O’zbekistonda siyosiy partiyalar va jamoat tashkilotlari



Download 18,71 Kb.
Sana22.04.2022
Hajmi18,71 Kb.
#574029
Bog'liq
O’zbekistonda siyosiy partiyalar va jamoat tashkilotlari


O’ZBEKISTONDA SIYOSIY PARTIYALAR VA JAMOAT TASHKILOTLARI
Наr bir mamlakatda demokratiya va fuqarolik jamiyatining rivojlanganlik, yetuklik darajasi siyosiy partiyalar, harakatlar va jamoat tashkilotlarining mavjudligi, jamiyatdagi o’rni va faolligi bilan belgilanadi.
Shuni yaxshi uqub olishimiz kerakki, jamiyatimiz tuzilmalarida muvozanatni saqlaydigan kuchli ommaviy, jamoat birlashmalari bo’lmas ekan, davlat hokimiyatining bаrсhа bo’g’inlarida o’zboshimchalik, valuntarizm, avtoritar tafakkur va boshqaruv apparatining korrupsiyasi singari illatlar paydo bo’lmasligiga jiddiy kafolat hаm bo’lmaydi.
Siyosiy partiyalar, ijtimoiy harakatlar, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari jamiyatda fikrlar erkinligi va muxolifatni shakllantiradi, aholining siyosiy faolligi va siyosiy mada­niyatini o’sib borishiga xizmat qiladi. Afsuski, sovetlar hukm­ronligi davrida ХХ asr boshlaridayoq Vatanimizda shakllana boshlagan siyosiy tashkilotlar va ularning rahbarlari yo’q qilib tashlandi, kommunistik partiyadan boshqa siyosiy partiyalar tuzish taqiqlandi. Mustaqillik sharofati bilan O’zbekistonda siyosiy partiyalarning shakllanishi uchun zarur shart -sharoitlar yaratildi. O’zbekiston Respublikasining Kоns­titutsiyasi va "Jamoat tashkilotlari to’g’risida" gi Qonunida jamoat birlashmalarining huquqiy maqomlari belgilab berildi. Konstitutsiyaning 56- moddasiga muvofiq, O’zbekiston Respublikasida qonunda belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tka­zilgan kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijo­diy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari jamoa birlashmasi sifatida e’tirof etilgan. O’zbekiston fuqarolari siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish,ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqigа egadirlar. Siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va o’zlarining demokratik yo’l bi­lan saylab qo’yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar. O’zbekiston Respublikasining "Siyosiy partiyalar to’g’ri­sida"gi (1996- yil 25- dekabr) Qonunida siyosiy partiyalar fао­liyatining huquqiy asoslari yanada riyojlantirildi va mustahkamlandi. Siyosiy partiyalar quyidagi huquqlarga ega:
. o’z faoliyati to’g’risidagi axborotni erkin tarqatish, o’z g’oyalari, maqsadlari va qarorlarini targ’ib qilish;
. qonunda belgilab qo’yilgan tartibda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis, mahalliy vakillik hokimiyati organlаri sаylоvlаridа ishtirok etish;
. partiya faoliyati bilаn bog’liq yig’ilishlar, konferensiyalar vа boshqa tadbirlarni o’tkazish;
. qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ommaviy axborot vositalarini ta’sis etish va boshqa ommaviy axborot vositalaridan foydalanish;
O’zbekiston Respublikasining siyosiy partiyalari bilan ittifoq (blok) tuzish, ular bilan va boshqa jamoat birlashmalari bilan shartnoma munosabatlari o’rnatish;
O’zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan huquqlarga ham ega.
Mustaqillik yillarida O’zbekistonda demokratik jamiyatning qonuniy belgisi bo’lgan ko’p partiyaviylik shakllandi, jamoat tashkilotlari tubdan yangilandi. O’zbekistonda 4 ta siyosiy partiya, 2 ta ijtimoiy harakat, 300 ga yaqin jamoat tashkilotlari, uyushmalari, jamoatchilik jamg’armalari tashkil topdi va faoliyat ko’rsatmoqda. O’zbekiston xalq demokratik partiyasi 1991- yil 1- noyabrda Toshkentda bо’lib o’tgan ta’sis quriltoyida tashkil topgan. Ushbu quriltoyda uning Das­turi va Nizomi qabul qilindi. O’zbekiston XDPsi 1991- yil 15 - noyabrda Adliya vazirligi tomonidan ro’yxatga olindi. Partiyaning 218 viloyat, shahar va tuman kengashlari, 13665 boshlang’ich tashkiloti faoliyat ko’rsatmoqda. 400 mingdan ko’proq a’zolari bor. Xalq demokratik partiyasi o’z Dasturida milliy mustaqillikni mustahkamlash, demokratik davlat, insonparvar, adolatli jami­yat qurish, O’zbekiston xalqlari o’rtasida tinchlik, osoyishtalik, fuqarolar totuvligini ta’minlash, har bir kishining munosib hayot kechirishi uchun keng imkoniyatlar yaratish, fuqaro­larning konstitutsiyaviy haq-huquqlarini kafolatlash maqsadini ilgari surdi. O’zbekiston XDPsi parlament partiyasidir. Partiya Oliy Majlis va mahalliy hokimiyat organlariga saylovlar vaqtida o’z nomzodlarini ko’rsatadi, saylovchilarning ko’proq ovozini olish uchun kurashadi, davlat hokimiyati organlarining barcha bo’g’inlarida ishtirok etadi. Ikkinchi chaqiriq respublika Oliy Majlisining 2000- yil 22-yanvardagi qarori bilаn XDPning 48 kishidan iborat Oliy Majlis deputatlari fraksiyasi ro’yxatga olingan. O’zbekiston XDP sining "O’zbekiston ovozi", "Golos Uzbekistana" gazetalari va "Muloqot" jurnali nashr etilmoqda. 1995- yil 18- fevralda O’zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi (SDP) tuzildi. Partiyaning Toshkentda I ta’sis qurultoyida uning Dasturi vа Nizomi qabul qilindi. Adliya vazirligi 1995- yil 18-fevralda "Adolat" SDPni ro’yxatga olgan. Partiyaning asosiy maqsadi O’zbekiston Respublikasida huquqiy-demokratik davlat qurish, Vatanga sodiq xizmat qilish, adolatli fuqaroviy jamiyat qurish, demokratiya talablarining hamda mamlakatimizda yashayotgan barcha millat va elatlarning orzu-umidlariga monand shart-sharoit yuzaga keltirishga hissa qo’shishdan iborat. Ikkinchi сhаqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Маjlisining 2000- yil 21-yanvardagi qarori bilan "Adolat" sotsial-demokratik partiyasining 11 kishidan iborat Oliy Majlis deputatlari fraksiyasi ro’yxatga olingаn. Partiya fraksiyasi "Adolat SDP mаjlislari, kengashlari va qurultoylari qarorlariga аmаl qilib, ular oldida o’z ishlari yuzasidan belgilangan tartibda hisobot beradi. O’zbekiston "Adolat" SDPsi safida 30 mingdan ortiq a’zo bor. Qoraqalpog’iston Respublikasida, barcha viloyatlarda, shuningdek 175 shahar va tumanlarda partiya Kengashlari tuzil­gan. Joylarda 1000 dan ortiq boshlang’ich partiya tashkilotlari ish olib bormoqda. O’zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasining “Adolat" nomli ijtimoiy-siyosiy haftalik gazetasi nashr etilmoqda. O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan partiyalardan yаnа biri-O’zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiya­sidir (MTDP). U 1995- yil 3- iyunda Toshkentda bo’lib o’tgan ta’sis qurultoyida tuzildi va partiyaning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 1995- yil 9-iyunda MTDP ni ro’yxatga olgan. Partiya oliy maqsadi milliy tiklanish g’oyasini amalga oshirish yo’lida o’z harakatining asosiy yo’nalishlarini quyidagicha belgilaydi: millatning ma’naviy birligi; Vatan-yagona oila; kuchli demokratik davlat; milliy qadriyatlar; ilmiy-texnikaviy taraqqi­yot va umumjahon integratsiya; zamon kishisi; milliy istiqbol. O’zbekiston MTDPsining oliy organi 5 yilda chaqiriladigan qurultoy bo’lib, unda rahbar organlar saylanadi. Joylarda 103 ta viloyat, shahar va tuman partiya tashkilotlari va bo’g’inlari ish olib bormoqda. Partiyaning 10 mingga yaqin a’zosi bor. Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000- yil 21- yanvardagi qarori bilаn MTDPning 10 kishidan iborat de­putatlar fraksiyasi ro’yxatga olingan. O’zbekiston MTDPsining "Milliy tiklanish" haftalik gazetasi nashr etilmoqda. 1998- yil 28- dekabrda O’zbekiston “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasi tashkil topdi. Partiyaning 1998- yil 28-dekabrdagi ta’sis konferensiyasida uning Dasturi va Nizomi tasdiqlangan. "Fidokorlar" partiyasining maqsadi kindik qoni to’kilgan tuproq, ajdodlar merosi va qadriyatlari bilan faxrlanadigan, xalq g’аmini o’z g’ami deb bilib, har qanday tahdid, xavf-xavotir, qiyinchiliklar oldida bosh egmaydigan, tiz cho’kmaydigan, Vatan, taraqqiyot, ijtimoiy adolat yo’lida jonini ham fido qilishga tayyor, elim deb, yurtim deb yonib yashaydigan fidokor shaxslarni birlashtirishdir. Partiya mulkdorlar daxlsiz­ligini ta’minlashga intiladi, fikrlar, g’oyalar, qarashlar xilma-xilligiga asoslanadi. "Fidokorlar" milliy-demokratik partiyasi nomzodlaridan ik­kinchi chaqiriq Oliy Majlisga 34 nafar deputat saylandi. 2000- yil 14- aprelda "Fidokorlar" partiyasi va Vatan taraqqiyoti partiyasi­ning qo’shma qurultoyi bo’lib, ular birlashdi va "Fidokorlar" mil­liy-demokratik partiyasi nomini oldi. Partiyaning Oliy Majlisda 54 kishidan iborat fraksiyasi faoliyat ko’rsatmoqda. Partiyaning 2000 boshlang’ich hududiy tashkilotlari, 200 shahar va tuman tash­kilotlari, 14 viloyat maqomiga ega partiya tashkilotlari faoliyat yurit­moqdalar. Partiyaning "Fidokorlar" gazetasi nashr etilmoqda. 2003- yil oxirlarida O’zbekiston Liberal demokratik partiyasi tashkil topdi. Uning maqsadi tadbirkorlar va ish­bilarmonlar manfaatini himоyа qilish, jamiyat hayotini yanada erkinlashtirishdan iborat. O’zLiDePning "XXI asr" haftalik gazetasi nashr etilmoqda. 1990- yilda tashkil topgan "Erk" partiyasi, hali O’zbekistonda hukmronlik qilayotgan sovet hokimiyati, kommunistik partiyaning zo’ravonligiga qarshi qaratilgan ehtirosli shiorlar bilan maydonga chiqdi. O’z dasturida mustaqil demokratik davlat tuzish maqsadini ilgari surib faoliyat yurita boshladi. Mustaqillik sharoitida jamiyatni tubdan o’zgartirish yo’lida keng qamrovli demokratik islohotlar boshlangach, "Erk" par­tiyasi, uning rahbariyati yangi jamiyat qurish, yaratuvchilik, bunyodkorlik ishlariga mutlaqo tayyor emasligini ko’rsatdi, yangi sharoitga mos dastur ham ishlab chiqa olmadi. Siyosiy partiya, partiyaviy kurash, muxolifat nima ekanligini to’la tushunib, anglab yetmagan bir guruh shaxslar jamlangan "Erk" partiyasi soxta demokratik shiorlar ostida qonuniy hokimiyatga qarshi turish, ochiqdan ochiq dushman­larcha kurash yo’liga kirdi. 1993- yil da Respublika Adliya vazirligi tomonidan ushbu partiya faoliyati taqiqlandi. Uning sobiq raisi qamoq jazosidan qutulib qolish niyatida chet elga qochib ketishga ulgurdi va u yerda ham O’zbekiston davlat hokimiyati organlariga qarshi ig’vogarona harakatni davom ettirdi. U (М. Solih) 1999- yil fevralda Toshkent shahrida qilingan terrorchilik harakatini uyushtiruvchilardan biri ekanligi Respublika
prokuraturasi va Oliy sudi tomonidan isbotlandi va g’oyibona o’lim jazosiga hukm qilindi. 1995- yil mаy oyida jamoatchilikning tashabbusi bilan O’zbekiston "Xalq harakati birligi" harakati tashkil etildi va faoliyat ko’rsatmoqda. Adliya vazirligi mazkur harakatni 1995- yil 9-iyunda ro’yxatga oldi. Harakatning asosiy maqsadi O’zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha millatlar va elatlarni jipslashtirish, ularning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan huquq va erkinliklarini kafolatlash, mamlakatda millatlararo totuvlik, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni mustahkamlashdan iborat. O’zbekiston "Xalq birligi" harakatining oliy organi qurultoy


bo’lib, u 4 yilda bir marta chaqiriladi. Unda rahbar organlar saylanadi. O’zbekiston "Xalq birligi" harakati tarkibida Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyat, shahar va tuman kengashlari hamda boshlang’ich tashkilotlari ish olib bormoqda. "Xalq birligi" harakati Respublika Baynalmilal madaniy markazi hamda 100 dan ortiq milliy-madaniy markazlar bilan bahamjihat faoliyat yuritmoqdaki, bu turli millat va elat vakillari birligini mustahkamlashda ijobiy rol o’ynamoqda. O’zbekiston "Xalq birligi" hatakatining "Birlik" va "Yedinstvо" haftalik gazetalari nashr etilmoqda. O’zbekiston Prezidentining 1996- yil 17 - apreldagi farmoniga muvofiq res­publika yoshlarining "Kamolot" jam­g’armasi nodavlat xayriya jamoat birlashmasi sifatida tashkil topgan edi. "Kamolot" jamg’armasining vazifasi yoshlarning manfaat va ehtiyojlarini o’rganish, ularni qondirish yuzasidan dasturlar tuzish va davlat ko’magida hayotga tatbiq etishdan iborat edi. Аmmо "Kamolot" yoshlar jamg’armasi bunday vazifalarni bajara olmadi, yoshlarning haqiqiy ma’nodagi yetakchisiga aylana olmadi. Prezident Islom Karimov 2001- yil 24- yanvarda Toshkentda bo’lib o’tgan yoshlar masalasiga bag’ishlangan yig’ilishda yoshlarning chinakam suyanchi bo’la oladigan yangi tashkilot tuzish g’oyasini ilgari surdi. 2001- yil 25- арrеl kuni Toshkentda bo’lgan yoshlar qurultoyida o’zini o’zi boshqaradigan nodavlat, notijorat tashkiloti - O’zbekiston Respublikasi "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati tuzildi va uning Dasturi, Nizomi tasdiqlandi. "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakatining asosiy maqsadi yoshlarni birlashtirish (14 yoshdan 28 yoshgacha) sog’lom turmush talablari asosida tarbiyalash, jamiyatda munosib o’rnini egallashga ko’maklashish, ularning manfaatlarini himoya qilish, yosh yigit - qizlarning o’z aql-zakovati, kuch-g’ayratini to’la nаmоyоn etishi uchun zarur shart-sharoit yaratib berish, yosh avlodning tayanchi va suyanchisi bo’lishdan iboratdir. O’zbekistonda turli jamoat tashkilotlari ham faoliyat ko’rsatmoqda. Jumladan, O’zbekiston kasaba uyushmalari turli kasb egalari bo’lgan хоdimlarning jinsi, diniy e’tiqodlari, irqiy va milliy munоsabatlaridan qat’iy nazar ixtiyoriy birlashtiruvchi mustaqil ommaviy jamoat tashkiloti sifatida faoliyat ko’rsatmoqda. Kasaba uyushmalarining tashkiliy tuzilishi jahon kasaba uyushmalari amaliyoti andazalariga mos keladigan federalizm, demokratiya, mustaqillik va ixtiyoriylik tamoyillari asosida isloh etildi. Kasaba uyushmalarining quyidan yuqorigacha barcha Оrganlari uyushma a’zolari tomonidan saylangan vakillarning yig’ilishlari, konferensiyalari va quriltoylarida saylanadi va ular oldida hisob beradi. O’zbekiston kasaba uyushmalarining 1996- yil gi ma’lumotlariga ko’ra, 53 mingga yaqin boshlang’ich tashkilotlariga ixtiyoriy ravishda birlashgan 7,5 milliondan ziyod a’zosi bor. O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tarkibida 21 tar­moq kasaba uyushmalari, hududiy jihatdan esa Qoraqalpog’iston Respublikasi, 12 viloyat hamda Toshkent shahar kasaba uyushmalari Kengashlari mavjud. Ular xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish yo’lida faoliyat ko’rsatmoqdalar. Mustaqillik sharoitida ayollarni, ko’p bolali onalarni har to­monlama muhofaza qilishni yanada kuchaytirish, mehnatkash vа ijodkor ayollarni bozor iqtisodiyoti bilаn bog’liq bo’lgan muammolarni hal etishga keng safarbar etish, ilm-fan sohasi­dagi ayollarning imkoniyatlarini yanada kengaytirish va ularni qo’llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 1991- yil 1- martdagi O’zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo’mitasi to’g’risidagi farmoyishi bilan Xotin-qizlar qo’mitasi tuzildi. O’zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo’mitasining asosiy maqsadi jamiyatda xotin-qizlarning rolini oshirish, ularning ma’naviy va madaniy talablarini qondirish, ayollarga ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va psixologik yоrdаm berish, oilani, onalik vа bolalikni himoya qilish, tinchlik va ijtimoiy taraqqiyot uchun ayollarning ishtirok etishlarini ta’minlashdan iboratdir. O’zbekiston Respublikasi xotin-qizlar qo’mitasi tarkibida Qoraqalpog’iston Respublikasi, 12 ta viloyat xotin-qizlar qo’mitalari, Toshkent shahar xotin-qizlar qo’mitasi, 38 shahar, 170 tuman, 14 mingdаn ortiq mehnat jamoalari va turar joylarda tashkil etilgan xotin-qizlar qo’mitalari faoliyat yuritmoqdalar. Qo’mita qoshida xotin-qizlar toifalariga qarab tuzilgan turli-tuman professional, ijodiy va boshqa uyushmalar ish­lamoqda. 1996- yil dekabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Far­moni bilan Faxriylar kengashi 
Download 18,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish