-xilligi qanday shakllanadi?
6.O`zbekiston Respublikasida siyosiy mstitutlar qanday mafkuralar va fikrlarga asoslanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |